PYTHON DASTURLASH TILI
1.55K subscribers
334 photos
332 videos
408 files
701 links
Python dasturlash tilini o'rganmoqchimisiz ? Ammo bu dasturlash tili haqida kerakli ma'lumotlarni qayerdan topishni bilmayabsizmi ?

Telegram tarmog'idagi Python dasturlash tili haqida barcha ma'lumotlarni o'zida saqlovchi kanal: @Python_uzbek_coder
Download Telegram
💻Turli sohalarda TOP dasturlash tillari!

Dasturlashga kirib kelinarkan, har bir yoʻnalish boʻyicha hozirgi kundagi reytingi baland dasturlash tillari haqida maʼlumotga ega boʻlishi kerak. Biz sizga har bir soha boʻyicha hozirgi vaqtda koʻp qoʻllanilayotgan tillar haqida maʼlumot beramiz.

🔹Veb-dasturlash
• HTML
• CSS
• JavaScript
• PHP
• Python

🔹Android dasturlash
• Java
• Kotlin
• JavaScript
• Flutter

🔹iOS dasturlash
• Swift
• JavaScript
• Flutter

🔹Kompyuter dasturlash
• C#
• C++
• Python

🔹Oʻyin yaratish
• Python
• C++
• C#
• Java
• JavaScript

🔹Sunʼiy ong
• Python
• Java
• C++

🔹Kiberxavfsizlik
• C++
• Python
• JavaScript
• SQL
• PHP

P.s: Yuqorida yoʻnalishlar boʻyicha faqatgina shu tillar bilan dastur yaratish mumkin degani emas. Dasturlash tillari juda koʻp, shuningdek ularning qila oladigan funksiyalari ham. Keltirib oʻtilganlari esa nisbatan qulay va koʻp qoʻllaniladigan tillardir.

@python_uzbek_coder
​​🌐 w3schools.com - Zamonaviy dasturlash tillarini tez va oson o'rganishda juda qulay sayt.

📌Ushbu sayt orqali siz:
● HTML
● CSS
● Bootstrap
● Java Script
● SQL
● Python
● PHP
● Jquery va ko'plab texnologiyalarni o'rganishingiz mumkin.

☝🏻Saytning qulay tarafi shundaki ushbu saytni o'zida siz yozgan kodlarni kompilyatsiya qilasiz va barcha dasturlash tillaridan amaliy topshiriqlarni bajarishingiz mumkin.

@python_uzbek_coder
​​Nega Python dasturlash tilini hozirdan o’rganish kerak?🤔

🔸2020 yil fevral oyida Python dasturlash tili TIOBE indeksida uchinchi o'rinni, PYPL indeksida esa birinchi o'rinni egalladi.

Pythonni nima shunchalik mashhur qilayotganini aniqlab olamiz:

🔸O'rganish oson

- Python dasturlash tili asoschisi Gido van Rossumning asosiy maqsadi keng doiradagi odamlar uchun sodda va tushunarli dasturlash tilini yaratish edi.
Har qanday dasturlash tilini o'rganish qat'iyat va intizomni talab qiladi. Ammo Python bu borada, ayniqsa yangi boshlovchilar uchun eng qulay tillardan biri hisoblanadi. Oddiy sintaksis uni o'rganish, o'qish va almashishni osonlashtiradi. Aynan shu jihat uni shunchalik mashhur qiladi.

🔸 Python o'zining boy standart kutubxonasi (qo'shimcha sozlamalarsiz mavjud funksiyalar to'plami) tufayli ko'p qirrali, shuning uchun Python turli sohalarda qo'llaniladi:

● Veb-ishlab chiqish;
● Mashina ilmi (ML) va sun'iy intellekt (AI) (TensorFlow, scikit-learn, NLTK);
● Katta ma'lumotlar tahlili;
● O'yinni rivojlantirish;
● Kompyuter xavfsizligi;
● Ilmiy tadqiqotlar (Matematika(NumPy, SciPY, Pandas, SymPy), biologiya - DNK ketma - ketligi ).

☝🏻Python dagi bilimingiz sizni talab katta bo’lgan mutaxassisga aylantiradi!

