Java va Android dasturlashni o'rganishni xohlayotgan ayol-qizlar bormi?
Mehri Abduqodirova ingliz tilini yaxshi biladigan ayol-qizlar uchun bepul Java va Android bo'yicha onlayn kursni yo'lga qo'ymoqchilar. Kursga 3-4 o'quvchi qabul qilinadi. Kursning tarkibi quyidagicha:
- dasturlashga kirish va OOP - 1 oy
- Java dasturlash tili - 6 oy
- Android dasturlash - 5 oy
Kursga qatnashmoqchi bo'lganlardan haftasiga 5-6 kun, kuniga 8 soatdan ko'proq vaqtlarini o'qish uchun ajratishlari talab qilinadi. Haftada 5 kun 2 soatdan Zoom orqali darslar bo'lib o'tadi.
O'qishdagi har bir bosqich turli xil darajadagi loyihalarni tuzish asosida o'rgatiladi. Bu loyihalarni, albatta, porftolioga qo'shish mumkin bo'ladi. Java bo'yicha bosqichni bitirgan o'quvchilar Oracle imtihonida o'zlarini sinab ko'rishlari mumkin. Android dasturlashni o'rgangandan so'ng unda tuzilgan mobil ilovalarni Google Play Storega ham joylashingiz mumkin bo'ladi.
Bu imkoniyatdan foydalanmoqchi bo'lsangiz, mana bu yerda ro'yxatdan o'tishingiz mumkin. Loyiha faqat ayol-qizlar uchun!
Omad!
© mayoquz

Kompyuterda ishlash uchun ko‘zoynak qanday tanlanadi?
Ko‘pchilik kuniga 8—10 soat davomida kompyuterda ishlaydi. Bu holat inson organizmiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Shuning uchun mutaxassislar ko‘zni kompyuter ekranining zararli ta’siridan himoya qiluvchi ko‘zoynak taqishni maslahat berishadi.
Ko‘zoynaklarning foydasi nimada?
Kompyuterda ishlash uchun taqiladigan ko‘zoynak linzalariga ko‘zni ekranning elektromagnit nurlanishlaridan va boshqa zararli ta’sirlardan himoya qiluvchi maxsus ishlov beriladi.
Ko‘zoynaklar nima uchun kerak?
– Ko‘zga tushadigan bosimni kamaytiradi
– Ekranning «pikselligi»ni yo‘qotadi
– Ko‘rish qobiliyatini tez yo‘qotishdan himoya qiladi
– Ko‘z charchashini kamaytiradi
– Ko‘z gavharini ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi
Kompyuterda ishlash uchun taqiladigan ko‘zoynakni ishingiz turiga qarab tanlang. Agar siz har doim matnlar bilan ishlasangiz, kontrastni kuchaytiruvchi ko‘zoynakni tanlaganingiz ma’qul. Agar siz grafika bilan shug‘ullansangiz ranglarni yaxshiroq ko‘rsatuvchi ko‘zoynaklarni tanlasangiz ham bo‘ladi.
Ko‘zoynak sotib olishdan oldin mutaxassis shifokor bilan maslahatlashing. Shifokor ko‘zingizning ko‘rish holatiga qarab sizga qanday ko‘zoynak zarurligi to‘g‘risida maslahat beradi.
Sifatli ko‘zoynaklar arzon turmaydi. Kompyuterda ishlash uchun taqiladigan ko‘zoynaklarning boshlang‘ich narxi 50 ming so‘m bo‘lib, ko‘zoynak linzasini ishlab chiqaruvchi va gardishining tannarxiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi.
Eng sifatli ko‘zoynak linzalari Germaniya, Shveysariya va Yaponiyada ishlab chiqariladi.
Kompyuterda ishlash uchun taqiladigan ko‘zoynaklarni to‘g‘ri tanlaganingizni qanday bilish mumkin? Agar kun bo‘yi ko‘zingizda toliqish sezmasangiz – demak, ko‘zoynakni to‘g‘ri tanlagansiz. Agar qandaydir noqulaylik, ko‘zingizda og‘riq va qichishish sezsangiz, demak, ko‘zoynakni noto‘g‘ri tanlagansiz yoki sizga sifatsiz ko‘zoynakni sotishgan.
Ⓜ️ terabayt.uz
@python_uzbek_coder

