PYTHON DASTURLASH TILI
1.55K subscribers
334 photos
332 videos
408 files
701 links
Python dasturlash tilini o'rganmoqchimisiz ? Ammo bu dasturlash tili haqida kerakli ma'lumotlarni qayerdan topishni bilmayabsizmi ?

Telegram tarmog'idagi Python dasturlash tili haqida barcha ma'lumotlarni o'zida saqlovchi kanal: @Python_uzbek_coder
Download Telegram
📌 Dasturchilikka kirib kelishning osonroq yoʻli!

Dasturchilikni oʻrganishning oson va qulay yoʻllaridan biri bu ishni “Testerlik” dan boshlash, yaʼni QA chilik. QA bu “Quality Assurance”, oʻzbek tilida “Sifat Tekshiruvi” deb yuritiladi.

QA ni tez oʻrganish mumkin (qoʻlda test qilshni), chunki QA chi boʻlish bu dasturni (web yoki mobile ilovani) ishlatib koʻrib xato va kamchiliklarni topib kerakli tartibda hisobot berish degani.

QA xodimlari doim dasturchilar bilan yelkama-yelka turib ishlaydilar, koʻp aloqada boʻladilar, shuning uchun ular toʻliq IT muhitida, xususan dasturchilar atrofida boʻladilar. Yaʼni “temada” boʻlishadi. IT jargonlarini oʻrganishadi, dasturchilardan savolar soʻray olishadi, jarayonni oʻrganishadi, v.h.k. Shahsan oʻzimni QA dan dasturchilikka qiynalmasdan qadam qoʻygan bir qancha doʻstlarim bor.

Oʻzbekistonda QA lavozimlariga oʻrtacha oylik $400-$500 lar atrofida. Jahonda ham talab katta. QA ni esa atigi 1-2 oyda yaxshi oʻrganib olsa boʻladi.

IT STAR ©️

@python_uzbek_coder
#foydali #manba

💟 CodingBat - Java yoki Python dasturlash tillarining birida algortimlarni yechishni xush ko'ruvchilar uchun yana bir ajoyib veb sayt. Ushbu veb saytda keltirilgan har xil murakkablikga ega algoritimlarni yechish orqali siz algoritim bo'yicha o'z mahoratingizni oshirishingiz mumkin bo'ladi. Saytda Java, Pythonga doir algoritimlar mavjud!

↗️ CodingBat saytiga o'tish - https://codingbat.com/

Manba: Javohir Group

@python_uzbek_coder
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM

Ushbu film atiga 4 daqiqa davom etadi, 30 daqiqada suratga olingan va "Oskar" mukofotii berilgan.

@python_uzbek_coder
Forwarded from Talaba — LIVE
Bobolarimizga rahmat , ammo maqtanchoqlikni bas qilaylik!

Bu postni yozishdan oldin ota-bobolarimizga mingdan ming rahmat aytmoqchiman. Nega bilasizmi?

Chunki ular O'zbekistonni hozir ham moddiy tomondan taminlamoqda! Ishonmaysizmi? Unda Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo'qon va boshqa ko'plab hududlardagi ota-bobolarimiz davrida qurilgan saroy va binolarga nazar soling. Bu saroylar, qadimiy maskanlar O'zbekistonda turizmning jadal rivojlanishiga tayanch bo'lgan desam ayni haqiqatni aytgan bo'laman shunday emasmi?


Qo'pol qilib aytganda ota-bobolarimizning ko'p boyliklari chet elga chiqib ketdi ularni ushlab qolish ham qo'limizdan kelmadi, shunday bo'lsada o'zlariga yashash uchun qurgan saroylari ham bizni pul bilan taminlab kelmoqda.

Endi savol tug'iladi. Biz shu insonlarga munosib bo'lyapmizmi? Yoki faqat nomlari bilan faxrlanib yashab kelinmoqdami? Tan olish qancha qiyin bo'lsa ham shuni aytamanki, to'g'ri, Tik tokda obunachilar yig'ish, sport sohasida jahon chempioni bo'lish juda ham qiyindir ammo bu O'zbekiston kelajagini belgilamaydi!
Bu Tik tokerlar ertaga davlatni boshqara oladimi? Sportchilarchi? Ular chempion bo'lsa mashina berilyapti, uy berilyapti, kamiga OTM larga kirish grandi ham ajratilmoqda bular ertadan keyin qarib belidan kuchi ketsa davlatni kuch bilan boshqaradimi?

