PYTHON DASTURLASH TILI
1.55K subscribers
334 photos
332 videos
408 files
701 links
Python dasturlash tilini o'rganmoqchimisiz ? Ammo bu dasturlash tili haqida kerakli ma'lumotlarni qayerdan topishni bilmayabsizmi ?

Telegram tarmog'idagi Python dasturlash tili haqida barcha ma'lumotlarni o'zida saqlovchi kanal: @Python_uzbek_coder
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
February 19, 2021
February 19, 2021
O'rganish uchun dangasalik qilayapsizmi? Unda quydagi metod sizga yordam beradi.

Vaqtni to'g'ri boshqarish, Pomodoro metodi

Pomodoro metodi bugungi kunimizning eng samarali time managment metodlaridan biri hisoblanadi.

Batafsil: https://bit.ly/2OJ6Z3x

Manba: Web dasturlash kanali

@python_uzbek_coder
February 19, 2021
February 20, 2021
Android dasturchi do'stimiz Murodjon Sattorovdan "Hamma uchun 2020-2021 yillardagi eng yangi taomlar retsepti" mobil ilovasi !!!


Bu dasturda 500 dan ortiq retseptlar va 200 dan ortiq video retseptlar keltirilgan. Bu dasturda o'zbek milliy taomlari va dunyo taomlari tayyorlanish jarayoni qadam va qadam ko'rsatilgan va yana juda ham chiroyli, tezkor foydalanuvchi interfacesiga ega. Bazi retseptlarda esa video retseptlar ham o'rin egallagan. Ushbu dasturimiz sizga albatta yoqib tushadi degan umitdamiz😊.

🎁 Yaqinda beta versiyani ham kutib oling.

Bu dasturda:
🍔Dunyo taomlari,
🍹 Ichimliklar,
🍢 Kaboblar,
🍪 Nonlar,
🎂 Pishiriqlar,
🍳 Quyuq taomlar,
🥗 Salatlar,
🍲 Suyuq taomlar,
🍰 Shirinliklar,
🎂 Tortlar


bo'limlaridan iborat va yana o'zbek va dunyo oshxonalarida pishiriladigan mazzali ovqatlarning video retseptlarini o'z ichiga olgan. Bir so'z bilan aytganda sizga manzur keladi degan umiddamiz.

Agar dasturimiz sizga maqul kelgan bo'lsa unda baho qo'yishni unimang !!!😊😊😊

Dastur muallifi: Murodjon Sattorov

Dasturni yuklab olish ➡️ Taomlar retsepti
February 20, 2021
Nima uchun Pythonni o'rganish kerak?

🤔Dasturlash tillari soni ko’pligidan ularni qaysi birini o’rganish asosiy muammo.
Nima uchun aynan Python dasturlash tilini o’rganish kerak.

✔️ Python juda sodda va sintaksis jihatidan o'rganishga juda qulay.

👨🏻‍💻 Mashxur frameworklardan Django, Flask, Pylons frameworklar Python uchun yaratilgan.

💸 Python dasturchilari sohada eng yuqori ish haqiga ega. AQSHda Python dasturchisining o’rtacha ish haqi taxminan $120 000 ni tashkil qilar ekan. Bizdagi narxlarni hh.uz , rabota.uz kabi saytlardan kirib tekshirishingiz mumkin😉

Endilikda Python dasturlash tilini o’rganish istagi sizda paydo bo’lgan bo’lsa uni qayerdan o’rganish mumkin degan savol tug'iladi.

🟢// PDP Academy sizga sifatli ta’lim berishga tayyor hoziroq chegirma bilan kurslarimizga ro’yxatdan o’ting va o’z kelajagingiz sari qadam tashlang.

(78) 777-47-47
👩‍💻 Kursga ro'yxatdan o'tish 👉🏻 @PDPSupportBot

Kanalga ulanish 👉🏻 @pdpuz

Website | Instagram | Youtube | TikTok
February 20, 2021
February 20, 2021
🤔 Software Engineer bo'lish uchun nima qilish kerak?

Assalomu alaykum do'stlar! Bugun siz bilan "Software Engineer bo'lish uchun nima qilish kerak?" mavzusida suhbatlashamiz.


Software Engineer kim

Software Engineer bo'lish uchun talablar qanday

Software Engineerlar qancha daromad topishadi


1️⃣. Software Engineer - bu o'z sohasining eng kuchli yetakchi insonlari hisoblanadi. Oddiy dasturchilar tilida aytganda senior developer hisoblanadi. Software Engineer lar aslida senior developerlardan ham yuqoriroq o'rinda bo'lishadi, lekin ja Team Leader darajasida emas.

2️⃣. Software Engineer bo'lish uchun siz avvalo o'z yo'nalishingizni yaxshi o'rganishingiz lozim.
Ko'pincha Software Engineerlar o'z sohasini o'rganib, keyin boshqa sohalarni qo'shimcha sifatida o'rganishadi. Software Engineering da eng ko'p ishlatiladigan va trendda bo'lgan tillar Python, Javascript, Java, C++ va boshqa ko'plab tillar mavjud.

