PYTHON DASTURLASH TILI
1.55K subscribers
334 photos
332 videos
408 files
701 links
Python dasturlash tilini o'rganmoqchimisiz ? Ammo bu dasturlash tili haqida kerakli ma'lumotlarni qayerdan topishni bilmayabsizmi ?

Telegram tarmog'idagi Python dasturlash tili haqida barcha ma'lumotlarni o'zida saqlovchi kanal: @Python_uzbek_coder
Download Telegram
14-fevral IT'shniklar uchun qanday bayram?
#qiziq

Bu kunni hamma har xil nishonlaydi, lekin IT olamida ham bu kun alohida o'rin tutadi. Demak, dunyoda 14 fevral - "Kompyuter kuni" yoki "Kompyuter va dasturchilar kuni" tariqasida keng nishonlanadi, lekin bu bayram norasmiydir.

Bunday deyilishiga sabab - 1946 yil 14 fevral kuni, haqiqiy, ishlaydigan, elektron kompyuter ENIAC(Electrical Numerical Integrator And Calculator) taqdim qilingan. Bu "kompyuter" asosan, elektron lampalardan tashkil topgan.

Eniac haqida qisqacha(Wikipedia'dan olindi):

Og'irligi: 30 tonna;
Quvvati: 174 kVt;
Hisoblash quvvati: sekundiga 357 ta ko'paytirish amali yoki 5000 ta qo'shish amali;
Chastotasi: 100 kHz;
Xotira hajmi: 20 ta son-so'z.

Quyidagilardan tashkil topgan: 17 468 ta lampa(16 ta har xil lampa), 7200 ta kremniy diodi, 1500 ta rele, 70 000 rezistor, 10 000 ta kondensator.

☝️ Kompyuterchilar, bayramingiz bilan, CTRL, ALT va Delete tugmalarimiz har doim but bo'sin!

©planetait

@python_uzbek_coder
February 14, 2021
😎 Dasturchi bo'lish formulasi

Akademiyamiz bilan sizga kichik bir formula tayyorladik. Quyida dasturchi bo'lish formulasi bilan tanishishingiz mumkin😅

🟢// Dasturlash bu 👇
15% — dasturlash;
35% — buglarni tuzatish;
5% — coffee breaklar;
37% — xatoni Googledan qidirish;
7% — Youtubeda biror bir hind vlogger videosini ko'rish;
3% — O'sha hind vloggerni talaffuzini tushunishga harakat qilish;
23% — Videoni baribir oxirigacha ko'rolmasdan, Stack OverFlowdan kodlarni olish😂

P/s: Yuqoridagi foizlar yig'indisi 100% emas 125% chiqayotganini sezgan bo'lsangiz tabriklaymiz, endi siz buglar nima ekanligni bilasiz 😉

Manba: PDP IT ACADEMY

@python_uzbek_coder
February 14, 2021
February 14, 2021
February 15, 2021
Dasturchi uchun kerakli instrument

Kodda
xatolikni topolmay qiynalib kettingizmi. Yoki savolni tushuntirishga qiynalayabsizmi unda Team Viewer dasturidan foydalanishingiz mumkin.

Bu dastur yordamida kompyuteringizni boshqa dasturchilar bilan "share " qilishingiz mumkin!

Qanday foydalanishni ushbu video orqali ko'rishingiz mumkin:
https://youtu.be/cmljNqQ85zk

Manba: Web dasturlash kanali

@python_uzbek_coder
February 15, 2021
😉 Dasturchi bo'lmaganlar uchun buglar haqida

Siz dasturchi emassiz, lekin buglar nima ekanligini bilmoqchimisiz? Unda biz sizga hikoya asosida tushuntirib beramiz. Keling barchamiz biladigan Zumrad va Qimmat ertagini dastur deb olamiz.

📌Siz dasturchi sifatida ertakni yozib chiqish vazifasini oldingiz. Chol Zumradni o'rmonga olib ketibdi deb endi kod yozgandingiz, ekranga "error" chiqdi. Nima bo'ldi ekan deb tekshirsangiz, chol va Zumrad yo'lda qazib qo'yilgan chuqurga tushib ketishibdi.

