PYTHON DASTURLASH TILI
1.55K subscribers
334 photos
332 videos
408 files
701 links
Python dasturlash tilini o'rganmoqchimisiz ? Ammo bu dasturlash tili haqida kerakli ma'lumotlarni qayerdan topishni bilmayabsizmi ?

Telegram tarmog'idagi Python dasturlash tili haqida barcha ma'lumotlarni o'zida saqlovchi kanal: @Python_uzbek_coder
Download Telegram
#Kulgu_time

Qalampir.uz: Энди коррупция ҳолатлари ҳақида хабар берганларга пул мукофоти берилади.

- Ҳа ярамас, пора олганингни кўрдим. Энди сан қонун олдида жавоб берасан, ман мукофот пулини оламан.
- Агар ҳечкимга бу ҳақда оғиз очмасанг, мукофот пулидан 2 баравар кўп пул бераман.
- Тез кўндирдингда одамни. 🤣😎😁🤪

Manba: Janob Satirik

@python_uzbek_coder
​​Maqsadlaringiz tomon harakatni hozirdan boshlang!

Oldingizda deyarli 365 kun bor va ushbu kunlardan foydalanib maqsadlaringizga, orzularingizga erishish uchun ajoyib imkoniyat degani. Balkim bu yilda biron bir yangi kasb yoki sohani o'rganarsiz.

Eng muhimi:

— Rejalaringiz aniq belgilab oling,
— Vaqtingizni o'g'irlaydigan narsalardan voz keching,
— Aniq, muhim maqsadlaringizni bilib oling,

va rejalaringizni birinchi bo'lib oddiy bloknot yoki oddiy qog'ozga yozib chiqing sababi Inson rejalarini telefon, calendarga belgilab qo'yishdan ko'ra qog'ozda belgilagan rejalariga ko'proq intiladi va esda qoladi!

Qog'ozdan so'ng esa biron bir telefondagi dasturga rejalaringizni yozib qoysangiz ham bo'ladi masalan men ko'p ishlatadigan dastur Trello hisoblanadi. Shunday ekan maqsad qo'ying, reja tuzing va harakatni boshlang!

Trello dasturidan foydalanish: https://trello.com


Manba: Javohir Group

@python_uzbek_coder
💻 5 ta eng yaxshi Python IDE va kod muharrirlari!

💡Integrated development environment (IDE) - bu dasturiy ta'minotni ishlab chiqish uchun kompyuter dasturchilariga har tomonlama qulayliklar yaratadigan dasturiy ta'minot. IDE odatda hech bo'lmaganda manba kodi muharriri, avtomatizatsiya vositalari va tuzatuvchini o'z ichiga oladi.

💡Kod muharrirlari ham dasturiy ta'minotdir! Ba'zi bir qo'shimcha funktsiyalarga ega bo'lgan matn muharririga o'xshaydi. Bu IDE emas, chunki IDE ko'plab ishlab chiquvchi vositalariga ega. Tahrirlovchining bitta kodiga qarab, u maxsus kalit so'zlarni ajratib ko'rsatib, ba'zi takliflarni beradi. Sublime Text, Atom, Visual Studio Code - bu mashhur kod muharrirlari.

1️⃣ Atom/Atom-IDE

Atom asosiy IDE ning ko'p funktsiyalarini o'z ichiga oladi. Uning xususiyatlari orasida sintaksisni ta'kidlash va avtomatik to'ldirish mavjud. Atom ishlab chiquvchilari Rust yoki Go kabi asosiy dasturlash tillarini birlashtirish ustida ishlamoqdalar. Atom o'z ish faoliyatini yaxshilashda yutuqlarga erishmoqda va ishlab chiquvchilar hamjamiyat ehtiyojlari va fikrlariga nihoyatda e'tibor berishadi, foydalanuvchi tajribasini yanada foydali qilishiga intilishadi. Dasturiy ta'minotni ochish uchun kutish vaqtidagi yaxshilanishlar va kechikishni kamaytirish uchun muhim hisob-kitoblar uchun zarur bo'lgan vaqt ichida kichik yaxshilanishlar mavjud. Shunga qaramay, kelgusi oylarda tobora ko'proq taraqqiyotni kutish kerak. Atom - python uchun eng yaxshi matn muharriri.

