39 subscribers
120 photos
20 videos
3 files
72 links
👨‍💻 Dasturlash haqida foydali ma'lumotlar ulashaman

Shaxsiy fikrlar va kuzatishlar ham yoritib boriladi.

Murojaat uchun: @python_praktikum1_bot
Download Telegram
😯 "Bepul" Statik Veb-xosting saytlar

Netlify
Render
Serge
Glitch
Github Pages
Fleek
Hostman
W3schools
Heroku
Vercel

@python_praktikum
Zo'r fullstack developer bo'lish qiyin.

Ko'p fullstack developerlar o'zi asli oldin backend bilan shug'illangan va keyinchalik ozgina frontendi o'rganishga majbur bo'lgan.

@python_praktikum
Zo'r fullstack developer bo'lish qiyin.

Ko'p fullstack developerlar o'zi asli oldin frontend bilan shug'illangan va keyinchalik ozgina backendni o'rganishga majbur bo'lgan.

@python_praktikum
Dasturchi sifatida pul topish yo'llari

Oylik bu pul topishning yagoni usuli emas. Ayniqsa dasturchi sifatida, sizda daromadingizni ko'paytirish uchun juda ham ko'p yo'llar mavjud. Bu postda shu usullar haqida o'rganasiz.

- Ish yoki freenalcerlik qilish: Eng ko'p ucharydigan usul bu biror bir korxonada ish topish yoki freelancerlik qilish. Deyarli hamma baribir karyerasi davomida shu yo'ldan foydalanadi.

- Digital mahsulotlar sotish: Bunday mahsulotlarga har xil pluginlar, componentlar, temalar kirishi mumkin. Masalan, yaxshi wordpress themalarini $50 dan $100 atrofida sotishingiz mumkin: https://wordpress.com/themes/premium

- SaaS (Software as a Service) qurish: Ya'ni, boshqalar foydalana oladigan and pul to'lashga rozi bo'ladigan kichik bir mahsulot yaratish. Masalan, https://www.copy.ai/ marketingga bog'liq tekstlarni avtomatik tarzda yozib beruvchi mahsulot. Yoki https://builtwith.com/ kompaniyalar qanaqa texnologiyalar ishlatishi haqida ma'lumot beruvchi mahsulot. Ikkalasini ham ishlatadiganlar oyiga yoki yiliga pul to'laydi.

- Blog yuritish: Agar ko'plar o'qiydigan blog yarata olsangiz, reklamar orqali, affiliate linklar orqali yoki sponsorliklar orqali yaxshigina daromad topsangiz bo'ladi. Yoki realpython.com ga o'xshagan bloglar uchun postlar yozsangiz, ular sizga har bir post uchun $200-$300 atrofida pul to'laydi.

- Onlayn Kurslar yaratish: Hozir kunda onlayn kurslar uchun platformalar juda ham ko'p. Udemy, Educative.io, testdriven.io, gumroad va hokazolar sizga onlayn kursingizni sotishga sharoit yaratib beradi.

- Open Source: Agar sizda ko'pchilik foydalanadigan Open Source proyektingiz bo'lsa Github Sponsors va Patreonga o'xshagan platformalar orqali sponsorlar va donat qiladiganlarni topishingiz mumkin.

Yana qanday usullar bor?

Source: jakhonrakhmon
Ma'lumotlar bazasi (database) nima va u nima uchun kerak?

Deyarli barcha turdagi dasturlar ma'lumotlar bilan ishlaydi. Ma'lumotlarni saqlaydi, o'zgartiradi, o'chiradi va hokazo.

Database (DB) bu shu ishlarni tartibli va samarali usulda qiladigan tizim/dastur.

"Lekin, ma'lumotlarni o'zgaruvchilarda, hashmaplarda, arraylarda ham saqlash mumkinku" deyishingiz mumkin. To'ppa to'g'ri. Ularda ham saqlash mumkin.

Muammo shundaki, ular ma'lumotlarni RAMda saqlaydi va dasturingiz/programmangiz to'xtatilishiga u ma'lumotlar yo'qoladi.

"Agar to'xtatmasakchi? Buni ilojisi borku". To'g'ri. AWS, GCPlarning serverlariga qo'yilsa, shunday qilsa bo'ladi. Ularda svet o'chmaydi. Har qalay serverlari bizda Andijonning Shaxrihon qishlog'ida joylashmagan. Lekin, Amerikalarda ham to'fonlar bo'lib turadi ;) To'xtamagan taqdirda ham RAM odatda chegaralangan bo'ladi.

Demak bizga boshqa bir ma'lumotlarni saqlash usuli kerak.

"Ha, text fayllarda saqlasak bo'ladi" deysizmi? To'ppa to'gri! Kundalikni olib keling.

Muammo shundaki text fayllar yetarlicha murakkab dasturlar uchun to'g'ri kelmaydi. Chunki fayllarda muammolar (synchronization, security va hokazo) ko'p. Hullas ular ma'lumotlar bazasi sifatida ishlatishga mo'ljallanmagan.