O'zbekistonimizda ham bor bilimli yigit va qizlar olim va olimalar faxriy ustozlar ammo ularni ommaga olib chiqilmayapti taqdirlash yo'q! Rag'batlantirish yo'q!

Bir taklif borda menda! Biz bilamiz hammamizni Oliy ta'lim muassasamizda prafessor bilimli o'qituvchilarimiz bor hattoki olimlar ham yo'q emas. Endi qarang shu o'qituvchilarimizning nomini abadiylashtirish uchun ko'zi ochiqligida rag'batlantirib ko'chalarga nomini bersak ? Ularni tiriklik chog'ida qadriga yetib turli xil yo'llar bilan rag'batlantirsak qanday bo'ladi? ( Faxriy yorliq masalasidan yiroqman.)
U inson tirikligida buni ko'rsa, qo'pol qilib aytganda bu dunyodan o'tguncha ilm bilan shug'illanadi Alisher Navoiyga biz bilamiz haykallar ham ko'cha nomlari ham yetarli va keragidan ortiq lekin Alisher Navoiyni xabari bormikan Toshkentda haykali borligidan ? O'zbekistondagi 100 dan oshiq joylarga nomlari berilganini bilarmikan ? Bo'ldida endi...

Biz bilasizmi qanday avlodmiz? bobomiz Jaloliddin Manguberdi haqidagi filmni ham o'zimiz ishlay olmaydigan avlodmiz! Turkiyaga borib ishlab kelamiz. Bizni aktyorlarni kerak bo'lsa turklar saralab beradi. Gap o'zimizning bobomiz haqidagi filmda ketmoqda...
Yana og'izni to'ldirib bobomiz deymiz.


Tiriklarni vaqtida qadriga yetaylik beraylik o'sha ordenlarni tirikligida! O'z mehnatidan faxrlansin oilasi va yaqinlari oldida g'ururlansin.

Ota-bobolarimiz bilan maqtanib yashashni to'xtatib bu hayotga "real" ko'z bilan qarashni ham o'rganaylik. Endi ular oramizda yo'q.

Bir kuni bir ustoz jon kuydirib Alisher Navoiy haqida maruza qilmoqdalar. Taxminan shunday:

Alisher Navoiy ajdodimiz, bobomiz bo'ladi! Biz u insonning avlodimiz tomirimizda shunday ulug' insonni qoni oqmoqda.

Bir talaba savol berdi:

Ustoz Alisher Navoiy uylanmagan deyishadiku! Qanday qilib bizga bobo bo'ladi?

Tugadi.


@Talaba_Live_Rasmiy
😄 Dasturchilar turlari

Dasturchilarni qanday farqlash mumkin deysizmi? Juda oson, fayllarni saqlab qo'yishidan 😅

Birinchi turdagi dasturchilarda ketma-ketlik atiga ikkita;
1. Faylni saqlaydi ("Сохранить" qiladi)
2. Kompyuterini o'chirib ketaveradi.

Ikkinchisida esa ko'proq 🙃
1. Faylni saqlaydi .
2. Fayl saqlanganiga shubxalanadi, balki yozilgan kodi "сохранить" bo'lmagandir deb o'ylaydi;
3. Faylni qayta ochadi;
4. Fayl saqlangan yoki yo'qligini tekshiradi;
5. Xar ehtimolga qarshi faylni yana bir marta saqlaydi;
6. Kodni ko'chirib olib, telegramda "saved messages" ga ham saqlab qo'yadi yoki alohida matn shaklida "copy+paste" qilib saqlab qo’yadi.

Siz-chi? Siz qaysi turga kirasiz? 😂 Izohlarda qoldiring.

Manba: PDP IT ACADEMY

@python_uzbek_coder
#tavsiya
#dasturlash
#Example

Ushbu saytda dasturlashni oʻrganayotganlar uchun juda foydali maqolalar toʻplami jamlangan.

