PYTHON DASTURLASH TILI
1.55K subscribers
334 photos
332 videos
408 files
701 links
Python dasturlash tilini o'rganmoqchimisiz ? Ammo bu dasturlash tili haqida kerakli ma'lumotlarni qayerdan topishni bilmayabsizmi ?

Telegram tarmog'idagi Python dasturlash tili haqida barcha ma'lumotlarni o'zida saqlovchi kanal: @Python_uzbek_coder
Download Telegram
Googlening serverlari biz haqimizda nimalarni biladi?

Internetdagi faoliyatimizni Googlesiz tasavvur qilish qiyin, ayniqsa androidchilar uchun. Xoʻsh, internetdagi "hayotimiz" uchun "havo" vazifasini oʻtayotgan Google biz haqimizda nimalarni biladi?

Bilamizki Googlening bir necha oʻnlab ilovalardan foydalanamiz.

Google hozir siz haqingizda deyarli barcha narsalarni — ismingiz, familiyangiz, yoshingiz, jinsingiz, qayerda turganligingiz, qaysi ilovadan nimalar izlayotganingiz, nima deyayotganingiz, qayerga ketayotganingiz, nimaga qiziqishingiz, kelajakdagi rejalaringiz va boshqa siz tasavvur qila olmaydigan maʼlumotlarni kuzatadi. Hattoki internetingiz oʻchiq boʻlganda ham koʻplab kuzatuv funksiyalari ishlashda davom etadi.

Bilasizmi, bu Googlega nima uchun kerak? Asosan sizga hozirda kerak maʼlum mahsulotlar reklamasini taqdim etib, maksimal effektga erishish. Va buning hozircha yomon tomoni yoʻq deb qaralmoqda.

Ⓜ️: Google bilan

@python_uzbek_coder
​​ Ko'pchilik so'ragan mavzu: AI haqidagi fikrlarim

Avvalo AI haqida ma'lumotga ega bo'lmagan insonlar uchun ushbu texnologiya haqida qisqa gapirib o'taman. AI bu Sun'iy intelekt ya'ni insoniyat tomonida yaratilayotgan kelajagi bor texnologiya hisoblanadi.

Xo'sh bu AI shunchalik hayotimizda muhimmi? Ha albatta, agarda AI yaxshi darajada rivojlanib ketsa, murakkab, xavfli ishlarni insonning o'rniga AI ega Robotlar qilishi mumkin lekin buning ortidan bir nechta kasblar kelajakda yo'q bo'lib ketishi mumkin. Masalan "Haydovchilik" kasbini kelajakda Sun'iy intelekt egallaydi va hozirdan haydovchisiz transportlarni test sinovlari boshlangan.

Sun'iy intelektni yaratish uchun qanday dasturlash tillaridan foydalaniladi. Python,
C++, Java kabi dasturlash tillari AI uchun foydalaniladi. Hozirda ushbu texnologiya rivojlanishi bo'yicha Xitoy, AQSH, Yaponiya va Germaniya kabi davlatlar yetakchilik qiladi. AI haqida yanada ko'proq ma'lumotlarni keyingi postlarimizda berib o'tamiz!

Nima deb o'ylaysiz Sun'iy intelekt O'zbekistonda ham rivojlanib ketishi uchun qanday ishlarni amalga oshirish kerak? Fikrlaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin 👇

@akilkhanovuz
Forwarded from PDP Academy
🎉 Akademiyamiz asoschisi Odilbek Mirzayev endi TikTokda

Xabaringiz bor, TikTok ijtimoiy tarmog’i so’nggi bir yilda juda ko’p yoshlarni o’ziga jalb qildi va jadallik bilan o’sib kelmoqda.

Yoshlar foydalanadigan ijtimoiy tarmoqda esa foydali, ilm ulashuvchi kontent bo’lishi kerak. Akademiyamiz asoschisi Odilbek Mirzayev shu maqsadda TikTokda o’z sahifalarini ochdilar😇
Odilbek Mirzayev o’z videolarida IT sohasi va biznes saboqlari bo’yicha o’z bilimlari bilan ulashib boradilar. Qisqasi TikTokda foydali kontent yaratuvchilar yana bittaga ko’paydi😉

⚫️ TikTokda Odilbek Mirzayevga obuna bo’lish 👉🏻 http://tiktok.com/@odilbekmirzayev

P/S: Agar sizda Odilbek akaga IT, biznes va PDP Academy haqida savollaringiz bo’lsa, izohlarda qoldiring yoki TikTok orqali yuboring😉

☎️ (78) 777-47-47
👩‍💻 Kursga ro'yxatdan o'tish 👉🏻 @PDPSupportBot

Kanalga ulanish 👉🏻 @pdpuz

Website | Instagram | Youtube | TikTok
Dasturlashni O'rganish Uchun Asosiy Bosqichlar:

1. Dasturlashni o'rganish uchun asosiy maqsadingizni belgilab oling.

Ya'ni, nega kompyuter dasturlashni o'rganmoqchisiz? Qaysi tizim uchun (Windows, MAC, Linux) dastur yaratmoqchisiz? Buni belgilash muhim. Sababi, siz boshqa dasturlash tilini tanlab, boshqa tizim uchun dastur yozaman desangiz adashasiz. Maqsadni aniq belgilang.

