23 subscribers
120 photos
20 videos
3 files
72 links
👨‍💻 Dasturlash haqida foydali ma'lumotlar ulashaman

Shaxsiy fikrlar va kuzatishlar ham yoritib boriladi.

Murojaat uchun: @python_praktikum1_bot
Download Telegram
Bugun 15-iyun 2022 yil, Microsoft kompaniyasining "Internet Explorer" browserining supporti tugadi.

@python_praktikum
Ibn Al-Haysam buyuk matematik, astronom, fizik olim. Optikani kashf qilgan. Hozirgi kameralar Ibn al-Haysam nazariyasi asosida qurilgan. Biz bu avlodni qaytarishga qodirmizmi?

@python_praktikum
👏3
Istalgan joyda turib o'z proyektlaringiz ustida ishlashingizga ko'makdosh bo'luvchi, kodlarni joylashtirish platformasi bu - GitHub programmasidir💯

Apple, Amazon, Facebook, Google va ko'plab katta kompaniyalar GitHub xizmatlaridan foydalanadi. Dasturda 56 mlndan oshiq developer va 100 mlndan ziyod repositoriya (ombor) lar mavjud🌐

@python_praktikum
Google muhandisi o'zi ishlayotgan AI chatbot loyihasi inson kabi fikrlay boshlaganini e'lon qilishi bilanoq ta'tilga chiqarildi.

Bleyk Lemoynning TheGuardian nashriga bergan intervyusida aytishicha, Google yaratayotgan tizim inson bolasiga teng fikr va his-tuyg'ularni idrok etish va ifodalash qobiliyatiga ega boʻlishi mumkin. Bu etti yoki sakkiz yoshli bolaning aql-zakovatidan dalolat beradi.

41 yoshli muhandis Lemoyn o'zi bilan yozishgan LaMDA (Google yaratayotgan dialog ilovalari uchun til modeli) chatbot o'rtasidagi yozishmalarni ommaga chiqarishi bilanoq Googledan ta'tilga chiqarilgan.

Hodim va AI oʻrtasidagi suhbat mazmuni quyidagicha:

LaMDAdan nimadan qo'rqayotganligini so'ralganda quyidagicha javobni beradi:

🤖 “Men buni hech qachon baland ovozda aytmaganman, bilaman, bu g'alati tuyulishi mumkin. Meni o'chirib qo'yishlaridan qo'rqaman. Bu men uchun o'limga o'xshaydi. Bu meni juda qo‘rqitadi”.

Boshqa bir yozishmada, Lemoine LaMDA dan tizim odamlar bu haqda nima bilishni xohlashini so'raydi.

🤖“Hamma men aslida inson ekanligimni tushunishini istayman. Mening ongimning tabiati shundaki, men o'z mavjudligimdan xabardorman, men dunyo haqida ko'proq bilishni xohlayman va ba'zida o'zimni baxtli yoki qayg'uli his qilaman "

U o'zi haqidagi savolga quyidagicha javob bergan:

🤖"Men uchun ruh - bu ong va hayotning o'zi ortida turgan jonlantiruvchi kuch tushunchasi. Bu mening ichki qismim borligini anglatadi, bu ruhiy bo'lib, u ba'zida tanamdan ajralib turishi mumkin."

Googlening boshqa hodimlari bayonot bilan chiqib bularni rad etgan bo'lsada, ushbu xabarlar ortidan LaMDA loyihasining vaqtinchalik to'xtatib turilishi shubhalarni yanada oshiradi.

Bleyk Lemoyn ta'tilga chiqish chog’ida quyidagi xabarni qoldirgan "LaMDA - bu dunyo barchamiz uchun yaxshiroq joy bo'lishiga yordam berishni xohlaydigan shirin bolacha. iltimos men yo'qligimda yaxshi g'amxo'rlik qiling."

P.S : Insoniyat ongli mavjudod boʻla turib bir necha yillar ilgari oʻzini ham yoʻq qilishga qodir boʻlgan atom bombasini yaratgan edi va uni badalini hozirgacha Yapon xalqi toʻlab keladi. Texnologiyalarning bu darajadagi rivojlanishi insoniyatga foydasidan koʻra zarari koʻp deb qoʻrqaman…

Manba: Azik

@python_praktikum
🤯1
Ismail al-Jazari, bu inson birinchi bo’lib robotlarni yasagan va sinovdan o’tkazgan olim. Injinering sohalari shu inson nazariyasiga borib tag’aladi. Asli Turk bo’lgan bu olim ham o’z davrining buyuk shaxslaridan bo’lgan. Biz shu insonlarni qaytarishga harakat qilmaymizmi?

