PYTHON DASTURLASH TILI
1.55K subscribers
334 photos
332 videos
408 files
701 links
Python dasturlash tilini o'rganmoqchimisiz ? Ammo bu dasturlash tili haqida kerakli ma'lumotlarni qayerdan topishni bilmayabsizmi ?

Telegram tarmog'idagi Python dasturlash tili haqida barcha ma'lumotlarni o'zida saqlovchi kanal: @Python_uzbek_coder
Download Telegram
♻️ Savol: Men dasturchi bo'lib ummatga qanday foyda keltira olaman ? Islomda dasturlashning o'rni qanday ?

Quyidagi videoda yuqoridagi savollarga javob olishingiz mumkin !!! 👇

https://youtu.be/B6L3IDRZMzU

@python_uzbek_coder
Audio
#podkast

🤔 Elon Musk, Mark Zuckerberg bo'lish uchun nima qilish kerak?

Bugungi qiziqarli podkastimda O'zbekistondan yangi Elon Musk yoki Mark Zuckerberg bo'lib chiqish uchun harakatni nimadan boshlash kerakligi, o'zi buning iloji bormi yo'qmi?

Bobur Akilhanov ©️

@python_uzbek_coder
Tajribali xodim kerak:

🏢 Idora: Legends Of IT
📚 Texnologiya: Python
🇺🇿 Telegram: @BoburOdilovSamatqulovich
📞 Aloqa: +998 97 722 66 06
🌐 Hudud: Toshkent sh
✍️ Mas'ul: Bobur Odilov
🕰 Murojjat vaqti: 9:00 - 21:00
🕰 Ish vaqti: 9:00 - 21:00
💰 Maosh: $1000+
‼️ Qo`shimcha: Bepul ovqat, oylik bonuslar, doimiy ish o'rni, bepul sayohatlar, intiluvchan jamoa

#ishJoyi #python #Toshkent
Google dinozavrlar o'yinidagi balingiz sizning Internetingiz qanchalik yomonligini ko'rsatib beradi.🦖 🤪

Manba: Antiqa fikr 🧠
Bilarmidingiz?

✔️ IT Park “IT Market” onlayn platformasini ishga tushirdi va ushbu platforma:
— buyurtmachilar buyurtmalarni sifatli va oʻz vaqtida bajarishga tayyor boʻlgan IT mutaxassislarni topishlariga;
— IT mutaxassislari esa oʻzi qiziqqan loyihalarini tanlashlariga yordam beragi.

Shuningdek, IT mutaxassislari oʻz rezyumelarini “IT Market”ga yuklashlari mumkin. Bu ularga platforma imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanishga va shu uchun maxsus yaratilgan “Vakansiya” sahifasida ish topishga yordam beradi.

👉 Platforma bilan tanishish uchun havola orqali o‘ting: http://it-market.uz
Forwarded from MFaktor.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'quv markazlari ta'lim saviyasini tushib ketishiga sababchi bo'lmoqdami?

Javob ushbu videoda

MFaktor Podcast ko'rsatuvining to'liq qismini quyidagi havola orqali ko'rishingiz mumkin:
➡️ https://youtu.be/KUBPrmhpmUw

👉 @MFaktorUz
Forwarded from MFaktor.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Qanday kadr hamisha qadrlanadi?

▪️ Sinov qo'rqinchli emas, sinovdan o'ta olmaslik qo'rqinchli!
▪️ Ayollar uyida o'tirib ishlasa, eridan ko'p pul topadi.
▪️ Biror narsaga erishish uchun, nimadandur voz kechish kerak.

😉 Bular shunchaki MFaktor Podcast ko'rsatuvimizning bir parchasi xolos.

Ko'rsatuvning to'liq qismini quyidagi havola orqali ko'rishingiz mumkin:
➡️ https://youtu.be/KUBPrmhpmUw

Ketkazgan vaqtingizga afsuslanmaysiz!

👉 @MFaktorUz
Deep Machine Learning.pdf
486.2 KB
#Maqola
#Python
#Deep_Machine_Learning

🐍 Pythonda rasmdagi obyektlarni aniqlaymiz - Deep Machine Learning !!!

