PYTHON DASTURLASH TILI
1.55K subscribers
334 photos
332 videos
408 files
701 links
Python dasturlash tilini o'rganmoqchimisiz ? Ammo bu dasturlash tili haqida kerakli ma'lumotlarni qayerdan topishni bilmayabsizmi ?

Telegram tarmog'idagi Python dasturlash tili haqida barcha ma'lumotlarni o'zida saqlovchi kanal: @Python_uzbek_coder
Download Telegram
📚 Har bir dasturchi o'qishi kerak bo'lgan 3 ta kitob

Akademiyamiz jamoasi bilan dasturchilar uchun foydali kontent berishda davom etamiz. Bugungi mavzu: Dasturchilar uchun foydali kitoblar 😇

1️⃣ Soft skills. Software developer's life manual.

Ko'p dasturchilar uchun kodlash bu qiziqarli jarayon. Mijozlar, jamoa a'zolari, boshqaruvchi menejerlar bilan ishlash esa muammoli jarayon. Mazkur kitob dasturchi hayotini osonlashtirishga qaratilgan maslahatlardan tashkil topgan.

2️⃣ Cracking the Coding interview.

Bu kitob esa sizni dasturlash jarayonida uchraydigan muammolarni hal qilish va ishga kirish uchun intevyuda beriladigan texnik topshiriq va masalalarni yechishga o'rgatadi. Kitob 189 ta intervyu savollari va yechimlardan tashkil topgan.

3️⃣ Clean Code

Yomon kod ham ishlay oladi. Lekin kod "toza" bo'lmasa xar qanday dasturchilar jamoasini xayotdan to'ydirishi mumkin😂 Agar siz dasturchi sifatida jamoada ishlab ko'rgan bo'lsangiz, gap nima haqidaligini juda yaxshi tushundingiz😉 Kodingizni sizdan keyin o'qiydigan dasturchi sizni "yaxshi niyat" lar bilan eslashini xohlamasangiz, mazkur kitob aynan siz uchun🙃

Manba: PDP IT-ACADEMY

@python_uzbek_coder
Forwarded from Sariq Dev
Assalom alaykum, Hurmatli obunachilar. Sizlarga Python Dasturlash tili bo'yicha qisqa qo'llanmamizni taqdim etamiz. Qo'llanmada Python dasturlash tiliga oid muhim tushunchalar qisqa satrlarda berilgan.

Qo'llanma pdf va rasm ko'rinishida mavjud:
📖 PDF faylni yuklab olish (6.3MB)
🖼 JPG rasmlarni yuklab olish (1.5MB)

Barcha fayllar (kodlar, rasmlar, yuqori sifatli pdf hujjatlar) GitHub sahifamizga yuklangan

Umid qilamizki, qo'llanmamiz Python dasturlash tiliga oid bilimlaringizni xotirada yangilab turishga hizmat qiladi.

@sariqdev
Forwarded from PDP Academy
#dasturlash #maslahat

🟢// PDP Intensiv: Qaysi dasturlash tilini tanlash kerak?

Akademiyamiz jamoasi tayyorlagan 6 soatlik maxsus intensiv boshlanmoqda.
Intensivda online qatnashish uchun quyidagi linkdan foydalaning🙃

🔴 Link 👉🏻 https://youtu.be/7kIgL6MRrdI
Audio
#podkast

📈 O'xshamasa tashlab ketmang!

Hayot past balandliklardan iborat. Bir kuningiz quvonchli bo'lsa boshqa kuningiz g'amgin yomon kun bo'lishi mumkin. Lekin inson yashashda kurashishda davom etishi zarur! Biron bir hunarni yoki qandaydir bilimni o'rganyapsiz va sizda ishingiz, o'qishingiz o'xshamagan paytlar ham bo'ladi shunday paytlarda ko'pgina insonlar o'z qilayotgan ishini yarim yo'lda tashlab ketadi.

Inson bunday vaziyatlarda shunday xatolarni qilmaslik kerak va bugungi podkastda mana shular haqida gapirib o'tganman!

@akilkhanovuz
​​Махсус курс.

ТАТУ Фарғона филиали талабаларининг дарс жадвалида махсус курс пайдо бўлибди.

У дастурий таъминот бўйича юқори технологиялар асосида олиб бориладиган махсус курс деб ўйлаётган бўлсангиз, қаттиқ янглишасиз.

Махсус курснинг номини тўлиқ ёзаман, ўқинг, фақат йиғламанг:😭

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 2020-йил 29-декабрдаги Олий Мажлисга Мурожаатномасини ўрганиш бўйича махсус курс.