2. Dasturlash tilini tanlang.

Maqsadingizni belgilab olgandan so'ng, biror bir tilni tanlab, o'rganishni boshlang: C++, C#, Java, Python, Ruby...
Umuman olganda, qaysi tilni tanlash o'zingizga bog'liq, birini boshqasidan ustun bilib bo'lmaydi.
Ya'ni, pichoq, qilich, bolta barchasi kesuvchi anjomlar, lekin hammasining o'zining vazifasi bor. Shularni inobatga olib, qayerda ishlamoqchisiz va u yerda qaysi tilni so'rashayotganini izlab ko'rib, tilni tanlab, o'rganishga kirishing.

3. Pul uchun o'rganmang.

Yo'nalishni ko'p pul berishi uchun o'rganayotgan bo'lsangiz, ko'pga bormaysiz. Ochig'i, dasturlash hammaga ham to'g'ri kelmaydi. Bu uzoq vaqt qattiq mehnat talab etadigan soha. Doim o'rganishda bo'lishingizni talab etadigan yo'nalish.

4. Dasturchilar ishlatadigan vositalardan foydalanishni o'rganing.

Github, Medium, StackOverflow kabi loyihalardan dasturchilar keng foydalanishadi va loyihalarini tuzishda yuzaga kelgan muammolarni osonlik bilan bartaraf etishadi. Ularni ishlatishni o'rganing.

5. Boshqa dasturchilar yozgan kodlarni kuzating.

Ishga kirganingizda, siz 0 dan loyiha yozibgina qolmay, boshqalarning kodidagi xatoliklarni bartaraf etishingizga ham to'g'ri keladi. Hamma bir xil ovqatni har xil tayyorlay olgani kabi, kod ham boshqa xil uslubda yozilgan bo'lishi mumkin. Shuni inobatga olgan holda, begona kodlarni ham kuzatib turing.

6. Hamjamiyat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali o'rganayotgan dasturlash tilingizdagi hamjamiyat, guruhlarni izlab toping. U yerda o'rganuvchilar bir-birlariga yordam berishadi. Siz ham boshqalarning muammosiga yechim izlashga harakat qilib ko'ring.

7. Loyiha yaratish

Haqiqiy real loyiha yasashga urinib ko'ring. Loyihangiz minimal muammoga yechim bo'lsin. Qo'shimcha funksionalliklarni keyin qo'shsa bo'laveradi. Telegram ham boshida oddiy chat bo'lgan, bugun esa bir necha o'nlab yordam beradigan imkoniyatlari mavjud.

8. Yuqoridagi bosqichlardan o'tganingizdan keyin, katta dasturchilar bilan aloqani o'rnating.

Ularga yordamchi, shogird bo'lishingiz mumkin. Internship (stajirovka)ga kirib, dastlabki ishingizni boshlashingiz mumkin.

9. Intervyu oldi tayyorgarliklari

Bilimga ega bo'lganingizdan keyin, sizning kommunikatsiyangiz, shaxsiyatingiz, hujjatlar bilan ishlashingiz ishga kirishingizda muhim rol o'ynaydi. Shu tomonlama o'zingizni rivojlantiring - rezyume yasash, to'g'ri email yozishni o'rganing.

10. Ishga topshiring

Ishga kirayotganda siz korxonaga nima bera olishingiz va nega sizni tanlashlari kerakligi so'raladi. Shu asosiy savolga javob tayyorlang. Agar ilgari qayerdadir ishlagan bo'lsangiz, nega u yerdan chiqib, yangi ishga kelganingizni so'rashadi. Bu vaqtda, eski ish joyingiz va kollektivni aslo yomonlay ko'rmang, chunki siz yangi korxonadan ketganingizda, boshqa ish joyida ham ularni yomonlashingiz mumkin degan fikrda, sizni ishga qabul qilishmaydi.
Qabul qilishmasa, ruhiyatni tushirmang va boshqa korxonalarni ko'zdan kechiring.
Bilimingiz yetarli va bera oladigan qadriyatingiz yuqori bo'lsa, sizni albatta ishga olishadi.