Xatoni to'g'rilayman deb endi siz shu chuqurga tuproq tashlab, chuqurni ko'mib qo'ydingiz va keyingi sahifaga o'tib ertakni davomini yoza boshladingiz🖌

Zumrad o'rmonda oqko'ngil kampirni uchratibdi va birga yashay boshlabdi. Bir necha kundan keyin esa kampir va Zumrad zaharlanishibdi. Sababini bilish uchun kodni ochsangiz, kampir o'rmonda sayrga chiqqanda, siz ko'mib qo'ygan chuqur ustida o'sib chiqqan zaharli qo'ziqorindan sho'rva tayyorlagan ekan😂

Manba: PDP IT-ACADEMY

@python_uzbek_coder
February 16, 2021
February 16, 2021
February 16, 2021
February 16, 2021
February 17, 2021
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
February 17, 2021
Forwarded from Talaba — LIVE
February 17, 2021
😄 Dasturchilar turlari

Dasturchilarni qanday farqlash mumkin deysizmi? Juda oson, fayllarni saqlab qo'yishidan 😅

Birinchi turdagi dasturchilarda ketma-ketlik atiga ikkita;
1. Faylni saqlaydi ("Сохранить" qiladi)
2. Kompyuterini o'chirib ketaveradi.

Ikkinchisida esa ko'proq 🙃
1. Faylni saqlaydi .
2. Fayl saqlanganiga shubxalanadi, balki yozilgan kodi "сохранить" bo'lmagandir deb o'ylaydi;
3. Faylni qayta ochadi;
4. Fayl saqlangan yoki yo'qligini tekshiradi;
5. Xar ehtimolga qarshi faylni yana bir marta saqlaydi;
6. Kodni ko'chirib olib, telegramda "saved messages" ga ham saqlab qo'yadi yoki alohida matn shaklida "copy+paste" qilib saqlab qo’yadi.

Siz-chi? Siz qaysi turga kirasiz? 😂 Izohlarda qoldiring.

Manba: PDP IT ACADEMY

@python_uzbek_coder
February 17, 2021
February 18, 2021
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
February 18, 2021
February 18, 2021
​​Daraxtlarda pul o'suvchi Silikon vodiysi haqida siz bilmagan faktlar

🗓 HP 1938-yilda Bill Hyuvlet va Deyv Pakard tomonidan Addison 367 ko'chasida joylashgan garajda asos solingan. Shunday qilib, biz 1938-yilni Silikon vodiysi paydo bo'lgan yil deb taxmin qilishimiz mumkin.

💡 Vodiydagi aholining asosiy qismini chet el fuqarolari tashkil etadi. Butun dunyodagi texnologiyalarga qiziqqan ko'plab odamlar rivojlanish maqsadida Silikon vodiysiga borishadi.

💰 Mintaqaning iqtisodiy ko'rsatkichlari texnologiyalar tufayli yuqori cho'qqiga chiqdi. Silikon vodiysidagi o'rtacha yillik ish haqi 122 172 dollarni tashkil etadi.

😄 Palo Altodagi biror maydon mashhur bo'lib qolsa, ko'chmas mulk narxlari keskin oshib ketadi. Masalan, Stiv Jobsning uyi siznikidan 20 uy narida bo'lsa ham, uyingizning o'rtacha narxi sizga yurak xurujini keltirishi mumkin.

🗞 "Silikon vodiysi" atamasi ilk marta 1971-yilda jurnalist Don Hofler tomonidan haftalik nashr etiladigan Electronic News savdo gazetasida ishlatilgan.

Sizningcha, ushbu vodiydagi katta kompaniyalarga ishga qabul qilinish uchun nima qilish kerak? 🤔

👨🏻‍💻 Dasturchi domla ©️

@python_uzbek_coder
February 18, 2021
February 19, 2021
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
February 19, 2021
PYTHON DASTURLASH TILI
Sticker
February 19, 2021