23 subscribers
120 photos
20 videos
3 files
72 links
👨‍💻 Dasturlash haqida foydali ma'lumotlar ulashaman

Shaxsiy fikrlar va kuzatishlar ham yoritib boriladi.

Murojaat uchun: @python_praktikum1_bot
Download Telegram
Tanishing, howdoi moduli. howdoi ingliz tilidan "Qanday qilib..." deb tarjima qilinadi. Bu modul yordamida siz istalgan dasturlash tiliga oid savollarga javob olishingiz mumkin.

Savol ingliz tilida bo'lishi kerak. Javob StackOverflow sahifasidagi top natija asosida qaytariladi. Albatta, qurilma internetga ulangan bo'lishi kerak.

Rasmdagi misolda men Pythonda for tsiklini qanday qilib yozishni so'radim, va ko'rsatilgan javobni oldim. Aslida bundan ham murakkab so'rovlar yuborish mumkin.

Marhamat, siz ham urinib ko'ring. Ehitmol, kimdur howdoi va googletrans asosida yangi bot ham yaratar (faqat Kirill-Lotin (Eng-Uz) bot qilaverasilarmi 😁).

Manba: python.sariq.dev
Qayg'uli, ammo shu bilan birgalikda ajoyib yangilik 🙂.

Internet Explorer 15-iyundan boshlab butunlay yopiladi.

@python_praktikum
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Junior dasturchidan portfolio so'raganda 😅
Telegram botni Heroku-ga python telegram botini joylashtirishning eng yaxshi usuli! (Vebhuklar yordamida pulni tejang 💸)

0. Tayyorgarlik
1. heroku.com sahifaisga kirib ro’yxatdan o’tasiz
2. Git CLI yuklab oling va o’rnating: https://git-scm.com/downloads
3. Heroku CLI yuklab oling va o’rnating: https://devcenter.heroku.com/articles/heroku-cli#download-and-install

1. Fayllarni tayyorlaymiz
1.Botingizni va kerakli fayllarni bitta papkaga saqlang
2.Asosy bot faylini bot.py yoki main.py deb nomlang
3.Papkada __init__.py faylini yarating (ichiga hech narsa yozish shart emas)
4.Papkada Procfile faylini yarating va ichiga quyidagi kodni yozing: worker: python bot.py (bot.py o’rniga asosiy faylingiz nomini yozing)
5.Agar pipenv muhitidan foydalanmagan bo’lsangiz, requirements.txt faylini yarating va ichiga barcha kerakli paketlar nomini yozing:
aiogram==2.14.3
wikipedia
requirements==2.26.3
2. Git
Quyidagi buyruqlarni Windows Powershell (terminal) dasturida oldinma-ketin bajaring:
     git init
git add -A
git commit -m 'initial commit'

3. Heroku CLI
Quyidagi buyruqlarni Windows Powershell (terminal) dasturida oldinma-ketin bajaring:
      heroku login
heroku create

Agar botni avval yaratilgan app ichiga yuklamoqchi bo’lsangiz:
      heroku git:remote -a app_nomi
git push heroku master
heroku ps:scale worker=1
Tabriklaymiz, botingiz ishga tushdi.🎉

Agar botingiz ishlamasa,
heroku logs --tail buyrug’i yordamida serverdagi loglarni ko’rish mumkin.

Manba:
mohirdev.uz
Hali ham Internet Explorer ishlatadiganlar bormi?😅
Linkedinda “по факту” yozish kerak. Nima ish qilgansan? Nima qo’lingdan keladi?

- Curious and ever learning
- I want to change the world
- I will be the best employee in your company

degan gaplar haqiqiy bullshit va juda ham cringy.

Fikrimni bitta tilda ifodalashni o’rganishim kerak, bilaman.

@jakhonrakhmon
Sunʼiy intellekt haqida gap ketar ekan, yaqinda yana bir qiziq loyihaga duch keldim.

Hozirda chatbot dasturlar chiqqan. Bu dasturlar asosan tex xizmat uchun ishlatiladi. Ishlash prinsipi oddiy, foydalanuvchilar eng koʻp so'raydigan savollarni yodlab olib, shularga javob berib turadi. "Ok Google" yoki "Siri" kabi.

Xullas bir dasturchi o'lgan otasi bilan yillar davomidagi yozishmalarini olib, sunʼiy intellekt yordamida chatbot yasagan. Chatbotga xabar yuborsa, huddi otasi javob bergandek javob yozayapti. Otamni sog'inganda gaplashib o'tiraman deydi. Etim junjukib ketdi.

Nima deysiz, bunday ixtirolar bizga kerakmi?

