PYTHON DASTURLASH TILI
1.55K subscribers
334 photos
332 videos
408 files
701 links
Python dasturlash tilini o'rganmoqchimisiz ? Ammo bu dasturlash tili haqida kerakli ma'lumotlarni qayerdan topishni bilmayabsizmi ?

Telegram tarmog'idagi Python dasturlash tili haqida barcha ma'lumotlarni o'zida saqlovchi kanal: @Python_uzbek_coder
Download Telegram
U inson o'rtacha o'zbek 5 yilda topadigan pulni 1 daqiqada topadi.

Kim deysizmi

Jeff Bezos
hozirda dunyoda birinchi raqamli milliarderi hisoblanadi. U shaxsiy biznesi bo'lgan amazon.com korxonasi orqali bu daromadni oladi.

🇺🇿 Bezos bir daqiqada o'rtacha o'zbek 5 yilda topadigan pulni ishlaydi.

O'tgan yilning o'zida Bezos 19,3 milliard dollar ishlab topdi.

Bu kuniga taxminan 52 million dollarga, soatiga 2 million dollardan oshib ketadi va bir daqiqada 36000 dollarga tengdir.

_____________________________________________

Jeff Bezos yaxshi daromad olish uchun qanday maslahatlari beradi?

1) Har kuni ko'pi bilan 3ta qiyin qarorni qabul qiling!

2) Kechasi to'liq dam oling! [ 8 soat ]

3) Faqat kelajak haqida o'ylang!

4) Doim qalbingizga quloq soling!

5) Xaridor doimo #1 o'rinda!

6) Tavakkal qiling!

7) Kichkinaligidan o'zingiz boshlang va uni rivojlantiring!

Manba: TUIT ONLINE

@python_uzbek_coder
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
PYTHON DASTURLASH TILI
Sticker
#Members
#Thank_you

👨‍💻 Bugun kanalimiz obunachilari soni 2000 taga yetdi. Bu bizga katta motivatsiya beradi. Bizni kuzatayotgan barcha obunachilarimizga rahmat. Inshaolloh davom etayotgan 2021-yilda @python_uzbek_coder jamoasi a'zolari sizlarni ishonchingizni oqlagan holda kanalimizda bundanda zo'r va qiziqarli yangidan yangi loyihalarni amalga oshiramiz !!! 🤗

🐍 2K members, Thank you !!! 😎

@Python_uzbek_coder - 𝗣𝘆𝘁𝗵𝗼𝗻 𝗱𝗮𝘀𝘁𝘂𝗿𝗹𝗮𝘀𝗵 𝘁𝗶𝗹𝗶𝗻𝗶 𝗯𝗶𝘇 𝗯𝗶𝗹𝗮𝗻 𝗼'𝗿𝗴𝗮𝗻𝗶𝗻𝗴 !!!
3_1_William_S_Vincent_Django_for_APIs_Build_web_APIs_with_Python.pdf
5.4 MB
#Book
#English

📚 Django for APIs (2020)

🗂 API uchun Django (2020)
Muallif: Uilyam S Vinsent
Sahifalar soni: 160


Kitob Django va Django REST Framework yordamida zamonaviy API yaratish bo'yicha loyihalar uchun qo'llanma. Ushbu qo'llanma ilgari hech qachon API yaratmagan yangi boshlanuvchilar, shuningdek Django asoslari va eng yaxshi amaliyotlari bilan tezda tanishishga muhtoj bo'lgan professional dasturchilar uchun mo'ljallangan !!!

@python_uzbek_coder - Python dasturlash tilini biz bilan o'rganing !!!
📌 Dasturni faqat dasturchi yaratadimi

Yoʻq!

🗂 Dastur yaratish jarayonida bir qancha odamlar ishtirok etadi, ayniqsa professional jamoalarda.

1️⃣) Proyekt Menejer (PM) — loyihani vaqtida, ajratilgan byudjet bilan, muvaffaqiyatlik yakunlanishiga javobgar shaxs.

2️⃣) Produkt Menejer — mijoz va foydalanuvchilarni fikrlarni inobatga olgan holda yaratilayotgan dasturning xususiyatlarini belgilab beruvchi shaxs.

