PYTHON DASTURLASH TILI
1.55K subscribers
334 photos
332 videos
408 files
701 links
Python dasturlash tilini o'rganmoqchimisiz ? Ammo bu dasturlash tili haqida kerakli ma'lumotlarni qayerdan topishni bilmayabsizmi ?

Telegram tarmog'idagi Python dasturlash tili haqida barcha ma'lumotlarni o'zida saqlovchi kanal: @Python_uzbek_coder
Download Telegram
Audio
#podkast

Inson yaxshi ko'rgan ishini qilish zarur

Inson o'zi yaxshi ko'rgan ishini qilishi kerak lekin ba'zida yaxshi ko'rgan ishimiz kam oylik to'laydi. Shunday vaziyatda nima qilishimiz kerak? degan savol bo'lishi mumkin. Agar ushbu savolga javob olishni istasangiz unda bugungi podkastni tinglashingiz tavsiya qilaman.

Manba: Akilkhanov Uz
​​​​«Dasturlashni o'rgandim, qanday pul ishlashim mumkin?»🧐

Ko'pchilikda bu savol bo'lishi mumkin. Ushbu postda shu haqida ba'tafsil ma'lumot beramiz!

🔸Shaxsiy brend
Oddiy qilib aytganda, shaxsiy brend bu — insonni brend sifatida faoliyat yuritishi. Maqsad — ismingiz esda qolarli bo'lishi kerak, masalan Артемий Лебедев

🔸Shaxsiy brending o'zi nima?
Portfolio, fikrlar, mashxurlik, potensial mijozlar shular sirasiga kiradi.

🔸Nimadan boshlash kerak?
Agar senda hali portfolio bo'lmasa, tezroq uni tayyorla. Portfoliosiz mijozni jalb qilib bo'lmaydi, aynan portfolio mijozning senga bo'lgan ishonchini oshiradi. Portfolioga iloji boricha buyurtma berilgan ishlarni qo'ying, bu haqida pastroq.

🔸Portfolio bor, ammo mijoz yo'q
Fikr uchun buyurtma izlash eng ma'qul variant. Ya'ni siz unga buyurtmani qilib berasiz, u evaziga siz haqingizda iliq fikr bildiradi (отзыв). Bir o'q bilan ikki quyon — proyekt ham bor, fikr ham bor. Ishingizdan ko'ngli to'lgan zakazchiklarga sizni boshqalarga tavsiya qilishini iltimos qiling.

🔸Reklama
Hammasi tayyor, hammasi bor. Endi mijozni qanday topamiz? Javob — Reklama! Siz o'z xizmatlaringizni yaxshiroq kanal yoki saytda reklama qiling, 2-3 buyurtmadan keyin reklama puli ham qoplanib ketadi.

𝗣𝘆𝘁𝗵𝗼𝗻 𝗱𝗮𝘀𝘁𝘂𝗿𝗹𝗮𝘀𝗵 𝘁𝗶𝗹𝗶𝗻𝗶 𝗯𝗶𝘇 𝗯𝗶𝗹𝗮𝗻 𝗼'𝗿𝗴𝗮𝗻𝗶𝗻𝗴 !!!
PYTHON DASTURLASH TILI kanalimiz tomonidan taqdim etilgan Python dasturlash tilini o'rganishda juda ham asqotadigan o'zbek tilidagi tarjima kitob va qo'llanmalar !!! 👌👨‍💻

🔵 Python asoslari (O'zbekcha) 👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/825

🔵 Python Tkinter Dasturlash (GUI) 👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/801

🔵 Learn Django (O'zbekcha) 👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/972

🔵 PyMySQL (Pythonda MySQL) 👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/982

🔵 Python uslubiy qo'llanma (O'zbekcha) 👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/870

🔵 Darslik (9-sinf Informatika) 👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/867

🔵 Pythonni mustaqil o'rganamiz 👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/1070

🔵 PEP8 – Pythonda kod yozish bo‘yicha qo‘llanma 👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/1074

🔵 Python dasturlash tilida mantiqiy o'yin dasturini ishlab chiqarish !!! 👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/1075

🔵 API tushunchasi. Pythonda sodda API yaratamiz !!! 👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/1094

🔵 Veb-server tushunchasi. 🐍 Pythonda sodda veb-server yaratamiz !!! 👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/1114

🔵 Pythonning PyGame modulidan foydalanib "Skane" - 🐍 "Iloncha" o'yinini yaratamiz !!! 👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/1123

🔵 Pythonda telegram bot yaratamiz !!! 1️⃣👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/1119

🔵 Pythonda telegram bot yaratamiiz !!! 2️⃣👇🏽
https://t.me/python_uzbek_coder/1120

