PYTHON DASTURLASH TILI
1.55K subscribers
334 photos
332 videos
408 files
701 links
Python dasturlash tilini o'rganmoqchimisiz ? Ammo bu dasturlash tili haqida kerakli ma'lumotlarni qayerdan topishni bilmayabsizmi ?

Telegram tarmog'idagi Python dasturlash tili haqida barcha ma'lumotlarni o'zida saqlovchi kanal: @Python_uzbek_coder
Download Telegram
Audio
#podkast

✔️ O'z biznesingizni boshlash yoki ishlash?

Biror kishi o'z biznesini boshlash uchun ishdan ketishga qaror qilganda, uning oldida ko'plab kuchli qiyinchiliklar paydo bo'ladi.
Bugungi podkastda esa aynan biznesni boshlayotgandagi to'siqlarni yengib o'tish va to'g'ri harakat qilish bo'yicha o'z tavsiyalarimni ulashib o'taman!

Manba: AkilhanovUZ

@python_uzbek_coder
​​Najot Ta'lim va Cambridge o'quv markazlari "Kelajak yoshlari" nomli ta'lim grantini yo'lga qo'yganini ma'lum qiladi

Najot Ta'lim va Cambridge o'quv markazlari o'zaro hamkorlikda kam ta'minlangan va boquvchisini yo'qotgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularni mustaqil hayotga qadam qo'yishida ko'maklashish maqsadida, "Kelajak yoshlari" nomli umumiy qiymati 1 mlrd so'mlik ta'lim grantini yo'lga qo'yganini ma'lum qiladi.

🤩 Ta'lim aksiyasi orqali 60 nafar yoshlarga ingliz tili hamda IT sohalarini, jumladan: grafik dizayn va dasturlash yo'nalishlarida, 1 yil davomida mutlaqo bepul ta'lim berish reja qilingan.

Ushbu xayriya aksiyasi har yili Ramazon oyida boshlanib, Ramazon oyida tugaydi.

"Kelajak yoshlari" ta'lim grantida 15 yoshdan 22 yoshgacha bo'lgan kam ta'minlangan va boquvchisini yo'qotgan yoshlar ishtirok etish huquqiga ega.

⚡️ Talabgorlar Najot Ta'lim va Cambridge jamoalari HR bo'limi a'zolari tomonidan motivatsion xat va boshqa omillar orqali saralab olinadi. Loyihada qatnashish uchun arizalar aprel oyining 13-sanasigacha qabul qilinadi.

Najot Ta'lim va Cambridge jamoalari ushbu xayrli ishni o'z qadriyatlaridan kelib chiqqan holda, millat va vatan oldidagi burchi o'laroq amalga oshirmoqda.

👉 "Kelajak yoshlari" loyihasida ishtirok etish

👨🏻‍💻 Administratorga bog'lanish

📞 Telefon raqam: +998712001123

🔴 YouTube sahifa
Videokurs qanday ko'riladi, kod o'qituvchi bilan bir paytda yozaymi, yoki videoni ko'rib keyin o'zim yozaymi

Sizda shunday holat bo'lganmi, 4 soatlik videokursni ko'rasiz, ko'p narsani o'rganasiz. Keyin esa kod yozishga o'tganizda, tamom, hamma narsa esingizdan chiqib ketibdi. Shuncha o'rganganingiz miyangizda yo'q !

Nima uchun shunday bo'ladi deb o'ylaysiz, nimaga ko'rayotgan videodarslaringiz samarasiz bo'lyapti, buni sababi oddiy, miya hardoim energiya saqlashga harakat qiladi, shuning uchun ham e'tiboringizni bir joyga jamlab o'tirish qiyin kechadi, yoki birdan videoni pauzaga qo'yib boshqa browser oynasiga o'tib ketasiz, yoki telegramga kirib kimdirga xabar yozasiz. Qachon oxirgi marta videodars ko'rayotganizda, qo'lizga bloknot olib asosiy joylarini yozib olib, dars tugaganidan keyin takrorlab chiqdingiz?

