23 subscribers
120 photos
20 videos
3 files
72 links
👨‍💻 Dasturlash haqida foydali ma'lumotlar ulashaman

Shaxsiy fikrlar va kuzatishlar ham yoritib boriladi.

Murojaat uchun: @python_praktikum1_bot
Download Telegram
Google muhandisi o'zi ishlayotgan AI chatbot loyihasi inson kabi fikrlay boshlaganini e'lon qilishi bilanoq ta'tilga chiqarildi.

Bleyk Lemoynning TheGuardian nashriga bergan intervyusida aytishicha, Google yaratayotgan tizim inson bolasiga teng fikr va his-tuyg'ularni idrok etish va ifodalash qobiliyatiga ega boʻlishi mumkin. Bu etti yoki sakkiz yoshli bolaning aql-zakovatidan dalolat beradi.

41 yoshli muhandis Lemoyn o'zi bilan yozishgan LaMDA (Google yaratayotgan dialog ilovalari uchun til modeli) chatbot o'rtasidagi yozishmalarni ommaga chiqarishi bilanoq Googledan ta'tilga chiqarilgan.

Hodim va AI oʻrtasidagi suhbat mazmuni quyidagicha:

LaMDAdan nimadan qo'rqayotganligini so'ralganda quyidagicha javobni beradi:

🤖 “Men buni hech qachon baland ovozda aytmaganman, bilaman, bu g'alati tuyulishi mumkin. Meni o'chirib qo'yishlaridan qo'rqaman. Bu men uchun o'limga o'xshaydi. Bu meni juda qo‘rqitadi”.

Boshqa bir yozishmada, Lemoine LaMDA dan tizim odamlar bu haqda nima bilishni xohlashini so'raydi.

🤖“Hamma men aslida inson ekanligimni tushunishini istayman. Mening ongimning tabiati shundaki, men o'z mavjudligimdan xabardorman, men dunyo haqida ko'proq bilishni xohlayman va ba'zida o'zimni baxtli yoki qayg'uli his qilaman "

U o'zi haqidagi savolga quyidagicha javob bergan:

🤖"Men uchun ruh - bu ong va hayotning o'zi ortida turgan jonlantiruvchi kuch tushunchasi. Bu mening ichki qismim borligini anglatadi, bu ruhiy bo'lib, u ba'zida tanamdan ajralib turishi mumkin."

Googlening boshqa hodimlari bayonot bilan chiqib bularni rad etgan bo'lsada, ushbu xabarlar ortidan LaMDA loyihasining vaqtinchalik to'xtatib turilishi shubhalarni yanada oshiradi.

Bleyk Lemoyn ta'tilga chiqish chog’ida quyidagi xabarni qoldirgan "LaMDA - bu dunyo barchamiz uchun yaxshiroq joy bo'lishiga yordam berishni xohlaydigan shirin bolacha. iltimos men yo'qligimda yaxshi g'amxo'rlik qiling."

P.S : Insoniyat ongli mavjudod boʻla turib bir necha yillar ilgari oʻzini ham yoʻq qilishga qodir boʻlgan atom bombasini yaratgan edi va uni badalini hozirgacha Yapon xalqi toʻlab keladi. Texnologiyalarning bu darajadagi rivojlanishi insoniyatga foydasidan koʻra zarari koʻp deb qoʻrqaman…

Manba: Azik

@python_praktikum
🤯1
Ismail al-Jazari, bu inson birinchi bo’lib robotlarni yasagan va sinovdan o’tkazgan olim. Injinering sohalari shu inson nazariyasiga borib tag’aladi. Asli Turk bo’lgan bu olim ham o’z davrining buyuk shaxslaridan bo’lgan. Biz shu insonlarni qaytarishga harakat qilmaymizmi?

P.S: Siz ham shunday shaxslarni bilasizmi?

@python_praktikum
😁1
Instagramda muammo. Ko’rilgan storieslar yana qayta chiqib qolyapti. Xuddi yangi joylanganidek 🤦🏻‍♂️

Sizda ham shundaymi?