@python_uzbek_coder
Ish beruvchilar uchun eng talabgor dasturlash tillari

Bu sohada Python va JavaScript eng ommabop dasturlash tili bo'lib qolmoqda, ammo ish beruvchilar orasida aynan ularga talab u darajada yuqori emas, deb yozadi ZDNet. “Hired” kompaniyasining ma'lumotlariga ko'ra, 2019-yilda ish beruvchilardan Go, Scala va Rubyni biladigan dasturchilar eng ko'p taklif oldilar.

Go ko'nikmalariga ega bo'lgan mutaxassislar har 2-6 haftada o'rtacha 9,2 marta, Scala 8,5, Ruby 8,2 va TypeScript 7,9 marta ishga olish oldidan suhbatlarga taklif qilindi.

Dasturchilarga bo'lgan talab darajasi, shuningdek, ularning ish tajribasini ham istisno qilmadi. Masalan, eng talabgor mutaxassislar 4-6 yillik tajribaga ega Go, 6-10 yillik tajribaga ega Rubi dasturchilari bo'ldi. 10 yildan ortiq tajribaga ega dasturchilar esa, agar ular Scala va Go'ni bilsalar, suhbatga ko'proq taklif etildilar.

Lekin yuqorida keltirilgan dasturlash tillari dasturchilar orasida u qadar  mashhur emas. So'rovda qatnashganlarning 63 foizi JavaScript, 44 foizi Python, 38 foizi Java tillarini afzal ko'rishni yozishgan. Kotlin va Objective-C eng kam ommalashgan, Ruby va PHP dasturchilar orasida eng sevimli tillar ro'yxatida.

@python_uzbek_coder
📊 Startup — u nima?

Start Up (ing. start - boshlash, up - ko'tarish) biznes bilan bog'laydigan bo'lsak, ishga tushirish, boshlash degan ma'noni anglatadi.

Startup deb, endi ish boshlagan yoki boshlash jarayonida bo'lgan loyihaga aytiladi. Asosiy shart — aniq va optimal biznes g'oyaga ega bo'lish kerak.

Loyihani startup deb atashda sohaning ahamiyati yo'q, ammo ko'p insonlarning hayolida startup — bu IT-loyiha hisoblanadi.

Ⓜ️: IT BUSINESS SCHOOL

@python_uzbek_coder
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
~Ta'limga yoshlarni qanday qiziqtirish mumkin ?
~Nega yoshlar vaqtidan unumli foydalana olmayapti ?
~Ta'limga nima uchun investitsiya qilishga qo'rqishadi ?

Java Developer Umid Akhmedov 👨🏻‍💻

@python_uzbek_coder
👨‍💻 Yangi Dasturchilar uchun 8 ta e'tibor qaratilishi kerak bo'lgan, muhim jihatlar:

1. Mantiqiy fikrlash
2. Googleda ma'lumot qidirishni o'rganish
3. Faqat bitta tilga e'tibor berish
4. Youtubedan o'rganish
5. Kichik loyihalarni oxiriga yetkazish
6. Trendlarga e'tibor bermaslik
7. Errorlar nimalarni anglatishini tushunish
8. To'xtovsiz kodlash

P.s: Faqat yangilar uchun ham emas 😉

Ⓜ️: WEB DASTURLASH KANALI

@python_uzbek_coder
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IT SOHASI YO'NALISHLARI.

Siz o'zingiz qiziqqan IT sohasini qaysi yo'nalishini tanladingiz?
Hali tanlab ulgurmagan bo'lsangiz bu video sizlarga yordam beradi.

Ⓜ️: IT World

@python_uzbek_coder
#Dasturlash
#Python

Hozirda Malayziyaning USIM universitetida Axborot xavfsizligi boʻyicha dars berayotgan yurtdoshimiz Anvar Narzullayev xolis niyatda oʻz YouTube kanallarida Python dasturlash tili boʻyicha videodarslik joylab bormoqdalar. Dasturlashga qiziqqan yoshlarimiz uchun juda qulay.

P.S.: Darslarni eng birinchi videodan boshlab, tushungan holda koʻrishni tavsiya qilamiz.

LINK 👉 youtube.com/playlist?list=PLwsopmzfbOn9Lw5D7a26THpBDgAma1Sus

@python_uzbek_coder
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Келажакда болаларингиз «тупой» бўлиб катта бўлса ҳафа бўлманг, чунки у ўқитувчилар бугун «TikTok»да ўтирибди»
Bitta narsani aniq bilaman, 22 yil muqaddam, avtomobil garajida o'tirgan Larry Peyj va Sergey Brin millard dollarlik kompaniya yaratishini hayoliga ham keltirmagan. Tengdoshlari singari o'z bilimini IBM, Microsoft, Apple kabi kompaniyalarga oylik maosh uchun sotmagan. Natija esa GOOGLE!

Ha azizlar, bular Google yaratuvchilari.. O'z yo'lini tanlay olish ham bir mahorat....