LINK 👉 stackblitz.com

@python_uzbek_coder
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟣 Frontend, Backend yoki Web Full Stack developer bo'lish kerakmi?

Bugungi videoda ECMA kompaniyasida Team Leader sifatida ishlab kelayotgan
Sirojiddin aka Saidov, Web Full Stack developer bo'lish va Frontend, Backend developerlar bilishi kerak bo'lgan texnologiyalar haqida o'zlarining tavsiyalarini, fikrlarini ulashib o'tadilar. Ushbu sohalarining birida dasturchi bo'lmoqchi bo'lganlar uchun ushbu video foydali bo'ladi deb o'ylayman!

Manba: PDP IT-ACADEMY

@python_uzbek_coder
Sun'iy intelekt (AI) 😂🤦‍♂

@python_uzbek_coder
​​Daraxtlarda pul o'suvchi Silikon vodiysi haqida siz bilmagan faktlar

🗓 HP 1938-yilda Bill Hyuvlet va Deyv Pakard tomonidan Addison 367 ko'chasida joylashgan garajda asos solingan. Shunday qilib, biz 1938-yilni Silikon vodiysi paydo bo'lgan yil deb taxmin qilishimiz mumkin.

💡 Vodiydagi aholining asosiy qismini chet el fuqarolari tashkil etadi. Butun dunyodagi texnologiyalarga qiziqqan ko'plab odamlar rivojlanish maqsadida Silikon vodiysiga borishadi.

💰 Mintaqaning iqtisodiy ko'rsatkichlari texnologiyalar tufayli yuqori cho'qqiga chiqdi. Silikon vodiysidagi o'rtacha yillik ish haqi 122 172 dollarni tashkil etadi.

😄 Palo Altodagi biror maydon mashhur bo'lib qolsa, ko'chmas mulk narxlari keskin oshib ketadi. Masalan, Stiv Jobsning uyi siznikidan 20 uy narida bo'lsa ham, uyingizning o'rtacha narxi sizga yurak xurujini keltirishi mumkin.

🗞 "Silikon vodiysi" atamasi ilk marta 1971-yilda jurnalist Don Hofler tomonidan haftalik nashr etiladigan Electronic News savdo gazetasida ishlatilgan.

Sizningcha, ushbu vodiydagi katta kompaniyalarga ishga qabul qilinish uchun nima qilish kerak? 🤔

👨🏻‍💻 Dasturchi domla ©️

@python_uzbek_coder
U inson o'rtacha o'zbek 5 yilda topadigan pulni 1 daqiqada topadi.

Kim deysizmi

Jeff Bezos
hozirda dunyoda birinchi raqamli milliarderi hisoblanadi. U shaxsiy biznesi bo'lgan amazon.com korxonasi orqali bu daromadni oladi.

🇺🇿 Bezos bir daqiqada o'rtacha o'zbek 5 yilda topadigan pulni ishlaydi.

O'tgan yilning o'zida Bezos 19,3 milliard dollar ishlab topdi.

Bu kuniga taxminan 52 million dollarga, soatiga 2 million dollardan oshib ketadi va bir daqiqada 36000 dollarga tengdir.

_____________________________________________

Jeff Bezos yaxshi daromad olish uchun qanday maslahatlari beradi?

1) Har kuni ko'pi bilan 3ta qiyin qarorni qabul qiling!

2) Kechasi to'liq dam oling! [ 8 soat ]

3) Faqat kelajak haqida o'ylang!

4) Doim qalbingizga quloq soling!

5) Xaridor doimo #1 o'rinda!

6) Tavakkal qiling!

7) Kichkinaligidan o'zingiz boshlang va uni rivojlantiring!