3️⃣) Biznes Analist (BA) — Produkt Menejerdan dastur shartlarini olgach, uni texnik tahlil qiluvchi, va dasturchi va dizaynerga kerakli tartibda yetkazuvchi xodim.

4️⃣) Dizayner — dasturning tashqi koʻrinish dizaynini yaratuvchi ijodkor.

5️⃣) Dasturchi — berilgan shartlarga asosan, kod yozish orqali dasturni yaratuvchi injener.

6️⃣) Tester (QA) — dasturning sifatini tekshiruvchi sifat nazoratchisi.


P/S: Eng qizigʻi, bu kasblarning barchasiga hozirda talab katta. Maoshlari ham yomon emas !!!

@python_uzbek_coder
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorning mazmun mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish maqsadida “O‘zbekiston 24” telekanali tomonidan mahsus lavha tayyrolanib efirga berildi. 📺

@python_uzbek_coder
Tajribali xodim kerak:

🏢 Idora: Ooo "zk"
📚 Texnologiya: Python, Django
📞 Aloqa: +998 97 715 77 78
🌐 Hudud: Toshkent sh
✍️ Mas'ul: Dilorom
🕰 Murojjat vaqti: 9:00 - 18:00
🕰 Ish vaqti: 9:00 - 18:00
💰 Maosh: 1000$. dan
‼️ Qo`shimcha: Python, django da tajribali bo'lishi shart.

#ishJoyi #django #python #Toshkent
O'rganish uchun dangasalik qilayapsizmi? Unda quydagi metod sizga yordam beradi.

Vaqtni to'g'ri boshqarish, Pomodoro metodi

Pomodoro metodi bugungi kunimizning eng samarali time managment metodlaridan biri hisoblanadi.

Batafsil: https://bit.ly/2OJ6Z3x

Manba: Web dasturlash kanali

@python_uzbek_coder
⁉️ Web dasturchi kim?

Web dasturchi – asosan web ilovalar, web saytlar va brauzerda ishlovchi web dasturlarni yaratish bilan shug’ullanadigan shaxs. Web dasturchilar ham 3turga bo’linadi:

👨🏻‍💻 Front-End dasturchi – web saytning klient qismini ya’ni foydalanuvchilarga ko’rinadigan qismini tayyorlaydi. Yana ham soda qilib aytsak, ixtiyoriy bir saytga kirib ko’ring. Saytda sizga ko’ringan barcha narsani(dizayn, elementlar, bloklar, animatsiyalar) Front-End dasturchilar qilib beradi.

👨🏻‍💻 Back-End dasturchi – web saytning server qismini tayyorlaydi. Bu Front-Endga nisbatan biroz qiyinroq. Ya’ni dasturchi saytning asosiy logikasini shakillantiradi. Saytning ichida bajariladigan amallarni(ro’yhatdan o’tish, bazalar bilan ishlash, onlayn to’lovlar) dasturlaydi.

👨🏻‍💻 Full-Stack dasturchi – Front-Endni ham Back-Endni ham yaxshi o’zlashtirgan dasturchi. Ya’ni barcha ishni o’zi mustaqil qila oladi. Turgan gapki bunday dasturchilarga talab ko’proq va ular freelance sifatida xam be'malol ishlay olishadi .

Manba: uk valiev

@python_uzbek_coder
Android dasturchi do'stimiz Murodjon Sattorovdan "Hamma uchun 2020-2021 yillardagi eng yangi taomlar retsepti" mobil ilovasi !!!


Bu dasturda 500 dan ortiq retseptlar va 200 dan ortiq video retseptlar keltirilgan. Bu dasturda o'zbek milliy taomlari va dunyo taomlari tayyorlanish jarayoni qadam va qadam ko'rsatilgan va yana juda ham chiroyli, tezkor foydalanuvchi interfacesiga ega. Bazi retseptlarda esa video retseptlar ham o'rin egallagan. Ushbu dasturimiz sizga albatta yoqib tushadi degan umitdamiz😊.

🎁 Yaqinda beta versiyani ham kutib oling.