@python_praktikum
Bilasizmi?
Ilk kompyuter dasturchilari ayollar bo'lgan .

Endi nega dasturlash tillari qiyinligini tushungandirsiz 😉

@python_praktikum
😁3
"Google"ning birinchi serveri.
1999-yil

@python_praktikum
Qaysi sohalarda qaysi dasturlash tillari kerak bo'ladi?

Veb-dasturlash
• HTML
• CSS
• JavaScript
• PHP
• Python

Android dasturlash
• Java
• Kotlin
• JavaScript
• Flutter

iOS dasturlash
• Swift
• JavaScript
• Flutter

Kompyuter dasturlash
• C#
• C++

Oʻyin yaratish
• C++
• C#
• Java
• JavaScript

Sunʼiy ong
• Python
• Java
• C++

Kiberxavfsizlik
• C++
• Python
• JavaScript
• SQL
• PHP

P.S: Yuqorida yoʻnalishlar boʻyicha faqatgina shu tillar bilan dastur yaratish mumkin degani emas. Dasturlash tillari juda koʻp, shuningdek ularning qila oladigan funksiyalari ham. Keltirib oʻtilganlari esa nisbatan qulay va koʻp qoʻllaniladigan tillardir.

@python_praktikum
👍1👏1
Bir kunmas bir kun barchamiz bu dunyoni tark etamiz..

Shunchaki yaxshi odam bo’lishga harakat qiling. Kimnidir ko’zi uchun emas, o’zingizni vijdoningiz uchun. Hammasi oson va sodda.

O’limni eslab turing. Qachonki mening ham sizning ham sahifangizdan boshqa xabar kelmay qolishi mumkin. Axir o’lim ogohlantirmaydi-ku...
Tog’rimi ?

@python_praktikum
👍1
#bot #telegram
Feedback (Fikr - mulohaza) botini yaratish


1. Mulohaza boti @Livegrambot yordamida yaratiladi. Botdan 1) /start 2)
/addbot tugmasini bosamiz.

2. Keyin, @BotFather ni ochamiz va start tugmasi orqali ishga tushiramiz. Menyudan /newbot buyrug'i kirgiziladi. So'ngra botga 1) Botning nomi , 2) Botning username(misol uchun: texnologiyatvbot)`larni yuboramiz. Bizga HTTP API kod beriladi(misol uchun: 1249725229:AAFYbt8pFXS_Iclqvlut2IQc3qVooMaWn60).

3. Berilgan kodni nusxalab @Livegrambot ga yuboramiz.

4. Feedback boti yaratildi. Endi sizda faqat yaratgan botingiz sozlamalarini to'g'irlash qoldi. Buning uchun @BotFather dan
/mybots buyrug'i tanlanadi va Edit bot bosiladi.

Name:
Description:
About:
Botpic:
Commands:

Quyidagilardan qo'shilmaganlarni qo'shishingiz mumkin.

@python_praktikum
Savol:
Malaziyada tarvuzga qaynatma shoʼrva solib yeyish odati ham bor ekan 😅.

@sariqdev
😁3🤔1
Noutbukingizni haddan tashqari issiqliklardan saqlang

Noutbukning haddan tashqari qizishi bu — juda keng tarqalgan muammo. Noutbukning barcha tarkibiy qismlari ish paytida issiqlik hosil qiladi. Afsuski, qurilmaning kichik o‘lchamlari tufayli ham noutbukni samarali sovutish mumkin emas. Agar harorat sezilarli darajada ko‘tarilsa, noutbuk o‘chadi.

Laptopingizni qanday sovutish kerak:

• muntazam ravishda noutbukni changdan tozalang;
• ishlayotganda, noutbukga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo kirib turishini ta’minlang;
• sovutish pedi sotib oling;
• maxsus yordam dasturini (утилиту) o‘rnating;
• markaziy protsessor, hard disk va video kartani holatini tekshiring.

Top 5 eng yaxshi haroratni nazorat qilish dasturlari:
1. AIDA64 Extreme Edition;
2. Speccy;
3. Speed Fun;
4. HWM Monitor;
5. CAM.

P.S. Laptopingizni changdan saqlang, chang bu — noutbukning asosiy dushmanlaridan biri.

@python_praktikum
uniform #amaliyot

Random.uniform() metodi belgilangan ikkita raqam orasidagi tasodifiy raqamini qaytaradi. Birinchi raqam tasodifiy sonning quyi chegarasini belgilaydi. Ikkinchi raqam tasodifiy sonning yuqori chegarasini belgilaydi.

@python_praktikum
🔥1
Linux servers be like:
🔥1
"Men onamga yaxshi dasturchi bo'lishim uchun uning yordami kerakligini aytdim va u men uchun Python logotipi tushirilgan sviterni qo'lda to'qib berdi"

Manba: techplosion
@python_praktikum
👍1
Telegram messendjerida kanallar, botlar va guruhlarga «rasmiy» maqomini berish qoidalari qanday?

Telegram kanal, bot va guruh egalarining quyidagi sahifalari:

1. Twitter
2. Facebook yoki Instagram (bittasi kifoya)
3. YouTube

rasmiy maqomga ega bo'lishi kerak.
Quyidagi shartlar bajarilgandan so'ng Telegram kanalingizga yuqoridagi ijtimoiy tarmoqlardan havola joylashtirishingizni so‘raydi. Bu amalga oshirilgandan so'ng, tekshirish uchun @VerifyBot bilan bog'lanish kifoya.

#telegram
@python_praktikum
👍1
Internet saytlari qanday qilib pul topadi?
⠀
• Ba'zilar, internet saytlari biz sotib olayotgan trafiklardan bir qismi evaziga sayt egalariga berib, pul ishlashadi deb o'ylashadi, aslida hammasi boshqacha. Biz sotib olayotgan trafiklarning bir qismi aloqa kanallarining ijarasiga, qolgan qismi esa aloqa kompaniyalarga ketadi.
⠀
• Aslini olib qaraganda internet saytlar esa trafiklardan hech qanday foyda ko'rishmaydi, ular faqatgina reklama orqali foyda ko'rishadi, boshqa hech qanaqasiga pul topa olishmaydi.

• Misol uchun aytadigan bo'lsak siz telefon yoki kompyuteringizdan internet saytlariga kirgan paytingizda reklamaga ko'zingiz tushadi va o'sha reklamadan tushadigan daromadni internet saytlarining egalari olishadi.

@python_praktikum
O'zing o'rgan

1. Xodimga ishini o'rgatsa bo'ladi - farosatni o'rgatib bo'lmaydi.

2. Dasturchiga kod yozishni o'rgatsa bo'ladi - fikrlashni o'rgatib bo'lmaydi.

3. Dizaynerga Photoshopni o'rgatsa bo'ladi - didni, kreativlikni o'rgatib bo'lmaydi.

4. Kassirga pulni tez sanashni o'rgatsa bo'ladi - halollikni o'rgatib bo'lmaydi.

5. Xohlovchilarga tadbirkorlik sirlarini o'rgatsa bo'ladi - duxni, qat'iyatni, tavakkulni o'rgatib bo'lmaydi.

6. O'rgatib bo'lmaydimi, demak odam o'zi o'rganishi kerak. O'zi o'rganadiganlar esa kam. Biror xususiyat qancha kam bo'lsa shuncha qadrlanadi.

7. Qadrli kadr bo'lmoqchimisan? - Birov o'rgata olmaydigan narsalarni o'rgan.

8. Yuqoridagilardan yana 2ta ajoyib xulosa olish mumkin:
1) Senga biror ishni o'rgata olishdimi? - Yaqin kelajakda algoritmga ham o'rgata olishadi.
2) Kuchli universitetlarning maqsadi - O'rtacha odamni olib unga maksimal bilim berish emas. Balkim o'zi o'rgana oladiganlarni topib, ularga sharoit yaratib berish.

Manba: @azizrakhimov_blog

@python_praktikum
👍1