Python Developer
8 subscribers
29 photos
2 videos
30 files
55 links
Pythonchilar uchun
Foydali kanal⚡️
Python darslari:
https://youtube.com/c/Sariqdev
https://python.sariq.dev
You tube kanal:
https://youtu.be/TgM7ftRkQW4
.
.
@shkholmatovvv #
Download Telegram
TOPSHIRIQ:
Mevalar nomli ro'yxat yaratib, ichiga olma,o'rik,gilos,anor elemetlarini joylang.Ro'yxatdagi 2- va 0 - elementlarini yonma yon consolga chiqaring.Natija:tarvuz qovun kabi chiqsin.

P.S.Topshiriq ro'yxat mavzusini o'z ichiga oladi.
#list
TOPSHIRIQ:
Bozorlik nomli ro'yxat yarating va int(input() orqali foydalanuvchidan ro'yxatdagi qaysi mahsulot ni olganligi so'rang va uni tekshiruv nomli o'zgaruvchiga yuklang.pop metodi orqali uni ro'yxatdan sug'urib olib,mahsulot nomli o'zgaruvchiga yuklang va consolga chiqaring.Sotib olinmagan mahsulotlar deb bozorlik ro'yxatini consolga chiqaring.

P.S.Topshiriq ro'yxat mavzusini o'z ichiga oladi
#topshiriq #list
TOPSHIRIQ:
Foydalanuvchidan 2 ta son kiritishi va juft yoki toq deb so'z kiritilishi so'ralsin.Agar u juft deb kiritsa,shu ikki son oralig'idagi juft sonlar,aks holda esa toq sonlar consolga chiqarilsin.

P.S.Topshiriq ro'yxat,if_else,for tskli mavzularini o'z ichiga oladi.
#topshiriq
#list #for #if_else
TOPSHIRIQ:
Foydalanuvchidan a va b son kiritishini so'rang.Shu bilan birga c son ham.a va b son orasidagi sonlar ro'yxatini shakllantiring va ro'yxat ichidagi sonlar foydalanuvchi kiritgan c songa qoldiqsiz bo'linsa shu son c songa qoldiqsiz bo'linadi degan matnni consolga chiqaring.

P.S.Topshiriq ro'yxatlar bilan ishlash mavzusini o'z ichiga oladi.
#topshiriq #list
TOPSHIRIQ:
100,123,147,149,150,690
Shu sonlarni ro'yxatga joylang va ular orasidagi eng katta va eng kichik sonlarni aniqlovchi va ro'yxatdagi barcha sonlar yig'indisini hisoblovchi va consolga chiqaruvchi dastur tuzing.

P.S.Topshiriq ro'yxatlar bilan ishlash mavzusini o'z ichiga oladi.
#topshiriq #list
TOPSHIRIQ:
Istalgancha argument qabul qilib, ularning yig'indisini qaytaruvchi funksiya tuzing.

P.S.Topshiriq moslashuvchan funksiya va ro'yxatlar bilan ishlash mavzularini o'z ichiga oladi.
#topshiriq #args #list
TOPSHIRIQ:
Ro'yxatdan bir xil bo'lgan elementlardan bittasi qoldirib qolganini o'chirib tashlaydigan funksiya tuzing.Ya'ni funksiya 2 ta:
list va element nomli argumentni qabul qilsin.List argumenti ro'yxatni qabulsin,element esa ro'yxatdagi shu elementni bittasini qoldirib,qolganini o'chirib tashlasin va funksiya listni qiymatini qaytarsin.
P.S.Topshiriq Funksiya va Ro'yxat
mavzusini o'z ichiga oladi.
#funksiya #list
🔝Ro'yxatga oid 17 ta eng foydali metodlar:
list_methods=['append', 'copy', 'count', 'del']
1.append() - elementni qabul qilib ro'yxatga qo'shadi.Misol:
list_methods.append("extend")
2.clear() - ro'yxatdagi barcha elementlarni o'chiradi.Misol:
list_methods.clear()
3.copy() - ro'yxatdan nusxa oladi.[:] bilan bir xil.Misol:
list_methods2=list_methods.copy()
4.count() - ro'yxatdagi biror elementni qanchaligini qaytaradi.Misol:
list_methods.count("del")
5.del() - ro'yxatdagi elementni indeksi bo'yicha o'chiradi.Misol:
list_methods.del(0)
6.extend() - 2 ta ro'yxatni bir biriga qo'shadi.Misol:
list_methods.extend(list_methods2)
7.index() - ro'yxatdagi elementni indeksini aniqlaydi.Misol:
list_methods.index("clear")
8.insert() - ro'yxatga elementni indeks bo'yicha qo'shadi.Misol:
list_methods.insert(2,"append")
9.join() - ro'yxatdagi elementlarni o'zgaruvchiga jamlaydi.Misol:
list_methods_str="".join(list_methods)
10.len() - ro'yxat uzunligini qaytaradi.Misol:
len(list_methods)
11.list() - o'zgaruvchiga yuklangan stringni ro'yxatga aylantiradi.Misol:
list_methods=list("append")
12.max() - sonlar ro'yxatidagi eng katta sonni qaytaradi.Misol:
max(numbers)
13.min() - sonlar ro'yxatidagi eng kichik sonni qaytaradi.Misol:
min(numbers)
14.pop() - ro'yxatdagi elementni indeks bo'yicha sug'urib oladi.Indeks berilmasa,ro'yxatdagi eng oxirgi elementni sug'urib oladi.Misol:
list_methods.pop(1)
15.remove() - ro'yxatdagi elementni o'chirib tashlaydi.Misol:
list_methods.remove("count")
16.reverse() - ro'yxatdagi elementlarni teskari tartibda tartiblaydi.Misol:
list_methods.reverse()
17.sort() - ro'yxatdagi elementlarni tartiblaydi.Ro'yxat string bo'lsa alifbo tartibida,son bo'lsa katta kichikligiga qarab.Misol:
list_methods.sort()
📝P.S.Postdagi metodlar alifbo tartibida yozildi.
©️Foydalanilgan qo'shimcha ma'lumotlar manbasi :
👉ushbu repositorydagi kod.
#list #metod
t.me/python_devveloper
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM