PYTHON DASTURLASH TILI
1.55K subscribers
334 photos
332 videos
408 files
701 links
Python dasturlash tilini o'rganmoqchimisiz ? Ammo bu dasturlash tili haqida kerakli ma'lumotlarni qayerdan topishni bilmayabsizmi ?

Telegram tarmog'idagi Python dasturlash tili haqida barcha ma'lumotlarni o'zida saqlovchi kanal: @Python_uzbek_coder
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ular ham boshqa bolalar singari uzoq yashashni xohlashadi!

Bolalarning kulgisi va quvonchi har birimizning baxtimiz uchun muhim. Lekin shunday bolalar borki, tengdoshlari kabi haqiqiy baxtni his qilish ularga nasib etmagan.

“Osmondagi bolalar” loyihasining belgisi tushirilgan futbolkalar 15-maydan boshlab, Toshkent shahridagi barcha “VIP Brand” doʻkonlarida sotuvga chiqariladi. Futbolka sotuvidan tushgan daromad oqqon kasalligiga chalingan bolalarning sogʻayishi hamda ularning dori-darmonlari uchun sarflanadi.

Kasallik bilan kurashayotgan bolalarning tuzalishida oʻz hissangizni qoʻshing. Bunga befarq emasligingizga ishonamiz!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
YouTube | Instagram | Telegram | TikTok
Forwarded from Sariq Dev
Assalom alaykum hurmatli do'stlar. Darslarimiz biroz to'xtashiga sabab, darslar uchun maxsus platforma ustida ish ketayapti.

Dasturlash asoslari darsimiz uchun python.sariq.dev sahifasini yaratishda GitBook platformasidan foydalangan edik. Alhamdullilah, sahifamiz ko'ngildagidek chiqdi.

Algoritmlar, Django, Data Science va undan keyingi darslarimizni esa yana bir pog'ono yuqoriga olib chiqish uchun maxsus platforma ustida ish boshlagan edik. Alhamdulillah, platforma deyarli tayyor, yakuniy sozlashlar qolgan xolos.

Video darslar ham yozilayapti, Algoritmlarning davomi ham, Django ham yozib boshlangan. Lekin quruq video ko'rinishida kanalga qo'ymaganimni sababi, darslar ko'nglimdagidek sifatli bo'lishi uchun qo'shimcha materiallar, amaliy mashg'ulotlar va hatto kodlarni sahifada tekshirish kabi funksiyalar ham qo'shilishi kerak. Buning hammasi inshaalloh yangi platformada bo'ladi.

Platforma aslida juda keng qamrovli, faqatgina mening darslarim bilan chegaralanmagan. Lekin bu haqida alohida post bo'ladi.
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh!
Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!
🔎 Eng yaxshi ta'lim biz bilan

📚 Eng yaxshi kitoblar bizda

🎉 Sizga foydali bo‘lsa biz xursand bo‘lamiz!

📌 Bizdagi yo‘nalishlar:

💻 IT dasturlash tillari

🇬🇧 IELTS noldan

📚 DTM fanlari

P.S Albatta foydalanib ko‘ring!

Manzi: @Edu_Free_bot
Dasturchilarning divani 😂😁
Bozorimizda bir odam bo’lar edi.

Nima menda yaxshi sotilsa, o’shani olib kelardi. Uniki yaxshi ketmas edi. Chunki odamlar un man ancha tanilgan edim. Menda 1-2 so’m qimmat bo’lsaham mendan olishardi.

Biz o’sha odamga o’xshaymiz. IT deb allambalolar qilyapmiz.

Bilib qo’ying. O’rgansam qancha topaman degan yoshlardan hech qachon Dasturchi chiqmaydi. Chiqsa ham, ular uzoqga bora olmaydi.

Mana India qildiku deysizlar. Yaxshilar, India ning IT tarixi 70-yillarga taqaladi. 50 yilda shu darajaga chiqishdi.
Biz birovlar yaratgan kurslarni qaroqchilik qilib pullab yuripmiz.

Bizda imkoniyat yo’qmi?

Og’ir savol. IT vatanimiz iqtisodiyotining bir bo’lagchasi bo’lishi uchun kamida 10 yil kk, agar..

Agari ham bor.

