PYTHON DASTURLASH TILI
1.55K subscribers
334 photos
332 videos
408 files
701 links
Python dasturlash tilini o'rganmoqchimisiz ? Ammo bu dasturlash tili haqida kerakli ma'lumotlarni qayerdan topishni bilmayabsizmi ?

Telegram tarmog'idagi Python dasturlash tili haqida barcha ma'lumotlarni o'zida saqlovchi kanal: @Python_uzbek_coder
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ichki Ishlar Vazirligi oriyatsiz va tentak tik tokerlarni ogohlantirdi!

P/S: Bor ekansizlar-ku? menga shaxsan shunday bachkanalar yoqmayotgan edi negaki bular qilayotgan qiliqlar ochiqdan ochiq ommaviy madaniyat hisoblanadi. Tik tok ilovasiga kirib turaman undagi yoshlar shu darajada bachkana bo'lib ketganki, nima qilayotganligini bilmaydigan darajada manqurtga aylanib ulgurganlar!


Manba: Talaba Live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Аралашманг даватга

👉@python_uzbek_coder👈
Django 5-dars.pdf
302.5 KB
#Django
#Dars

🗂 Djangodan boshlang'ich darslar !!!

📌 5-dars || Django orqali Backenddan Frontendga ma'lumot yuboramiz !!!

💠
@python_uzbek_coder - python dasturlash tilini biz bilan o'rganing !!!
#Ибрат

Бизни йиғлатган воқеа..

👉@python_uzbek_coder👈
🌱👨🏻‍💻 IT mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha “Future Skills Uzbekistan” yangi o‘quv loyihasiga start berildi

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/2079

🔹🔹🔹

🌱👨🏻‍💻 Стартовал новый образовательный проект «Future Skills Uzbekistan» по подготовке IT-специалистов

Подробно: 👉 https://mitc.uz/ru/news/view/2079

@python_uzbek_coder
💻 5 ta eng yaxshi Python IDE va kod muharrirlari!

💡Integrated development environment (IDE) - bu dasturiy ta'minotni ishlab chiqish uchun kompyuter dasturchilariga har tomonlama qulayliklar yaratadigan dasturiy ta'minot. IDE odatda hech bo'lmaganda manba kodi muharriri, avtomatizatsiya vositalari va tuzatuvchini o'z ichiga oladi.

💡Kod muharrirlari ham dasturiy ta'minotdir! Ba'zi bir qo'shimcha funktsiyalarga ega bo'lgan matn muharririga o'xshaydi. Bu IDE emas, chunki IDE ko'plab ishlab chiquvchi vositalariga ega. Tahrirlovchining bitta kodiga qarab, u maxsus kalit so'zlarni ajratib ko'rsatib, ba'zi takliflarni beradi. Sublime Text, Atom, Visual Studio Code - bu mashhur kod muharrirlari.

1️⃣ Atom/Atom-IDE

Atom asosiy IDE ning ko'p funktsiyalarini o'z ichiga oladi. Uning xususiyatlari orasida sintaksisni ta'kidlash va avtomatik to'ldirish mavjud. Atom ishlab chiquvchilari Rust yoki Go kabi asosiy dasturlash tillarini birlashtirish ustida ishlamoqdalar. Atom o'z ish faoliyatini yaxshilashda yutuqlarga erishmoqda va ishlab chiquvchilar hamjamiyat ehtiyojlari va fikrlariga nihoyatda e'tibor berishadi, foydalanuvchi tajribasini yanada foydali qilishiga intilishadi. Dasturiy ta'minotni ochish uchun kutish vaqtidagi yaxshilanishlar va kechikishni kamaytirish uchun muhim hisob-kitoblar uchun zarur bo'lgan vaqt ichida kichik yaxshilanishlar mavjud. Shunga qaramay, kelgusi oylarda tobora ko'proq taraqqiyotni kutish kerak. Atom - python uchun eng yaxshi matn muharriri.