@python_uzbek_coder - python dasturlash tilini biz bilan o'rganing !!!
❇️ Codier.io - Frontend Dasturlash bo'yicha tajribangizni oshiring

Codier.io veb saytida ko'pgina qiziqarli vazifalar berib o'tilgan va vazifalar oson darajadan murakkab darajagacha mavjud. Bu vazifalar orqali HTML, CSS, JavaScript bo'yicha tajribangizni mazza qilib mashqlarni bajarish orqali oshirsangiz bo'ladi.
Ko'p foydalanuvchilarimizdan har xil savollar kelib tushmoqda, qanday qilib frontendda o'zimni tajribamni oshirsam bo'ladi yoki qandaydir yaxshiroq topshiriqlar bormi? degan foydalanuvchilarimiz uchun juda foydali sayt.

↗️ Codier.io veb saytiga o'tish - https://codier.io/

Manba: Web Dasturlash kanali
#Example
#Code

🎄Yangi yilda yangi rejalar bilan !!! 🎆

Bugundan boshlab biz 👨‍💻 @python_uzbek_coder jamoasi kanalimiz obunachilarining talab takliflariga binoan sizlar uchun kanalimizda PYTHON dasturlash tili haqida nazariy bilimlardan tashqari amaliy bilimlarni ham berib borishga qaror qildik. Endi biz kanalimizda PYTHON dasturlash tiliga oid turli xil sodda, o'rtacha va qiyin darajadagi masalalarni ham berib boramiz !!! 🤗

𝗣𝘆𝘁𝗵𝗼𝗻 𝗱𝗮𝘀𝘁𝘂𝗿𝗹𝗮𝘀𝗵 𝘁𝗶𝗹𝗶𝗻𝗶 𝗯𝗶𝘇 𝗯𝗶𝗹𝗮𝗻 𝗼'𝗿𝗴𝗮𝗻𝗶𝗻𝗴 !!!
#Example

🔰 Example 1️⃣ 🐍


1. Uchburchak asosini va balandligini qabul qiladigan va uchburchakning yuzasini hisoblaydigan Python dasturini yozing.

2. Butun sonni (n) qabul qiladigan va n + nn + nnn qiymatini hisoblaydigan Python dasturini yozing.

3. Ikki musbat butun sonning eng katta umumiy bo'luvchisini (EKUB) hisoblovchi Python dasturini yozing.

4. Ikkita musbat butun sonlarning eng kichik umumiy karralisi (EKUK) topuvchu Python dasturini yozing.

5. Pythonning Datetime modulidan foydalangan holda ikki sana orasidagi kunlar sonini hisoblash uchun Python dasturini yozing.

P/S: Masalarni mustaqil ishlashga harakat qilib ko'ring. Agar ishlashda qiynalsangiz muhokama guruhimizda bir-biringiz bilan o'zaro fikr almashishingiz mumkin !!!

Javoblar bugun soat 20:00 da e'lon qilinadi

🐍 Python dasturlash tilini o'rganmoqchi bo'lgan do'stlaringiz bilan baham ko'ring !!! 😉

𝗣𝘆𝘁𝗵𝗼𝗻 𝗱𝗮𝘀𝘁𝘂𝗿𝗹𝗮𝘀𝗵 𝘁𝗶𝗹𝗶𝗻𝗶 𝗯𝗶𝘇 𝗯𝗶𝗹𝗮𝗻 𝗼'𝗿𝗴𝗮𝗻𝗶𝗻𝗴 !!!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Smartfonlar va ko‘rish qobiliyati: ko‘z nurini asrash bo‘yicha tavsiyalar

Zamonaviy insonni gadjetlarsiz tasavvur qilib bo‘lmay qoldi. Har birimiz borgan sari ko‘proq vaqtimizni monitorga tikilib o‘tkazyapmiz. Bu albatta tanamizda, ayniqsa ko‘zlarimizda iz qoldirmay ketmaydi. Quyida ko‘rish ne'matini asrashga oid tavsiyalarni keltirib o‘tamiz.

Inson butun axborotning 80 foizini ko‘rish orqali olishi allaqachon isbotini topgan. Bahosi yo‘q bu a'zomizning ahamiyatini his qilish juda oson – ko‘zingizni bir daqiqaga yuming va biror ishni bajarishga urinib ko‘ring.

Ammo so‘nggi yillar statistikasi juda qo‘rqinchli – odamzot gadjetlar ummoniga borgan sari ko‘proq sho‘ng‘imoqda va buning uchun ko‘zlarini qurbon qilishda davom etmoqda.