@python_uzbek_coder
Puli koʻpligi sababli oʻzingiz qiziqmagan sohaga kirmang!

Yaxshi grafik dizayner oyiga 3000$ gacha topishi mumkin, yoki programmist, yoki montajchi (meni bilganim).
Tasavvur qilib koʻrdim... Shu yerda oʻzimni yaxshi his qilamanmi? Yoʻq zerikib ketdim buni oʻylab...
Keyin boshqa fikr keldi, meni yoʻlim aniq. Bu oxirgi maqsadimga erishadigan vosita sifatida koʻrina boshladi (hammada har xil chunki maqsadlar turlicha, meni pozitsiyamda shunday koʻrindi). Oʻzingizga yoqadigan ishni tanlang, oʻzingizni oʻstiradigan ishni tanlang, puli uchun emas!

Tanlagan ishingiz siga motivatsiya beryaptimi? (Yondiryaptimi?) Ana shu sizni ishingiz...

Ⓜ️ Shuxratbek
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkent teleminorasi bilan bog‘liq videolar bo‘yicha munosabat bildirildi

Ijtimoiy
tarmoqlarda Toshkent teleminorasi tungi illyuminatsion chiroqlarini turli xildagi tashqi omillarga ko‘ra o‘chirib yoqilganligi aks ettirilgan video lavhalar tarqatildi.

Toshkent teleminorasida o‘rnatilgan illyuminatsion yoritish chiroqlari Internet yoki boshqa tizimlarga ulanmagan va ular orqali boshqarish imkoniyati mavjud emas.

Agarda texnik sabablar bilan o‘chish holati yuz bergan vaqtda illyuminatsion yoritish chiroqlari to‘liq o‘chadi va navbatchi xodimlar tomonidan qayta yoqiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent teleminorasi to‘g‘risidagi tarqalgan video lavhalar o‘z tasdig‘ini topmaganligini ma’lum qilamiz, deb yozadi «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUK ma’muriyati.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Kompyuter qarshisida o'tirib ishlaydiganlar uchun foydali maslahatlar.
Dasturlashni o’rganayotganda ko’p uchraydigan savollarga – javob

Instagram akkauntimga juda ko'p savollar keladi. Ko'pchilik bir hil narsani so'rashadi. Ko'p uchraydigan savollarni bir joyga to'plab - javob yozdim.

Ushbu maqolani bu yerda topishingiz mumkin - http://myblog.uz/2021/02/01/dasturlashni-organayotganda-kop-uchraydigan-savollarga-javob/

KADIROV Dev ©️

#text
@python_uzbek_coder
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eee gap yo'q😂😂😂😂👍👍👍

"Kompyuter injiniringi" fakulteti talaba qizlari tomonidan ishlangan ajoyib video.

Bizdan ham tiktokerlar chiqarkane🙊

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ
📌 Agar 15 soniyada hamma ranglarni to‘g‘ri ayta olsangiz, siz 90 % odam qila olmaydigan ishni qilgan bo‘lasiz.

Agar 10 soniyada ayta olsangiz siz Dahosiz!

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL | Instagram
Forwarded from Ochiqcha Gap (Xakimbek O‘rolov)
Full Stack Python Developer +++

🗣 Kanalimizda berilgan kitoblar.
Biz ishonamiz !
Bu kitoblar Full Stack Python Developer bo‘lishingizda sizga sezilarli darajada o‘z hissasini qo‘shadi!!!

Join and share.
🌐Kanalimiz:
@full_stack_python_developer

HTML
https://t.me/full_stack_python_developer/160

CSS
https://t.me/full_stack_python_developer/193

WEB dasturlash texnologiyalari
https://t.me/full_stack_python_developer/164

Python dasturlash tili
https://t.me/full_stack_python_developer/156

Python darslik
https://t.me/full_stack_python_developer/182

Making Games
https://t.me/full_stack_python_developer/187
#prikol
253 marta xato qilib, oxirida kodlari ishlab ketgan dasturchi aynan shunday holatda bo'ladi 😄

P.s: Hurmatli dasturlashni endi boshlayotganlar, sizlarni ham kelajakda aynan shu holatlar kutib turibti. Sabr va matonat bilan shu bosqichlarda o'tib olsangiz, yorqin kelajak sizlarni kutib turibti.

💬 Siz dasturlashni o'rganishni boshlaganmisiz? Yoki boshlamoqchimisiz? Izohlarda qoldiring.

Dasturchi domla ©️
HTML & CSS o'zbekcha.exe
4 MB
HTML va CSS tilini to'liq o'rgatuvchi o'zbekcha kompyuter dasturi


📡 Yaqinlaringizni ham kanalga taklif qiling📡

@python_uzbek_coder - dasturlashni biz bilan o'rganing !!!