2️⃣ Pycharm

Pycharm - bu JetBrains tomonidan ishlab chiqilgan integral rivojlanish muhiti. U tezkor tuzatishlar kabi mahsuldorlik vositalari tufayli raqobatdan ajralib turadi. Uch versiyada, Apache litsenziyalangan Jamiyat versiyasi, Ta'lim (Edu) versiyasi va mulkiy Professional versiyasida mavjud. Dastlabki ikkita versiya ochiq manba bo'lib, shuning uchun Professional versiyasi pullik!

3️⃣ SublimeText

Vim kengaytmasi sifatida birinchi bo'lib yaratilgan Sublime Text - bu C ++ va Python-da kodlangan umumiy matn muharriri. 2.0 versiyasidan beri ushbu dastur 44 ta asosiy dasturlash tillarini, shu jumladan Python-ni qo'llab-quvvatlaydi. Birinchi marta 2007 yilda nashr etilgan va Jon Skinner uni ishlab chiqqan.

4️⃣ Visual Studio Code

Microsoft tomonidan Windows Linux va OS uchun ishlab chiqilgan VS Code kengaytiriladigan kod muharriri bo'lib, Visual Studio bilan aralashmaslik kerak. Haqiqatan ham VS code kichik, ammo to'liq va dasturiy ta'minot MIT litsenziyasi bo'yicha ochiq manbaga ega; bu Visual Studio va VS Code o'rtasidagi farqni tavsiflovchi narsa. VS kodining birinchi versiyasi 2015 yil 29 aprelda nashr etilgan. VS kodi funktsional jihatdan Atom bilan taqqoslanadi. Darhaqiqat, xuddi Atom singari, VS Code Electron-da qurilgan, ya'ni bu ikkita dastur deyarli bir xil afzallik va kamchiliklarga ega.

5️⃣ IDEL

Integrated Development and Learning Environment - bu IDE (Integrated Development Environment) 1998 yil dekabr oyida Gvido Van Rossum tomonidan Python rivojlanishi uchun chiqarilgan. Bu oddiy IDE va shuning uchun yangi boshlanuvchilar uchun javob beradi. U sintaksisni ajratib ko'rsatuvchi va pog'onali, doimiy to'xtash nuqtalari va qo'ng'iroqlar stekining ko'rinishi bilan birlashtirilgan tuzatuvchidan iborat ko'p oynali matn muharriridan iborat.

Manba: Codeschool.uz

@python_uzbek_coder
🗂 PYTHON DASTURLASH TILI kanalimizda taqdim etilgan foydali maqolalar !!!

🐍 Pythonda Google Translate API bilan ishlash !!! 👇
https://t.me/python_uzbek_coder/1124

🐍 Pythonning PyGame modulidan foydalanib "Skane" - 🐍 "Iloncha" o'yinini yaratamiz !!! 👇
https://t.me/python_uzbek_coder/1123

🐍 Python dasturlash tiliida yaratilgan .py faylini .exe faylga o'tkazish !!! 👇
https://t.me/python_uzbek_coder/1134

🐍 Python dasturlash tili yordamida Telegramda profil rasmini soatga aylantiramiz !!! 👇
https://t.me/python_uzbek_coder/1141

🐍 Pythonda rasmga so'z yozuvchi dastur yaratamiz !!! 👇
https://t.me/python_uzbek_coder/1166

🐍 Pythonda kodlash !!! Bu maqolani albatta saqlab qo'ying. Ayniqsa python dasturlash tilini mustaqil o'rganayotgan bo'lsangiz !!! 😉 👇
https://t.me/python_uzbek_coder/1181

🔰 Git va Guthub haqida !!! 👇
https://t.me/python_uzbek_coder/1184

🐍 Pythonda sodda interfeysli diktafon yaratamiz !!! 👇
https://t.me/python_uzbek_coder/1200