Videodarslikni boshlashdan oldin, hamma qismlarini ko’zdan kechiring. Bu juda ham muhim, balkim videodarslik sizga qiziq bo'lgan mavzu haqidamasdir? Balki o'qituvchini gapirish ohangi, aksenti sizga tushunarsizdir, balkim o'qituvchi dars o'tish stili yoqmasdir. Vaqt bu eng oliy ne’mat, shuning uchun videodarslikni boshlashdan oldin, bu sizga haqiqattan ham kerakli darsligiga ishonch komil qiling !

O'qituvchi bilan bir paytda kod yozmang. Odatda o'qituvchilar ular bilan bir paytda kod yozib ketishingizni so'raydilar, bu to'g'ri. Ammo bu ham har doim ham eng to'g'ri variant emas. Agar siz bir paytda ham videoni ko’rib, ham kodni yozsangiz, e'tiborni bir joyga jamlash qiyin bo'ladi, chunki har doim videoni to'xtatib, redaktorga o'tib, kod yozishga to’g’ri keladi. Va shu kichik to'xtashlar, e'tiborni bir joyga jamlashga halaqit beradi. E'tiborni bir joyga jamlang, videourokdan tashqari boshqa hamma browser oynalarini yoping, telefoningizni ovozsiz rejimga qo'ying, telegramni o'chirib qo'ying. Bor e'tiborizni videoga qarating. O'qituvchingiz yozayotgan kodi sintaksisiga emas, o'qituvchingiz qanaqa muammoni hal qilyapti, qanaqa konseptsiyani ishlatobdi, shunga e'tibor bering. Video tugaganidan keyin o'qituvchingiz hal qilgan muammoni, redaktorga o'tib o'ziz hal qiling, agar qanaqadir kod esingizdan chiqsa, googlega poisk berib qidiring, agar o'shanda ham topolmasangiz, videoni o'sha qismiga qaytib, qaytadan ko'ring.

Lazizbek Ergashev ©️

@python_uzbek_coder
Felix_Zumstein_Python_for_Excel_O'Reilly_Media_2021.epub
7.7 MB
#Pyrhon
#Book
#English

📚 Excel uchun Python: avtomatlashtirish va ma'lumotlarni tahlil qilish uchun zamonaviy muhit

@python_uzbek_coder
Forwarded from Sariq Dev
Assalom alaykum hurmatli doʻstlar.
Sizlarni barcha dasturchilar uchun dolzarb boʻlgan "Maʻlumotlar Tuzilmasi va Algoritmlar" turkum darslarimizga taklif qilamiz.

Bepul onlayn darslar bir necha hafta davomida @sariqdev Telegram va YouTube kanallarida qoʻyib boriladi.

1-darsimiz ertaga, 8-Aprel, Toshkent vaqti bilan 20:00 da YouTube (video) va Telegram (audio) kanallarimizda jonli boʻladi.

LINK:
YouTube.com/SariqDev
t.me/SariqDev
Ishlam kallamay qoldi 🙄.
🔥 Sun'iy intellekt sohasi uchun eng yaxshi 5 ta dasturlash tillari


1. Python - soddaligi tufayli sun'iy intellektni rivojlantirish tillari ro'yxatida birinchi o'rinda turadi. Pythonga tegishli sintaksislar juda sodda va AI algoritmlarini unda osonlikcha hal qilish mumkin. Sun'iy intellekt uchun eng qulay tili bu Pythondir