O'zbekistondegi dasturchilar qayerdan ish topishlari mumkin ?🤷🏻♂️👨🏻💻👩🏻💻
Assalom aleykum, bugungi postimizda ko'plab dasturchilar uchun qiziqarli va kerakli bo'lgan mavzuni yoritishga harakat qilamiz. Bu posta siz dasturchilar ish topishlari mumkin bo'lgan websitelar va telegram kanallar haqida bilib olishingiz mumkin.
Agar siz junior dasturchi bo'lsangiz va ish topolmayotgan bo'lsangiz. Middle dasturchilar uchun ishlarni izlang va ichidan talablari pastroq bo'lgan kompaniyani tanlang. Hechqachon fail bo'lishdan qo'rqamang. Siz bunda hechnima yo'qotmaysiz.
🔹 Websitelar :
🔸 hh.uz hozirgi kundagi dasturchilarga va boshqa kasb vakillariga ish taklif qilish bo'yicha eng faol websitelardan biri. Hechqanday registratsiya talab etilmaydi.
🔸 Linkedin.com Bu website nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda mashxur hisoblanadi. Registratsiyadan o'tib o'zingiz haqingizdagi ma'lumotlarni kiritishingiz kerak. Google, Facebook, Amazon kabi kompaniyalarga ham shu yerdan ishga topshirishingiz mumkin.
🔸 Facebookdagi gruppa, bu yerda ham dasturchilar uchun doimiy ishlar taklif qilinadi.
🔸 Linkedindagi gruppa. Linkedinda ish topish imkoniyatlari katta sababi shukabi gruppalar bor, websitening o'zi kiritgan ma'lumotlaringiz asosida ish taklif qilishi mumkin va HR (kompaniyalar uchun ishchi izlab yuradigan) lar bog'lanishi mumkin.
🔸 Olx.uz ha adashmadningiz olxdan ham dasturchilar ish topishlari mumkin masalan manabu link orqali.
🔹 Telegram kanallari :
🔸 UzDevJobs
🔸 Ustoz shogird

Facebook
Log in or sign up to view
See posts, photos and more on Facebook.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sizda eng kuchli komputer bor siz buni bilasizmi ?
📹 Bu videoni kurganingizdan sung, 1 dakika vaktingizni xam bexuda sarflamaysiz!
👤 #DOVRANBEK_TURDIEV ©️
@python_uzbek_coder
📹 Bu videoni kurganingizdan sung, 1 dakika vaktingizni xam bexuda sarflamaysiz!
👤 #DOVRANBEK_TURDIEV ©️
@python_uzbek_coder
The Social Network (2010)[Telegram movies].mkv
699.3 MB
#film
Ijtimoiy tarmoq - Social Network
Kanalimiz a’zolari, bo’lajak dasturchilar uchun motivatsiya ulasha oladigan film !!!
Ijtimoiy tarmoq - bu 2010 yil rejissyor Devid Fincher va ssenariy muallifi Aaron Sorkin bo'lgan drama filmdir. Ben Mezrichning 2009 yildagi "Tasodifiy milliarderlar" kitobidan olingan ushbu sahifada Facebook ijtimoiy tarmog'ining tashkil etilishi va sud jarayoni tasvirlangan.

Pythonni o'rganmoqchi bo'lganlar uchun tekin websitelar🧑🏼💻
Assalom aleykum, bu postimizda hozirgi kundagi eng mashxur dasturlash tillaridan bir pythonga qiziqadiganlarga, uni o'rganish uchun tekin websitelarni ko'rsatib o'tamiz.
Quydagi keltirilgan websitelardan boshqa dasturlash tillariga oid
tekin ma'lumotlarni ham topishingiz mumkin.🤫
🔹 Copyassignment
🔹 Geeksforgeeks
🔹 JavatPoint
🔹 Tutorialspoint
🔹 Studytonight
🔹 W3resource

CopyAssignment
Python Community Here
We are Python Programming language experts, a community to solve Python problems, we are a 1.2 Million community on Instagram, now here to help with our blogs.
Bugungi kun shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi barchamizga muborak bo'lsin!
@python_uzbek_coder
@python_uzbek_coder
14-fevral IT'shniklar uchun qanday bayram?
#qiziq
Bu kunni hamma har xil nishonlaydi, lekin IT olamida ham bu kun alohida o'rin tutadi. Demak, dunyoda 14 fevral - "Kompyuter kuni" yoki "Kompyuter va dasturchilar kuni" tariqasida keng nishonlanadi, lekin bu bayram norasmiydir.
Bunday deyilishiga sabab - 1946 yil 14 fevral kuni, haqiqiy, ishlaydigan, elektron kompyuter ENIAC(Electrical Numerical Integrator And Calculator) taqdim qilingan. Bu "kompyuter" asosan, elektron lampalardan tashkil topgan.
Eniac haqida qisqacha(Wikipedia'dan olindi):
Og'irligi: 30 tonna;
Quvvati: 174 kVt;
Hisoblash quvvati: sekundiga 357 ta ko'paytirish amali yoki 5000 ta qo'shish amali;
Chastotasi: 100 kHz;
Xotira hajmi: 20 ta son-so'z.
Quyidagilardan tashkil topgan: 17 468 ta lampa(16 ta har xil lampa), 7200 ta kremniy diodi, 1500 ta rele, 70 000 rezistor, 10 000 ta kondensator.
☝️ Kompyuterchilar, bayramingiz bilan, CTRL, ALT va Delete tugmalarimiz har doim but bo'sin!
©planetait

😎 Dasturchi bo'lish formulasi
Akademiyamiz bilan sizga kichik bir formula tayyorladik. Quyida dasturchi bo'lish formulasi bilan tanishishingiz mumkin😅
🟢// Dasturlash bu 👇
15% — dasturlash;
35% — buglarni tuzatish;
5% — coffee breaklar;
37% — xatoni Googledan qidirish;
7% — Youtubeda biror bir hind vlogger videosini ko'rish;
3% — O'sha hind vloggerni talaffuzini tushunishga harakat qilish;
23% — Videoni baribir oxirigacha ko'rolmasdan, Stack OverFlowdan kodlarni olish😂
P/s: Yuqoridagi foizlar yig'indisi 100% emas 125% chiqayotganini sezgan bo'lsangiz tabriklaymiz, endi siz buglar nima ekanligni bilasiz 😉
Manba: PDP IT ACADEMY

⭕️ SIZDAN SAVOL - BIZDAN JAVOB (1-qism)
Odatlar - bu ulkan kuchga ega bo'lgan kichik o'zgarishlar! Siz anchadan beri o'zgarmoqchi edingiz, lekin bo'lmayapti. Jeyms Clear odatlar, motivatsiya va iroda haqidagi afsonalarni yo'q qiladi.
Ilmiy dalillarga, izlanishlarga, shaxsiy tajribaga va muvaffaqiyatli odamlar tajribasiga tayanib, u qanday qilib yaxshi odatlarni muqarrar qilishni sodda va aniq tushuntiradi.
Biz buni ushbu videoda qisqacha yoritamiz.
Videoga link ↙️
https://youtu.be/zYAzeFRz-zA
Manba: Bobur Akilhanov

Dasturchilar uchun eng yaxshi frilanser saytlar
✅ Upwork.com - frilansing ishlariga oid dunyodagi eng yuqori reytingga ega veb-saytlardan biri. Unda 1,2 mln frilanser ro'yxatdan o'tgan. Ko'plab ish o'rinlari mavjud va ishonchli. Yuqori to'lov komissiyalari va profil tasdiqlanishi bir zumda bo'lmagani platformaning kamchiliklaridan biri.
⚫️ Fiverr.com - sodda va ishlatishga qulay. Narxlar 5 dollardan boshlanadi va ishning murakkabligi, mahorati va davomiyligiga qarab ko'tarilib boradi. Ishlashga qulay bo'lishiga qaramay, narxning pastligi va narx tufayli kelib chiqayotgan ishlarning sifatsizligidan shikoyatlar yuzaga kelmoqda.
🔹 Freelancer.com - IT soha vakillari uchun qoyilmaqom platforma. Uni asosan Hindiston, Buyuk Britaniya, AQSh va Pokistondagi IT-frilanserlari ishlatadilar. U qariyb 247 mamlakatda mavjud va foydalanuvchilarining umumiy soni 24 million kishidir.
👨🦳 Guru.com - ro'yxatdagi eng yoshi ulug' otaxon saytlardan biri(1999). Guru'ning yutuqli taraflaridan biri Upwork va freelancer saytlariga qaraganda raqobatning kamligida. Kamchilik - hisob boshqaruvi.
💸 Broxer.com - bu yangi boshlovchilar uchun qulay sayt. Kam komissiya to'lovi mavjud bo'lishiga qaramay, unchalik ham mashhur emas.
Dasturchi domla ©️

Dasturchi uchun kerakli instrument
Kodda xatolikni topolmay qiynalib kettingizmi. Yoki savolni tushuntirishga qiynalayabsizmi unda Team Viewer dasturidan foydalanishingiz mumkin.
Bu dastur yordamida kompyuteringizni boshqa dasturchilar bilan "share " qilishingiz mumkin!
Qanday foydalanishni ushbu video orqali ko'rishingiz mumkin:
https://youtu.be/cmljNqQ85zk
Manba: Web dasturlash kanali

YouTube
How to use TeamViewer. Team Viewer dasturidan foydalanish. (Dasturlash olami)
Kompyuterda yoki "code" da bo'ladigan muammolarni hal qilishda boshqalardan yordam so'rash uchun ajoyib dastur. Bu dastur yordamida jamoadagi boshqalar kompyuterini boshqarishingiz yoki sizda biror muammo bo'lganda "Share" qilishingiz mumkin.
Yuklash uchun…
Yuklash uchun…
😉 Dasturchi bo'lmaganlar uchun buglar haqida
❓Siz dasturchi emassiz, lekin buglar nima ekanligini bilmoqchimisiz? Unda biz sizga hikoya asosida tushuntirib beramiz. Keling barchamiz biladigan Zumrad va Qimmat ertagini dastur deb olamiz.
📌Siz dasturchi sifatida ertakni yozib chiqish vazifasini oldingiz. Chol Zumradni o'rmonga olib ketibdi deb endi kod yozgandingiz, ekranga "error" chiqdi. Nima bo'ldi ekan deb tekshirsangiz, chol va Zumrad yo'lda qazib qo'yilgan chuqurga tushib ketishibdi.
Xatoni to'g'rilayman deb endi siz shu chuqurga tuproq tashlab, chuqurni ko'mib qo'ydingiz va keyingi sahifaga o'tib ertakni davomini yoza boshladingiz🖌
Zumrad o'rmonda oqko'ngil kampirni uchratibdi va birga yashay boshlabdi. Bir necha kundan keyin esa kampir va Zumrad zaharlanishibdi. Sababini bilish uchun kodni ochsangiz, kampir o'rmonda sayrga chiqqanda, siz ko'mib qo'ygan chuqur ustida o'sib chiqqan zaharli qo'ziqorindan sho'rva tayyorlagan ekan😂
Manba: PDP IT-ACADEMY

Ko'pchiligimiz dasturlash tillarini o'rganish qiyin deb hisoblaymiz. Bu juda to'g'ri, chunki dastulash tilini o'rganish biror bil tilni o'rganish bilan teng. Albatta dunyoda osonlik bilan erishiladigan ishning o'zi yo'q. Agar siz dasturchi bo'lmoqchi bo'lsangiz unda quyidagi ketmaketlikni albatta bajaring:
1. Siz aslida dasturlash tilini nega o'rganmoqchi ekanligingizni aniqlab oling.
2. O'zqiziqishingiz va yo'nalishingizni belgilab oling.
3. Albatta eng oson dasturlash tillaridan boshlash kerak.
4. Yaxshi qo'llanna toping.
5. Boshlanishiga faqat kichik dasturlar yozing.
6. Algaritmlash.
7. Dasturlarga misollar ko'ring.
8. Dasturlash okeaniga sho'ng'ib keting.
9. Juda ko'p vaqt sarflang.
10. Boshqa dasturlash tillariga o'tish.
Asosiysi omad sizga yor bo’lsin aslo tanlagan yo’lingizdan qaytmang dasturlash olami juda qiziqarli va hayratlarga to’la olam.
IT WORLD ©️

🗂 Alisher Navoiy asarlarida -IT sohasi rivoji va Robotexnika
Alisher Navoiy (1441-yil, 9-fevral 1501-yil, 3-yanvar) – ulugʻ oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi boʻlgan. G‘arbda chigʻatoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda „nizomi millati va din“ (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulugʻlanadi.
Navoiy merosini muazzam ummonga o‘xshatishadi. Zangori osmon ostida chayqalib turgan bahri muhitning shiddatkor to‘lqinlari quyoshning munavvar nurlari bilan qorishib, borliqqa yorqin ifor taratadi. Ko‘zni qamashtirib, ko‘kka o‘rlayotgan tomchilarning har birida ilohiy nur jilvalanadi. Navoiy merosi ana shunday boqiy, maftunkor. Bu tabarruk zot ijodini o‘rgangan kishilarning qayta-qayta hayratga tushaverishi sababi ham shunda.
Alisher Navoiy ijodining yuksak choʻqqisi „Xamsa“ asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan boʻlib, turkiy tilda toʻliq „Xamsa“ yaratdi va turkiy tilda shunday koʻlamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi. Ushbu toʻplamni Nizomiy Ganjaviyning „Panj Ganj“ („Besh xazina“) asariga havas sifatida yozilganligini oʻquvchilarga anglatmoq maqsadida „Xamsa“ning kirish qismida:
"Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasigʻa panja urmoq."
deya taʼkid etadi.
„Xamsa“ tarkibiga „Hayrat ul-abror“, „Farhod va Shirin“, „Layli va Majnun“, „Sabʼai sayyor“, „Saddi Iskandariy“ kabi dostonlar kiradi.
Navoiy ham barcha fanlar bilan shug‘ullandi — ilmi nujum, musiqa, tabobat, lug‘atshunoslik, o‘q otish san’ati, adabiyot nazariyasi, qushlar hayoti — zoologiya. Xususan, uning tasviriy san’atda ham mashqlar qilib turgani, hatto Husayn Boyqaroning suratini chizgani haqida manbalar guvohlik beradi. Leonardoning sirli tabassumi (Mona Liza) kabi Navoiyning o‘z qo‘li bilan chizgan zanjirband sher surati ham mana besh asrdirki, takror-takror munozaralar manbaiga aylanib keladi. Bu buyuk zot musiqa ilmida ham noyob iste’dod sohibi bo‘lib, bir qancha kuylar ijod qilgan. Shuningdek, bosh me’mor sifatida o‘z mablag‘i hisobidan ko‘prik, tegirmon, hammom, bog‘, maqbara, masjid, shifoxonalar barpo etdi, ariqlar qazdirdi. Bunyod etgan inshootlarining aksariyatining tarxini o‘zi chizdi, tuzatdi.
Xuddi shunday IT sohasini ham oldindan ko'ra bilgan. Kelajak ixtirolari haqida,asarlarida namoyon qilgan. Mana 580 yildirki bu asarlar dunyo ahlini lol qoldirib kelmoqda. O'z tasavvuri buyuk ixtirolarni nomoyon qilgan.
"Farhod va Shirin" dostonida, bugungi kun Robotexnikasi va XX asrning buyuk ixtirolaridan biri — robotlar haqidagi satrlarga ham ko‘zimiz tushadi:
Bo‘lur darvoza ichra oshkoro,
Temur jismiki qilmish paykar oro.
Erur odamg‘a monandu mushobih,
Ilgida temurdan yoy qilib zih.
Va lekin ushbu paykar roy to farq,
Bo‘lib o‘tdek temur o‘rchin aro g‘arq.
Ma’nosi shunday: " U odamga juda ham o‘xshar, qo‘lida o‘tkir o‘q tortilgan temir yoyni ushlab turar edi. Boshidan oyoq sovutga o‘ralgan bu temir odam ich-ichidan yonib turardi".
Navoiy o‘z davri uchun g‘ayrioddiy bo‘lgan qurilmalar haqida ham bashoratli ijodtimsollari mavjud.
Navoiy ijodida behisob baland minora ustiga o‘rnatilgan bugungi parabolek va sputnik antennalariga o‘xshash qurilmalar, dunyoning narigi chekkasidagi inson bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bir-birini ko‘rib turgan holda (vebkamera orqali) muloqotda bo‘lish, kompyuter, internet, kishining may ichgan-ichmaganini aniqlab beradigan vosita, kibernitika hamda yana boshqa turli g‘ayrioddiyliklar xususidagi farazlar shular jumlasidan.
Yana bir qancha XXI asr odamlari tasavvur doirasidan ham tashqarida bo‘lgan antiqa timsollar, farazlar uchraydiki, hayratlanmay iloj yo‘q. Agar ularning muqobilini bugun ham uchratmasak, buni zamonaviy fan va texnikaning rivojlanishi davomida bilishimiz munkin.
Alisher Navoiyning oltin merosi millat ruhini tarbiyalaydi, uning ijodini qomusiy ravishda tadqiq va tahlil etish jarayonda, ayniqsa, yoshlarda rag‘bat uyg‘ota olish bugungi kunning eng asosiy vazifalaridan biri bo‘lib qolaveradi.
Ravshanova Dilafruz Bahodirovna ©️

Eng yaxshi Frontend va Backend dasturchisiga aylanishning 45 usuli !!!
Manba: Big Data
@python_uzbek_coder
Manba: Big Data
@python_uzbek_coder
Telegraph
Eng yaxshi Frontend va Backend dasturchisiga aylanishning 45 usuli
Ushbu universal dasturchi kim? Bu sohani har jihatdan tushunadigan va uni dasturiy ta'minot va dizayn nuqtai nazaridan tushuna oladigan odam. Nomidan ko'rinib turibdiki, bunday kasb hamma uchun mos emas, ko'pchilik ko'nikma va bilimdagi qiyinchiliklarga duch…
📌 Dasturchilikka kirib kelishning osonroq yoʻli!
Dasturchilikni oʻrganishning oson va qulay yoʻllaridan biri bu ishni “Testerlik” dan boshlash, yaʼni QA chilik. QA bu “Quality Assurance”, oʻzbek tilida “Sifat Tekshiruvi” deb yuritiladi.
QA ni tez oʻrganish mumkin (qoʻlda test qilshni), chunki QA chi boʻlish bu dasturni (web yoki mobile ilovani) ishlatib koʻrib xato va kamchiliklarni topib kerakli tartibda hisobot berish degani.
QA xodimlari doim dasturchilar bilan yelkama-yelka turib ishlaydilar, koʻp aloqada boʻladilar, shuning uchun ular toʻliq IT muhitida, xususan dasturchilar atrofida boʻladilar. Yaʼni “temada” boʻlishadi. IT jargonlarini oʻrganishadi, dasturchilardan savolar soʻray olishadi, jarayonni oʻrganishadi, v.h.k. Shahsan oʻzimni QA dan dasturchilikka qiynalmasdan qadam qoʻygan bir qancha doʻstlarim bor.
Oʻzbekistonda QA lavozimlariga oʻrtacha oylik $400-$500 lar atrofida. Jahonda ham talab katta. QA ni esa atigi 1-2 oyda yaxshi oʻrganib olsa boʻladi.
IT STAR ©️

#foydali #manba
💟 CodingBat - Java yoki Python dasturlash tillarining birida algortimlarni yechishni xush ko'ruvchilar uchun yana bir ajoyib veb sayt. Ushbu veb saytda keltirilgan har xil murakkablikga ega algoritimlarni yechish orqali siz algoritim bo'yicha o'z mahoratingizni oshirishingiz mumkin bo'ladi. Saytda Java, Pythonga doir algoritimlar mavjud!
↗️ CodingBat saytiga o'tish - https://codingbat.com/
Manba: Javohir Group
@python_uzbek_coder
💟 CodingBat - Java yoki Python dasturlash tillarining birida algortimlarni yechishni xush ko'ruvchilar uchun yana bir ajoyib veb sayt. Ushbu veb saytda keltirilgan har xil murakkablikga ega algoritimlarni yechish orqali siz algoritim bo'yicha o'z mahoratingizni oshirishingiz mumkin bo'ladi. Saytda Java, Pythonga doir algoritimlar mavjud!
↗️ CodingBat saytiga o'tish - https://codingbat.com/
Manba: Javohir Group
@python_uzbek_coder
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu film atiga 4 daqiqa davom etadi, 30 daqiqada suratga olingan va "Oskar" mukofotii berilgan.
@python_uzbek_coder
Forwarded from Talaba — LIVE
Bobolarimizga rahmat , ammo maqtanchoqlikni bas qilaylik!
Bu postni yozishdan oldin ota-bobolarimizga mingdan ming rahmat aytmoqchiman. Nega bilasizmi?
Chunki ular O'zbekistonni hozir ham moddiy tomondan taminlamoqda! Ishonmaysizmi? Unda Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo'qon va boshqa ko'plab hududlardagi ota-bobolarimiz davrida qurilgan saroy va binolarga nazar soling. Bu saroylar, qadimiy maskanlar O'zbekistonda turizmning jadal rivojlanishiga tayanch bo'lgan desam ayni haqiqatni aytgan bo'laman shunday emasmi?
Qo'pol qilib aytganda ota-bobolarimizning ko'p boyliklari chet elga chiqib ketdi ularni ushlab qolish ham qo'limizdan kelmadi, shunday bo'lsada o'zlariga yashash uchun qurgan saroylari ham bizni pul bilan taminlab kelmoqda.
Endi savol tug'iladi. Biz shu insonlarga munosib bo'lyapmizmi? Yoki faqat nomlari bilan faxrlanib yashab kelinmoqdami? Tan olish qancha qiyin bo'lsa ham shuni aytamanki, to'g'ri, Tik tokda obunachilar yig'ish, sport sohasida jahon chempioni bo'lish juda ham qiyindir ammo bu O'zbekiston kelajagini belgilamaydi!
Bu Tik tokerlar ertaga davlatni boshqara oladimi? Sportchilarchi? Ular chempion bo'lsa mashina berilyapti, uy berilyapti, kamiga OTM larga kirish grandi ham ajratilmoqda bular ertadan keyin qarib belidan kuchi ketsa davlatni kuch bilan boshqaradimi?
O'zbekistonimizda ham bor bilimli yigit va qizlar olim va olimalar faxriy ustozlar ammo ularni ommaga olib chiqilmayapti taqdirlash yo'q! Rag'batlantirish yo'q!
Bir taklif borda menda! Biz bilamiz hammamizni Oliy ta'lim muassasamizda prafessor bilimli o'qituvchilarimiz bor hattoki olimlar ham yo'q emas. Endi qarang shu o'qituvchilarimizning nomini abadiylashtirish uchun ko'zi ochiqligida rag'batlantirib ko'chalarga nomini bersak ? Ularni tiriklik chog'ida qadriga yetib turli xil yo'llar bilan rag'batlantirsak qanday bo'ladi? ( Faxriy yorliq masalasidan yiroqman.)
U inson tirikligida buni ko'rsa, qo'pol qilib aytganda bu dunyodan o'tguncha ilm bilan shug'illanadi Alisher Navoiyga biz bilamiz haykallar ham ko'cha nomlari ham yetarli va keragidan ortiq lekin Alisher Navoiyni xabari bormikan Toshkentda haykali borligidan ? O'zbekistondagi 100 dan oshiq joylarga nomlari berilganini bilarmikan ? Bo'ldida endi...
Biz bilasizmi qanday avlodmiz? bobomiz Jaloliddin Manguberdi haqidagi filmni ham o'zimiz ishlay olmaydigan avlodmiz! Turkiyaga borib ishlab kelamiz. Bizni aktyorlarni kerak bo'lsa turklar saralab beradi. Gap o'zimizning bobomiz haqidagi filmda ketmoqda...
Yana og'izni to'ldirib bobomiz deymiz.
Tiriklarni vaqtida qadriga yetaylik beraylik o'sha ordenlarni tirikligida! O'z mehnatidan faxrlansin oilasi va yaqinlari oldida g'ururlansin.
Ota-bobolarimiz bilan maqtanib yashashni to'xtatib bu hayotga "real" ko'z bilan qarashni ham o'rganaylik. Endi ular oramizda yo'q.
Bir kuni bir ustoz jon kuydirib Alisher Navoiy haqida maruza qilmoqdalar. Taxminan shunday:
Alisher Navoiy ajdodimiz, bobomiz bo'ladi! Biz u insonning avlodimiz tomirimizda shunday ulug' insonni qoni oqmoqda.
Bir talaba savol berdi:
Ustoz Alisher Navoiy uylanmagan deyishadiku! Qanday qilib bizga bobo bo'ladi?
Tugadi.
@Talaba_Live_Rasmiy