3️⃣. Software Engineerlar qancha daromad topadi?

Mamlakatlarda Software Engineerning oylik ish haqlari !!!

🌍 Amerika - $106,816
🌎 Shvetsariya - $88,773
🌏 Yangi Zellandiya - $76,657
🌎 Norvegiya - $60,934
🌍 Daniya - $66,878
🌎 Birlashgan Qirollik - $59,072
🌎 Shvetsiya - $45,222
🌏 Germaniya - $54,705
🌎 Gollandiya - $51,268
🌏 Finlandiya - $44,323
🌏 Avstraliya - $47,417
🌍 Fransiya - $40,558

Manba

Siz ham Software Engineer bo'lishni istaysizmi

Unda bizning @python_uzbek_coder ta'lim platformasida bepul python dasturlash asoslarini o'rganing!
February 21, 2021
JetBrains haqida.pdf
411.4 KB
February 21, 2021
February 21, 2021
😅 Nega dasturchilar begona kod bilan ishlashni yoqtirishmaydi?

Dasturchi bo'lmaganlar uchun dasturchilar olamini tushuntirishda davom etamiz.
Bugungi mavzu: Nega begona kod bilan ishlash qiyin?

Tasavvur qiling, siz quruvchi ustasiz va sizni orol o'rtasida joylashgan chala qurilishni bitirish uchun ishga yollashdi. Yarim chala binoga kirib qarasangiz bir xona to'la shvabralar, katta ventilyator va tashqarida havo shari bor ekan. Boshingiz qotib sekin bir chekkadan ishni boshladingiz va 10 daqiqadan keyin ustalardan biri qichiqirdi. "Gaz! zaharli gaz tarqaldi!" Siz esa nima qilishni bilmasdan o'zingizdan oldin ishlagan quruvchiga qo'ng'iroq qildingiz.

— Allo, Rustam. Bizda zaharli gaz tarqadi. Muammo nimada?
— Bilmadim, hamma narsa ishlab turgandiku!? Loyihada nimanidir o'zgartirdingmi?
— Ha, 5-10 ta shvabrani axlatga chiqarib tashlashga ulgurdim holos.
— Shvabralar shift (potolok) ni ushlab turgandi. Potolokni tepasida zaharli gaz to'la bochkalar bor. Juda og'irligi uchun xonani shvabraga to'ldirishga to'g'ri kelgandi 🙂
— Eshikga kirishda yozib qo'ysa bo'lardi-ku shvabralar potolokni ushlab turish uchun deb🤯 Biz hozir nima qilaylik endi, zaharli gaz tarqayabdi?
— Ventilyatorni ishga tushir, oroldan gazni haydab chiqaradi.
— Ventilyatorni birinchilardan olib tashlaganman 😑
— Nimaga?
— Kichik loyihaga 80 tonnalik ventilyatorni qo'yish kimga kerak? 10-15ta protivogaz qo'ysa yetarli edi-ku!? 🤬
— Protivogazlarni yasab chiqish kerak, ventilyator esa bundan oldingi loyihadan qolib ketgandi, tayyor.
— Rustam, ventilyatorni olib tashlab bo'ldim. Orolda nafas olib bo'lmayabdi, endi nima qilaylik?
— Nima qilib turibsan, zaharlanib o'lmasdan havo sharlariga chiqib, qochinglar oroldan.

Xulosa: Har doim kodingizga izoh(comment) qoldiring, sizdan keyin keladigan dasturchiga rahmingiz kelsin😂

Manba: PDP IT-ACADEMY

@python_uzbek_coder
February 21, 2021
Forwarded from PYTHON DASTURLASH TILI
February 21, 2021
#bilasizmi #dasturlash

"Full Stack dasturchi" bo‘lish uchun qanday texnologiyalar bo‘yicha bilimingizni oshirib borishingiz lozimligi borasidagi infografika 🛠

1️⃣. FRONT END
(saytning foydalanuvchilar uchun tomoni)

✔️Basics:
HTML
CSS
JavaScript

✔️Frameworks:
React
Vue
Angular
Webpack
Yii

✔️Styles:
Bootstrap
Material UI

2️⃣. BACK END (saytning administratorlar uchun tomoni)

✔️Technology:
• Python
• Django
PHP
Node
Ruby on Rails
Java (Spring)
ASP.NET
Redis

3️⃣. DATABASE (ma'lumotlar bazasini boshqarish)

✔️RDBMS:
MSSQL
MySQL
PostgreSQL

✔️NoSQL:
Mongo
Apache Cassandra
CouchDB
Elasticsearch

✔️Graph:
Neo4j
ArangoDB

✔️Message Queues:
Apache Kafka
Amazon SQS
ZeroMQ
RabbitMQ

4️⃣. DevOps (DEVelopment OPeration - ishlab chiqarish va foydalanish jarayonlari samaradorligini oshirish uchun amaliyotlar to‘plami)

✔️Infrastructure:
NGINX
AWS (Amazon Web Services)
Azure (Microsoft)
ELK (Elasticsearch, Logstash, Kibana)

✔️Automation:
Ansible
Chef
Jenkins

✔️Virtualization:
Docker
IBM BladeCenter
Kubernetes
• Vagrant (by Mitchell Hashimoto)
• VMware (by Mendel Rosenblum, Diane Greene, Scott Devine, Ellen Wang & Edouard Bugnion, DELL EMC Corp.)

5️⃣. MOBILE APPLICATIONS (mobil qurilmalar uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqarish, mobil ilovalar)

✔️Android:
• Java (by James Gosling & Sun Microsystems Co.)
• Kotlin (by JetBrains Co.)
• Android SDK (Software Development Kit)

✔️iOS:
• Objective C (by Brad Cox)
• Swift (by Chris Lattner & Apple)

✔️Cross Platform:
• React Native (by Facebook & community)
• Ionic (by Max Lynch, Ben Sperry & Adam Bradley of Drifty Co.)
• PWA (Progressive Web Applications)
• Xamarin (from Microsoft Corp. for .NET)
• Unity (Unity Technologies Co.)

@python_uzbek_coder - dasturlashni biz bilan o'rganing !!!
February 22, 2021
February 22, 2021
Forwarded from PDP Academy
Pythonda nimalar qilsa bo'ladi?

Hozirgi kunda dunyoda 500dan ortiq dasturlash tillari mavjud. Xo'sh, shuncha dasturlash tillari turganda nega aynan Pythonni o'rganish kerak? Qaysi kompaniyalar Pythondan foydalanishadi?

Bugungi postimizda nima uchun Pythonni o'rganish kerak, o'rganib bo'lib yaxshi ish topish mumkinligi haqida gaplashmaymiz (chunki bu aniq😉)

Keling biz qaysi gigant kompaniyalar Pythondan foydalanib, shu darajaga yetganini ko'raylik.

1. Google
2. Facebook
3. Instagram
4. Spotify
5. Quora
6. Netflix
7. Reddit


Shuningdek, Machine learning va Artificial intelligencega asoslangan loyihalar bilan faoliyat yuritadigan deyarli barcha kompaniyalar "Pythonist"lar yordamiga muhtoj.

☎️ (78) 777-47-47
👩‍💻 Kursga ro'yxatdan o'tish 👉🏻 @PDPSupportBot

Kanalga ulanish 👉🏻 @pdpuz

Website | Instagram | Youtube | TikTok
February 22, 2021
Forwarded from Ochiqcha Gap (Xakimbek O‘rolov)
February 22, 2021
February 24, 2021
Googleni ikkinchi ustozga aylantiramiz .pdf
373.3 KB
February 24, 2021
​​IT sohasiga ixtisoslashgan TOP 10 davlat

🔻 Hammaga qiziq bo'lgan faktlardan biri bu albatta IT sohasidagi TOP 10 ta davlat, quyida ular bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

1. Argentina;
2. Chexiya Respublikasi;
3. Avstriya;
4. Ispaniya;
5. Polsha;
6. Belarusiya;
7. Germaniya;
8. Shvetsiya;
9. Belgiya;
10. Finlyandiya.


🇺🇸 Siz kutgan davlat Amerikani bu ro'yxatdan topolmadingizmi? (Men ham topolmadim😅)

Qiziq-haa? Qanchadan qancha IT industriyasidagi millioner-u milliarderlar makoni bo'lgan davlat hatto TOP 10'talikka ham kirmas ekan🤭

Manba: Dasturchi domla

@python_uzbek_coder
February 24, 2021
Forwarded from PDP Academy
🦶PDP Kids — farzandingizning dasturlash olamiga ilk qadami

Bugungi postimizda PDP Kids loyihasi haqida ma'lumot beramiz. Dasturlashni necha yoshdan boshlab o'rganish mumkin? Mazkur savol ko'plab ota-onalar tomonidan kelib tushganligi sababli, bugun PDP Kids loyihasiga to'xtalamiz😉

👨‍👦‍👦 PDP Kids loyihasi 8 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan maktab o'quvchilariga mo'ljallangan bo'lib, Scratch dasturi asosida turli hil interaktiv o'yinlar, dasturlar, hikoyalar va animatsiyalar yasash o'rgatiladi.

🎯 Scratchni o'rgatish orqali kurs davomida farzandingizda kreativ va sistematik fikrlash qobiliyati rivojlantirib boriladi va bu kelajakda farzandingizning dasturlash olamiga kirishini bir necha barobarga osonlashtiradi. Mazkur dastur dunyoning 150dan ortiq davlatlarida, 60 dan ziyod tillarda o'rgatib kelinmoqda.

PDP Kids kurslari orqali farzandingiz kelajagini bugun quring.

☎️ (78) 777-47-47
👩‍💻 Kursga ro'yxatdan o'tish 👉🏻 @PDPSupportBot

Kanalga ulanish 👉🏻 @pdpuz

Website | Instagram | Youtube | TikTok
February 25, 2021
February 25, 2021