Shuning uchun ham mahsus ma'lumotlar bazasi o'ylab topilgan.

Ular fayl shaklida bo'lishi mumkin. Masalan SQLite. Shunda sizning dasturingiz to'g'ridan to'g'ri shu fayl shaklidagi database bilan muloqot qiladi.

Bunday databaselar kichik dasturlar uchun yaxshi qo'l kelishi mumkin. Lekin murakkab dasturlar uchun bunday ma'lumotlar bazasi to'g'ri kelmaydi.

Unday dasturlar uchun boshqa bir dastur ko'rinishidagi databaselar kerak. Bunday databaselarga PostgreSQL, MySQL va SQL Serverlarni misol qilib aytishimiz mumkin. Shunday sizning dasturingiz shu database dasturlar bilan muloqot qiladi. Bu databaselar esa o'zlarining ichida bir nechta fayllarni optimal tarzda boshqaraveradi.

Sizning dasturingiz fayllar bilan gaplashmaydi.

Ana endi savol tug'iladi. SQLite, PostgreSQL va boshqalar bilan dasturlar qanday gaplashadi? Buning uchun computer scientistlar mahsus til o'ylab topgan: SQL. Bu haqida endi boshqa postda bo'ladi.

@python_praktikum
Python Dasturlash tiliga oid qisqa qo'llanma.

@python_praktikum
Pythonda hech qanday vazifa bajarmaydigan, lekin juda ham #foydali pass operatori mavjud.

Odatda, bu operatordan bo'shliqlarni vaqtincha to'ldirishda foydalaniladi.

Misol uchun siz bir funksiyani yozishni o'ylab qo'ydingiz, funksiyaga nom berdingiz, lekin uning kodi (badani) tayyor emas. Agar funksiyani bo'sh qoldirsangiz, Python IndentationError xatoligini beradi. Mana shunday holatlarda pass operatori sizning xaloskoringiz.

Huddi shu kabi, klasslar yaratishda ham, klass ichidagi metodlarning nomini o'yladingiz, lekin kodi hali tayyor bo'lmasa, bo'shliqni vaqtinchaga pass bilan to'ldirib ketasiz.

Bu operatordan tsikllar yoki shartlar badanini vaqtincha to'ldirib turishda ham foydalanish mumkin.

©️ SariqDev

@python_praktikum
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sun'iy Intellekt rivojlansa, ishsizlik ko'payadimi?

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi
#qayta_nashr 3⃣

Uzoq kutilgan «Pythonda dasturlash asoslari» kitobining uchinchi nashri sotuvda!


🔹 Dasturlash asoslariga oid o‘zbek tilidagi ilk eng mukammal qo‘llanma hisoblanadi.

🔹 Kitobning har bir bo‘limi uchun maxsus video darslar yozilgan bo‘lib, ularga kitobda ko‘rsatilgan QR kod orqali o‘tish mumkin. Darslar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar va ularning javoblari Github platformasiga yuklangan.

🔹 Qo‘llanma Python dasturlash tili asosida yozilganligiga qaramay, dasturlashga ilk qadam qo‘yayotgan barcha ixlosmandlarga tavsiya etiladi.

🔹 Kitob nafaqat talabalar, o‘quv markazlari tinglovchilari, maktab o‘quvchilari balki mustaqil ravishda dasturlashni o‘rganuvchilar uchun ham mo‘ljallangan.

Muallif:
Anvar Narzullayev
Narxi:
55 000 so‘m
Muqova: qattiq
Xarid: t.me/akademsavdo

Kuzatib boring: @akademnashr

Instagram | Facebook | Twitter
Forwarded from Sariq Dev
Darvoqe, kitob xarid qilganlarga "Mukammal Telegram bot" kursiga 50ming soʻm chegirma beramiz. Kitobning puli yoningizga qoladi.

Chegirma olish uchun @mohirdev_jbot ga xarid chekini yoki xarid qilingan kitob rasmini yuboring.

upd1. Kurs oʻzi 250ming soʻm, chegirmadan keyin 200ming.
upd2. Chegirmalar jamlanmaydi. Boshqa aksiya davomida chegirma olgan boʻlsangiz, qoʻshib ishlata olmaysiz.
TensorFlow

Tensorflow - Google tomonidan avtomatik ravishda tasvirlarni topish va tasniflash, inson idrok etish sifatiga erishish uchun neyron tarmoqni qurish va o'qitish muammolarini hal qilish uchun ishlab chiqilgan Machine Learning uchun ochiq libary. Tensorflow bilan ishlash uchun asosiy API Python uchun amalga oshirilgan, R, C Sharp, C ++, Haskell, Java, Go va Swift uchun ilovalar ham mavjud.
TensorFlow - Python, C++ va CUDA dasturlash tillarida yozilgan. Eng oxirgi versiyasi (2.6.1) 1 noyabr 2021.