Bu dasturda:
🍔Dunyo taomlari,
🍹 Ichimliklar,
🍢 Kaboblar,
🍪 Nonlar,
🎂 Pishiriqlar,
🍳 Quyuq taomlar,
🥗 Salatlar,
🍲 Suyuq taomlar,
🍰 Shirinliklar,
🎂 Tortlar


bo'limlaridan iborat va yana o'zbek va dunyo oshxonalarida pishiriladigan mazzali ovqatlarning video retseptlarini o'z ichiga olgan. Bir so'z bilan aytganda sizga manzur keladi degan umiddamiz.

Agar dasturimiz sizga maqul kelgan bo'lsa unda baho qo'yishni unimang !!!😊😊😊

Dastur muallifi: Murodjon Sattorov

Dasturni yuklab olish ➡️ Taomlar retsepti
Nima uchun Pythonni o'rganish kerak?

🤔Dasturlash tillari soni ko’pligidan ularni qaysi birini o’rganish asosiy muammo.
Nima uchun aynan Python dasturlash tilini o’rganish kerak.

✔️ Python juda sodda va sintaksis jihatidan o'rganishga juda qulay.

👨🏻‍💻 Mashxur frameworklardan Django, Flask, Pylons frameworklar Python uchun yaratilgan.

💸 Python dasturchilari sohada eng yuqori ish haqiga ega. AQSHda Python dasturchisining o’rtacha ish haqi taxminan $120 000 ni tashkil qilar ekan. Bizdagi narxlarni hh.uz , rabota.uz kabi saytlardan kirib tekshirishingiz mumkin😉

Endilikda Python dasturlash tilini o’rganish istagi sizda paydo bo’lgan bo’lsa uni qayerdan o’rganish mumkin degan savol tug'iladi.

🟢// PDP Academy sizga sifatli ta’lim berishga tayyor hoziroq chegirma bilan kurslarimizga ro’yxatdan o’ting va o’z kelajagingiz sari qadam tashlang.

(78) 777-47-47
👩‍💻 Kursga ro'yxatdan o'tish 👉🏻 @PDPSupportBot

Kanalga ulanish 👉🏻 @pdpuz

Website | Instagram | Youtube | TikTok
📌 Ijtimoiy tarmoqlar bloklanadimi?

«Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan va shu yil 15-apreldan kuchga kiradigan qoidaga ko‘ra mulkdor va (yoki) operator O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda ishlov berishda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida ishlov berishda ularning jisman O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan texnik vositalarda hamda belgilangan tartibda Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxsga doir ma’lumotlar bazalarida yig‘ilishini, tizimlashtirilishini va saqlanishini ta’minlashi shart, qilib belgilab qo‘yildi..

Bu nimani anglatadi?

Facebook, Instagram, Tik-tok, Telegram, Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlar, shuningdek boshqa internet servislar O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari joylashgan ma’lumotlar bazalarini (serverlari) jismonan O‘zbekistonga olib kelib saqlashi shart degani.

Bunga reaksiya qanday bo‘lyapti?

Facebook kompaniyasi bundan xavotirga tushganini yashirib o‘tirmadi. BBC Uzbek xabariga ko‘ra, Mark Sukerberg asos solgan kompaniya endi Rossiya, Xitoy va O‘zbekiston kabi davlatlar bu yo‘l bilan so‘z erkinligini jilovlashga urinayotganidan xavotir bildirgan.

Mas’ullar qanday fikrda?

Axborot va kommunikasiya texnologiyalari vazirligi matbuot kotibi AQSH, Yevropa, Avstraliya, Hindiston, Qozog‘iston, Indoneziya, Turkiya kabi davlatlar tajribasini o‘rganib, keyin bu tartib joriy etilayotganini ma’lum qilgan.

Xavotirga o‘rin bormi?

Hozircha bir narsa deyish qiyin.

Oldinda Telegram, Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlar, Gmail, mail.ru pochta xizmatlari va Google hamda Yandeks kabi gigantlar bor. Ular bunga qanday qarasharkin? Ayrimlarini hisobga olmaganda, ushbu gigantlar uchun O‘zbekiston bozori unchalik qiziq emas, agar server o‘rnatish xarajatlari va xavfsizlik tomonlari ularga to‘g‘ri kelmasa, shunchaki O‘zbekistonni o‘z tizimidan o‘chirib qo‘yishi mumkin. Bundan ko‘proq o‘zbekistonliklar va bizning tadbirkorlar yutqazadi xolos. Chunki O‘zbekistondagi juda ko‘p bizneslar aynan Google, Facebook, Instagram, Yandeks ustiga qurilgan.

Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Muallif
: Xushnudbek Xudoyberdiyev
🤔 Software Engineer bo'lish uchun nima qilish kerak?

Assalomu alaykum do'stlar! Bugun siz bilan "Software Engineer bo'lish uchun nima qilish kerak?" mavzusida suhbatlashamiz.


Software Engineer kim

Software Engineer bo'lish uchun talablar qanday

Software Engineerlar qancha daromad topishadi


1️⃣. Software Engineer - bu o'z sohasining eng kuchli yetakchi insonlari hisoblanadi. Oddiy dasturchilar tilida aytganda senior developer hisoblanadi. Software Engineer lar aslida senior developerlardan ham yuqoriroq o'rinda bo'lishadi, lekin ja Team Leader darajasida emas.

2️⃣. Software Engineer bo'lish uchun siz avvalo o'z yo'nalishingizni yaxshi o'rganishingiz lozim.
Ko'pincha Software Engineerlar o'z sohasini o'rganib, keyin boshqa sohalarni qo'shimcha sifatida o'rganishadi. Software Engineering da eng ko'p ishlatiladigan va trendda bo'lgan tillar Python, Javascript, Java, C++ va boshqa ko'plab tillar mavjud.

3️⃣. Software Engineerlar qancha daromad topadi?

Mamlakatlarda Software Engineerning oylik ish haqlari !!!

🌍 Amerika - $106,816
🌎 Shvetsariya - $88,773
🌏 Yangi Zellandiya - $76,657
🌎 Norvegiya - $60,934
🌍 Daniya - $66,878
🌎 Birlashgan Qirollik - $59,072
🌎 Shvetsiya - $45,222
🌏 Germaniya - $54,705
🌎 Gollandiya - $51,268
🌏 Finlandiya - $44,323
🌏 Avstraliya - $47,417
🌍 Fransiya - $40,558

Manba

Siz ham Software Engineer bo'lishni istaysizmi

Unda bizning @python_uzbek_coder ta'lim platformasida bepul python dasturlash asoslarini o'rganing!
JetBrains haqida.pdf
411.4 KB
#Maqola

🔰 JetBrains haqida !!!


"Biz dasturlashni sevamiz. Biz o'zgacha ishtiyoq bilan kodlaymiz. 2000 yildan beri biz dasturchi do'stlarimiz, xodimlarimiz uchun ularni ko'plab muammolardan halos etish uchun effektiv instrumentlar yaratib kelmoqdamiz !!! "

JetBrains kompaniyasining rasmiy saytidan :) .

@python_uzbek_coder
📌 Машҳур андроид-илова хавфли экан. Ўчириб ташланг!

«Google Play»
да энг оммалашган иловалардан бири андроид-смартфонлар учун хавф туғдирмоқда, деб ёзмоқда «Профиль».

Илова «Google Play» да топ-10да, миллионлаб ижобий фикрлар билдирилган.

Бироқ «Trend Micro» экспертлари бу дастурни кўчириб ўрнатгандан сўнг смартфондаги муҳим маълумотлар бегона дастурлар учун очилиб қолишини аниқлашди.

Гап миллиард маротабадан ортиқ кўчириб олинган ўша машҳур «SHAREit» ҳақида боряпти. Илова фойдаланувчилар мусиқа, фото, видео ва бошқа файлларни ўзаро алмашишлари учун яратилган.
«Express» ёзишича, ушбу дастур орқали хакерлар кейинчалик смартфон бузилишига сабаб бўлувчи Man-in-the-disk (MITD) ҳужумларини уюштира олишади.

«Trend Micro» экспертлари 3 ой аввал «SHAREit» муаллифларига иловадаги нуқсонларни ва эҳтимолий хакерлик ҳужумлари айбдорларини кўрсатиб хабар йўллашган. Бироқ ишлаб чиқарувчи муаммони ҳал қилмаган.
«Trend Micro» иловадаги носозликдан «Google» компаниясини ҳам огоҳлантирган. Таъкидланишича, «SHAREit»да охирги янгиланиш 9 февралда амалга оширилган, яъни муаммо ҳануз ечимини кутяпти.
Экспертлар носозлик тузатилишигача бу иловани кўчирмасликни, телефонига ўрнатганлар бўлса, дарҳол ўчириб ташлашни тавсия қилишган.