2️⃣ Pycharm

Pycharm - bu JetBrains tomonidan ishlab chiqilgan integral rivojlanish muhiti. U tezkor tuzatishlar kabi mahsuldorlik vositalari tufayli raqobatdan ajralib turadi. Uch versiyada, Apache litsenziyalangan Jamiyat versiyasi, Ta'lim (Edu) versiyasi va mulkiy Professional versiyasida mavjud. Dastlabki ikkita versiya ochiq manba bo'lib, shuning uchun Professional versiyasi pullik!

3️⃣ SublimeText

Vim kengaytmasi sifatida birinchi bo'lib yaratilgan Sublime Text - bu C ++ va Python-da kodlangan umumiy matn muharriri. 2.0 versiyasidan beri ushbu dastur 44 ta asosiy dasturlash tillarini, shu jumladan Python-ni qo'llab-quvvatlaydi. Birinchi marta 2007 yilda nashr etilgan va Jon Skinner uni ishlab chiqqan.

4️⃣ Visual Studio Code

Microsoft tomonidan Windows Linux va OS uchun ishlab chiqilgan VS Code kengaytiriladigan kod muharriri bo'lib, Visual Studio bilan aralashmaslik kerak. Haqiqatan ham VS code kichik, ammo to'liq va dasturiy ta'minot MIT litsenziyasi bo'yicha ochiq manbaga ega; bu Visual Studio va VS Code o'rtasidagi farqni tavsiflovchi narsa. VS kodining birinchi versiyasi 2015 yil 29 aprelda nashr etilgan. VS kodi funktsional jihatdan Atom bilan taqqoslanadi. Darhaqiqat, xuddi Atom singari, VS Code Electron-da qurilgan, ya'ni bu ikkita dastur deyarli bir xil afzallik va kamchiliklarga ega.

5️⃣ IDEL

Integrated Development and Learning Environment - bu IDE (Integrated Development Environment) 1998 yil dekabr oyida Gvido Van Rossum tomonidan Python rivojlanishi uchun chiqarilgan. Bu oddiy IDE va shuning uchun yangi boshlanuvchilar uchun javob beradi. U sintaksisni ajratib ko'rsatuvchi va pog'onali, doimiy to'xtash nuqtalari va qo'ng'iroqlar stekining ko'rinishi bilan birlashtirilgan tuzatuvchidan iborat ko'p oynali matn muharriridan iborat.

Manba: Codeschool.uz

@python_uzbek_coder
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hech qachon taslim bo‘lmang!

Toki siz tirik ekansiz, barcha narsaning iloji bor. Faqatgina bir sabab uzrli bo‘lishi mumkin, bu ham bo‘lsa o‘limdir. Toki siz tirik (sog‘-salomat va ozod) ekansiz, sizda muvaffaqiyatga erishish uchun ko‘p marotaba urinish imkoni bor.

Qiyinchilik bo'layaptimi demak siz to'g'ri yo'ldasiz, yuqoriga ko'tarilish doim qiyin bo'lgan, pastga sakirash doim oson.
#motiv

Manba: Web Dasturlash Kanali

@python_uzbek_coder
artificial-intelligence-with-sas.pdf
8.5 MB
#Book
#English

📚 Artificial Intelligence with SAS

SAS bilan sun'iy aql

@python_uzbek_coder
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tanlovga N•11

"Она"лик


-Йўқ,- деди аёл кўзларидаги мунг ила-мен қизларимни ташлаб кетолмайман ахир, аммо бундай ночор ҳам яшай олмайманку...