@python_uzbek_coder
​​Python bilan nimalar qila olish mumkin?🤔

Bu dasturlash tili necha yildan beri eng kuchli dastur tili sifatida birinchilikni qo'lga kiritib kelmoqda! 💪🏻

🔹 Web development
Ya'ni eng murakkab saytlarni ham yasash mumkin! Misol uchun Google, Instagramning web sayt qismi, ma`lumotlar analiz qilish tomonlari Python dasturlash tili orqali qurilgan. Bu saytlarning narxi hammaga ma`lum milliard dollar qimmat baholanadi!

🔹 Malumotlar bazas
i
Istalgan banklar, yirik korxonalar va boshqa tashkilot yoki muassasalar bunday ekspertlarga yirik maosh to'laydi. Ma'lumotlar bilan tezkor ishlashda pythondan o'tadigani yo
'q.

🔹 Mashina til
i
Robotlar tilini yoza olish. Buyruq bera olish. Kelajakda 90% ish Robotlarga o'tadi. Bu kelajak mutaxasisligi. Pythonni bilganlar kelajak revolutsiyasi bo'lgan robot texnologiyasida muhim shaxs sifatida qoladilar.


🔹 Dasturlarga API yozish
Bu ishni Python dasturlash tilidan zo'r uddalaydigan dasturlash tili deyarli yo'q!


🔹 Avtomatlashtirish
Pythonning juda keng kutubxonalari orqali juda ko'p ishlarni avtomatlashtirish imkoni mavjud.


🔹 Telegram Bot
O'zbekiston Telegram foydalanuvchi davlatlar orasida 3-o'rinda turadi. Telegramdagi eng katta kashfiyotlaridan biri - bu siz xohlagan deyarli barcha ishlarni qilish imkonini beradigan Telegram Botlardir. Python esa Telegram Botlar qurishda eng yetakchilardan hisoblanadi.


☝🏻 Python imkoniyatlarini yana ko'p sanash mumkin!

@python_uzbek_coder - Python dasturlashni biz bilan o'rganing!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dasturlashning eng mashhur tillari

2012-yildan, 2020 yil Iyun oyigacha bo’lgan yillardagi statistika.

@python_uzbek_coder
#mulohaza_uchun #it_humor

Sun’iy intellekt haqidagi tasavvurlar va asl haqiqat... 🙄

Manba: IT specialist ©️

@python_uzbek_coder
Beginning Anomaly Detection Using Python-Based Deep Learning.pdf
26.6 MB
Beginning Anomaly Detection Using Python-Based Deep Learning: With Keras and PyTorch

Python asosida chuqur o'rganish yordamida anomaliyani aniqlashni boshlash: Keras va PyTorch bilan

@python_uzbek_coder
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Stiv Jobs — daho yoki shunchaki yaxshi marketolog? Hippidan tadbirkorlikgacha.

Xurmo. Bu Youtube tarmogʻida oʻzbek tilidagi video-kontentlarni koʻpayishiga oʻz hissasini qoʻshayotgan yana bir ajoyib studiya. Aʼzo boʻlib qoʻyishni unutmang.

Manba: Tutorials.uz

@python_uzbek_coder
Forwarded from Talabalar murojaatlari
​​‼️ Metsenat.uz loyihasida navbatdagi grant!

Oʻzlashtirishidan qatʼi nazar boʻlajak IT mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash uchun taʼlim granti!

👉
https://metsenat.uz/uz/grants/65?type=grant

Metsenat
: “Project Managers” MChJ

📍 Qaysi hudud uchun: Oʻzbekiston Respublikasining barcha viloyat va tumanlari

🏫 Qaysi OTM talabalari uchun: Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti va filiallaridagi talabalar uchun (Qarshi filiali, Nukus filiali, Samarqand filiali, Fargʻona filiali, Fargʻona filiali, Urganch filiali)

👩🏻‍⚕️ Qaysi soha uchun: Ushbu sahifada koʻrsatilgan barcha fakultetlar uchun

🎓 Qaysi daraja uchun: bakalavr

Qaysi taʼlim shakli uchun: kunduzgi, sirtqi, maxsus sirtqi va kechki

📶 Qaysi bosqich (kurs) uchun: 1 va 2-bosqich talabalari

💵 Grant summasi: 4 million soʻmdan

#️⃣ Grantlar soni: 5ta

🤷‍♂️ Gʻolibni tanlashda qaysi jihatlar eʼtiborga olinadi: Aʼlo bahoga oʻqigan boʻlish shart emas! Eng asosiysi: tajriba va koʻnikmalari, IT sohasiga yuqori qiziqishi, oʻz ustida ishlagan boʻlishi shart. Maqsadi va orzulari aniq boʻlishi ham inobatga olinadi. Bu boradagi maʼlumotlarni oʻzingiz haqingizda 500 tagacha boʻlgan soʻzdan iborat matnda, koʻrsatilganligidan aniqlanadi.