@sariqdev
Forwarded from IT Park Namangan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yuqorida ustoz Anvar Narzullayev aytganlariga o'xshash holat Koreyada ham bo'lgan. 2020-yilda Janubiy Koreyaning MBC teleradiokompaniyasi " Meeting You" nomli hujjatli filmida VR (Virtual Reallik) orqali ona 3 yil avval qon kassaligi bilan vafot etgan 8 yoshli qizi bilan virtual tarzda uchrashadi.

Video juda ta'sirli ishlangan bo'lib, ushbu videoda VR faqat o'yin uchungina emas texnologiyalar insoniyatga yaxshilik yo'lida xizmat qilishi mumkinligini yoritmoqchi bo'lishgan. Ushbu video omma orasida e'tirozlarni ham keltirib chiqardi, ko'pchilik bu inson psixologiyasiga yomon ta'sir etishi mumkinligini ham aytishgan bo'lsa-da , qizi bilan uchrashgan onaning fikri esa ijobiy.

Haqiqatdan video juda ta'sirli...

Manba: Azik 🇺🇿🧑🏻‍💻

👉 Biznes va IT kanali
💻Dunyodagi eng tezkor superkompyuter maksimal tezlik chegaralarini buzib tashladi!

The Frontier 1 eksaflop tezlik chegarasini buzgan birinchi kompyuter bo‘ldi. Bu 1 soniyada 1 000 000 000 000 000 000 (kvintilion) dan ortiq operatsiya degani.‌‌

@python_praktikum
🔥2🤯1
https://exercism.org/

Dasturlashda masala yechishni ahamiyati juda katta. Exercism da malakani ancha oshirib olsa bo'ladi.
math.gcd #amaliyot

math.gcd() metodi ikkita butun sonning eng katta umumiy boʻluvchisini qaytaradi. GCD - bu raqamlar qoldiqsiz bo'linadigan eng katta umumiy bo'luvchi. Ikkala raqam ham 0 bo'lsa, funksiya 0 ni qaytaradi. Agar raqamlardan biri belgi yoki harf bo'lsa, TypeError xatoligi chiqadi.

@python_praktikum
🔥2
math.isclose #amaliyot

math.isclose() metodi ikkita qiymat bir-biriga teng yoki teng emasligini tekshiradi. Qiymatlar teng bo'lsa True, aks holda False qaytaradi. Ikki qiymatning tengligi belgilangan mutlaq va nisbiy tolerantliklarga muvofiq belgilanadi. Nisbiy bardoshlik - bu ikki raqam orasidagi maksimal ruxsat etilgan farq. Standart qiymat: 1e-09. Mutlaq bardoshlik 0 ga yaqin qiymatlarni solishtirish uchun ishlatiladi. Qiymat kamida 0 bo'lishi kerak.

@python_praktikum
👍2
Hali ham ko'zingizni yumib kompyuterda yoza olmasangiz, Typing Club dagi bepul darslar va mashqlar sizga yordam beradi.

typingclub.com

ushbu xabarni ko'zimni yumib yozdim :)
Koʻpincha junior dasturchiga ish topish qiyin deb nolishadi. Men buni "juniordasturchiga ish topish qiyin" deb toʻgʻrilagan boʻlardim.

Aytingchi, qaysi sohada yangi bitiruvchi birpasda ish topib ketayapti? Bunday sohaning oʻzi yoʻq.

Har qanday sohada, junior lavozimlarga talabgor koʻp, raqobat katta va bu tabiiy.

Ish topa olmayotgan bo'lsangiz, sababi bor. Oʻsha sabablari ustida ishlang. Rad javobi olganda, iloji boʻlsa nima uchun rad qilishganini, qaysi kamchilik ustida ishlashni soʻrab oling va oʻz ustingizda ishlang.

Muhimi, ish qidirish jarayonida oʻsishdan to'xtamang. Oʻquv markazni yoki univerni 3 oy oldin bitirib, shu paytgacha birorta mustaqil loyiha qilmagan yoki yangi narsa o'rganmagan odamni men ishga olmasdim, masalan.

@sariqdev
When you realize your code has a bug 👀
math.copysign #amaliyot

copysign() - math kutubxonasing oʻrnatilgan funksiyasidir.
Boshqa raqamning ishorasini olish uchun foydalaniladi.Boshqa raqam belgisi manfiy yoki musbat bo'lishi mumkin. Ushbu misolda birinchi raqam ikkinchi raqamning belgisi bilan ko'rsatiladi.

@python_praktikum
Python Developer - Roadmap

@python_praktikum
New desktop setup.

Do you like it ?