@python_uzbek_coder
Amaliyotchi Python dasturchi, Data Scientist | TTS Uzbekistan

Ish haqi: Bepul(tajribaga qarab maosh to'lanadi)
Ish jadvali: Online, erkin ish jadvali asosida

Talablar:
• Ish tajribasi(kamida 6oy): Python, Pandas, Numpy, Opencv, Tensorflow, Pytorch;
• Tanish bo'lishi lozim: Git, Linux;

Qulayliklar:
• Hayotiy sun'iy intelekt loyihalarda ishtirok etish;
• Kuchli dasturchilar muhitida rivojlanish;

Aloqa:
• Tg: @mb9888
Vaqtni ko’proq Algoritm va Data structurelarni o’rganishga sarflash kerakmi, yoki biron freymworkni yaxshilab o’rgangan foydaliroqmi?

Juda qiziqarli savol bo’libdi, butun karyerangiz davomida algoritm va data structurelar minimal tarzda kerak bo’lishi mumkin. Minimal deganda quyidagilar kiradi:

🔘 Siz eng ko’p qo’llaniladigan algoritmlarni bilasiz
🔘 Kerak bo’lgan paytda qayerdan yaxshi, test qilingan va ishlaydigan algoritmni topib bilasiz
🔘 Ikta algoritmni vaqt va resurs tomondan taqqoslab bilasiz. Qaysi biri ko’proq effekt berishini aniqlab bilasiz.
🔘 Biron open source proyektdan algoritmini olib, biroz o’zgartirib, o’z proyektizga moslashtirib bilasiz.

Bu minimal tarzda bilishiz kerak bo’lganlar edi, va maximalining esa chegarasi yo’q. Web dasturchi sifatida ishlasam, ish davomida ko’p tayyor kutubxonalar ishlataman. Qanaqadir qiyin algoritm o’ylash ko’p kerak bo’lmagan, chunki shu open-source kutubxonalarni o’zi algoritmlardan tashkil topgan bo’ladi. Map, Set, Hash kabi boshlangich strukturaviy tushunchalarni bilish muxim, bu barcha dasturlash tillarida bor.

Dinamik dasturlash va grafik nazariyasiday algoritmlar real proyektlarda ishlatmabman umuman, faqat masala yechishda ishlatganman.

Ikkalasi ham bir day zarur, toki algoritmlarni bilmas ekansiz, optimal yechim topish qiyin bo’ladi, dasturni tez ishlashi esa katta-katta dasturlarda juda ham muxim, backend javob qaytarishini bor yo’gi 10 millisekundga oshirish ham, ko’p foydalanuvchilari bor saytlarda sezilarli darajada o’zgarishga olib keladi.

Avvalari dasturlashni endi boshlayotganimda men ham faqat algoritmlar tuzish bilan vaqtim ketgan, masalalar yechganman, hozirda esa bunga ehtiyoj qomagan, chunki real proyektlarda qilayotgan har bir ishimni o’zi ham algoritm, bu degani shunday ishimda ishlab ham, masala yechobman. Maslahatim, asosiy algoritmlar va data structurelarni o’rganib, keyinchalik tilni va frameworkni o’rganavering, algoritmlarni yaxshi tuzib bilishiz, ish jarayonini o’zida kuchayib boradi

Lazizbek Ergashev ©️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Diplom kerakmi yoki ...

Javob ushbu videoda

MFaktor Podcast ko'rsatuvining to'liq qismini quyidagi havola orqali ko'rishingiz mumkin:

➡️ https://youtu.be/KUBPrmhpmUw
Audio
#podkast

📈Biznesda muvaffaqiyat

Bugungi podkastda biznesda muvaffaqiyatga erishish, ushbu sohada qanday qilib qat'iyatli, sabrli bo'lish haqida o'z bilimlarimni tajribalarimni ulashib o'taman!

@akilkhanovuz
​​Nima uchun NASA, Google, DreamWorks aynan Pythondan foydalanadi?

🔡 Python
dasturlash tili Gvido van Rossum tomonidan ishlab chiqilgan qo'shimcha loyihadir. Gvido mavjud tillarni tushunish va o'rganish qiyin deb hisoblagan, shuning uchun u o'z loyihasi ustida ishlashni boshlagan. Van Rossum tilni sodda va kuchli qilishni rejalashtirgan.

🤔 Xo'sh, uning vazifalari nimalardan iborat?

📡 Veb-dastur ishlab chiqishda
Python server tomonidan dasturlash uchun ishlatiladi. "Pythonistlar" mahalliy Python yoki Django, Pyramid yoki Flask kabi mashhur ramkalardan foydalangan holda veb-dasturlar bilan ishlashadi.

📊 Python kichik dasturlar shuningdek yirik loyihalar uchun ham ishlatiladi. Masalan, portallar, veb-xizmatlar va internet-do'konlarda foydalanish uchun bir xil darajada qulaydir. Pyhtondan tahlil, vizualizatsiya, trendlarni bashorat qilishda ko'p foydalaniladi. Pythonda katta ma'lumotlar bilan ishlashga mo'ljallangan bir nechta kuchli va ommabop kutubxonalar mavjud.

📚 Kutubxonalardan, Matplotlib - bu ma'lumotlarni vizualizatsiya qilish bo'yicha eng mashhur kutubxonalardan biri. PANDAS kutubxonasi ma'lumotni tahlil qilish uchun ishlatiladi.

😎 Shunday ekan, mutaxassislar Pyhtonni o'rganish uchun eng oson til deb aytishadi!

Dasturchi domla ©️

@python_uzbek_coder
​​Rossiyada ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tish uchun pasport so‘ralishi mumkin

Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalarni nazorat qilish bo‘yicha federal xizmat («Roskomnadzor») shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash mexanizmi doirasida ijtimoiy tarmoq va messenjerlarning yangi foydalanuvchilaridan pasport nomeri, telefon raqami va elektron pochtasi so‘rashi mumkin. Bu haqda «Kommersant'» nashri xabar bermoqda.

«Roskomnadzor» loyihasida yagona informatsion tizimning shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash mexanizmlari tushuntirilgan. 1 iyuldan boshlab ma'lumotlar operator (ijtimoiy tarmoq yoki messenjer) rozilik to‘plashni tashkillashtirishi kerak. Foydalanuvchilar ma'lumotni ijtimoiy tarmoq platformasi yoki «Roskomnadzor» tizimi orqali taqdim qilishni tanlashlari kerak. Ikkinchi variant tanlanganda ma'lumotlar davlat xizmatlari portali orqali tasdiqlanadi va bunda pasport raqami va boshqa ma'lumotlar kiritilishi shart.

Bu talablarga rioya qilmagan ijtimoiy tarmoqlarga 100 ming rublgacha jarima solinishi mumkin. Loyiha «Shaxsiy ma'lumotlar haqida»gi qonunga o‘zgartishlar kiritish doirasida tayyorlanmoqda. O‘zgartirishlar qisman mart oyidan boshlab amal qila boshlaydi.

10 mart kuni Rossiya axborot agentliklari «Biometriya» mobil ilovasi ishga tushirilishi va u foydalanuvchilar unga o‘z biometrik ma'lumotlarini kiritib, turli xizmatlardan elektron shaklda foydalanish imkoniga ega bo‘lishini ma'lum qilgandi. O‘z navbatida, «Kommersant'» bir necha manbalarga tayangan holda hukumat biometrik ma'lumotlarini taqdim qilmagan rossiyaliklarni ayrim davlat xizmatlaridan masofadan turib foydalanishdan mahrum qilmoqchi ekanini yozgandi.

Ⓜ️ Kun.uz

@python_uzbek_coder
Agar siz google qidiruv tizmiga "do a barrel roll" deb yozsangiz, ekraningiz aylanadi. Sinab ko'ring doʻstlaringizni hayron qoldiring!

@python_uzbek_coder
Nimaga IT olamida xatolar bag (bug - hasharot) deb ataladi

Afsonaga qaraganda 1947-yilning, 9-sentyabrida, Harward universitetida, Greys Myurrey Xopper Mark II Aiken Relay Calculator qurilmasini tekshirotgan paytida xatolikka duch kelgan. Keyinchalik aniqlanishi bo’yicha qurilma sxemasida kapalak yopishib qolgan ekan, va shuning uchun ham ishlamayotgan ekan. Greys sxemadan hasharotni olayotgan payti xonaga zobit kirib kelgan, shunda undan nima qilayotganini so’ragan. U kompyuterni xasharotlardan tozalayotganini aytgan (ingliz tilida: debugging) . O’sha paytdan beri dasturlashda xatolar - bug, xatolarni tuzatish esa debugging deb ataladi

Lazizbek Ergashev ©️

@python_uzbek_coder
JetBrains haqida.pdf
411.4 KB
#Maqola

🔰 JetBrains haqida !!!


"Biz dasturlashni sevamiz. Biz o'zgacha ishtiyoq bilan kodlaymiz. 2000 yildan beri biz dasturchi do'stlarimiz, xodimlarimiz uchun ularni ko'plab muammolardan halos etish uchun effektiv instrumentlar yaratib kelmoqdamiz !!! "

JetBrains kompaniyasining rasmiy saytidan :) .

