PYTHON🔤🆓
56 subscribers
43 photos
41 videos
11 files
56 links
Python dasturlash tilini birga o'rganamiz🤓🫡. Learning python together. Tips and tricks. With real projects.
Contact me: @imsafarov
Download Telegram
Channel created
Assalomu aleykum. Bu kanalga python dasturlash tiliga oid postlar joylab boraman. Pythonni birga o'rganamiz. Inshaalloh manfaatli bo'ladi degan umiddaman.
2
Python ([ˈpʌɪθ (ə)n] — payton, piton) — turli sohalar uchun yuqori darajadagi umumiy maqsadli dasturlash tili. Uning dizayn falsafasi muhim chekinishdan foydalangan holda kodning oʻqilishiga urgʻu beradi. Uning til konstruksiyalari va obyektga yoʻnaltirilgan yondashuvi dasturchilarga kichik va yirik loyihalar uchun aniq, mantiqiy kod yozishda yordam berishga qaratilgan. Shuningdek Python sunʼiy intellekt hamda maʼlumotlar muhandisiligi sohalarining tili hisoblanadi.

Python deyarli barcha platformalarda ishlay oladi, xususan Windows, Linux, Mac OS X, Palm OS, Mac OS va boshqalar shular jumlasidandir. Python Microsoft.NET platformasi uchun yozilgan realizatsiyasi ham mavjud boʻlib, uning nomi — IronPython dasturlash muhitidir.

Guido van Rossum 1980-yillarning oxirida ABC dasturlash tilining davomchisi sifatida Python ustida ishlay boshladi va birinchi marta 1991-yilda Python 0.9.0 versiyasini ommaga eʼlon qildi.

Python dasturlash tiliga boʻlgan talab yildan yilga oshib bormoqda. CodingDojo portalining tadqiqotlariga koʻra, 2020—2021-yillarda aynan Python tilida dasturlovchi mutaxassislarga eng koʻp talab boʻlgan.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Turli dasturlash tillarida ma'lumotni consolega chiqarish (Chop etish).
Turli sohalar uchun kerak bo'ladigan dasturlash tillari.
cmd hacks
color a & tree

Internet
color a & curl parrot.live

Internet
color 2 & curl ascii.live/forrest

Internet
color 2 & curl ascii.live/rick

Internet
Sinab ko'rib reaksiya bosish esdan chiqmasin😜
Pythonda komentariyalar:
Bitta qatorga komentariya yozish uchun qator boshiga # (hashtag) qo'yiladi.
# This is a comment

Agar komentariyalar bir qatordan ortiq bo'lsa, komentariya yozish uchun komment boshiga va oxiriga """ - 3 ta qo'shtirnoq yoki ''' - 3 ta birtirnoq qo'yiladi.
"""This
is
a
comment"""

'''This
is
a
comment'''
❗️Ha aytgancha python dasturlash tilida birinchi bilish kerak bo'lgan narsamiz, chop etish print() methodi orqali amalga oshiriladi.
print("Hello World")
Pythonda o'zgaruvchilar:

1. str (string - matn) # x = "salom"
2. int (integer - butun son) # x = 4
3. float (float - haqiqiy son) # x = 4.0
O'zgaruvchilar type (turini) bilish uchun type() methodidan foydalaniladi.
x = "salom"
print(type(x))
string
Pythonda ma'lumot turlari.