Manba: Namanganliklar.uz

@python_uzbek_coder
😅 Nega dasturchilar begona kod bilan ishlashni yoqtirishmaydi?

Dasturchi bo'lmaganlar uchun dasturchilar olamini tushuntirishda davom etamiz.
Bugungi mavzu: Nega begona kod bilan ishlash qiyin?

Tasavvur qiling, siz quruvchi ustasiz va sizni orol o'rtasida joylashgan chala qurilishni bitirish uchun ishga yollashdi. Yarim chala binoga kirib qarasangiz bir xona to'la shvabralar, katta ventilyator va tashqarida havo shari bor ekan. Boshingiz qotib sekin bir chekkadan ishni boshladingiz va 10 daqiqadan keyin ustalardan biri qichiqirdi. "Gaz! zaharli gaz tarqaldi!" Siz esa nima qilishni bilmasdan o'zingizdan oldin ishlagan quruvchiga qo'ng'iroq qildingiz.

— Allo, Rustam. Bizda zaharli gaz tarqadi. Muammo nimada?
— Bilmadim, hamma narsa ishlab turgandiku!? Loyihada nimanidir o'zgartirdingmi?
— Ha, 5-10 ta shvabrani axlatga chiqarib tashlashga ulgurdim holos.
— Shvabralar shift (potolok) ni ushlab turgandi. Potolokni tepasida zaharli gaz to'la bochkalar bor. Juda og'irligi uchun xonani shvabraga to'ldirishga to'g'ri kelgandi 🙂
— Eshikga kirishda yozib qo'ysa bo'lardi-ku shvabralar potolokni ushlab turish uchun deb🤯 Biz hozir nima qilaylik endi, zaharli gaz tarqayabdi?
— Ventilyatorni ishga tushir, oroldan gazni haydab chiqaradi.
— Ventilyatorni birinchilardan olib tashlaganman 😑
— Nimaga?
— Kichik loyihaga 80 tonnalik ventilyatorni qo'yish kimga kerak? 10-15ta protivogaz qo'ysa yetarli edi-ku!? 🤬
— Protivogazlarni yasab chiqish kerak, ventilyator esa bundan oldingi loyihadan qolib ketgandi, tayyor.
— Rustam, ventilyatorni olib tashlab bo'ldim. Orolda nafas olib bo'lmayabdi, endi nima qilaylik?
— Nima qilib turibsan, zaharlanib o'lmasdan havo sharlariga chiqib, qochinglar oroldan.

Xulosa: Har doim kodingizga izoh(comment) qoldiring, sizdan keyin keladigan dasturchiga rahmingiz kelsin😂

Manba: PDP IT-ACADEMY

@python_uzbek_coder
Forwarded from PYTHON DASTURLASH TILI
#Web_dasturlash
#Frontend

🔰 Frontend developmentni mustaqil ravishda bepul videodarslar orqali katta amaliy tajribasi bor ustozlardan o'rganish niyatida bo'lganlar uchun tavsiya.

🤩 "Doston Rajabov" youtube kanalida "Front-end" kurslari bo'yicha bepul videodarslar berib borilmoqda !!!

🗂 Frontend Development darslari

⚡️ HTML
⚡️ CSS
⚡️ Bootstrap
⚡️ Sass/Less
⚡️ Javascript/jQuery
⚡️ ReactJs
asoslarini endi siz Senior Developer — Doston Rajabovdan o'rgana olasiz !!!

Frontend devolopment kurslarini qulay muhitda va asosiysi bepul ravishda mukammal o'rganing !!! 😊

Frontend Development darslari 👇
https://www.youtube.com/channel/UCLNc5Vze5_XjaUJ9curcN9g
#bilasizmi #dasturlash

"Full Stack dasturchi" bo‘lish uchun qanday texnologiyalar bo‘yicha bilimingizni oshirib borishingiz lozimligi borasidagi infografika 🛠

1️⃣. FRONT END
(saytning foydalanuvchilar uchun tomoni)

✔️Basics:
HTML
CSS
JavaScript

✔️Frameworks:
React
Vue
Angular
Webpack
Yii

✔️Styles:
Bootstrap
Material UI

2️⃣. BACK END (saytning administratorlar uchun tomoni)