@python_praktikum
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Google Sheets afzalliklari:
🗒 Hamkorlik
Sheets-dan foydalanishning eng foydali tomoni, uning barcha dasturlar orqali ishlashidir.
📦 Scale
Diagrammalarni yaratish va Google Slides bilan bog'lash.
🧭 Versiya nazorati
Turli fayllardagi versiyalar o'rtasida bog'lanish.
🔌 Plaginlar bilan ishlash
Tashqi ma'lumotlar manbalariga ulanish.

GiF orqali Google Sheets’dan so‘z turkumlarini turli tillarga qanday tarjima qilishni ko'rishingiz mumkin!

@python_praktikum
Forwarded from MohirDev.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Data Science va Sun'iy Intellekt kursi uchun qanday kompyuter kerak?

Bu savolga javobni videodan bilib oling

Kurs 👉 ai.mohirdev.uz
Buni qanday uskuna deb o'ylaysiz?
Python
Buni qanday uskuna deb o'ylaysiz?
NVIDIA Jetson AGX Xavier Developer to'plami Jetson platformasidagi qurilmalarning eng so'nggi qo'shimchasi hisoblanadi. Bu avtonom mashinalar uchun Artificial Intelligence kompyuteri bo'lib, 30 V ostida o'rnatilgan modulda GPU ish stantsiyasining ishlashini ta'minlaydi. Jetson AGX Xavier robotlar, dronlar va boshqa avtonom mashinalar uchun mo'ljallangan.

Siz ko'rgan qora quti ichida ushbu narsalar bor:

GPU - 512-core Volta GPU with Tensor Cores
CPU - 8-core ARM v8.2 64-bit CPU, 8MB L2 + 4MB L3
Memory - 32GB 256-Bit LPDDR4x | 137GB/s
Storage - 32GB eMMC 5.1
DL Accelerator - 2x) NVDLA Engines
Size - 105 mm x 105 mm x 65 mm
Deployment - Module (Jetson AGX Xavier)
DL Accelerator - (2x) NVDLA Engines
Vision Accelerator - 7-way VLIW Vision Processor
Encoder/Decoder - (2x) 4Kp60 | HEVC/(2x) 4Kp60 | 12-Bit Support

@python_praktikum
Jupyter Notebook'da Python hisoblari, go'yo siz ularni qo'lda yozgansiz.

handcalcs - bu Python hisoblash kodini avtomatik ravishda Latex'da ko'rsatish uchun kutubxona, lekin agar qalam bilan yozilgan bo'lsa, hisobni qanday formatlash mumkinligiga taqlid qiladigan tarzda: ramziy formulani, so'ngra raqamli almashtirishlarni va keyin natijalarni ko'rsatadi.


💬 @python_praktikum
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Pythonda oʻzgaruvchilarni nomlash

O'zgaruvchilarga nom berishda quyidagi qoidalarga amal qiling:

• O'zgaruvchi nomi harf yoki pastki chiziq (_) bilan boshlanishi kerak.

• O'zgaruvchi nomi raqam bilan boshlanishi mumkin emas.

• O'zgaruvchi nomida faqatgina lotin alifbosi harflari (A-z), raqamlar (0-9) va pastki chiziq (_) qatnashishi mumkin.

• O'zgaruvchi nomida bo'shliq (пробел) bo'lishi mumkin emas.

• O'zgaruvchi nomida katta-kichik harflar turlicha talqin qilinadi (ism, ISM, va Ism uchta turli o'zgaruvchi).

• Shuningdek o'zgaruvchilarga Pythonda ishlatiladigan funktsiyalar va maxsus kalit so'zlarning (keywords) nomini bermang. Kalit so'zlar ro'yhatini rasmda koʻrishingiz mumkin.

💬 @python_praktikum
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Videodars ko‘p ko‘rib yuborishning "salbiy" jihati shundaki, bora-bora videodars ko‘rmasangiz o‘zingizni g‘alati his qila boshlaysiz)

@python_praktikum
#xatolar

Pythonda xatolar bilan ishlash.

SyntaxError - SINTEKS XATOLIK

Bu eng ko'p uchraydigan xato bo'lib, odatda dasturlash tili qoidalariga amal qilmaslik natijasida kelib chiqadi. Aksar dasturlash muhitlari sintaks xatolikni dastur bajarilishidan avvaloq aniqlab, dasturchiga ishora beradi. Sintaks xatolik bor dasturni Python bajarmaydi.

print "Hello World!"

Natija: SyntaxError: Missing parentheses in call to 'print'. Did you mean print("Hello World!")?

Odatda dasturlash muhiti xatoning turi bilan birga (SyntaxError), xato haqida qo'shimcha ma'lumot ham beradi (Missing parentheses in call to 'print'. Did you mean print("Hello World!")?). Agar ingliz tilini tushunmasangiz, Google Translate sahifasi yordamida matnni rus yoki o'zbek tiliga tarjima qilib olishingiz mumkin.

P.S.: Dasturchi xato qiladi. Yaxshi dasturchi esa ko'p xato qiladi)

Manba: SariqDev

@python_praktikum