Python - Tech
18 photos
2 links
Python dasturlash tiliga aloqador bo'lgan eng so'ngi texnalogiyalar haqida foydali ma'lumotlar.
Download Telegram
๐ŸPython - bu yuqori darajali, obyektga yo'naltirilgan, har hil katta kichik loyihalar yaratish uchun mo'ljallangan, o'rganish uchun eng qulay (sintaksis jihatidan inson tiliga yaqin) dinamik dasturlash tili hisoblanadi.

โ˜‘๏ธUshbu dasturlash tilidan quyidagi kompaniyalar foydalanadi (yoki foydalangan):
NASA, Google, IBM, Yahoo!, Uolt Disneyning animatsion animatsiyasi, Meta, Netflix, Youtube, etc...

โ˜‘๏ธUshbu dasturlash tili orqali yaratilgan dasturlar:
Instagram, Youtobe, etc...

โ˜‘๏ธPython dasturlash tili 2021 yilda top 5 talikda 1-o'ringa ko'tarildi.

โ˜‘๏ธPython quyidagi sohalarda qo'llaniladi:
Web va Internet dasturlash, kompyuter o'yinlarini yaratish, ma'lumotlar bazasi bilan ishlash (DB), computer vision, foydalanuvchilar uchun grafik interfeys (GUI), juda tez rivojlanayotgan buyumlar interneti (IoT) texnologiyasi etc...

๐Ÿ‘‰@python_technology
๐Ÿ“ฅ Pythonni kompyuterga yuklab olish uchun python.org rasmiy sahifasida downloads bo'limidan foydalanamiz โœ”๏ธ

Bunda siz python 3.10 eng so'ngi versiyasini yuklab olishingiz mumkin bo'ladi. Pythonni yangi versiyasida bir muncha yangi qulayliklar ko'rishimiz mumkin, bu haqida keyingi postlarimizdan ma'lumot beramiz.

๐Ÿ‘‰@python_technology
Pythonni Windows OS (operatsion sistema) ga o'rnatish uchun birinchi navbatda โ˜‘๏ธAdd Python 3.10 to PATH buyrug'ini belgilashimiz zarur bo'ladi, so'ngra Install Now buyruq orqali o'rnatiladi.

โ•Agarda Add Python 3.10 to PATH buyrug'in yoqilmasa CMD yani Command Prompt orqali python dan foydalana olmaymiz!

๐Ÿ‘‰@python_technology
Python 3.10 versiyasini o'rnatilganligini tekshirish uchun cmd da quyidagi buyruqni beramiz
python --version


@python_technology
IDLE Python

IDLE (Integrated Development and Learning Environment)- o'rganish uchun integratsiyalashgan rivojlanish muhiti, bu buyruq satriga muqobil.

๐Ÿ˜Keling endi o'zimizni tilda gaplashamiz, qisqacha qilib aytganda IDLE bu xech qanaqa code editor siz python code yozish (o'rganish uchun mayda mayda codelar, code editor haqida keyingi postlarda malumot olasiz)

Ba'zi operatsion tizimlar Python tarjimoni bilan birga keladi, ammo boshqa tizimlarda uni o'rnatish kerak bo'lishi mumkin. Gnu / Linux-da, IDLE alohida dastur sifatida tarqatiladi har bir tarqatish omboridan o'rnatilishi mumkin yani python.org sahifasidan. Ushbu IDLE bepul va ochiq manba (open source).

1. Ubuntu, 18.04 ga o'rnatish:
Terminal orqali o'rnatish buyrug'i. Terminal tezkor tugmalar orqali murojat qilish Ctrl + Alt + T.
sudo apt-get install idle


2. Windows OS da IDLE o'rnatish shart emas sababi IDLE python ni bilan birga o'rnatilgan bo'ladi.

๐Ÿ‘‰@python_technology
#amaliyot

mavzu: print() funksiyasi

print - bu ma'lumotlarni consolega chop qilish funksiyasi hisoblanadi

o'z ichiga uch xil argumentlar qabul qiladi
print(objects, sep="", end="\n")

1. Objects - chop qilinishi kerak bo'lgan ma'lumotlar
2. sep (str) - chiqarilayotgan ma'lumotlarni ajratish uchun ishlatiladi. sep 2 ta va undan ortiq bo'lgan malumotlarni choq qilishda qo'llanilishi mumkin. Ixtiyoriy satr beri/Users/diyor/Downloads/photo_2021-11-23 22.13.42.jpeg
/Users/diyor/Downloads/photo_2021-11-23 22.36.52.jpegsh mumkin.
3. end (str) - chop qilinishni yakunlash. Barcha ma'lumotlar chop qilingandan so'ng chop qilinishni qandaydir satr bilan yakunlash. Ixtiyoriy satr berish mumkin.