2. R - statistik maqsadlarda ma'lumotlarni tahlil qilish va manipulyatsiya qilish uchun eng samarali til va muhit

3. Lisp - bu eng qadimgi va sun'iy intellektning rivojlanishi uchun eng mos tillardan biri

4. Prolog - tibbiy loyihalar ustida ishlash, shuningdek, sun'iy intellekt tizimlarini loyihalash uchun keng qo'llaniladi


5. Java - Sun'iy intellekt qidirish algoritmlari, sun'iy neyron tarmoqlari va genetik dasturlashda qulay.
Bolalar, manga Python bilan ishlashni biladigan tarmoq mutaxassisi (administratori) kerak... Juda ham muhim... 😂

@python_uzbek_coder
​​Dasturchilar qobiliyatlarini doimiy ravishda rivojlantirib borishi kerak

Dasturchilar, boshqa mutaxassislar singari, doimiy ravishda rivojlanishi kerak. Bugun biz sizga takomillashtirilishi kerak bo'lgan ko'nikmalar haqida gapiramiz.

👨🏻‍💻 Klaviaturada yozish tezligi
Ushbu ko'nikma loyihani qanchalik tez bajarishingizni va uning qanchalik katta bo'lishini belgilaydi. Ideal holda, siz kodni klaviaturaga qaramagan holatda yozishni o'rganishingiz kerak. Bunda sizga turli xil bosma simulyatorlar yordam beradi.

🇬🇧 Ingliz tili
IT bo'yicha eng yangi va eng zamonaviy ma'lumotlar har doim ingliz tilida chiqadi. Albatta bu bir kun o'zgarishi mumkin, ammo yaqin orada emas. Agar siz hamma yangiliklardan xabardor bo'lishni va faqat eng yaxshilaridan foydalanishni istasangiz, unda chet el manbalarini o'qing.

🧩 Mantiq
Har qanday algoritm mantiqiy tuzilgan amallar ketma - ketligi. Ushbu mahoratni rivojlantirish orqali dasturchi o'z ishining tezligini va kodning " tozaligini " oshiradi, bu uning loyihasida kamroq xatolarga olib keladi.

Dasturchi bo'lishni xohlaysizmi?
Siz keltirib o'tilgan qanday mahoratni mukammal egalladingiz?
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Osmondagi_bolalar

Nima kerakligini tushunib olishimiz kerak...
Judayam ajoyib motivatsion so'zlar albatta ko'ring!

@python_uzbek_coder
🎯 GitHub nima?

GitHub xostingi: bu sizga loyihani serverda masofadan saqlash va dunyoning istalgan nuqtasidan ular bilan ishlash imkonini beradi. Havolasi bo'lgan har kim fayllarga kirish huquqiga ega.

GitHub-ning asosiy xususiyatlaridan biri bu versiyani boshqarish. Koddagi barcha o'zgarishlarni kuzatish mumkin, shuning uchun bu jamoani rivojlantirishda ajralmas narsa.

Bundan tashqari, intiluvchan ishlab chiquvchilar uchun GitHub nafaqat xosting, balki portfel yaratish usulidir.

GitHub haqida bundan ham ko'proq ma'lumotlardan boxabar bo'lmoqchimisiz ? Unda sizga ushbu maqolani o'qib chiqishni maslahat beramiz !!!

@python_uzbek_coder
​​Rus tilini biladiganlar uchun Python dasturlash tili bo'yicha boshlang'ich kitoblar.

📚 Erik Mathez. Python'ni o'rganamiz.

O'yinlarni dasturlash, ma'lumotlarni vizualizatsiya qilish, veb-ilovalar bilan ishlashni o'rgatadi. Python til qo'llanmasi toza kod namunalarini o'rgatadigan ko'plab misollar bilan boyitilgan.

📚 Pol Barri. Python'da dasturlashni o'rganamiz.

Ushbu kitobda siz o'zingizning veb-ilovangizni osongina yaratishingiz va ma'lumotlar bazalarini boshqarish, istisnolardan foydalanish, kontekst menejerlari, dekorativlar va generatorlardan qanday foydalanishni o'rganishingiz mumkin.

📚Mark Lutz. Python'ni o'rganamiz.