@python_uzbek_coder
Forwarded from PYTHON DASTURLASH TILI (𝟺𝟾𝟾𝟶𝟻 𝟷𝟾𝟿𝟺𝟼𝟷^^𝟶\/)
🗂 PYTHON DASTURLASH TILI kanalimizda taqdim etilgan foydali maqolalar !!!

🐍 Pythonda Google Translate API bilan ishlash !!! 👇
https://t.me/python_uzbek_coder/1124

🐍 Pythonning PyGame modulidan foydalanib "Skane" - 🐍 "Iloncha" o'yinini yaratamiz !!! 👇
https://t.me/python_uzbek_coder/1123

🐍 Python dasturlash tiliida yaratilgan .py faylini .exe faylga o'tkazish !!! 👇
https://t.me/python_uzbek_coder/1134

🐍 Python dasturlash tili yordamida Telegramda profil rasmini soatga aylantiramiz !!! 👇
https://t.me/python_uzbek_coder/1141

🐍 Pythonda rasmga so'z yozuvchi dastur yaratamiz !!! 👇
https://t.me/python_uzbek_coder/1166

🐍 Pythonda kodlash !!! Bu maqolani albatta saqlab qo'ying. Ayniqsa python dasturlash tilini mustaqil o'rganayotgan bo'lsangiz !!! 😉 👇
https://t.me/python_uzbek_coder/1181

🔰 Git va Guthub haqida !!! 👇
https://t.me/python_uzbek_coder/1184

🐍 Pythonda sodda interfeysli diktafon yaratamiz !!! 👇
https://t.me/python_uzbek_coder/1200

🔰 Windowsga pipni o'rnatish !!! 👇
https://t.me/python_uzbek_coder/1210

🐍 Pythonda rasmdagi obyektlarni aniqlaymiz - Deep Machine Learning !!! 👇
https://t.me/python_uzbek_coder/1211

🐍 Pythonda 2 kishilik PING-PONG o'yinini yaratamiz !!! 👇
https://t.me/python_uzbek_coder/1224

🔰 Dasturlashni endi boshlagan kishi loyihalar uchun mashq va g'oyalarni qayerdan topishi mumkin👇
https://t.me/python_uzbek_coder/1225

P/C: Albatta bu maqolalar hali hammasi emas. Boshqa maqolalardan ham boxabar bo'lishni xoxlasangiz #Maqola heshtegidan foydalaning !!!

@python_uzbek_coder - python dasturlash tilini biz bilan o'rganing !!!
​​​​«Dasturlashni o'rgandim, qanday pul ishlashim mumkin?»🧐

Ko'pchilikda bu savol bo'lishi mumkin. Ushbu postda shu haqida ba'tafsil ma'lumot beramiz!

🔸Shaxsiy brend
Oddiy qilib aytganda, shaxsiy brend bu — insonni brend sifatida faoliyat yuritishi. Maqsad — ismingiz esda qolarli bo'lishi kerak, masalan Артемий Лебедев

🔸Shaxsiy brending o'zi nima?
Portfolio, fikrlar, mashxurlik, potensial mijozlar shular sirasiga kiradi.

🔸Nimadan boshlash kerak?
Agar senda hali portfolio bo'lmasa, tezroq uni tayyorla. Portfoliosiz mijozni jalb qilib bo'lmaydi, aynan portfolio mijozning senga bo'lgan ishonchini oshiradi. Portfolioga iloji boricha buyurtma berilgan ishlarni qo'ying, bu haqida pastroq.

🔸Portfolio bor, ammo mijoz yo'q
Fikr uchun buyurtma izlash eng ma'qul variant. Ya'ni siz unga buyurtmani qilib berasiz, u evaziga siz haqingizda iliq fikr bildiradi (отзыв). Bir o'q bilan ikki quyon — proyekt ham bor, fikr ham bor. Ishingizdan ko'ngli to'lgan zakazchiklarga sizni boshqalarga tavsiya qilishini iltimos qiling.

🔸Reklama
Hammasi tayyor, hammasi bor. Endi mijozni qanday topamiz? Javob — Reklama! Siz o'z xizmatlaringizni yaxshiroq kanal yoki saytda reklama qiling, 2-3 buyurtmadan keyin reklama puli ham qoplanib ketadi.

𝗣𝘆𝘁𝗵𝗼𝗻 𝗱𝗮𝘀𝘁𝘂𝗿𝗹𝗮𝘀𝗵 𝘁𝗶𝗹𝗶𝗻𝗶 𝗯𝗶𝘇 𝗯𝗶𝗹𝗮𝗻 𝗼'𝗿𝗴𝗮𝗻𝗶𝗻𝗴 !!!