Мунчалар ҳам қийин сўзакансан? 😂

Мен бир нарсага ҳайронман, ҳозирда шу дунёдаги катта ижтимоий тармоқларни яратган инсонлар, масалан, Марк Цукерберг Жорж Бушнинг Конгрессга мурожаатини нечи марта ўқиган экан-а?

Ёки Павел Дуров Путиннинг ҳар бир чиқишини сув қилиб ёдлаворган бўлса керак-а?

Қаранг, қанақа зўр дастурчи бўлиб етишган, бизникилар нега бу даражага етишолмайди деган саволга мутахассислар, ректорлар, деканлар жуда қаттиқ ўйлашиб “мурожаатномани ўқимаганлигидандирда” деган хулосага келишган ва дарҳол бу учун махсус курс яратишган. Мана кўрасизлар, 5-10 йил ичида бизда ҳам манаман деган дастурчилар етишиб чиқади... 🤪

Manba: Tentak Mids

@python_uzbek_coder
Хоразмда инжинерлар компьютерда Windоws ни руссификация қилгандай Хоразмча Windоws яралибди. Айрим принципларини келтириб ўтаман:
1. Компьютерни ёқсангиз “Соммалекууум Ёшулли” ёзуви чиқаркан;
2. Бирор файлни учираман дасангиз ёзув: "Ино шу файл гаракмиди" деган ёзув айримларида “Гўзима гўринма инди” деган ёзув чиқаркан;
3. Бу коммандани "да", "нет" потверждениелари - "хово" ва "йўқай" тугмачалари билан амалга оширилар экан;
4. “Завершение работы” - Хорап атими;
5. “Перезагрузка” - шамоллаб галасми-ё?
6. “Ждущий режим”- дам оласинг галдими?
7. “Отмена” - борсанга-ай!
8. “Ошибка подключения”- Хов, хорап бўлгийсан уланолмин дурибсанку
9. “Установка”- ёпиштирими
10. “переместит”- хаммасини ўтириб олиб, уй ёнда қолдирмин
11. “вырезат”-касиб олмоқ
12. “отправит” –ювармоқ
13. “свойства” – ичиндакиси
14. “только для чтения”- гўрмак боку, емак йўқ
15. "Ж" жирний- самизро,
16. “Ч”-дейина чизиш
17. “закрыт”-бакламоқ
18. “удалить”- талака ташаш
19. “Мышка” –сичон
20. “Папка” –хоржин
21. “Файл” - опчин
22. “Флешка”- халта.
23. “Винчестр” - қонор халта.
24. “Байт”-бит, “килобайт”-кана, байтдан кичкина бирлик-мита
25. “Найдено новое оборудование”- Хов, қурилмани тазасиқу
26. “Найдено новое оборудование 2” - ина тоза важ топдим.
27. “не удалось загрузки” - гиравармин дурибди
28. “ОК”- исоп!
29. “По умолчанию” - билганингча атавар!
30. “Свернут все окна” - ҳаммасини йинғноп дур!
31. “Пуск” - Қони геттик.
32. “Все программы” - Ҳаммасини гўрсат-қони.
33. “Дисковод” - диск ўқийдўвин.
34. “Принтер” - чиқородўвин.
35. “Переименоват” – одини бошқача атиш
36. Попробуйте позже – бир замоттан яна шундатиб гўр
37. Файл не найден – Харап бўлгий топилмоди-қу!?


©Adham Arslonov

@python_uzbek_coder
Turtle yordamida shakllar yaratamiz.pdf
452.6 KB
#Python
#Turtle
#Maqola

🔰 Turtle yordamida shakllar yaratamiz !!!

@python_uzbek_coder - python dasturlash tilini biz bilan o'rganing !!!
Pythonda ob-havoni aniqlash.pdf
371.7 KB
#Python
#Maqola

🐍 Pythondan foydalanib ob-havoni aniqlaymiz !!!

@python_uzbek_coder - python dasturlash tilini biz bilan o'rganing !!!
​​🔥 O'smirlarga yoshidagilarga maslahatim shuki...

Assalomu aleykum qadrli do'stlar! Ushbu postda o'smirlar yoshidagilarga bitta yaxshi tavsiya, maslahat bermoqchiman.

Agarda ushbu postimni o'smir yoshidagi bolalar o'qishyotgan bo'lsalar, sizlar ushbu vaqtda kelajangizni quradigan ayni payti ya'ni siz kelajakda kim bo'lishingiz, nima ish bilan shug'ullanishingiz hozirgi paytdagi harakatlaringizga bog'liq. Ko'chada bekorga yurmang, biron bir hunar yoki kasbni o'rganing, o'sha sohangizda expert bo'lishga harakat qiling.