Вақтлар ўтди...
Ичкиликка, енгил ҳаётга берилиб ёши ҳам 35ни қоралаган ва аввалги гўзаллиги ,жозибаси, ўз жилосини йўқотган аёл соҳил бўйида узоқ узоқларга термулиб ўтирарди...
Одамлар бахтиёр, оилалари билан қийқиришарди... Илкис унинг нигоҳи икки қизалоққа тушди, уларнинг ёнидаги аёлга ҳавас билан термулди...
Қизалоқлар бир-биридан ширин эди, қаердадир кўргандай бўлди ва хаёлига ўз қизлари келди. Ҳозир менинг ҳам қизларим анча катта бўишгандир, деб хаёлидан ўтказди, беихтиёр кўзидан бир томчи ёш ажин тушиб улгурган яноқлари устида думалади...

Қизалоқларнинг онасига ҳавас билан термулди, узоқ тикилди... Шу аёлдек бахтли бўлишни истади, бу аҳволда ночор яшай олмаслигини, фарзандларини соғинганини ҳис қилди ва тўзғиган сочларини тоғрилаб, киртайган, ёш келган кўзларини беркитиш учун кўзойнагини тақиб секин ўрнидан қўзғалди...

Aёл узоқлашиб борар экан қийқириб ombori
а кема ўйнаётган қизлар ўз дилбандлари эканлигини билмас эди.
Буни ҳис қилиш учун унга онанинг қалбигина етишмасди холос...

©Мастура

@kitob_ombori

P/S: Assalom Alaykum Va Rahmatullohu Va Barokatuh. Qadri baland dasturchilar. Mana shu Mastura ismli qizimizni like sonini ko'paytirishga yordam qilinglar.
Iltimos qilib qolaman !!! 😉😉
Designing Machine Learning Systems with Python (en).epub
5.1 MB
#Book
#English

📚 Designing Machine Learning Systems with Python (en)

Python bilan mashinani o'rganish tizimlarini loyihalash

@python_uzbek_coder
Python for Graph and Network Analysis.pdf
12.6 MB
#Book
#English

📚 Python for Graph and Network Analysis

Grafik va tarmoq tahlili uchun Python

@python_uzbek_coder
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Farosatsiz
#Like_ketidan_quvib

Ijtimoiy tarmoq bizni o'z domiga tortishda davom etmoqda ⁉️😏

#LIKE uchun onasini tug'ilgan kuni bilan antiqa ko'rinishda tabrikladi. Sen ham odammisan farosatsiz😡

P/C: Iltimos Ijtimoiy tarmoqning yaxshi tomonlaridan foydalanaylik, arzimagan vaqtinchalik shon-shuhrat ketidan quvib o'zligimizni yo'qotmaylik hurmatli ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari !!!

Manba: NAMANGANLIKLAR KANALI

@pyrhon_uzbek_coder
#Muhim_Xabar

Twitter, Facebook va Instagram Trampning sahifalarini vaqtinchaga muzlatib qo'ydi.
YouTube u namoyish vaqtida saylovning sotilganligi haqida chiqish qilgan videosini o'chirib tashladi.


Kelajakda ma'lumotlar bazasi kimda bo'lsa hokimiyat ham o'shanda bo'ladi.
Xitoy shuning uchun xorijiy Tarmoqlarga to'siqlar qo'yib o'zining milliy dasturlari va tarmoqlaridan foydalanadi (masalan Wechat kabi).

Hozir kimga layk bosyapsiz, nimalarni tomosha qilyapsiz, kim bilan nima deb yozishyapsiz hammasi ma'lumotlar bazasiga saqlanadi.

Kun kelib hozirgi yoshlar yangi rahbarlar, vazirlar, hokimlarning o'rnini bosganda shaxsiy hayotlariga oid ma'lumotlar, yozishmalar ularga qarshi ishlatilib siyosiy bosimga uchrashlaridan xavotirlanaman.

Katta ehtimol bilan ijtimoiy tarmoq egalarining kelajakdagi siyosiy kuchi davlat rahbarlarinikidanda ko'proq bo'ladi.
Va ular bunday imkoniyatdan foydalanmay qo'yishmaydi...

Muhammadali Eshonqulov ©️

@python_uzbek_coder