✔️Technology:
• Python
• Django
PHP
Node
Ruby on Rails
Java (Spring)
ASP.NET
Redis

3️⃣. DATABASE (ma'lumotlar bazasini boshqarish)

✔️RDBMS:
MSSQL
MySQL
PostgreSQL

✔️NoSQL:
Mongo
Apache Cassandra
CouchDB
Elasticsearch

✔️Graph:
Neo4j
ArangoDB

✔️Message Queues:
Apache Kafka
Amazon SQS
ZeroMQ
RabbitMQ

4️⃣. DevOps (DEVelopment OPeration - ishlab chiqarish va foydalanish jarayonlari samaradorligini oshirish uchun amaliyotlar to‘plami)

✔️Infrastructure:
NGINX
AWS (Amazon Web Services)
Azure (Microsoft)
ELK (Elasticsearch, Logstash, Kibana)

✔️Automation:
Ansible
Chef
Jenkins

✔️Virtualization:
Docker
IBM BladeCenter
Kubernetes
• Vagrant (by Mitchell Hashimoto)
• VMware (by Mendel Rosenblum, Diane Greene, Scott Devine, Ellen Wang & Edouard Bugnion, DELL EMC Corp.)

5️⃣. MOBILE APPLICATIONS (mobil qurilmalar uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqarish, mobil ilovalar)

✔️Android:
• Java (by James Gosling & Sun Microsystems Co.)
• Kotlin (by JetBrains Co.)
• Android SDK (Software Development Kit)

✔️iOS:
• Objective C (by Brad Cox)
• Swift (by Chris Lattner & Apple)

✔️Cross Platform:
• React Native (by Facebook & community)
• Ionic (by Max Lynch, Ben Sperry & Adam Bradley of Drifty Co.)
• PWA (Progressive Web Applications)
• Xamarin (from Microsoft Corp. for .NET)
• Unity (Unity Technologies Co.)

@python_uzbek_coder - dasturlashni biz bilan o'rganing !!!
🖥 Axborot texnologiyalari sohasida istiqbolli kasblar (1-qism)

Bu mamlakatda hamma kompyuterni qanday dasturlashni o'rganishi kerak ... Chunki u sizga qanday fikr yuritishni o'rgatadi !!!

Stiv Jobs ©️

IT mutaxassislari - bu axborot texnologiyalari sohasida chuqur bilim talab qiladigan kasblarning butun oilasi: dasturchi; tizim me'mori; axborot tizimlari mutaxassisi; Tizimlar tahlilchisi; tizim ma'muriyati mutaxassisi; axborot texnologiyalari menejeri; yechimlar va murakkab texnik tizimlar uchun savdo menejeri; axborot resurslari bo'yicha mutaxassis; ma'lumotlar bazasi ma'muri.


2021 yilda Axborot texnologiyalari sohasidagi istiqbolli kasblar va eng ko'p maosh oladigan 15 ta IT-ish joyilari ayrimlarini ko'rib chiqamiz:

1️⃣. Katta ma'lumot muhandisi

Korxonalarda katta miqdordagi tahlil strategiyasini belgilash, qaror qabul qilish va innovatsiyalar uchun amaldagi ma'lumotlarga va joriy ko'nikmalarga ega Katta ma'lumot muhandislaridir. Bu mutaxassislar kompaniyalarning dasturiy ta'minot va apparat arxitekturasini yaratadilar va odamlar soni bilan ishlashlari kerak bo'lgan tizimlarni boshqaradilar. Katta ma'lumotlar muhandislari kompyuter fanlari va matematika va ma'lumotlar bazalarida tajribaga ega bo'lishi kerak.

2️⃣. DevOps muhandisi

DevOps muxandislari kodlash va muhandislik uchun ko'prikdir. Mutaxassislar turli xil IT-tizimlarni ishlab chiqarish va takomillashtirishni amalga oshirishda kompaniyalarning ishlashini kuchaytirishga yordam berishga xizmat qiladi. DevOps muhandislari kodlash tillari, dasturiy ta'minot muhandisligi va kuchli analitik, muammolarni hal qilish va ishlash ishlari bilan shug’ullanadi.

