23 subscribers
120 photos
20 videos
3 files
72 links
👨‍💻 Dasturlash haqida foydali ma'lumotlar ulashaman

Shaxsiy fikrlar va kuzatishlar ham yoritib boriladi.

Murojaat uchun: @python_praktikum1_bot
Download Telegram
Python Dasturlash tiliga oid qisqa qo'llanma.

@python_praktikum
🐳2👍1🔥1
Pythonda hech qanday vazifa bajarmaydigan, lekin juda ham #foydali pass operatori mavjud.

Odatda, bu operatordan bo'shliqlarni vaqtincha to'ldirishda foydalaniladi.

Misol uchun siz bir funksiyani yozishni o'ylab qo'ydingiz, funksiyaga nom berdingiz, lekin uning kodi (badani) tayyor emas. Agar funksiyani bo'sh qoldirsangiz, Python IndentationError xatoligini beradi. Mana shunday holatlarda pass operatori sizning xaloskoringiz.

Huddi shu kabi, klasslar yaratishda ham, klass ichidagi metodlarning nomini o'yladingiz, lekin kodi hali tayyor bo'lmasa, bo'shliqni vaqtinchaga pass bilan to'ldirib ketasiz.

Bu operatordan tsikllar yoki shartlar badanini vaqtincha to'ldirib turishda ham foydalanish mumkin.

©️ SariqDev

@python_praktikum
👍4🏆1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sun'iy Intellekt rivojlansa, ishsizlik ko'payadimi?

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi
👍2⚡1🤩1🏆1
#qayta_nashr 3⃣

Uzoq kutilgan «Pythonda dasturlash asoslari» kitobining uchinchi nashri sotuvda!


🔹 Dasturlash asoslariga oid o‘zbek tilidagi ilk eng mukammal qo‘llanma hisoblanadi.

🔹 Kitobning har bir bo‘limi uchun maxsus video darslar yozilgan bo‘lib, ularga kitobda ko‘rsatilgan QR kod orqali o‘tish mumkin. Darslar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar va ularning javoblari Github platformasiga yuklangan.

🔹 Qo‘llanma Python dasturlash tili asosida yozilganligiga qaramay, dasturlashga ilk qadam qo‘yayotgan barcha ixlosmandlarga tavsiya etiladi.

🔹 Kitob nafaqat talabalar, o‘quv markazlari tinglovchilari, maktab o‘quvchilari balki mustaqil ravishda dasturlashni o‘rganuvchilar uchun ham mo‘ljallangan.

Muallif:
Anvar Narzullayev
Narxi:
55 000 so‘m
Muqova: qattiq
Xarid: t.me/akademsavdo

Kuzatib boring: @akademnashr

Instagram | Facebook | Twitter
👍1
Forwarded from Sariq Dev
Darvoqe, kitob xarid qilganlarga "Mukammal Telegram bot" kursiga 50ming soʻm chegirma beramiz. Kitobning puli yoningizga qoladi.

Chegirma olish uchun @mohirdev_jbot ga xarid chekini yoki xarid qilingan kitob rasmini yuboring.

upd1. Kurs oʻzi 250ming soʻm, chegirmadan keyin 200ming.
upd2. Chegirmalar jamlanmaydi. Boshqa aksiya davomida chegirma olgan boʻlsangiz, qoʻshib ishlata olmaysiz.
🤩3
TensorFlow

Tensorflow - Google tomonidan avtomatik ravishda tasvirlarni topish va tasniflash, inson idrok etish sifatiga erishish uchun neyron tarmoqni qurish va o'qitish muammolarini hal qilish uchun ishlab chiqilgan Machine Learning uchun ochiq libary. Tensorflow bilan ishlash uchun asosiy API Python uchun amalga oshirilgan, R, C Sharp, C ++, Haskell, Java, Go va Swift uchun ilovalar ham mavjud.
TensorFlow - Python, C++ va CUDA dasturlash tillarida yozilgan. Eng oxirgi versiyasi (2.6.1) 1 noyabr 2021.

@python_praktikum
⚡1🐳1🏆1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Google Sheets afzalliklari:
🗒 Hamkorlik
Sheets-dan foydalanishning eng foydali tomoni, uning barcha dasturlar orqali ishlashidir.
📦 Scale
Diagrammalarni yaratish va Google Slides bilan bog'lash.
🧭 Versiya nazorati
Turli fayllardagi versiyalar o'rtasida bog'lanish.
🔌 Plaginlar bilan ishlash
Tashqi ma'lumotlar manbalariga ulanish.

