PYTHON DASTURLASH TILI
1.55K subscribers
334 photos
332 videos
408 files
701 links
Python dasturlash tilini o'rganmoqchimisiz ? Ammo bu dasturlash tili haqida kerakli ma'lumotlarni qayerdan topishni bilmayabsizmi ?

Telegram tarmog'idagi Python dasturlash tili haqida barcha ma'lumotlarni o'zida saqlovchi kanal: @Python_uzbek_coder
Download Telegram
💻 Dasturchilar o'qishi kerak bo'lgan 3 ta kitob 📚

Assalomu aleykum qadrli do'stlar! Bugungi postimizda dasturchilar o'qishi kerak bo'lgan eng yaxshi 3 ta kitobni keltirdik. Ushbu kitoblarni sizning kod yozish mahoratingiz, fikrlashingizni oshirishga yordam beradi 😉

Clean Code kitobini yuklab olish ↙️
https://bit.ly/3cOUc9G

Code Complete 2 kitobini yuklab olish ↙️
https://bit.ly/2MIdfHW

Introduction to Algorithms kitobini yuklab olish ↙️
https://bit.ly/3cSE9ru

P.S/ Quyidagi linklar orqali siz bugungi postimizda keltirilgan 3 ta kitoblarnining elektron versiyasini bepul tarzda yuklab olishingiz mumkin!

Manba: Javohir Group

@python_uzbek_coder
Pythonda_virtual_muhit_yaratishga_imkon_beruvchi_dasturiy_ta'minot.pdf
346.2 KB
#Python
#Maqola

🐍 Pythonda virtual muhit yaratishga imkon beruvchi dasturiy ta'minot !!!

@python_uzbek_coder - python dasturlash tilini biz bilan o'rganing !!!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Saidbek_Arislonov
#Silicon_Valley yohud #Kremniy_vodiysi

🔰 Google da ishlash va dasturchilarga sharoitlar | Sherali Obidov

Video format: 720p
Video hajmi: 425.1 MB

@python_uzbek_coder
#Noyob_kun

Bugun noyob kun !!!

...12.02.2021...

Chapdan o'ngga o'qisa ham, teskari o'ngdan chapga o'qisa ham bir xil ko'rinadi.
Ya'ni зеркальный (ko'zgudagidek).


Bunday kun juda ham kam bo'ladi !!!

@python_uzbek_coder
​​5 nafar hakerning qilmishi tufayli keltirilgan zarar yana bitta Toshkent city'ni qurishga yetadi

💻 Kompyuter texnologiyalari allaqachon insoniyat kundalik hayotiga mustahkam o'rnashib olishga ulgurdi. Ammo texnologiyalar shaxsiy manfaatlar yoki buzg'unchilik yo'lida ham foydalanilmoqda.

🔹 Texnologiyalar qanchalik rivojlansa, kiberjinoyatchilik ham shunchalik kuchayib boradi. Hakerlar turli xil ta'sirga ega kompyuter viruslari va troyan dasturlar yaratishadi.

📜 Quyidagi maqolada sizlar bilan tarixda sezilarli darajada nom qoldirgan 5 nafar haker haqida suhbatlashamiz.

👉 Maqolani o'qish

🤔 Sizningcha, "Eng daxshatli haker" nomiga qaysi biri mos? O'zingizga yoqqan haker nomini izohlarda yozib qoldiring.

©️ Dasturchi domla

@python_uzbek_coder
Java va Android dasturlashni o'rganishni xohlayotgan ayol-qizlar bormi?

Mehri Abduqodirova ingliz tilini yaxshi biladigan ayol-qizlar uchun bepul Java va Android bo'yicha onlayn kursni yo'lga qo'ymoqchilar. Kursga 3-4 o'quvchi qabul qilinadi. Kursning tarkibi quyidagicha:
- dasturlashga kirish va OOP - 1 oy
- Java dasturlash tili - 6 oy
- Android dasturlash - 5 oy

Kursga qatnashmoqchi bo'lganlardan haftasiga 5-6 kun, kuniga 8 soatdan ko'proq vaqtlarini o'qish uchun ajratishlari talab qilinadi. Haftada 5 kun 2 soatdan Zoom orqali darslar bo'lib o'tadi.