Manba: TUIT ONLINE

@python_uzbek_coder
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
PYTHON DASTURLASH TILI
Sticker
#Members
#Thank_you

👨‍💻 Bugun kanalimiz obunachilari soni 2000 taga yetdi. Bu bizga katta motivatsiya beradi. Bizni kuzatayotgan barcha obunachilarimizga rahmat. Inshaolloh davom etayotgan 2021-yilda @python_uzbek_coder jamoasi a'zolari sizlarni ishonchingizni oqlagan holda kanalimizda bundanda zo'r va qiziqarli yangidan yangi loyihalarni amalga oshiramiz !!! 🤗

🐍 2K members, Thank you !!! 😎

@Python_uzbek_coder - 𝗣𝘆𝘁𝗵𝗼𝗻 𝗱𝗮𝘀𝘁𝘂𝗿𝗹𝗮𝘀𝗵 𝘁𝗶𝗹𝗶𝗻𝗶 𝗯𝗶𝘇 𝗯𝗶𝗹𝗮𝗻 𝗼'𝗿𝗴𝗮𝗻𝗶𝗻𝗴 !!!
3_1_William_S_Vincent_Django_for_APIs_Build_web_APIs_with_Python.pdf
5.4 MB
#Book
#English

📚 Django for APIs (2020)

🗂 API uchun Django (2020)
Muallif: Uilyam S Vinsent
Sahifalar soni: 160


Kitob Django va Django REST Framework yordamida zamonaviy API yaratish bo'yicha loyihalar uchun qo'llanma. Ushbu qo'llanma ilgari hech qachon API yaratmagan yangi boshlanuvchilar, shuningdek Django asoslari va eng yaxshi amaliyotlari bilan tezda tanishishga muhtoj bo'lgan professional dasturchilar uchun mo'ljallangan !!!

@python_uzbek_coder - Python dasturlash tilini biz bilan o'rganing !!!
📌 Dasturni faqat dasturchi yaratadimi

Yoʻq!

🗂 Dastur yaratish jarayonida bir qancha odamlar ishtirok etadi, ayniqsa professional jamoalarda.

1️⃣) Proyekt Menejer (PM) — loyihani vaqtida, ajratilgan byudjet bilan, muvaffaqiyatlik yakunlanishiga javobgar shaxs.

2️⃣) Produkt Menejer — mijoz va foydalanuvchilarni fikrlarni inobatga olgan holda yaratilayotgan dasturning xususiyatlarini belgilab beruvchi shaxs.

3️⃣) Biznes Analist (BA) — Produkt Menejerdan dastur shartlarini olgach, uni texnik tahlil qiluvchi, va dasturchi va dizaynerga kerakli tartibda yetkazuvchi xodim.

4️⃣) Dizayner — dasturning tashqi koʻrinish dizaynini yaratuvchi ijodkor.

5️⃣) Dasturchi — berilgan shartlarga asosan, kod yozish orqali dasturni yaratuvchi injener.

6️⃣) Tester (QA) — dasturning sifatini tekshiruvchi sifat nazoratchisi.


P/S: Eng qizigʻi, bu kasblarning barchasiga hozirda talab katta. Maoshlari ham yomon emas !!!

@python_uzbek_coder
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorning mazmun mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish maqsadida “O‘zbekiston 24” telekanali tomonidan mahsus lavha tayyrolanib efirga berildi. 📺

@python_uzbek_coder
Tajribali xodim kerak:

🏢 Idora: Ooo "zk"
📚 Texnologiya: Python, Django
📞 Aloqa: +998 97 715 77 78
🌐 Hudud: Toshkent sh
✍️ Mas'ul: Dilorom
🕰 Murojjat vaqti: 9:00 - 18:00
🕰 Ish vaqti: 9:00 - 18:00
💰 Maosh: 1000$. dan
‼️ Qo`shimcha: Python, django da tajribali bo'lishi shart.

#ishJoyi #django #python #Toshkent
O'rganish uchun dangasalik qilayapsizmi? Unda quydagi metod sizga yordam beradi.

Vaqtni to'g'ri boshqarish, Pomodoro metodi

Pomodoro metodi bugungi kunimizning eng samarali time managment metodlaridan biri hisoblanadi.

Batafsil: https://bit.ly/2OJ6Z3x

Manba: Web dasturlash kanali

@python_uzbek_coder
⁉️ Web dasturchi kim?