🔰 Windowsga pipni o'rnatish !!! 👇
https://t.me/python_uzbek_coder/1210

🐍 Pythonda rasmdagi obyektlarni aniqlaymiz - Deep Machine Learning !!! 👇
https://t.me/python_uzbek_coder/1211

🐍 Pythonda 2 kishilik PING-PONG o'yinini yaratamiz !!! 👇
https://t.me/python_uzbek_coder/1224

🔰 Dasturlashni endi boshlagan kishi loyihalar uchun mashq va g'oyalarni qayerdan topishi mumkin👇
https://t.me/python_uzbek_coder/1225

P/C: Albatta bu maqolalar hali hammasi emas. Boshqa maqolalardan ham boxabar bo'lishni xoxlasangiz #Maqola heshtegidan foydalaning !!!

@python_uzbek_coder - python dasturlash tilini biz bilan o'rganing !!!
🐍 PYTHON DASTURLASH TILI kanalimizda taqdim etilayotgan Python dasturlash tilining tilining web frameworki bo'lgan Django Framework haqida Djangodan boshlang'ich darslar !!!

🗂 Djangodan boshlang'ich darslar !!!

📌 Django veb frameworki haqida !!! 👇
https://t.me/python_uzbek_coder/1243

📌 1-dars || Djangoga frameworkiga kirish, o'rnatish va django bilan tanishish !!! 👇
https://t.me/python_uzbek_coder/1244

📌 2-dars || Django frameworkining
settings.py fayli bilan tanishamiz !!! 👇
https://t.me/python_uzbek_coder/1245

📌 3-dars || Djangoda app nima ? Hosil qilamiz va tanishamiz !!! 👇
https://t.me/python_uzbek_coder/1248

📌 4-dars || Django
urls.py views.py template || djangoning asosiy qismi !!! 👇
https://t.me/python_uzbek_coder/1251

📌 5-dars || Django orqali Backenddan Frontendga ma'lumot yuboramiz !!! 👇
https://t.me/python_uzbek_coder/1263

📌 6-dars || Django Jinja!!!
https://t.me/python_uzbek_coder/1273

📌 7-dars || Django static fayllar || Shablonni backendga olib o'tamiz !!!
https://t.me/python_uzbek_coder/1277

Darslar muallifi: Bunyodbek Abdurazzoqov

@python_uzbek_coder - python dasturlash tilini biz bilan o'rganing !!!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #telegram #smartfon

Telegram Messenger'da xabarlarni “oldindan ko‘rish” (prevyu) 👀

Yozishmalaringizda qatnashayotgan chatlar, guruhlar yoki kanallarning rasmi keltirilgan qismiga barmog‘ingiz bilan bosib, uzoqroq ushlab tursangiz, so‘nggi xabarlarni ochmasdan turib o‘qish imkoniyati yuzaga keladi.

Barmog‘ingizni olishingiz bilan prevyu oynasi yopilib, Telegram'dagi chatlar ro‘yxatiga qaytiladi.

Manba: IT SPECIALIST

@python_uzbek_coder
Yaqinda "Nissan"ga tegishli ma'lumotlar tarqalib ketgan edi. Xozir ma'lumotlardan shular ma'lum bo'ldiki "Nissan" "Git" omborida standart foydalanuvchi va parolidan foydalangan - ya'ni "admin/admin"

— Bu juda sharmandali xolat va kulgilixam! Kompaniyaning ko'plab loyihalari, turli xil diagnostika dasturlari va boshqa manbalari tarmoqqa chiqib ketganiga sabab xam manashunda edi.

* Oʻylab qarasam bizdagi qovun sayllari hech narsa emas ekan 🤫🤭.