O'qishdagi har bir bosqich turli xil darajadagi loyihalarni tuzish asosida o'rgatiladi. Bu loyihalarni, albatta, porftolioga qo'shish mumkin bo'ladi. Java bo'yicha bosqichni bitirgan o'quvchilar Oracle imtihonida o'zlarini sinab ko'rishlari mumkin. Android dasturlashni o'rgangandan so'ng unda tuzilgan mobil ilovalarni Google Play Storega ham joylashingiz mumkin bo'ladi.

Bu imkoniyatdan foydalanmoqchi bo'lsangiz, mana bu yerda ro'yxatdan o'tishingiz mumkin. Loyiha faqat ayol-qizlar uchun!

Omad!

© mayoquz
Kompyuterda ishlash uchun ko‘zoynak qanday tanlanadi?

Ko‘pchilik kuniga 8—10 soat davomida kompyuterda ishlaydi. Bu holat inson organizmiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Shuning uchun mutaxassislar ko‘zni kompyuter ekranining zararli ta’siridan himoya qiluvchi ko‘zoynak taqishni maslahat berishadi.

Ko‘zoynaklarning foydasi nimada?

Kompyuterda ishlash uchun taqiladigan ko‘zoynak linzalariga ko‘zni ekranning elektromagnit nurlanishlaridan va boshqa zararli ta’sirlardan himoya qiluvchi maxsus ishlov beriladi.

Ko‘zoynaklar nima uchun kerak?

– Ko‘zga tushadigan bosimni kamaytiradi

– Ekranning «pikselligi»ni yo‘qotadi

– Ko‘rish qobiliyatini tez yo‘qotishdan himoya qiladi

– Ko‘z charchashini kamaytiradi

– Ko‘z gavharini ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi


Kompyuterda ishlash uchun taqiladigan ko‘zoynakni ishingiz turiga qarab tanlang. Agar siz har doim matnlar bilan ishlasangiz, kontrastni kuchaytiruvchi ko‘zoynakni tanlaganingiz ma’qul. Agar siz grafika bilan shug‘ullansangiz ranglarni yaxshiroq ko‘rsatuvchi ko‘zoynaklarni tanlasangiz ham bo‘ladi.

Ko‘zoynak sotib olishdan oldin mutaxassis shifokor bilan maslahatlashing. Shifokor ko‘zingizning ko‘rish holatiga qarab sizga qanday ko‘zoynak zarurligi to‘g‘risida maslahat beradi.

Sifatli ko‘zoynaklar arzon turmaydi. Kompyuterda ishlash uchun taqiladigan ko‘zoynaklarning boshlang‘ich narxi 50 ming so‘m bo‘lib, ko‘zoynak linzasini ishlab chiqaruvchi va gardishining tannarxiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi.

Eng sifatli ko‘zoynak linzalari Germaniya, Shveysariya va Yaponiyada ishlab chiqariladi.

Kompyuterda ishlash uchun taqiladigan ko‘zoynaklarni to‘g‘ri tanlaganingizni qanday bilish mumkin? Agar kun bo‘yi ko‘zingizda toliqish sezmasangiz – demak, ko‘zoynakni to‘g‘ri tanlagansiz. Agar qandaydir noqulaylik, ko‘zingizda og‘riq va qichishish sezsangiz, demak, ko‘zoynakni noto‘g‘ri tanlagansiz yoki sizga sifatsiz ko‘zoynakni sotishgan.

Ⓜ️ terabayt.uz

@python_uzbek_coder
O'zbekistondegi dasturchilar qayerdan ish topishlari mumkin ?🤷🏻‍♂️👨🏻‍💻👩🏻‍💻

Assalom aleykum, bugungi postimizda ko'plab dasturchilar uchun qiziqarli va kerakli bo'lgan mavzuni yoritishga harakat qilamiz. Bu posta siz dasturchilar ish topishlari mumkin bo'lgan websitelar va telegram kanallar haqida bilib olishingiz mumkin.

Agar siz junior dasturchi bo'lsangiz va ish topolmayotgan bo'lsangiz. Middle dasturchilar uchun ishlarni izlang va ichidan talablari pastroq bo'lgan kompaniyani tanlang. Hechqachon fail bo'lishdan qo'rqamang. Siz bunda hechnima yo'qotmaysiz.

🔹 Websitelar :

🔸 hh.uz hozirgi kundagi dasturchilarga va boshqa kasb vakillariga ish taklif qilish bo'yicha eng faol websitelardan biri. Hechqanday registratsiya talab etilmaydi.

🔸 Linkedin.com Bu website nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda mashxur hisoblanadi. Registratsiyadan o'tib o'zingiz haqingizdagi ma'lumotlarni kiritishingiz kerak. Google, Facebook, Amazon kabi kompaniyalarga ham shu yerdan ishga topshirishingiz mumkin.

🔸 Facebookdagi gruppa, bu yerda ham dasturchilar uchun doimiy ishlar taklif qilinadi.

🔸 Linkedindagi gruppa. Linkedinda ish topish imkoniyatlari katta sababi shukabi gruppalar bor, websitening o'zi kiritgan ma'lumotlaringiz asosida ish taklif qilishi mumkin va HR (kompaniyalar uchun ishchi izlab yuradigan) lar bog'lanishi mumkin.

🔸 Olx.uz ha adashmadningiz olxdan ham dasturchilar ish topishlari mumkin masalan manabu link orqali.

🔹 Telegram kanallari :

🔸 UzDevJobs
🔸 Ustoz shogird

@python_uzbek_coder
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sizda eng kuchli komputer bor siz buni bilasizmi ?

📹 Bu videoni kurganingizdan sung, 1 dakika vaktingizni xam bexuda sarflamaysiz!

👤 #DOVRANBEK_TURDIEV ©️

@python_uzbek_coder
The Social Network (2010)[Telegram movies].mkv
699.3 MB
#film

Ijtimoiy tarmoq - Social Network

Kanalimiz a’zolari, bo’lajak dasturchilar uchun motivatsiya ulasha oladigan film !!!

Ijtimoiy tarmoq - bu 2010 yil rejissyor Devid Fincher va ssenariy muallifi Aaron Sorkin bo'lgan drama filmdir. Ben Mezrichning 2009 yildagi "Tasodifiy milliarderlar" kitobidan olingan ushbu sahifada Facebook ijtimoiy tarmog'ining tashkil etilishi va sud jarayoni tasvirlangan.

@python_uzbek_coder
Pythonni o'rganmoqchi bo'lganlar uchun tekin websitelar🧑🏼‍💻

Assalom aleykum, bu postimizda hozirgi kundagi eng mashxur dasturlash tillaridan bir pythonga qiziqadiganlarga, uni o'rganish uchun tekin websitelarni ko'rsatib o'tamiz.

Quydagi keltirilgan websitelardan boshqa dasturlash tillariga oid
tekin ma'lumotlarni ham topishingiz mumkin.🤫

🔹 Copyassignment
🔹 Geeksforgeeks
🔹 JavatPoint
🔹 Tutorialspoint
🔹 Studytonight
🔹 W3resource

@python_uzbek_coder
Bugungi kun shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi barchamizga muborak bo'lsin!

@python_uzbek_coder
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_videosi

Bugun 14-fevral. Kimlarga yuborishni o'zingiz bilasizlar !!! 😎😁😉

@python_uzbek_coder
14-fevral IT'shniklar uchun qanday bayram?
#qiziq

Bu kunni hamma har xil nishonlaydi, lekin IT olamida ham bu kun alohida o'rin tutadi. Demak, dunyoda 14 fevral - "Kompyuter kuni" yoki "Kompyuter va dasturchilar kuni" tariqasida keng nishonlanadi, lekin bu bayram norasmiydir.

Bunday deyilishiga sabab - 1946 yil 14 fevral kuni, haqiqiy, ishlaydigan, elektron kompyuter ENIAC(Electrical Numerical Integrator And Calculator) taqdim qilingan. Bu "kompyuter" asosan, elektron lampalardan tashkil topgan.

Eniac haqida qisqacha(Wikipedia'dan olindi):

Og'irligi: 30 tonna;
Quvvati: 174 kVt;
Hisoblash quvvati: sekundiga 357 ta ko'paytirish amali yoki 5000 ta qo'shish amali;
Chastotasi: 100 kHz;
Xotira hajmi: 20 ta son-so'z.

Quyidagilardan tashkil topgan: 17 468 ta lampa(16 ta har xil lampa), 7200 ta kremniy diodi, 1500 ta rele, 70 000 rezistor, 10 000 ta kondensator.

☝️ Kompyuterchilar, bayramingiz bilan, CTRL, ALT va Delete tugmalarimiz har doim but bo'sin!

©planetait

@python_uzbek_coder
😎 Dasturchi bo'lish formulasi

Akademiyamiz bilan sizga kichik bir formula tayyorladik. Quyida dasturchi bo'lish formulasi bilan tanishishingiz mumkin😅

🟢// Dasturlash bu 👇
15% — dasturlash;
35% — buglarni tuzatish;
5% — coffee breaklar;
37% — xatoni Googledan qidirish;
7% — Youtubeda biror bir hind vlogger videosini ko'rish;
3% — O'sha hind vloggerni talaffuzini tushunishga harakat qilish;
23% — Videoni baribir oxirigacha ko'rolmasdan, Stack OverFlowdan kodlarni olish😂

P/s: Yuqoridagi foizlar yig'indisi 100% emas 125% chiqayotganini sezgan bo'lsangiz tabriklaymiz, endi siz buglar nima ekanligni bilasiz 😉

Manba: PDP IT ACADEMY

@python_uzbek_coder
⭕️ SIZDAN SAVOL - BIZDAN JAVOB (1-qism)

Odatlar - bu ulkan kuchga ega bo'lgan kichik o'zgarishlar! Siz anchadan beri o'zgarmoqchi edingiz, lekin bo'lmayapti. Jeyms Clear odatlar, motivatsiya va iroda haqidagi afsonalarni yo'q qiladi.
Ilmiy dalillarga, izlanishlarga, shaxsiy tajribaga va muvaffaqiyatli odamlar tajribasiga tayanib, u qanday qilib yaxshi odatlarni muqarrar qilishni sodda va aniq tushuntiradi.
Biz buni ushbu videoda qisqacha yoritamiz.


Videoga link ↙️
https://youtu.be/zYAzeFRz-zA

Manba: Bobur Akilhanov

@python_uzbek_coder
Dasturchilar uchun eng yaxshi frilanser saytlar

Upwork.com - frilansing ishlariga oid dunyodagi eng yuqori reytingga ega veb-saytlardan biri. Unda 1,2 mln frilanser ro'yxatdan o'tgan. Ko'plab ish o'rinlari mavjud va ishonchli. Yuqori to'lov komissiyalari va profil tasdiqlanishi bir zumda bo'lmagani platformaning kamchiliklaridan biri.

⚫️ Fiverr.com - sodda va ishlatishga qulay. Narxlar 5 dollardan boshlanadi va ishning murakkabligi, mahorati va davomiyligiga qarab ko'tarilib boradi. Ishlashga qulay bo'lishiga qaramay, narxning pastligi va narx tufayli kelib chiqayotgan ishlarning sifatsizligidan shikoyatlar yuzaga kelmoqda.

🔹 Freelancer.com - IT soha vakillari uchun qoyilmaqom platforma. Uni asosan Hindiston, Buyuk Britaniya, AQSh va Pokistondagi IT-frilanserlari ishlatadilar. U qariyb 247 mamlakatda mavjud va foydalanuvchilarining umumiy soni 24 million kishidir.

👨‍🦳 Guru.com - ro'yxatdagi eng yoshi ulug' otaxon saytlardan biri(1999). Guru'ning yutuqli taraflaridan biri Upwork va freelancer saytlariga qaraganda raqobatning kamligida. Kamchilik - hisob boshqaruvi.

💸 Broxer.com - bu yangi boshlovchilar uchun qulay sayt. Kam komissiya to'lovi mavjud bo'lishiga qaramay, unchalik ham mashhur emas.

Dasturchi domla ©️

@python_uzbek_coder
Dasturchi uchun kerakli instrument

Kodda
xatolikni topolmay qiynalib kettingizmi. Yoki savolni tushuntirishga qiynalayabsizmi unda Team Viewer dasturidan foydalanishingiz mumkin.

Bu dastur yordamida kompyuteringizni boshqa dasturchilar bilan "share " qilishingiz mumkin!

Qanday foydalanishni ushbu video orqali ko'rishingiz mumkin:
https://youtu.be/cmljNqQ85zk

Manba: Web dasturlash kanali

@python_uzbek_coder
😉 Dasturchi bo'lmaganlar uchun buglar haqida

Siz dasturchi emassiz, lekin buglar nima ekanligini bilmoqchimisiz? Unda biz sizga hikoya asosida tushuntirib beramiz. Keling barchamiz biladigan Zumrad va Qimmat ertagini dastur deb olamiz.

📌Siz dasturchi sifatida ertakni yozib chiqish vazifasini oldingiz. Chol Zumradni o'rmonga olib ketibdi deb endi kod yozgandingiz, ekranga "error" chiqdi. Nima bo'ldi ekan deb tekshirsangiz, chol va Zumrad yo'lda qazib qo'yilgan chuqurga tushib ketishibdi.

Xatoni to'g'rilayman deb endi siz shu chuqurga tuproq tashlab, chuqurni ko'mib qo'ydingiz va keyingi sahifaga o'tib ertakni davomini yoza boshladingiz🖌

Zumrad o'rmonda oqko'ngil kampirni uchratibdi va birga yashay boshlabdi. Bir necha kundan keyin esa kampir va Zumrad zaharlanishibdi. Sababini bilish uchun kodni ochsangiz, kampir o'rmonda sayrga chiqqanda, siz ko'mib qo'ygan chuqur ustida o'sib chiqqan zaharli qo'ziqorindan sho'rva tayyorlagan ekan😂

Manba: PDP IT-ACADEMY

@python_uzbek_coder
Ko'pchiligimiz dasturlash tillarini o'rganish qiyin deb hisoblaymiz. Bu juda to'g'ri, chunki dastulash tilini o'rganish biror bil tilni o'rganish bilan teng. Albatta dunyoda osonlik bilan erishiladigan ishning o'zi yo'q. Agar siz dasturchi bo'lmoqchi bo'lsangiz unda quyidagi ketmaketlikni albatta bajaring:

1. Siz aslida dasturlash tilini nega o'rganmoqchi ekanligingizni aniqlab oling. 
2. O'zqiziqishingiz va yo'nalishingizni belgilab oling.
3. Albatta eng oson dasturlash tillaridan boshlash kerak.
4. Yaxshi qo'llanna toping.
5. Boshlanishiga faqat kichik dasturlar yozing.
6. Algaritmlash.
7. Dasturlarga misollar ko'ring.
8. Dasturlash okeaniga sho'ng'ib keting.
9. Juda ko'p vaqt sarflang.
10. Boshqa dasturlash tillariga o'tish.

Asosiysi omad sizga yor bo’lsin aslo tanlagan yo’lingizdan qaytmang dasturlash olami juda qiziqarli va hayratlarga to’la olam.

IT WORLD ©️

@python_uzbek_coder