Python - Tech
18 photos
2 links
Python dasturlash tiliga aloqador bo'lgan eng so'ngi texnalogiyalar haqida foydali ma'lumotlar.
Download Telegram
#amaliyot

mavzu: input() funksiyasi

input - bu ma'lumotlarni console orqali kiritish funksiyasi, kiritilgan ma'lumotlar xar doim str turida tanidi

o'z ichiga bitta argumentlar qabul qiladi
input([prompt])

prompt (str) - foydalanuvchi uchun qulaylik tug'dirish maqsadida qanday ma'lumot kiritish kerak ekanligi haqida yordam. (optional - ixtiyoriy)

input orqali kiritilgan ma'lumotlarni biror bir o'zgaruvchiga taminlash mumkin.

👉@python_technology
ipython

ipython - kuchli interaktiv Python qobig'i hisoblanadi. IDLE ni barcha xususiyatlarini o'z ichiga oladi. Qulay interfeysli va yodalanishqa qulay hisoblanuvchi qobiq hisoblanadi.

o'rnatish uchun terminalga (linuxda), cmd ga (windowsda):
pip install ipython


👉@python_technology
#amaliyot

mavzu: O'zgaruvchilar / variables in python

O'zgaruvchi – xotiradan ajratilgan, himoyalangan maydon nomidir.

Oddiy qilib tushuntiradigan bo’lsak, o’zgaruvchi – ma’lum bir turdagi ma’lumotni o’zida saqlovchi va o’lchami chegaralangan idish. Tushunarliroq bo’lishi uchun bir ikkita hayotiy misollar keltiramiz: meva solish uchun tayyorlangan savat. O'zgaruvchini idish deb tasavvur qiladigan bo'lsak, idishni ichida turli xildagi narsalar saqlashimiz mumkin minol uchun bir idishda mevalar, ikinchi idishda sabzavotlar, uchunchi idishda ichimliklar yana bir idishda poliz ekinlari etc...

Bu idishlarni biz o'zgaruvchi deb tushunishimiz mumkin bo'ladi, ammo pythondagi o'zgaruvchilar yani idishlar moslashuvchan bo'ladi, yani python dasturlash tili dinamik hisoblangani uchun. Yanayam aniqroq aytadigan bo'lsak bir safar bir o'zgaruvchida mevalarni saqlagan bo'lsak keyingi safar ichimliklarni saqlashimiz mumkin shuning uchun bu o'zgaruvchilarni moslashuvchan deb ataymiz.

Har bitta idishni nomi bo'lganidek (savat, yashik, chelak, qop, etc.) o'zgaruvchilarning ham nomi mavjud bu nomlarni siz ixtiyoriy berishningiz mumkin.

Endi pythonda bunaqangi mevalar, ichimliklar degan narsalar mavjud emas, python bir qancha turli xildagi ma'lumotlarni saqlashmiz mumkin bo'ladi

hozircha bilishimiz shart bo'lgan malumot turlari quyidagilar:
1. integer - butun sonlar (pythonda qisqartirib int deb nomlanadi) misol: 1, 2, 3, 4, 0, -1, -2, ...
2. float - haqiqiy sonlar (pythonda ham float) misol: 1.5, 0.4, -67.90, 21.21, 5.0, 9.0, ...
3. string - satrlar (pythonda qisqartirib str) satrlar xar xil belgilargan tashkil topgan bo'lishi mumkin. Satrlar har doim qo'shtirnoq - "", bir tirnoq - '', uchtalik qo'shtirnoq -"""""", uchtalik bir tirnoq - '''''' bo'lishi kerak. misol: "python - tech", 'uzbek', """code""", '''salom, dunyo''', ...
4. Boolean - mantiqiy tur (pythonda qisqartirib bool) bunda faqat ikki xil malumot saqlanadi: True - rost, False - yolg'on
5. None - xech biri (pythonda qisqartmasi ham None) bunda xech qanaqa malumot yo'qligini anglatadi.

Yana bilishimiz shart bo'lgan narsa xar bitta idishni hajmi bo'lganidek o'zgaruvchilarning ham hajmi mavjud (bu haqda keyingi postlarda malumot berib boramiz)

👉@python_technology
Basic short keys on macos

@python_technology