GiF orqali Google Sheets’dan so‘z turkumlarini turli tillarga qanday tarjima qilishni ko'rishingiz mumkin!

@python_praktikum
⚡3👍3
Forwarded from MohirDev.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Data Science va Sun'iy Intellekt kursi uchun qanday kompyuter kerak?

Bu savolga javobni videodan bilib oling

Kurs 👉 ai.mohirdev.uz
👍3⚡1🔥1🏆1
Buni qanday uskuna deb o'ylaysiz?
🤔7👍1🔥1
Python
Buni qanday uskuna deb o'ylaysiz?
NVIDIA Jetson AGX Xavier Developer to'plami Jetson platformasidagi qurilmalarning eng so'nggi qo'shimchasi hisoblanadi. Bu avtonom mashinalar uchun Artificial Intelligence kompyuteri bo'lib, 30 V ostida o'rnatilgan modulda GPU ish stantsiyasining ishlashini ta'minlaydi. Jetson AGX Xavier robotlar, dronlar va boshqa avtonom mashinalar uchun mo'ljallangan.

Siz ko'rgan qora quti ichida ushbu narsalar bor:

GPU - 512-core Volta GPU with Tensor Cores
CPU - 8-core ARM v8.2 64-bit CPU, 8MB L2 + 4MB L3
Memory - 32GB 256-Bit LPDDR4x | 137GB/s
Storage - 32GB eMMC 5.1
DL Accelerator - 2x) NVDLA Engines
Size - 105 mm x 105 mm x 65 mm
Deployment - Module (Jetson AGX Xavier)
DL Accelerator - (2x) NVDLA Engines
Vision Accelerator - 7-way VLIW Vision Processor
Encoder/Decoder - (2x) 4Kp60 | HEVC/(2x) 4Kp60 | 12-Bit Support

@python_praktikum
👍4🤯3⚡1🤩1
Jupyter Notebook'da Python hisoblari, go'yo siz ularni qo'lda yozgansiz.

handcalcs - bu Python hisoblash kodini avtomatik ravishda Latex'da ko'rsatish uchun kutubxona, lekin agar qalam bilan yozilgan bo'lsa, hisobni qanday formatlash mumkinligiga taqlid qiladigan tarzda: ramziy formulani, so'ngra raqamli almashtirishlarni va keyin natijalarni ko'rsatadi.


💬 @python_praktikum
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1
Pythonda oʻzgaruvchilarni nomlash

O'zgaruvchilarga nom berishda quyidagi qoidalarga amal qiling:

• O'zgaruvchi nomi harf yoki pastki chiziq (_) bilan boshlanishi kerak.

• O'zgaruvchi nomi raqam bilan boshlanishi mumkin emas.

• O'zgaruvchi nomida faqatgina lotin alifbosi harflari (A-z), raqamlar (0-9) va pastki chiziq (_) qatnashishi mumkin.

• O'zgaruvchi nomida bo'shliq (пробел) bo'lishi mumkin emas.

• O'zgaruvchi nomida katta-kichik harflar turlicha talqin qilinadi (ism, ISM, va Ism uchta turli o'zgaruvchi).

• Shuningdek o'zgaruvchilarga Pythonda ishlatiladigan funktsiyalar va maxsus kalit so'zlarning (keywords) nomini bermang. Kalit so'zlar ro'yhatini rasmda koʻrishingiz mumkin.

💬 @python_praktikum
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1🌭1
Videodars ko‘p ko‘rib yuborishning "salbiy" jihati shundaki, bora-bora videodars ko‘rmasangiz o‘zingizni g‘alati his qila boshlaysiz)

@python_praktikum
😁7🤡2⚡1🐳1
#xatolar

Pythonda xatolar bilan ishlash.

SyntaxError - SINTEKS XATOLIK

Bu eng ko'p uchraydigan xato bo'lib, odatda dasturlash tili qoidalariga amal qilmaslik natijasida kelib chiqadi. Aksar dasturlash muhitlari sintaks xatolikni dastur bajarilishidan avvaloq aniqlab, dasturchiga ishora beradi. Sintaks xatolik bor dasturni Python bajarmaydi.

print "Hello World!"