Dasturlashni yangi boshlovchilar uchun dasturlash tiliga keng qamrovli chuqur kiritilgan klassik Python o'quv qo'llanmasi. Mashhur Lutz o'quv dasturi asosida. Sizga samarali va sifatli kod yozishni o'rgatadi.

📚Bil Lubanovich. Oddiy Python. Zamonaviy dasturlash uslubi.

Ehtimol, Python'ni o'rganishni osonlashtiradigan narsa uning aniq sintaksisi yoki prinsiplari emas, balki yangi boshlovchilar uchun mo'ljallangan juda ko'p miqdordagi sodda adabiyotdir. Ushbu kitobda siz til asoslari, zamonaviy Python 3 to'plamlari va kutubxonalari haqida ma'lumotga ega bo'lasiz. Muallif disk raskadrovka, sinov, kodni qayta ishlatish va boshqalar kabi murakkab mavzularni qamrab oladi. Tilni tezda o'rganish va haqiqiy dasturlar orqali dasturlashni boshlash uchun muallifning tushuntirishlari kod misollari bilan aralashtirilgan.

© Zafarbek Ibrohimov

@python_uzbek_coder
Audio
#podkast

🇺🇸 Amerikada qanday qilib ish topish mumkin?

O'tgan postlarimizda Amerikaga qanday qilib borish haqida ma'lumot berib o'tgandik. Bugun esa ushbu podkast orqali Amerikada ish topish bo'yicha kerakli maslahatlarimni va tavsiyalarimni ulashib o'taman.

Agarda Amerikaga borishni, u yerda o'qishni, ishlashni istaydigan tanishlaringiz, do'stlaringiz bo'lsa ushbu podkastni ularga ulashishni
unutmang 😉

Podkastning video formati:
👉
https://www.youtube.com/watch?v=XKENiKZwnuI&t=362s

@akilkhanovuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎯 Kremniy Vodiysi - dunyoning IT poytaxti
#kino

ℹ️ Yuriy Dudning bir necha kunlar oldin katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan va hozirda 34 mln marta tomosha qilingan “Kremniy vodiysi — dunyoning IT poytaxti“ deb nomlangan filmi endi o‘zbek tilida!

@python_uzbek_coder
www.w3schools.com.rar
36.8 MB
W3school.com #offline

Dasturlash bo'yicha eng
yaxshi saytni endi #Offline ham ishlatsak bo'ladi. Eng so'nggi versiyasini #2020

Web dasturlash kanali ©️

@python_uzbek_coder
Elon Musk

Odamlar ta'limni, aql bilan adashtirishganda nafratlanaman.
Siz bakalavr darajasiga ega bo'lishingiz, va shu bilan birgalikda hali ham ahmoq bo'lishingiz mumkin.
#mulohaza_uchun #it_humor

Ekranga “Hello World” yozuvini chiqarishni uddalashning o‘zi – dasturchi bo‘lishing uchun yetarli emasligini anglab yetganingda… 🙄

©️ IT specialist

@python_uzbek_coder
Assalomu alaykum hurmatli dasturchilar!

Kirib kelgan Ramazon oyi barchangizga muborak bo'lsin!
🧐 AQSHning Donald Trumpdan oldingi prezidenti Baraka Obama dasturchi

Haqiqatdan ham Obama dasturlash sirlarini o'rgangan.Uning homiyligida bir nechta dasturlash maktablari ham tashkil etilgan

🧑‍💻 O'zi ham doimiy dasturlar yozib, qandaydir loyihalarda ishtirok etgan.

🕵‍♂ Hamkasbi u haqida: "Obama prezident bo'lgan davrlarida ham, jamoaviy loyihalarda ishtirok etardi. U kod yozishdan charchamas edi. U ajoyib dasturchi!"-deb aytadi.

😁 Menimcha oq uydan turib, Git bilan proektlarda ishtirok etib turgan bo'lsa kerak!

Manba: Dasturchi domla

@python_uzbek_coder