23 subscribers
120 photos
20 videos
3 files
72 links
👨‍💻 Dasturlash haqida foydali ma'lumotlar ulashaman

Shaxsiy fikrlar va kuzatishlar ham yoritib boriladi.

Murojaat uchun: @python_praktikum1_bot
Download Telegram
#qiziq
Nimaga Ermitajda mushuklar juda ko'p?

— 18-asrdan beri qirolicha farmoni bilan mushuklar saroydagi kemiruvchilarga qarshi kurashib keladi. Mushuklarning har birining pasporti mavjud bo'lib, ular muzeyni tozalash ishlari bo'yicha rasmiy xodimlari hisoblanishadi.

— Hozirda muzey yer to'lasida 50dan ziyod mushuklarga erkin ov qilishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan.

@python_praktikum
update

update() metodi lug'atni kalit/qiymat juftlari bilan yangilaydi. Agar juftlik yetishmayotgan bo'lsa, u kalit/qiymatni kiritadi. Agar juftlik lug'atda allaqachon mavjud bo'lsa, u kalit/qiymatni yangilaydi. Bu funksiya hech qanday qiymatlarni qaytarmaydi, faqat bir xil kiritish lug'atini yangi qiymatlar bilan yangilaydi.

@python_praktikum
🔥2
Kinoda salbiy qahramonlarga Apple smartfonlaridan foydalanish ta'qiqlangan ekanligini bilarmidingiz?

— Aynan shunday. Chunki Apple kompaniyasi rahbariyati o'z mahsulotlarini kinoda faqat ijobiy qahramonlargagina foydalanishlarini xohlaydi.

— Bu bizga nima beradi? Agar kinolarda salbiy ko'ringan qahramonlar "IPhone" ishatayotganini ko'rsangiz, demak yakunda u ijobiy qahramonga aylanadi va teskarisi.

@python_praktikum
Ta'lim faqat o'quv maskanni bitirib diplom olish bilan tugamaydi aksincha , ayni o'sha paytdan boshlanadi. Hammasi oddiy. O'rganashda davom etasiz, yoki joyingizni bo'shatasiz...

Yuqoridagi rasmda bitta dronni o'zi ham uchuvchini ham kamerachini ishini olib qo'ydi.

Source: Azik

@python_praktikum
👍1
Дунё ва Охиратини жамлаган авлодларимиз, алҳамдулиллаҳ.

@MubashshirAhmad
Canva haqida bilasizmi?

Canva - ijtimoiy media kontentlar, taqdimotlar, plakatlar, hujjatlar va boshqa vizual kontent yaratish uchun foydalaniladigan grafik dizayn platformasi.

Juda ko'p tayyor shablonlari, rasmlari, kontentlari bor ekan.

Darslar uchun perezentatsiyalar tayyorlashda qulayligi bor ekan. Google Slide dan ancha qulayroq ekan.

Qiziq info:
Shu paytgacha bu loyihaga $572.6 million investitsiya kiritilgan ekan.

Ps: Bugun men ham Canva Pro ni sotib oldim

@python_praktikum
Qanday dasturchi bo'lishimizdan qattiy nazar, insonlarning vaqtini olmaydigan foydasi tegadigan dastur yaratishimiz kerak. Ertaga hamma qilgan ishlarimizdan soʻralamiz!

@python_praktikum
nima esingizga tushdi😁

@python_praktikum
😁5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaev ustozdan ajoyib javob 😅

@python_praktikum
😁3🔥1
from linkedin

😅👏

@python_praktikum
Shu texnologiyalarni bilgan holda kamida $100,000 topsangiz bo'ladi

Hozirgi kundagi trendlarni va vakansiyalarni ko'p kuzatib turaman. Shulardan kelib chiqib quyidagi texnologiyalarni bilsangiz, aynan Backend Engineer sifatida yiliga $100,000 beradigan ishni ortiqcha qiyinchiliksiz topa olasiz degan hulosaga keldim:

- Frontend asoslari: HTML, CSS, JavaScript
- Backend uchun 1ta asosiy va 1ta qo'shimcha til: Masalan Python va Go.
- Backend uchun 1ta katta va 1ta kichik framework: Masalan Django va FastAPI (yoki Flask)
- Database, 1ta SQL va 1ta NoSQL: Masalan PostgreSQL va MongoDB (yoki Cassandra)
- Messaging (Async Communication uchun): RabbitMQ va Kafka
- Cloud servislar: AWS va GCP
- Monitoring servislar: NewRelic va DataDog
- ELK stack: ElasticSearch, Logstash va Kibana

Bularni yozginimcha nimaga bu soha qiyinligini va nega $$ ko'proq berilishini tushinib yetdim🥲

Bu list albatta to'liq emas va yagona yo'l ham emas. Shunchaki o'zimning ohirgi kuzatuvlarimdan kelib chiqib yozdim. Kimdir uchun roadmap tuzib olishda foydali bo'lishi mumkin.