3️⃣. Axborot tizimlari foydalanuvchi menejeri

Ma'lumot va tizimlarning xavfsizligini ta'minlashga yordam berish malakali IT foydalanuvchi mutaxassislariga ta'sir qilishadi. Ular tizimlar va tarmoq boshqaruvi bo'yicha texnik ma'lumotlarga ega va shaxslararo etakchilik boshqaruvlariga ega bo’lishi va Analitik va muammolarni hal qilish, yakunlash, mukammal aloqa o'rnatishni amalga oshiradilar. IT-mutaxassislar bilan ishlash tendentsiyalari va hukumat qoidalariga mos va Sertifikatlangan Axborot Tizimlari Xavfsizlik Professional (CISSP) yoki CompTIA Security + kabi sertifikatlari bo’lishi kerak.

4️⃣. Mobil dasturlarni ishlab chiqaruvchilar

Telefoningiz yoki planshetingizdagi dasturlarni ko'rib nima uchun mobil ilovalar ishlab chiqarilishi talab qilinayotganini aniqlash juda oson. IT-mutaxassislari iOS va Android kabi mashhur platformalar uchun dasturlarni ishlab chiqarib ular bilan ishlash, mobil aloqa tillari bilan kodlash tajribasiga va veb-ishlab chiqarish tillarini bilishlari kerak

5️⃣. Ilovalar me'mori

Ushbu texnik mutaxassislar dasturlarning asosiy qismlarini, shu kabi foydalanuvchi interfeysi, vositachilik dasturlarini va infratuzilmani ishlab chiqarishlarni amalga oshiradi. Har qanday kompaniya ham mavjud dasturlarni takomillashtirishni va kuchli texnik xizmatlardan foydalanishni, yangilarini yaratishni xohlaydi bunda albatta Ilovalar me'mori xizmatlaridan foydalanadi.

6️⃣. Ma'lumotlar arxitektori

Ma'lumotlar arxitektori birinchi texnologik mutaxassislar strategik biznes qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo'lgan murakkab jarayonlar uchun javobgardir. Ular biznes talablarini ma'lumotlar bazasi echimlariga aylantiradi va tahlili (ma'lumotlar markazlari) va ma'lumotlar qanday tashkil etilishini nazorat qiladi. Ham ma'lumotlar bir qismidir.

7️⃣. Ma'lumotlar bazasi menejeri

Ma'lumotlar bazasi menejerlari firmalarning ma'lumotlari bazasi muhitini ta'minlaydi va ish unumdorligini oshiradi, Kompaniyalarga o'z biznes maqsadlarini amalga oshirish uchun ma'lumotlardan foydalanib ish olib boradi. Ma'lumotlar bazalari menejerlari, xususan, boshqarish uchun katta hajmdagi ma'lumotlarga ega bo'lgan yirik tashkilotlarga kerak. Birinchi mutaxassislar kuchli yetakchilik va strategik sarflash jarayonlariga ega bo'lishi kerak.

@python_uzbek_coder - python dasturlash tilini biz bilan o'rganing !!!
Forwarded from PDP Academy
Pythonda nimalar qilsa bo'ladi?

Hozirgi kunda dunyoda 500dan ortiq dasturlash tillari mavjud. Xo'sh, shuncha dasturlash tillari turganda nega aynan Pythonni o'rganish kerak? Qaysi kompaniyalar Pythondan foydalanishadi?

Bugungi postimizda nima uchun Pythonni o'rganish kerak, o'rganib bo'lib yaxshi ish topish mumkinligi haqida gaplashmaymiz (chunki bu aniq😉)

Keling biz qaysi gigant kompaniyalar Pythondan foydalanib, shu darajaga yetganini ko'raylik.

1. Google
2. Facebook
3. Instagram
4. Spotify
5. Quora
6. Netflix
7. Reddit


Shuningdek, Machine learning va Artificial intelligencega asoslangan loyihalar bilan faoliyat yuritadigan deyarli barcha kompaniyalar "Pythonist"lar yordamiga muhtoj.