Web dasturchi – asosan web ilovalar, web saytlar va brauzerda ishlovchi web dasturlarni yaratish bilan shug’ullanadigan shaxs. Web dasturchilar ham 3turga bo’linadi:

👨🏻‍💻 Front-End dasturchi – web saytning klient qismini ya’ni foydalanuvchilarga ko’rinadigan qismini tayyorlaydi. Yana ham soda qilib aytsak, ixtiyoriy bir saytga kirib ko’ring. Saytda sizga ko’ringan barcha narsani(dizayn, elementlar, bloklar, animatsiyalar) Front-End dasturchilar qilib beradi.

👨🏻‍💻 Back-End dasturchi – web saytning server qismini tayyorlaydi. Bu Front-Endga nisbatan biroz qiyinroq. Ya’ni dasturchi saytning asosiy logikasini shakillantiradi. Saytning ichida bajariladigan amallarni(ro’yhatdan o’tish, bazalar bilan ishlash, onlayn to’lovlar) dasturlaydi.

👨🏻‍💻 Full-Stack dasturchi – Front-Endni ham Back-Endni ham yaxshi o’zlashtirgan dasturchi. Ya’ni barcha ishni o’zi mustaqil qila oladi. Turgan gapki bunday dasturchilarga talab ko’proq va ular freelance sifatida xam be'malol ishlay olishadi .

Manba: uk valiev

@python_uzbek_coder
Android dasturchi do'stimiz Murodjon Sattorovdan "Hamma uchun 2020-2021 yillardagi eng yangi taomlar retsepti" mobil ilovasi !!!


Bu dasturda 500 dan ortiq retseptlar va 200 dan ortiq video retseptlar keltirilgan. Bu dasturda o'zbek milliy taomlari va dunyo taomlari tayyorlanish jarayoni qadam va qadam ko'rsatilgan va yana juda ham chiroyli, tezkor foydalanuvchi interfacesiga ega. Bazi retseptlarda esa video retseptlar ham o'rin egallagan. Ushbu dasturimiz sizga albatta yoqib tushadi degan umitdamiz😊.

🎁 Yaqinda beta versiyani ham kutib oling.

Bu dasturda:
🍔Dunyo taomlari,
🍹 Ichimliklar,
🍢 Kaboblar,
🍪 Nonlar,
🎂 Pishiriqlar,
🍳 Quyuq taomlar,
🥗 Salatlar,
🍲 Suyuq taomlar,
🍰 Shirinliklar,
🎂 Tortlar


bo'limlaridan iborat va yana o'zbek va dunyo oshxonalarida pishiriladigan mazzali ovqatlarning video retseptlarini o'z ichiga olgan. Bir so'z bilan aytganda sizga manzur keladi degan umiddamiz.

Agar dasturimiz sizga maqul kelgan bo'lsa unda baho qo'yishni unimang !!!😊😊😊

Dastur muallifi: Murodjon Sattorov

Dasturni yuklab olish ➡️ Taomlar retsepti
Nima uchun Pythonni o'rganish kerak?

🤔Dasturlash tillari soni ko’pligidan ularni qaysi birini o’rganish asosiy muammo.
Nima uchun aynan Python dasturlash tilini o’rganish kerak.

✔️ Python juda sodda va sintaksis jihatidan o'rganishga juda qulay.

👨🏻‍💻 Mashxur frameworklardan Django, Flask, Pylons frameworklar Python uchun yaratilgan.

💸 Python dasturchilari sohada eng yuqori ish haqiga ega. AQSHda Python dasturchisining o’rtacha ish haqi taxminan $120 000 ni tashkil qilar ekan. Bizdagi narxlarni hh.uz , rabota.uz kabi saytlardan kirib tekshirishingiz mumkin😉

Endilikda Python dasturlash tilini o’rganish istagi sizda paydo bo’lgan bo’lsa uni qayerdan o’rganish mumkin degan savol tug'iladi.

🟢// PDP Academy sizga sifatli ta’lim berishga tayyor hoziroq chegirma bilan kurslarimizga ro’yxatdan o’ting va o’z kelajagingiz sari qadam tashlang.

(78) 777-47-47
👩‍💻 Kursga ro'yxatdan o'tish 👉🏻 @PDPSupportBot

Kanalga ulanish 👉🏻 @pdpuz

Website | Instagram | Youtube | TikTok