Avvalambor mindset o’zgarishi kk. 1 yilda soqqa qivolaman degan fikrdan, Ertaga maning ilmim Vatanga, Ummatga quvvat bo’ladi degan buyukroq maqsadga o’tishimiz kk.

Hafa bo’lmang.

IT haqida dong urayotganlarning ko’plarida vazn yo’q, gapining vazni yo’q. Sabab ular dasturchi bo’lib 1-2 ta kiyimni yirtmagan. Ular shunchaki sharoit taqozosi bilan shunday gaplarni etishga majbur. Aslida ular eskilik tarafdori.

Hafa bo’lmang.

Bizda muammolar jiddiy va anchagina.

Avvalambor bizda uzoq muddatlik reja yo’q. Biz haliham paypoq va ro’mol bilan ovvoramiz.

Hayrulla Hamidov ning bir gapi bor edi. Qovoq ari eshshak peshobiga qo’nib, men cheksiz Ummon daman degan ekan.

Bizdagi bu muammolar hamma musulmon ellarida mavjud. Sanoqlilarini tilga olmaganda.

India har kuni bir startupni sotadi. Israel ham.

So’ngi bor 2017 yil ediyov. Turkiyaning bir startup ni Atlassian sotib olgandi.

Mamlakatning intellektini frilanserlik qilib topadigan pullardan emas, balki kimlar bizning startaplarimizga qiziqyapti, nechi million $ to’lab beryapti, shular aniqlaydi.

India qashshoq deymiz. Lekin Ta’lim sohasidagi juda ko’p Unicornlar ulardan chiqmoqda.

Shu yer sharida o’zimizning o’rnimiz bo’lsa desak, ertaga arzimagan 2-3 millard dollar uchun Xitoydan tilimiz qisiq bo’lmasin desak, unda ularni, boshqa davlatlarni o’z ilmimimizga tobe qilib qo’yishimiz kk.

Rus tilini o’rganmanglar. Uni bizga keragi yo’q. Rossiyani bozori IT sohasida chivin.

© Ali Ramazon
Fleshkadagi viruslarni o'chirishning yangicha usuli😁😜
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#VR

Texnika mo'jizasini ko'rganmanuu, ammo bunaqasini... 🤷‍♂️

Mashhur dizayner Vladimir Kurbatov aqlga sig'mas bir video taqdim etdi. Bu videoda siz VR orqali kitob do'konida yurib, kitobni hatto ochib ko'rmay uni tanlay olishingiz mumkin.

Ushbu lavhada muallif shunchaki kitoblarning muqovalariga tegib, ularning reytingini, qo'yilgan ballarini va yozilgan qisqa izohlarni VR orqali o'qiy oladi. Tanlangan kitob muqovasini tom ma'noda varoqlab ko'radi.

Bundan ko'rinib turibdiki, virtual olamning ajoyibotlari bora-bora hayotimizga kirib kelmoqda. Ehh... bu IT olami bizga yana qanday mo'jizalarni tayyorlab qo'ygan ekan a?

Ⓜ️ITStarsUz
​​Kechirasiz ustoz, nima dedingiz tushunmadim?

Gap shundaki, junior dasturchilar senior dasturchilarni gapirayotgan gapini, dasturlashga oid atamalarini baʼzida tushunmay qolishadi. Keling ularni baʼzilarni birgalikda koʻrib chiqamiz:

Update (inglizcha “yangilash”) — dasturiy taʼminotni yangilash, modernizatsiya qilish.

Bug (xato) — koddagi yoki dasturdagi xato. Qaysidir kodning notoʻgʻri yozilishi natijasida kelib chiqadi.

Bench — Koʻpincha kutish maʼnosida keladi. Yaʼni “dasturchi benchʼda” degan iborani eshitsangiz bilingki, dasturchi yangi dastur, vazifa yoki loyihani kutib oʻtiribdi. Hech narsa qilmayapti, ammo maosh olaveradi.

Junior — boshlangʻich darajadagi dasturchi. Minimal tajriba va mahoratga ega boʻlgan odam.

Committed (tugatish) — kodni saqlash joyidagi (ombordagi) kodga oʻzgartirish kiritish yoki saqlash.

Lag (kechikish) — dastur yoki loyihaning bajarilishini kechikishi, foydalanuvchi harakatlariga javob yoʻqligi. Glitch soʻzining sinonimi.