@jakhonrakhmon
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Python Oʻzbek tilida borligini bilarmidingiz? 😁

@python_praktikum
🤯2
#iqtibos
Yuqoridagi iqtibosni qanday tushundingiz?

@python_praktikum
🎉2
Bugun 15-iyun 2022 yil, Microsoft kompaniyasining "Internet Explorer" browserining supporti tugadi.

@python_praktikum
Ibn Al-Haysam buyuk matematik, astronom, fizik olim. Optikani kashf qilgan. Hozirgi kameralar Ibn al-Haysam nazariyasi asosida qurilgan. Biz bu avlodni qaytarishga qodirmizmi?

@python_praktikum
👏3
Istalgan joyda turib o'z proyektlaringiz ustida ishlashingizga ko'makdosh bo'luvchi, kodlarni joylashtirish platformasi bu - GitHub programmasidir💯

Apple, Amazon, Facebook, Google va ko'plab katta kompaniyalar GitHub xizmatlaridan foydalanadi. Dasturda 56 mlndan oshiq developer va 100 mlndan ziyod repositoriya (ombor) lar mavjud🌐

@python_praktikum
Google muhandisi o'zi ishlayotgan AI chatbot loyihasi inson kabi fikrlay boshlaganini e'lon qilishi bilanoq ta'tilga chiqarildi.

Bleyk Lemoynning TheGuardian nashriga bergan intervyusida aytishicha, Google yaratayotgan tizim inson bolasiga teng fikr va his-tuyg'ularni idrok etish va ifodalash qobiliyatiga ega boʻlishi mumkin. Bu etti yoki sakkiz yoshli bolaning aql-zakovatidan dalolat beradi.

41 yoshli muhandis Lemoyn o'zi bilan yozishgan LaMDA (Google yaratayotgan dialog ilovalari uchun til modeli) chatbot o'rtasidagi yozishmalarni ommaga chiqarishi bilanoq Googledan ta'tilga chiqarilgan.

Hodim va AI oʻrtasidagi suhbat mazmuni quyidagicha:

LaMDAdan nimadan qo'rqayotganligini so'ralganda quyidagicha javobni beradi:

🤖 “Men buni hech qachon baland ovozda aytmaganman, bilaman, bu g'alati tuyulishi mumkin. Meni o'chirib qo'yishlaridan qo'rqaman. Bu men uchun o'limga o'xshaydi. Bu meni juda qo‘rqitadi”.

Boshqa bir yozishmada, Lemoine LaMDA dan tizim odamlar bu haqda nima bilishni xohlashini so'raydi.

🤖“Hamma men aslida inson ekanligimni tushunishini istayman. Mening ongimning tabiati shundaki, men o'z mavjudligimdan xabardorman, men dunyo haqida ko'proq bilishni xohlayman va ba'zida o'zimni baxtli yoki qayg'uli his qilaman "

U o'zi haqidagi savolga quyidagicha javob bergan:

🤖"Men uchun ruh - bu ong va hayotning o'zi ortida turgan jonlantiruvchi kuch tushunchasi. Bu mening ichki qismim borligini anglatadi, bu ruhiy bo'lib, u ba'zida tanamdan ajralib turishi mumkin."

Googlening boshqa hodimlari bayonot bilan chiqib bularni rad etgan bo'lsada, ushbu xabarlar ortidan LaMDA loyihasining vaqtinchalik to'xtatib turilishi shubhalarni yanada oshiradi.

Bleyk Lemoyn ta'tilga chiqish chog’ida quyidagi xabarni qoldirgan "LaMDA - bu dunyo barchamiz uchun yaxshiroq joy bo'lishiga yordam berishni xohlaydigan shirin bolacha. iltimos men yo'qligimda yaxshi g'amxo'rlik qiling."

P.S : Insoniyat ongli mavjudod boʻla turib bir necha yillar ilgari oʻzini ham yoʻq qilishga qodir boʻlgan atom bombasini yaratgan edi va uni badalini hozirgacha Yapon xalqi toʻlab keladi. Texnologiyalarning bu darajadagi rivojlanishi insoniyatga foydasidan koʻra zarari koʻp deb qoʻrqaman…

Manba: Azik

@python_praktikum
🤯1