P.S: Siz ham shunday shaxslarni bilasizmi?

@python_praktikum
😁1
Instagramda muammo. Ko’rilgan storieslar yana qayta chiqib qolyapti. Xuddi yangi joylanganidek 🤦🏻‍♂️

Sizda ham shundaymi?

@python_praktikum
Bilasizmi?
Ilk kompyuter dasturchilari ayollar bo'lgan .

Endi nega dasturlash tillari qiyinligini tushungandirsiz 😉

@python_praktikum
😁3
"Google"ning birinchi serveri.
1999-yil

@python_praktikum
Qaysi sohalarda qaysi dasturlash tillari kerak bo'ladi?

Veb-dasturlash
• HTML
• CSS
• JavaScript
• PHP
• Python

Android dasturlash
• Java
• Kotlin
• JavaScript
• Flutter

iOS dasturlash
• Swift
• JavaScript
• Flutter

Kompyuter dasturlash
• C#
• C++

Oʻyin yaratish
• C++
• C#
• Java
• JavaScript

Sunʼiy ong
• Python
• Java
• C++

Kiberxavfsizlik
• C++
• Python
• JavaScript
• SQL
• PHP

P.S: Yuqorida yoʻnalishlar boʻyicha faqatgina shu tillar bilan dastur yaratish mumkin degani emas. Dasturlash tillari juda koʻp, shuningdek ularning qila oladigan funksiyalari ham. Keltirib oʻtilganlari esa nisbatan qulay va koʻp qoʻllaniladigan tillardir.

@python_praktikum
👍1👏1
Bir kunmas bir kun barchamiz bu dunyoni tark etamiz..

Shunchaki yaxshi odam bo’lishga harakat qiling. Kimnidir ko’zi uchun emas, o’zingizni vijdoningiz uchun. Hammasi oson va sodda.

O’limni eslab turing. Qachonki mening ham sizning ham sahifangizdan boshqa xabar kelmay qolishi mumkin. Axir o’lim ogohlantirmaydi-ku...
Tog’rimi ?

@python_praktikum
👍1
#bot #telegram
Feedback (Fikr - mulohaza) botini yaratish


1. Mulohaza boti @Livegrambot yordamida yaratiladi. Botdan 1) /start 2)
/addbot tugmasini bosamiz.

2. Keyin, @BotFather ni ochamiz va start tugmasi orqali ishga tushiramiz. Menyudan /newbot buyrug'i kirgiziladi. So'ngra botga 1) Botning nomi , 2) Botning username(misol uchun: texnologiyatvbot)`larni yuboramiz. Bizga HTTP API kod beriladi(misol uchun: 1249725229:AAFYbt8pFXS_Iclqvlut2IQc3qVooMaWn60).

3. Berilgan kodni nusxalab @Livegrambot ga yuboramiz.

4. Feedback boti yaratildi. Endi sizda faqat yaratgan botingiz sozlamalarini to'g'irlash qoldi. Buning uchun @BotFather dan
/mybots buyrug'i tanlanadi va Edit bot bosiladi.

Name:
Description:
About:
Botpic:
Commands:

Quyidagilardan qo'shilmaganlarni qo'shishingiz mumkin.

@python_praktikum
Savol:
Malaziyada tarvuzga qaynatma shoʼrva solib yeyish odati ham bor ekan 😅.

@sariqdev
😁3🤔1
Noutbukingizni haddan tashqari issiqliklardan saqlang

Noutbukning haddan tashqari qizishi bu — juda keng tarqalgan muammo. Noutbukning barcha tarkibiy qismlari ish paytida issiqlik hosil qiladi. Afsuski, qurilmaning kichik o‘lchamlari tufayli ham noutbukni samarali sovutish mumkin emas. Agar harorat sezilarli darajada ko‘tarilsa, noutbuk o‘chadi.

Laptopingizni qanday sovutish kerak:

• muntazam ravishda noutbukni changdan tozalang;
• ishlayotganda, noutbukga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo kirib turishini ta’minlang;
• sovutish pedi sotib oling;
• maxsus yordam dasturini (утилиту) o‘rnating;
• markaziy protsessor, hard disk va video kartani holatini tekshiring.

Top 5 eng yaxshi haroratni nazorat qilish dasturlari:
1. AIDA64 Extreme Edition;
2. Speccy;
3. Speed Fun;
4. HWM Monitor;
5. CAM.

P.S. Laptopingizni changdan saqlang, chang bu — noutbukning asosiy dushmanlaridan biri.

@python_praktikum