Ariza topshirishning so'nggi kuni: 20-yanvar

ℹ️ Grantning qoʻshimcha sharti: Mazkur grantga yuqoridagi koʻrsatkichlarga mos boʻlishi bilan birga, oʻquv kontraktini toʻlashga moddiy imkoniyati cheklangan talabalar tavsiya etiladi.


Kanallarimiz:
👉
@pm_uzbekistan
👉 @metsenatuz
👉 @urfon
#Hazil_time
#Maktabda

- Sen nima yozding? 🙄
- Daftarni shunday topshirib yubordim, bo'm- bo'sh.😕 Tayyorlanmagan edim!😑 Senchi?
- E, jinnimisan 😟men ham shunday qildimku, endi ustoz bizni bir-biridan ko'chirgan deb o'ylaydi🤔

@python_uzbek_coder
#operatsion_tizim #hardware

Klaviaturadagi PrintScreen (PrtScr) klavishining bajaradigan funksiyasi haqida ⌨️

Barchamizga ma’lumki, klaviaturadagi PrintScreen (PrtScr) klavishasini bosgan paytimizda ekrandagi joriy holat rasmga olinib, Almashinish buferi (Буфер обмена)ga, ya’ni kompyuterning vaqtinchalik xotirasiga borib tushadi.

Hosil bo‘lgan rasmni ko‘pincha Microsoft Paint (grafik muharriri) dasturini ishga tushirgan holda (Win+R, va mspaint komandasini kiritib OK tugmasi bosiladi) unga ko‘chirib (Вставка, Ctrl+V yoki Shift+Insert), JPG, BMP, PNG fayl ko‘rinishida doimiy xotira (Qattiq disk)ga saqlaymiz.

Shunda BMP fayl ko‘rinishida saqlaganimizda rasmning sifati yuqori, lekin hajmi katta bo‘ladi. JPG fayl ko‘rinishida saqlaganimizda sifati quyiroq va hajmi kichkina bo‘ladi. Maslahatimiz faylni PNG ko‘rinishida saqlang, bunda hajm ham sifat ham o‘rtacha bo‘ladi.

Agar ekranni to‘liq emas, balki aktiv turgan oynani rasmga olish kerak bo‘lsa, u holda qanday yo‘l tutiladi? Skrinshot yaratishning yana boshqa biror qulay usuli bormi? Batafsil ushbu maqolamizda.

Manba: IT specialist ©️

@python_uzbek_coder
#HumorTime

Bosh og'riq turlari

😂😂😂

@python_uzbek_coder
#Hazil_time
#Kafeda

- Bu yerda Wi-fi ning paroli qanaqa?
- Avval nimadir sotib olishingiz kerak.
- Xo‘p, bitta Coca Cola bering.
- 10 ming.
- Marhamat. Endi parolni ayting.
- avvalnimadirsotibolishingizkerak. Kichkina xarflarda, probelsiz yoziladi... 🤦‍♂😁

@python_uzbek_coder
🧐Yangi Web dasturchi qanday qilib qisqa fursatda ish topishi mumkin?

Hozirda dasturlash ommabop va daromadli kasb deb hisoblanishi sir emas. Har kuni IT-kompaniyalari katta imkoniyatlar yaratadi va loyihalar uchun yaxshi ish haqqini taklif qiladi. Ammo, agar siz endigina web-dasturchilik kurslarini bitirgan bo’lsangiz va siz bu sohada kam tajribaga ega bo’lsangiz nima qilish kerak?

➡️Yangi dasturchi ishni qanday boshlashi mumkin?

Avvalo, tarjimai xolda bir narsaga ixtisoslashganingizni yozing, masalan, JavaScript. Rezyumeda siz barcha texnologiyalarni mukammal bilishingizni yozishingiz kerak emas. Agar siz bir nechta til ro’yxatini ko’rsatsangiz, ish beruvchi sizni hammasiga yuzaki yondashgansiz deb o’ylaydi.

➡️To’g’ri tilni tanlang.

Ekzotik tillarni izlashga hojat yo’q, HTML, CSS, JavaScript, PHP, C ++, Python, C#, Laravel va boshqalar kabi mashhur va ommabop texnologiyalarni o’rganishga harakat qiling.