Natija: SyntaxError: Missing parentheses in call to 'print'. Did you mean print("Hello World!")?

Odatda dasturlash muhiti xatoning turi bilan birga (SyntaxError), xato haqida qo'shimcha ma'lumot ham beradi (Missing parentheses in call to 'print'. Did you mean print("Hello World!")?). Agar ingliz tilini tushunmasangiz, Google Translate sahifasi yordamida matnni rus yoki o'zbek tiliga tarjima qilib olishingiz mumkin.

P.S.: Dasturchi xato qiladi. Yaxshi dasturchi esa ko'p xato qiladi)

Manba: SariqDev

@python_praktikum
👍3🔥1
​#xatolar

Pythonda xatolar bilan ishlash.

EOL
va EOF xatolik

EOL (End of Line - qator yakuni) xatoligi sintaks xatolikning bir turi bo'lib, odatda qator oxirida qo'shtirnoq (birtirnoq) ni yopish esdan chiqqanda yuzaga keladi:

print("Hello World!

Natija: SyntaxError: EOL while scanning string literal

EOF (End of function - funktsiya yakuni) xatoligi esa funktsiya oxirida qavsni yopish esdan chiqqanda yuzaga keladi:

print("Hello World!"

Natija: SyntaxError: unexpected EOF while parsing

P.S.: EOF xatoligining muammoli tarafi, Python aynan qaysi funktsiya yopilmay qolganini ko'rsata olmaydi, ya'ni kodni sinchiklab ko'zdan kechirib chiqish talab qilinadi.

Manba: SariqDev

@python_praktikum
🔥2⚡1🐳1
Forwarded from Engineering Notes
Telegram botlar qanday ishlashini tushunish uchun polling, webhook nima,
ular nega kerak kabi savollarga javob topsak.

User telegramda botga biror buyruq yuborganda, unga javob qaytishi uchun bu buyruq biz yozgan kodimiz turgan servergacha yetib kelishi kerak va server unga javob qaytarishi kerak. User yuborgan buyruqlar telegramning serveriga borib tushadi. Endi o'sha serverga kelgan buyruqlarni bizning serverimizga yetkazish kerak. Lekin telegram aynan o'sha bot uchun yozilgan bizning kodimiz qayerda turganini qanday biladi?

Telegram botlar uchun HTTP protocolidan foydalanadi. Muammo shundaki, HTTP bir tomonlama ishlaydi(push/promisedan tashqari). Ya'ni faqat bir tomon(client) request yuboradi, ikkinchi taraf(server) uni qabul qilib, response qaytaradi.
Bu degani, server xohlagan paytida clientga response yubora olmaydi. Faqatgina client request yuborgandan keyingina response yuborish mumkin.

Bizning server bilan telegram server orasida ma'lumot almashishning ikki yo'li bor:
1. Bizning server HTTP client, telegram serveri esa HTTP server vazifasini bajaradi.
2. Telegram serveri HTTP client, bizning server esa HTTP server vazifasini bajaradi.


1. Deylik, user telegram botga biror buyruq yubordi. Telegram serveri bu buyruqni to'g'ridan to'g'ri bizning serverga yubora olmaydi. Sababi, yuqorida kelishganimizdek, faqat client birinchi bo'lib ma'lumot yubora oladi. Telegram server esa hozir HTTP server rolini o'ynayapti. Plus, telegram biz qaysi bot haqida so'rayotganimizni ham bilmaydi. Demak, avval client so'rov yuborishi kerak.
Lekin client qachon so'rov yuborish kerakligini(telegramga yangi buyruq kelganini) qanday biladi?
Javob — hech qanday. Shunchaki ma'lum vaqt oraligi bilan telegram serveriga to'xtovsiz request yuborib turadi. Botga yangi buyruq kelsa, telegram keyingi safar bizning serverdan request kelganda uni response qilib yuboradi. Bu taxminan mana bunday bo'ladi:

Client: Falonchi bot uchun yangi buyruq bormi?
Telegram: Yo'q
*ozgina vaqt o'tgach*
C: Bormi?
T: Yo'q
C: Bormi?
T: Ha, mana, ol. *Buyruqni yuboradi*
C: *Buyruqqa javob qaytarib, request shaklida yuboradi*
T: Oldim.
C: Bormi?
T: Yo'q
...