๐Ÿ‘‰@python_technology
#amaliyot

mavzu: input() funksiyasi

input - bu ma'lumotlarni console orqali kiritish funksiyasi, kiritilgan ma'lumotlar xar doim str turida tanidi

o'z ichiga bitta argumentlar qabul qiladi
input([prompt])

prompt (str) - foydalanuvchi uchun qulaylik tug'dirish maqsadida qanday ma'lumot kiritish kerak ekanligi haqida yordam. (optional - ixtiyoriy)

input orqali kiritilgan ma'lumotlarni biror bir o'zgaruvchiga taminlash mumkin.

๐Ÿ‘‰@python_technology
ipython

ipython - kuchli interaktiv Python qobig'i hisoblanadi. IDLE ni barcha xususiyatlarini o'z ichiga oladi. Qulay interfeysli va yodalanishqa qulay hisoblanuvchi qobiq hisoblanadi.

o'rnatish uchun terminalga (linuxda), cmd ga (windowsda):
pip install ipython


๐Ÿ‘‰@python_technology
#amaliyot

mavzu: O'zgaruvchilar / variables in python

O'zgaruvchi โ€“ xotiradan ajratilgan, himoyalangan maydon nomidir.

Oddiy qilib tushuntiradigan boโ€™lsak, oโ€™zgaruvchi โ€“ maโ€™lum bir turdagi maโ€™lumotni oโ€™zida saqlovchi va oโ€™lchami chegaralangan idish. Tushunarliroq boโ€™lishi uchun bir ikkita hayotiy misollar keltiramiz: meva solish uchun tayyorlangan savat. O'zgaruvchini idish deb tasavvur qiladigan bo'lsak, idishni ichida turli xildagi narsalar saqlashimiz mumkin minol uchun bir idishda mevalar, ikinchi idishda sabzavotlar, uchunchi idishda ichimliklar yana bir idishda poliz ekinlari etc...

Bu idishlarni biz o'zgaruvchi deb tushunishimiz mumkin bo'ladi, ammo pythondagi o'zgaruvchilar yani idishlar moslashuvchan bo'ladi, yani python dasturlash tili dinamik hisoblangani uchun. Yanayam aniqroq aytadigan bo'lsak bir safar bir o'zgaruvchida mevalarni saqlagan bo'lsak keyingi safar ichimliklarni saqlashimiz mumkin shuning uchun bu o'zgaruvchilarni moslashuvchan deb ataymiz.

Har bitta idishni nomi bo'lganidek (savat, yashik, chelak, qop, etc.) o'zgaruvchilarning ham nomi mavjud bu nomlarni siz ixtiyoriy berishningiz mumkin.

Endi pythonda bunaqangi mevalar, ichimliklar degan narsalar mavjud emas, python bir qancha turli xildagi ma'lumotlarni saqlashmiz mumkin bo'ladi

hozircha bilishimiz shart bo'lgan malumot turlari quyidagilar:
1. integer - butun sonlar (pythonda qisqartirib int deb nomlanadi) misol: 1, 2, 3, 4, 0, -1, -2, ...
2. float - haqiqiy sonlar (pythonda ham float) misol: 1.5, 0.4, -67.90, 21.21, 5.0, 9.0, ...
3. string - satrlar (pythonda qisqartirib str) satrlar xar xil belgilargan tashkil topgan bo'lishi mumkin. Satrlar har doim qo'shtirnoq - "", bir tirnoq - '', uchtalik qo'shtirnoq -"""""", uchtalik bir tirnoq - '''''' bo'lishi kerak. misol: "python - tech", 'uzbek', """code""", '''salom, dunyo''', ...
4. Boolean - mantiqiy tur (pythonda qisqartirib bool) bunda faqat ikki xil malumot saqlanadi: True - rost, False - yolg'on
5. None - xech biri (pythonda qisqartmasi ham None) bunda xech qanaqa malumot yo'qligini anglatadi.

Yana bilishimiz shart bo'lgan narsa xar bitta idishni hajmi bo'lganidek o'zgaruvchilarning ham hajmi mavjud (bu haqda keyingi postlarda malumot berib boramiz)

๐Ÿ‘‰@python_technology
Basic short keys on macos

@python_technology