☎️ (78) 777-47-47
👩‍💻 Kursga ro'yxatdan o'tish 👉🏻 @PDPSupportBot

Kanalga ulanish 👉🏻 @pdpuz

Website | Instagram | Youtube | TikTok
Forwarded from Ochiqcha Gap (Xakimbek O‘rolov)
Full Stack Python Developer +++

Kanali aslida PYTHON boyicha kitoblar, maqolalar ...
Va umuman IT sohasidagi yangiliklarni yoritadigan kanal.

Ammo bugungi kunda nafaqat IT sohasi balki boshqa bir sohaning ham mukammal egallash uchun INGLIZ tili eng zarur elementlardan biri dir.
Shuning uchun bir bu kanalga eng sifatli INGLIZ TILI o‘rganadigan malumotlarni yuklab boramiz.

Biz ishonamizki bu siz uchun ham foydali bo‘ladi.

Ingliz tilida 16 ta zamon bor, ularning hammasi ushbu formula asosida yasaladi. 👇👇👇


1. The Present Simple Tense. (Oddiy hozirgi zamon)
Positive- S+V.
Negative- S+do(does)+not+V.
Questions- Do(does)+S+V?


2. The Simple Past Tense. (Oddiy o’tgan zamon)
Positive- S+Ved.
Negative- S+did+not+V.
Questions- Did+S+V.


3. The Future Simple Tense. (Oddiy kelasi zamon)
Positive- S+will(shall)+V.
Negative- S+will(shall)+not+V.
Questions- Will(shall)+S+V.


4. The Simple Future in the Past Tense. (O’tgan zamondagi kelasi zamon)
Positive- S+would(should)+V.
Negative- S+would(should)+not+V.
Questions- Would(should)+S+V.


5. The Present Continuous Tense.(Hozirgi davom zamon)
Positive- S+to be+Ving.
Negative- S+to be+not+Ving.
Questions- To be+S+Ving.


6. The Past Continuous Tense. (O’tgan davom zamon)
Positive- S+was(were)+Ving.
Negative- S+was(were)+not+Ving.
Questions-Was(were)+S+Ving.


7. The Future Continuous Tense. (Kelasi davom zamon)
Positive- S+will(shall)+be+Ving.
Negative- S+will(shall)+not+be+Ving.
Questions- Will(shall)+S+be+Ving.


8. The Future Continuous in the Past Tense. (O’tgan zamondagi kelasi davom zamon)
Positive- S+would(should)+be+Ving.
Negative- S+would(should)+not+Ving.
Questions-Would(should)+S+be+Ving.


9. The Present Perfect Tense. (Hozirgi tugallangan zamon)
Positive- S+have(has)+P.P.
Negative- S+have(has)+not+P.P.
Questions-Have(has)+S+P.P.


10. The Past Perfect Tense. (O’tgan tugallangan zamon)
Positive- S+had+P.P.
Negative- S+had+not+P.P.
Questions-Had+S+P.P.


11. The Future Perfect Tense. (Kelasi tugallangan zamon)
Positive- S+will(shall)+have+P.P.
Negative- S+will(shall)+not+have+P.P.
Questions-Will(shall)+S+have+P.P.


12. The Future Perfect in the Past Tense. (O’tgan zamondagi kelasi tugallangan zamon)
Positive- S+would(should)+have+P.P.
Negative- S+would(should)+not+have+P.P.
Questions-Would(should)+S+have+P.P.


13. The Present Perfect Continuous Tense. (Hozirgi tugallangan davom zamon)
Positive- S+have(has)+been+Ving.
Negative- S+have(has)+not+been+Ving.
Questions-Have(has)+S+been+Ving.


14. The Past Perfect Continuous Tense. (O’tgan tugallangan davom zamon)
Positive- S+had+been+Ving.
Negative- S+had+not+been+Ving.
Questions-Had+S+been+Ving.


15. The Future Perfect Continuous Tense. (Kelasi tugallangan davom zamon)
Positive- S+will(shall)+have+been+Ving.
Negative- S+will(shall)+not+have+been+Ving.
Questions- Will(shall)+S+have+been+Ving.


16. The Future Perfect Continuous in the Past Tense. (O’tgan zamondagi kelasi tugallangan davom zamon)
Positive- S+would(should)+have+been+Ving.
Negative- S+would(should)+not+have+been+Ving.
Questions-Would(should)+S+have+been+Ving.

Join and share! 👇🏻
🌐Kanalimizga obuna bo'ling
@full_stack_python_developer