Manba: TUIT ONLINE

@python_uzbek_coder
#tanqid_taym

📌10 ta dasturlash tilini 15 daqiqada o'rganing nomli video emish(safsata)

Bir fikrlab ko'rsak, 1 ta dasturlash tilini yoki yo'nalishini o'rganish uchun oylab, yillab vaqt ketadi ammo kimlardir 15 minutda 10 ta tilni o'rgatib yuboryapti ekan va bu videoni 600K inson miriqib 10 ta dasturlash tilini o'rganyapman deb tomosha qilgan bo'lsa kerak, 15 minut vaqt 10 ta dasturlash tili qachon yaratilgani yoki nima vazifalarni bajara olishini tushuntirib berishga yetmaydi

P. S: Haqiqatni ham qizil kitobga kiritish kerak deb o'ylab qolaman

Manba: FULFIL EDUCATION

@python_uzbek_coder - python dasturlash tilini biz bilan o'rganing !!! 😉
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 14 - yanvar Vatan himoyachilari kuni!

1993 yil 29 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasining Qonuniga binoan “14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni” deb e'lon qilingan. Vatanni himoya qilish, uni ko'z qorachig'idek asrab-avaylash yurtning har bir farzandi vazifasidir.


Hurmatli kanalimizning yigitlari, barchangizni 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etamiz. Kelajakda kuchli dasturchilardan biri bo'lib yetishing !!!

@python_uzbek_coder
Django 6-dars.pdf
511.1 KB
#Django
#Dars

Mana navbatdagi djangodan dars maqolasi. Bayram bayramdek bo'lsin !!! 🤪😉

🗂 Djangodan boshlang'ich darslar !!!

📌 6-dars || Django Jinja!!!

💠
@python_uzbek_coder - python dasturlash tilini biz bilan o'rganing !!!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Amerikaga borib bildimki, daraxtda pul o'smas ekan» — Amerikadagi o'zbek dasturchisi bilan eksklyuziv suhbat

😎 Yoshlarga chinakam motivatsiya bera oladigan va o'rnak bo'la oladigan hayot yo'li va tajribalariga ega insonlar bilan samimiy suhbat olib borayotgan yangi interaktiv ko'rsatuv — Osmondagi bolalar loyihasi, bu safar, AQSHda Senior Full Stack dasturchisi sifatida faoliyat yuritayotgan mutaxassis Saidbek Arislonov bilan suhbat uyushtirdi.

P.S: Videoni to'liq ko'rganlar Saidbek Arislonov tomonidan maxsus sovg'a olish imkonini qo'lga kiritishlari mumkin.

Premyera bugun soat 19:30 da bo'lib o'tadi.

Tavsiya qilaman 👉 youtu.be/N2CN7pYcR-I
Python Flash Cards - The Guide.pdf
125.6 KB
#Book
#English

Python Flash Cards: Syntax, Concepts, and Examples

Python flesh kartalari: sintaksis, tushunchalar va misollar

@python_uzbek_coder - python dasturlash tilini biz bilan o'rganing !!!
Django 7-dars.pdf
477.1 KB
#Django
#Dars

🗂 Djangodan boshlang'ich darslar !!!

📌 7-dars || Django static fayllar || Shablonni backendga olib o'tamiz !!!

💠
@python_uzbek_coder - python dasturlash tilini biz bilan o'rganing !!!
​​Algoritm nima? va u nimaga kerak?🧐

👨🏻‍💻Algoritm bu dasturchining hayoti. Umuman hayotdagi har bir narsani algoritm bilan kechishi hech kimga sir emas. Dasturlashni esa algoritmlashsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Algoritmning kitobdagi ma'nosi quyidagicha:

💡Algoritmlash bu - masalani yеchish bosqichi bo’lib, masalaga qo’yilgan shart va talablar asosida oxirgi natijani, masalaning yеchimini olish uchun ish­lab chiqilgan algoritmlarni yaratish bilan shug’ullanadigan informatikaning bo’limidir.