Mana shu usul, ya'ni bizning server ma'lum vaqt oralig'i bilan to'xtovsiz telegramdan so'rab turishi polling deyiladi.


2. Endi bizning server HTTP server vazifasini bajarib, Telegram serveri HTTP client rolini o'ynab beradi. Endi telegram client sifatida buyruqlarni to'g'ridan-to'g'ri bizga yubora oladi. Lekin buning uchun ikkita shart bajarilishi kerak:
1. Telegram bizning serverning manzilini bilishi.
2. Bizning server web server sifatida ishlashi, ya'ni requestlarni qabul qilishi kerak.

Buning uchun boshda Pashka akaning serverlariga "Falonchi botga kelgan buyruqlarning hammasini falonchi adressdagi serverga request qilib yubor" degan ma'noda xabar berib qo'yamiz. O'zimizning serverimizni esa web serverga aylantiramiz.

Endi faqat yangi buyruq kelgandagina telegram bizning serverimizga request yuboradi:

Telegram: Uka, botingga yangi buyruq keldi. Ma, ol.
Bizning server: *qayta ishlab, natijani yuboradi*.
*keyingi safar buyruq kelganda*
Telegram: Yangi buyruq. Ma, ol.
...

Mana bu usul, yani telegram bizning serverga request yuborishi esa webhook deyiladi.
👍3🤯1🤩1🐳1
​Biz hozir shunday zamonda yashayapmizki, robotlarga robot emasligimizni isbotlashimiz kerak)

@python_praktikum
😁6🤣3🐳2🤡1💯1
​#xatolar

Pythonda xatolar bilan ishlash.

IndentationError - Joy tashlashda xatolik

Python dasturlash tilida qator boshidan yoki joy tashlab yozish muhim ahamiyatga ega. Qator boshidan asossiz joy qoldirish IndentationError ga olib keladi.

Quyidagi kod(rasm) ga e'tibor bering, qator boshida 1 dona bo'sh joy qolgani uchun Spyder muhiti xatolikni aniqlab, qizil bilan belgilab qo'ydi.

Ba'zi joylarda esa aksincha, bo'sh joy tashlab yozish talab qilinadi. Masalan, for tsiklida yoki if-elif-else shartlarining ichida va hokazo.

print("O'ngacha sanaymiz")
for n in range(10):
print(n+1)

Natija: IndentationError: expected an indented block

Manba: SariqDev

@python_praktikum
⚡2🔥1
​😢 Xayr Herokuning bepul tarifi

Yosh dasturchilarga o'z loyihalarini bepul joylashga yordam beruvchi, o'z ichida Redis, Postgres kabi databaselarni bepul tarif bilan taqdim qiluvchi Heroku hostingi bepul mahsulotlarini 28-noyabrda tugatar ekan.

Agar sizda biror loyiha bo'lsa, eng arzon pullik tarifga olib qo'ying.

@python_praktikum
😢4👍1
Python
​#xatolar Pythonda xatolar bilan ishlash. IndentationError - Joy tashlashda xatolik Python dasturlash tilida qator boshidan yoki joy tashlab yozish muhim ahamiyatga ega. Qator boshidan asossiz joy qoldirish IndentationError ga olib keladi. Quyidagi kod(rasm)…
Qancha joy tashlaymiz?

Yuqoridagi misollarda IndentationError oldini olish uchun joy tashlash talab qilindi. Xo'sh, qancha joy tashlash kerak va qanday qilib?

Aslida, hech bo'lmaganda 1 harflik bo'sh joy qoldirish ham bizni IndentationError dan xalos qiladi. LEKIN, biz dastur davomida bir hil joy tashlashga odatlanishimiz kerak.

Qoida sifatida kamida 4 ta harflik joy yoki 1 ta TAB (klaviaturadagi tab tugmasi) joy tashlashni odat qilishimiz kerak. Va eng muhimi ikkalasini aralashtirmasligimiz lozim. Ya'ni agar siz joy tashlash uchun Space (probel) ishlatsangiz, oxirigacha shunday qiling, agar Tab ishlatsangiz oxirigacha tab ishlating. Ikkalasini aralashtirmang!

Manba: SariqDev

@python_praktikum
👍2🏆2