PYTHON🔤🆓
56 subscribers
43 photos
41 videos
11 files
56 links
Python dasturlash tilini birga o'rganamiz🤓🫡. Learning python together. Tips and tricks. With real projects.
Contact me: @imsafarov
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QR Generator Reader Bot

Botga ma'lumot yuborsangiz QR shaklida, QR yuborsangiz unga biriktirilgan ma'lumotni chiqarib beruvchi bot.
⚙️ Texnologiyalar:
💬 Aiogram 2

⬇️ Loyiha kodini quyidagi tugma orqali yuklab olishingiz mumkin.
📌 #projects #qrcode #telegrambot

python_core_oop
3
Pythonning media sohasidagi top 5 kutubxonalari ro'yxati:

1️⃣ OpenCV (opencv-python)

📌 Vazifasi: Kompyuter ko‘rish (Computer Vision) va rasm/videoni qayta ishlash.
Rasm va video oqimlarini real vaqtda qayta ishlash.
Obyekt, yuz va harakat aniqlash.
Filtr va effektlar qo‘llash.
AI model bilan obyektlarni tanish.

pip install opencv-python


2️⃣ face_recognition


📌 Vazifasi: Yuzlarni aniqlash va taqqoslash (Face ID).
Rasm va videodan yuzlarni aniqlash.
Yuz encodinglarini yaratish va solishtirish.
Yuzlarni avtomatik belgilash va kesish.

pip install face_recognition


3️⃣ MediaPipe


📌 Vazifasi: Google’ning real-time Computer Vision framework’i.
Qo‘l, yuz, tana va ko‘z harakatini kuzatish.
Pose estimation (yog‘och odam skeleti chizish).
Face Mesh (468 ta yuz nuqtasini aniqlash).

pip install mediapipe


4️⃣ PyTesseract


📌 Vazifasi: OCR — rasm ichidan matnni o‘qish.
Skanner qilingan hujjatlarni matnga aylantirish.
Suratdagi yozuvlarni avtomatik tanib olish.
CAPTCHA yoki screenshotdan ma’lumot olish.

pip install pytesseract


5️⃣ Scikit-Image


📌 Vazifasi: Rasmni ilmiy tahlil va qayta ishlash.
Rasm sifatini oshirish, shovqinni kamaytirish.
Segmentatsiya va obyekt tahlili.
Rang, histogram va struktura tahlili.

pip install scikit-image

python_core_oop
3
Face Id
Login/Register


Bu tkinter yordamida yaratilgan app bo'lib, unda ism va face id orqali register qilinib login qilish uchun mo'ljallangan simple app

⬇️ Loyiha kodini quyidagi tugma orqali yuklab olishingiz mumkin.
📌 #projects #faceid #app

python_core_oop
4
Dasturlashga yangi kirib kelgan dasturchilardan texnik intervyularda eng ko'p so'raladigan savollardan biri: "URL qanday komponentlardan tashkil topgan?"

Shu savolga javob
4
Qanday loyiha qilayotganimni topgan birinchi insonga shu loyiha kodini hadya qilaman 🤝
3
Loyihani video tarzida koʻrsatmoqchi edim OBS kompyuterimni qotirib tashadi. Rasmlar tarzida koʻrsatishga majburman. Xullas simple Quiz App.
1. Authentification
2. Profile
3. Add Test
4. Download Test
5. Statistics as history

Hoz mb tugab qoldi. Keyinroq Deploy qilib saytni linkini tashab qoʻyaman.
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QUEASY | Simple Quiz App

Sayt orqali roʻyxatdan oʻtib test yechish, test tuzish, testni yuklab olishingiz mumkin


⚙️ Texnologiyalar:
💬 Back: Django
💬 Database: MySql
💬 Front: Html, TailwindCSS

Sayt havolasi: https://iamsardordev.pythonanywhere.com
Github link: https://github.com/SafarovSardorDev/queasy

⬇️ Loyiha kodini quyidagi tugma orqali yuklab olishingiz mumkin.
📌 #projects #queasy #web

python_core_oop
4
Python dasturlash tili haqida film suratga olinibdi va kecha youtubga joylanibdi. Ko'ramiz subtitrni o'zbekchaga qo'yvolib 😅.
"Hujjatli filmlar ko'rib turish kerak dunyo qarash oshadi. Ayniqsa u kasbingizga aloqador bo'lsa!"
👍3🔥1
Forwarded from Azim Pulat
Tizimni optimizatsiya qilishning 3 yo’li:

1. Qilish shart bo’lmagan ishni qilmang.
2. Oldindan tayyorlash imkoni bo’lsa, tayyorlab qo’ying.
3. Keyinroq qilish mumkin bo’lsa, keyinroqqa qoldiring.
3👍1🔥1
Forwarded from Azim Pulat
Dasturchi o’sishi uchun 3 yo’l:

Dasturchi:
1. Qilish shart bo’lmagan ishlar qilsin.
2. Ko’p o’ylanib vaqt yo’qotmasin, qurishni boshlasin.
3. Hozir qilish mumkin bo’lgan ishni keyinga qoldirmasin.
🔥3👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Renamer Bot

Fayl nomlarini tez va oson o'zgartirib beruvchi bot.
Bitta kursdoshim sizni kompyuteriz bor shu faylni nomini oʻzgartirib bering degandi, shunga ja yoqtirib yubormasdan qiluvdim shu ishni.
Endi oʻzi qivoladi 😁
⚙️ Texnologiyalar:
💬 Aiogram 2

⬇️ Loyiha kodini quyidagi tugma orqali yuklab olishingiz mumkin.
📌 #projects #rename #bot

python_core_oop
👍3🔥1
Captcha (Completely Automated Public Turing test to tell Computers and Humans Apart) turlari juda ko‘p. Ularning asosiy maqsadi — odam bilan botni farqlash. Hozirgi kunda eng ko‘p ishlatiladigan captcha turlari quyidagilar:

🔹 An’anaviy captcha turlari

• Matnli Captcha
Harflar va raqamlar chalkashtirilgan shaklda beriladi, foydalanuvchi uni kiritishi kerak.
(masalan: A7bK9)

• Rasmli Captcha
Rasm ichidan to‘g‘ri elementni tanlash kerak.
(masalan: "Avtomobil bo‘lgan rasmlarni belgilang")

• Matematik Captcha
Oddiy misolni yechish kerak.
(masalan: 7 + 3 = ?)

• Audio Captcha
Matn o‘rniga tovush eshittiriladi, foydalanuvchi yozishi kerak.

🔹 Zamonaviy captcha turlari

• Google reCAPTCHA v2
"I’m not a robot" tugmasini bosish yoki rasmlardan tanlash orqali ishlaydi.
• Google reCAPTCHA v3
Umuman foydalanuvchidan hech narsa kiritish talab qilmaydi, faqat xatti-harakatlarini kuzatib, ball beradi.
• hCaptcha
reCAPTCHA ga o‘xshaydi, lekin ochiqroq va alternativ yechim sifatida ishlatiladi.
• Invisible Captcha
Ko‘zga ko‘rinmaydi, foydalanuvchi sayt bilan tabiiy aloqada bo‘lsa avtomatik tekshiriladi.

🔹 Qiziqarli captcha turlari

• Puzzle Captcha
Masalan, rasmni to‘g‘ri joyiga sudrab qo‘yish.
• 3D yoki animatsion Captcha
Harakatlanuvchi yoki 3D elementlarni ajratish kerak bo‘ladi.
• Mantiqiy Captcha
Oddiy savol-javob (masalan: "O‘zbekiston poytaxti qaysi?").

python_core_oop
👍3
pythondan foydalangan holda rasmli captcha yaratish:

from captcha.image import ImageCaptcha
import random
import string

# Captcha generator
image = ImageCaptcha(width=280, height=90)

# Random text
captcha_text = ''.join(random.choices(string.ascii_uppercase + string.digits, k=5))
data = image.generate(captcha_text)
image.write(captcha_text, 'captcha.png')
print("Captcha matni:", captcha_text)

python_core_oop
🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Captcha Bot

Xavfsizlik maqsadida userdan rasmli va audio captcha tekshiruvidan o'tkazib tizimga kirituvchi bot.

Fayllarni alohida tartibli qilib yaratib qo'ydim. O'z botingizga qo'shishda qiynalmaysizlar.


⚙️ Texnologiyalar:
💬 Aiogram 2

⬇️ Loyiha kodini quyidagi tugma orqali yuklab olishingiz mumkin.
📌 #projects #captcha #bot

python_core_oop
🔥31👍1👏1🤔1