Mayli hech bo'lmasa oddiy bitta xorijiy tilni yaxshi o'rganib olishga harakat qiling sababi xorijiy tilni bilish orqali internetda ko'pgina bilimlarni tekinga o'rganish mumkin nafaqat IT soha balki Biznes va boshqa sohalarga doir bilimlarni o'rganish mumkin. Bu real narsa shunchaki safsata emas. O'zbekiston kelajagi yoshlar qo'lida deb bekorga gapirilmaydi shu sababli harakatingizni hozirdan boshlang keyin kelajakda afsus qilib qolmang!

Bobir Akilhanov ©️

@python_uzbek_coder
#Python
#Telegram_bot

🐍 Python dasturlash tilida soddaroq bo'lgan telegram bot yozish bo'yicha mabrur dev dan kichik maqola !!!

1-dars:
https://telegra.ph/PYTHON-YORDAMIDA-OZ-TELEGRAM-BOTIMIZNI-YARATAMIZ-01-29

2-dars
https://telegra.ph/PYTHON-YORDAMIDA-OZ-TELEGRAM-BOTIMIZNI-YARATAMIZ-2-dars-01-30

© mabrur dev

@python_uzbek_coder - python dasturlaah tilini biz bilan o'rganing !!!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Verstalshik va Frontend Developerning orasida farq bormi? 🤔

Frontend dasturlash sohasini o'rganayotgan insonlarda Verstalshik va Frontend developer orasidagi farqni bilmaslik holatlari ba'zida uchrab turadi. Verstka va Frontend orasidagi farq, qaysi biri yo'nalish samaradorligini bilmoqchi bo'lsangiz unda ushbu videoda shu haqida ma'lumot berib o'tilgan!

Dilshod Mirsoatov ©️

@python_uzbek_coder
🔹Nima uchun zamonaviy SEO tahlilchisi Pythonni bilishi kerak

• Dasturlash SEO-mutaxassislariga qanday yordam berishini tushunish uchun qisqartma - “Search Engine Optimization"" yoki "qidiruvni optimallashtirish" dekodlashini esga olish kifoya. Boshqacha qilib aytganda, SEO - bu mahsulotni Internet-qidiruv tizimlari qonunlariga muvofiq samarali ravishda birlashtirish qobiliyatidir.

Ushbu sohadagi ishlarning katta qismi mexanikdir, ya'ni bu katta ma'lumotlar va ularni qayta ishlash usullari bilan bevosita bog'liqdir. Python aynan shu narsani qiladi:

parsing (tahlil qilish)

Internetdagi ma'lumotlarni avtomatik yig'ish SEO asosidir. Buni tayyor dasturlar emas, balki o'zingizning kodingiz yordamida amalga oshirish professionallikning belgisidir.

generatorlar

Python va uning kutubxonalari yordamida siz berilgan parametrlarga muvofiq tarzda matnlar, tavsiflar va jurnallarni yaratishingiz mumkin - fayllar va hatto butun saytlarni yaratishingiz mumkin.

analizatorlar

Kod yordamida siz ma'lumotlarni tahlil qilishni avtomatlashtirishingiz va natijada ish samaradorligini sezilarli darajada oshirishingiz mumkin.

Optimizatorlar

Qidiruv tizimlar uchun qulay shaklda tovarlar yoki xizmatlarning tavsiflarini o'zgartirish oson ish emas. Biroq, Python buni amalga oshirishi mumkin.

Fayllar bilan ishlash

Hujjatni avtomatik ravishda yaratish, uning bir qismini qaytadan yozish, nusxalash, boshqasi bilan birlashtirish, ichidagi ba'zi ma'lumotlarni topish - bu hamma uchun foydali. SEO istisno emas!
Sun'iy intellekt. II yaratishning nozik tomonlarini o'zlashtirganingizdan so'ng, SEO vazifalari bilan cheklanib qolasiz, degan gap yo’q. Ammo, agar shunday qila olsangiz, siz jackpotni urishingizga kafolat beramiz.

🚀 Manba: Intellect Club

@python_uzbek_coder
PDP IT-Akademiyasida offline kurslar uchun 35% lik chegirmalar🤩

Dasturlashni offline tarzda o’rganishni maqsad qilib qo’ydingizmi? Unda ushbu chegirma aynan siz uchun. 15-fevralgacha akademiyamizning yangi filialida start berilayotgan barcha kurslarga to’liq to’lovni amalga oshiring va chegirmani qo’lga kiriting.

❗️ P/S: Yangi filialdagi barcha kurslarga mart oyidan start beriladi. Shuningdek, 35% li chegirma faqatgina 15-fevralgacha avvaldan to'lov qilib, o'z joyini band qilib qo'ygan talabalargagina taqdim qilinadi.


☎️ (78) 777-47-47
👩‍💻 35% lik chegirma asosida kursga yozilish 👉🏻 @PDPSupportBot

Kanalga ulanish 👉🏻 @pdpuz