Shubhasiz, hech kim yangi web-dasturchini kosmosga uchib ketishini kutmaydi. Ish beruvchingiz oʻz bilimingiz haqida gapirganda imkon qadar halol bo’lishingizni istaydi.

➡️Tarjimai xolda ta’lim darajasini yoki maxsus kurslarda olingan sertifikatlarning mavjudligini ko’rsatish kerakmi?

Dastlabki tanlovda ish beruvchilar aynan shu mezon bo’yicha ish tutishadi. Ular xulosa chiqarish uchun ish tajribangiz va maʼlumotingizga qarashadi. Shuning uchun diplom yoki sertifikat mavjudligi haqida aniq ko’rsatib qo’ying.

➡️Portfolio.

Tanlov bosqichida portfolio juda katta ahamiyatga ega ekanini bilishingiz kerak. Portfolioingizga qarab, ish beruvchi muayyan bir vazifani bajara olish-olmasligingizni baholaydi.

➡️Portfolioda nima yozish mumkin?

Kichik web-sayt yarating va uni Github-da joylashtiring. Ish beruvchiga saytingizning tafsilotlarini aytib bering, qanday texnologiyalardan foydalandingiz, web-sayt nimadan tashkil topganini va kodni ko’rsating. Boshqa texnologiyalardan foydalangan holda boshqa saytlarni ham yaratishingiz mumkin.

➡️Ishga taklif qiluvchi eʼlonlariga javob qoldiring.

Ish qidirishni boshlashdan oldin, ideal ish kuningiz qanday bo’lishi kerakligini o’ylab chiqing. Siz qaysi ofisda ishlashni va qanday loyihalarni olishni xohlayotganingizni tasavvur qiling. Biroq, xayolparastlik qilmang, chunki maoshi zoʻr va katta shirkatda ishlash uchun siz qanday boʻlsa ham tajriba olishingiz kerak.

Qiziqarli deb hisoblagan barcha ishga taklif qiluvchi eʼlonlarga javob qoldiring. Agar siz test topshirig’ini olgan bo’lsangiz, javobgarlikni qabul qilib, belgilangan muddatda bajaring.

➡️Sinov muddati.

Sinov muddati ish beruvchining ehtiyot chorasi hisoblanadi. Ushbu davr mobaynida o’zingizni yaxshi qirralaringizni ko’rsating. Baʼzi masalalarda qiynalsangiz savol berishga uyalmang. Bir masalani yechishda ikki-uch kun ketkazgandan ko’ra katta web-dasturchilardan yordam so’rash yaxshiroq. Aks holda, ish beruvchi sizni oddiy vazifani ham o’z vaqtida bajara olmaysiz deb o’ylaydi.

@python_uzbek_coder
🎯 IT SOHASIGA OID eng yaxshi kino filmlar.

Stiv Jobs — Apple kompaniyasi
asoschisi - Avtobiografik film.

Google — IT ga oid kompaniya - Google dagi O'zbeklar bilan suhbat.

Microsoft, Google, Facebook, Amazon, Ebay — Eng katta IT kompaniyalar - Ulardagi O'zbek dasturchilari bilan suhbat.

Silikon Vodiysi bo'yicha fikrlar — Dunyo IT poytaxti - O'zbeklarning Online fikr alamshuvi suhbati.

🇺🇿 O'zbekistondagi IT soha vakillari bilan Exclusive Intervyular to'plami:

IT TadbirkorFoydali link va IT Business School kanallari asoschisi, 3D Max dasturi mutahasisi va Innovatsion va Yangilikka intiluvchan inson - Abdusattor Abdurahmonov bilan Intervyu.

Rossiya bankini buzgan Surxondaryolik xaker, professional dasturchi, frelanser, tajribali ustoz - Akmal Kadirov bilan intervyu.

Manba: Web Dasturlash kanali

@python_uzbek_coder
#Python
#Turtle_modul


Pythonda Turtle moduli orqali haqiqiy vaqtni hisoblaydigan soat yaratish !!!

@python_uzbek_coder
Python_Scripting_for_ArcGIS_Pro_-_Paul_A._Zandbergen.epub
13.1 MB
Python Scripting for ArcGIS Pro - 2020

ArcGIS Pro - 2020 uchun Python skriptlari

@python_uzbek_coder