Tibbiyotda etalon hisoblanuvchi nemis klinikalarining so‘nggi tadqiqotlariga e'tibor bering. Mamlakatdagi 50 mln nafardan ortiq aholi smartfon va gadjetlarga tikilishni odat qilib bo‘lgan. Ayniqsa 14-29 yosh oralig‘idagi yoshlar har kuni (!) kamida 274 minutlarini monitorga tikilib o‘tkazmoqdalar. Bu 2015 yildagiga nisbatan 26 minut ko‘p degani. Arzimas farq tuyulishi mumkin, ammo bu bir hafta, oy yoki yilga ko‘paytirilsa, qancha muddatga aylanishini bilish qiyin emas va bu vaqtning hammasi ko‘zga bevosita zo‘riqish beradi.

Aynan mana shu so‘nggi uch yil ichida Germaniyada ko‘zoynak taquvchilar soni 1 mln kishiga oshgan.

Muammo nimada?

Aslini olganda, monitorga tikilib nimadir o‘qish yoki ishlashning jiddiy zararli tomoni yo‘q. Biroq me'yorni unutish albatta muammo tug‘diradi.

Odam ko‘zi shunday tabiatga egaki, hamisha nigoh nuqtasini o‘zgartirib turish zarur. Goh yaqin, goh uzoqqa, turli tasvirlarga tikilish ko‘zni mashq qildirib turadi. Gadjetlarga muntazam bir xil masofadan tikilib turish esa albatta ko‘rish qobiliyatiga salbiy ta'sir qiladi. Ko‘z olmasi yaqin turgan telefonni qamrab olish uchun zo‘riqib ishlaydi.

Raqamlar telefon zarariga

Bir vaqtlar gazeta yoki kitobni ko‘p o‘qish ham ko‘zga zararli hisoblangan. Lekin bugungi kun muammolari oldida u hadiklar o‘yinchoq bo‘lib qoldi. Inson gazeta o‘qiganida odatda gazetani 40 sm masofada ushlaydi. Kompyuterda ishlaganidan esa 60-70 sm masofa saqlaydi. Telefonda esa bu raqam 20-30 santimetrga tushadi va xavfli tus oladi.

So‘nggi 20 yil statistikasi shuni ko‘rsatmoqdaki, Yevropaning aksariyat davlatlari orasida bolalar shabko‘rligi bir yarim barobar ortgan.

Ko‘zni qanday asrash lozim?

Avvalo, dastlabki belgilarga jiddiy qarash lozim. Ko‘z namligi pasayishi, qizarishi, ko‘rish o‘tkirligi o‘zgarishi, nurlarga ta'sirchanlik, yosh paydo bo‘lishi kabilarning biri yoki bir nechtasi paydo bo‘ldimi, darhol jilovni ortga torting. Chunki displeylardan taralayotgan ko‘kish nur ko‘z to‘r pardasiga salbiy ta'sir qiladi.

Uzoq vaqt monitorga tikilib o‘tirishi kerak bo‘ladigan kasb egalari imkon qadar tez-tez tanaffus olishlari, bu vaqtda uzoqroq nuqtalarga tikilishlari, ko‘z mashqlarini bajarishlari maqsadga muvofiq.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ochiq havoda muntazam sayr qilishga odatlanganlar shabko‘rlikka 30 foiz kamroq chalinarkanlar.

Ko‘z – vitaminlarga boy mevalarni «sevuvchi» a'zolardan biri, uni bu ne'mat bilan siylab turing. Eng muhimi – yiliga bir marta shifokor ko‘rigidan o‘tishni odat qiling.

Gadjetlarga qaytsak, ularning zarari isbotini topgan. Lekin aynan qancha foydalanish bezarar degan savolga aniq javob yo‘q, sababi, har bir organizm singari ko‘zlar ham o‘ziga xos. Lekin bu borada mutaxassislar «telefonlarga qancha kam tikilsak, shuncha yaxshi» qoidasini afzal biladilar.
©️ Abror Zohidov

Do'stlarga ulashing👇👇
https://t.me/joinchat/WMgaVTKUoOm2Rztr
#Trend
#Archa
#Navoiy

Bir necha soat oldin Navoiy viloyatida yongan bayram archasining videosida juda ham qiziq holat kuzatildi !!! 😐🤔

Manba: Navoiy KANAL


@python_uzbek_coder
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Trend
#Archa

🔰 2-VIDEO

Archaning yonishining boshlanish jarayoni, mana qanday boshlangan !!!

@python_uzbek_coder
Alex_Thomas_Natural_Language_Processing_with_Spark_NLP_Learning.pdf
8.9 MB
#book
#English

Natural Language Processing with Spark NLP

Spark NLP bilan tabiiy tilni qayta ishlash

@python_uzbek_coder