● Ya'ni kompyuterda biz birorta bir dastur yaratishga kirishganimizda yoki birorta bir matematik masalani yechmoqchi bo'lganimizda avval uning algoritimini tuzib olishimiz kerak. Shunda bizning kodimiz to'g'ri ishlaydi! Algoritim tushunchasiga sodda ta'rif berganda bajariladigan ishlarning tartibli ro'yxati. Ya'ni siz dastur tuzishdan oldin uni qanday tuzishni o'ylaysiz. Ya'ni oldin qanday qiymatlar kiritishim kerak keyin u qiymatlar ustida qanday amal bajarishim kerak deb o'ylaysiz. So'ngra dastur oxirida qanday qiymat chiqarish kerakligini o'ylaysiz.

● Dasturlashda algoritmning o'rni beqiyosdir! Agar siz algoritmsiz dastur tuzmoqchi bo'lsangiz birinchidan ko'p vaqt yo'qotasiz va ikkinchidan kodingiz juda ko'p bug va xatolardan iborat bo'lib qoaldi (Kattaroq dasturlar nazarda tutilmoqda). Aksincha siz oldin dasturning algoritmni bilsangiz dasturni juda tez va maximal darajada xatolarsiz yozasiz.

☝🏻Demak algoritmlashni o'rganish dasturchining eng kerakli vazifalaridan biridir.

©️
Akbar Abdusattorov

@python_uzbek_coder
Biznesni rivojlantirishga vaqt kerak

Biznesmen - bu o'z oldiga ma'lum vazifalarni qo'yib, o'zi (jamoani boshqargan holda) ularni bajarib, natijaga javobgar bo'lgan shaxs.

Bo'lajak biznesmenning birinchi juda muhim sifati rivojlangan sezgi bo'lishi kerak. Agar siz ushbu biznes muvaffaqiyatli bo'lishiga amin bo'lmasangiz, sezgingiz uning yo'nalishi bo'yicha to'g'ri harakatni aniqlashga yordam bera olmasa, iqtisodiyot yoki huquqshunoslik sohasidagi har qanday olgan bilimning foydasi yo'q. Har qanday biznes tavakkalchilikka, ba'zan majburiy yo'qotishlarga asoslanadi.

Bugungi videoda esa biznesni boshlashdagi xatolar, kamchiliklar, biznesni to'g'ri yo'lga qo'yish va muvaffaqiyatli biznesmenga aylanish uchun nima ishlarni qilish kerakligi haqida gapirib o'taman!

Videoga link👇
https://youtu.be/ZIJOZtC3ffg


@akilkhanovuz
PYTHON DASTURLASH TILI kanalimiz tomonidan taqdim etilgan Python dasturlash tilini o'rganishda juda ham asqotadigan o'zbek tilidagi tarjima kitob va qo'llanmalar !!! 👌👨‍💻

🔵 Python asoslari (O'zbekcha) 👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/825

🔵 Python Tkinter Dasturlash (GUI) 👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/801

🔵 Learn Django (O'zbekcha) 👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/972

🔵 PyMySQL (Pythonda MySQL) 👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/982

🔵 Python uslubiy qo'llanma (O'zbekcha) 👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/870

🔵 Darslik (9-sinf Informatika) 👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/867

🔵 Pythonni mustaqil o'rganamiz 👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/1070

🔵 PEP8 – Pythonda kod yozish bo‘yicha qo‘llanma 👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/1074

🔵 Python dasturlash tilida mantiqiy o'yin dasturini ishlab chiqarish !!! 👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/1075

🔵 API tushunchasi. Pythonda sodda API yaratamiz !!! 👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/1094

🔵 Veb-server tushunchasi. 🐍 Pythonda sodda veb-server yaratamiz !!! 👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/1114

🔵 Pythonning PyGame modulidan foydalanib "Skane" - 🐍 "Iloncha" o'yinini yaratamiz !!! 👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/1123

🔵 Pythonda telegram bot yaratamiz !!! 1️⃣👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/1119

🔵 Pythonda telegram bot yaratamiiz !!! 2️⃣👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/1120

@python_uzbek_coder - python dasturlash tilini biz bilan o'rganing !!!