Siz yana qanday atamalarni bilasiz? 😊

Manba: IT StarUZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#So'nggi_Qo'ng'iroq
🎁🔔 So'nggi tuhfa!

Maktab davrlarini yodga soluvchi, kayfiyatni maksimum ko'taruvchi videolavha, megabaytingizga achinmaysiz.

🔔 2021-yil bitiruvchilarini katta hayotga ilk qadamlari bilan tabriklaymiz, o'zlari xohlagan o'qishga kirishlariga tilakdoshmiz!!!
Forwarded from Python в тестах
Что выведет код выше?
Anonymous Quiz
23%
False
47%
True
7%
2.0
11%
2
5%
None
7%
Узнать ответ
Forwarded from Lazizbek Ergashev | IT Blog (Лазизбек Эргашев)
Dasturlashga bog'liq hechkim aytmaydigan 5 haqiqat

🔘 Bir dona dasturlash tilini o'zi yetarli emas. Dasturlashni endigina boshlamoqchi bo'lgan yoshlarni eng ko'p o'ylantiradigan savollardan biri bu - qaysi dasturlash tilini o'rgansam ekan? Ammo o'z tajribamdan kelib chiqib aytamanki, bir ta til hechqachon yetarli emas. Boshqa dasturlash tilini o'rgansangiz, boshqa tarafdan o'ylashni ham o'rganasiz. Umuman olganda birtasini yaxshilab o'rgansa boshqasiga o'tish qiyin ish emas! Masalan Python dasturlash tilini oladigan bo'lsak. Agar siz bu tilni web-dastur yasashga ishlatmoqchi bo'lsangiz, unda agarda siz JavaScriptni bilmasangiz, faqat backendgagina chegaralanib qolasiz.

🔘 Bir oyda dasturlashni o'rganishni imkoni yo'q! Ba'zi bir bloggerlarning Dasturlashni 1 oyda o'rganing degan gapi mutlaqo xato deb o'ylayman. Dasturlashni hechqachon 1 oyda, hattoki 3 oyda ham o'rganib bo'lmaydi. To'g'ri agar gap oddiy skriptlar yozish haqida ketadigan bo'lsa, unda buning iloji bor albatta. Ammo mukammal dasturchi bo'lib, o'z jamoangizga va kompaniyangizga foydangiz tegishi uchun, sizdan bundan ko'proq bilim va tajriba talab qilinadi.

🔘 Kurslar sizga ishga kirishga yordam bermaydi. Sertifikatlarning foydasi yo'q demoqchi emasman, ammo falon narxdagi kursga bordim, demak tugatganimda ishim allaqachon tayyor deb fikr yuritayotgan bo'lsangiz, yana biroz o'ylab ko'rishingizni maslahat bergan bo'lardim. Kompaniyalar asosan siz qayerda o'qiganingiz, kim o'qitgani bilan qiziqmaydi. Ular qiziqadigan narsa bu: qanday vazifalarni bajarib bilasiz va aynan sizni ishga olish kompaniyaga qanday foyda olib keladi. Ishga kirishga yordam beradigan narsa bu: portfolio hamda chiroyli rezyume.

🔘 Yengilishingiz keladi, ammo kuchli bo'ling. Faoliyatingiz davomida bir nechi marta: bu soha man uchun emas ekan, hamma mandan kuchli, zo'r kod yozadi, mani kodimni esa hatto o'zim ham tushunmayman, degan fikrlar sizni qiynashi mumkin. Ammo siz kuchli bo'ling, yengilmang. Ko'p endi boshlayotgan dasturchilar shu qadamda tashlab ketishadi. Hechqaysi soha osonmas! Hamma ham, hatto eng kuchli dasturchilar ham, qachondir 0 dan boshlagan, va katta ehtimol bilan ularga ham shunday fikrlar kelgan boshida (balki hozrgacha 🙂 ). Dasturlashni boshlashdan oldin, nima uchun aynan shu sohani tanlamoqchilingizni yozib qo'ying (agar istasangiz shu post izohida yozib qo'ysangiz ham bo'ladi). Va qachon to'xtatmoqchi bo'lsangiz, shu yozganizni o'qib, o'zizga o'ziz eslating nima uchun boshlaganizni.

🔘 Matematika, Statistika va Ingliz tilidan qochib qutulolmaysiz. Matematika kerakmas, ingliz tili kerakmas, diplom kerakmas, notbuk kerakmas, hechnarsa kerakmas, kelinglar o'rgatamiz dasturlashni 😂. Juda ko'p uchratadigan marketing tuzoqlaridan biri. Hammasi kerak bularning. To'g'ri yoshligingizda matematikani yaxshi ko'rmagan bo'lishingiz, o'tirib qaysidir misolni yoki masalani soatlab yechishga harakat qilmagan bo'lishingiz mumkin, ammo dasturlash ham xuddi shunday. Dasturlashda ham fikrlash qobiliyati juda muhim, yechimga eng qisqa va optimal yo'lni topib bilish ham muhim. Umuman olganda, dasturchi sifatida o'ylashni rivojlantirishga matematikaning o'rni juda baland.

👉 @lazerg
Amerikada dasturchi bo'lib ishlash | Saidbek Arislonov

📌Kasb tanlashda insonlar yo’l qo’yadigan eng asosiy xatolardan biri bu, faqatgina kasb keltiradigan daromadga qiziqib, o’zi sevmagan ish bilan shug’ullanish bo’lsa, ikkinchisi esa bir sohani qat’iyan tanlamay, har 2 haftada o'z ish joyini yangilab turishdir.

🧑🏻‍💻Dasturlash esa aynan ana shunday insonlarni xush ko’rmaydi. Bo’lajak dasturchilardan, albatta, sabr, tirishqoqlik va o'z ishiga bo’lgan muhabbat talab etiladi.

🚀Navbatdagi PDP Meet-up loyihasining 17-soni mehmoni, MasterCard Senior Full Stack Developer Saidbek Arislonov Amerikada dasturchilarni qanday ustunliklari uchun ishga olishlari va u yerdagi ish muhiti haqida batafsil so’zlab berdilar.

Videoni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:
https://youtu.be/L-Rjyl52sPQ

Manba: PDP IT-Academy


@python_uzbek_coder
Advokatingiz robot bo'lishiga rozi bo'lardingizmi?

🤔 Kelgusida advokatlar o'rnini robotlar egallashi mumkinmi?

🤖G'alati eshitilishi mumkin, ammo sun'iy intellekt(AI) dasturiy tizimlar — mustaqil "fikrlaydigan" va o'zini-o'zi yangilay oladigan kompyuter dasturlaridan foydalanish qonunchilik olamida keng tus olgan.

🚀Joshua Brouder o'zining DoNotPay nomli dasturini "dunyodagi ilk robot advokat" deb ataydi.

🎯U foydalanuvchilarga yuridik hujjatlar matnini yozishga ko'maklashadi. Siz uning chatbotiga o'z muammongizni aytasiz, aytaylik, siz mashinangizga yuklatilgan jarimani bekor qilish davosi bilan ariza yozmoqchisiz, robot esa sizga qonunchilikda ishlatiladigan so'zlardan unumli foydalanish imkoniyatini beradi.

✔️"Odamlar bo'lgan voqeani bemalol o'z so'zlarida ifodalab berishlari mumkin, mashinali o'qitish tizimi asosida ishlaydigan dastur esa ularning so'zlarini sof yuridik tilda bayon etadi. Robot ham vaqtingizni, ham naqdingizni tejaydi!" deydi loyiha muallifi Brouder.

©️Manba

@python_uzbek_coder
Forwarded from Sariq Dev
Walletmor kompaniyasi teri ostiga o'rnatiladigan ilk to'lov chipini taqdim qildi. Chip kaftingizning sirtqi tarafiga maxsus jarrohlik yordamida o'rnatiladi.

Chipning amal qilish muddatiz 8 yil, o'rnatish narxi 199€. Implant batareyakasiz NFC (RFID) texnologiyasi asosida ishlaydi va faqatgina kassa-to'lov qurilmasiga yaqinlashganda faollashadi (zamonaviy bank kartalari kabi).

Endi do'konlarda kaftingizni bir silkitib to'lov qilib ketaverishingiz mumkin.

Nima deysiz, chiplanishga rozimisiz? 😅

@sariqdev