PYTHONπŸ”€πŸ†“
56 subscribers
43 photos
41 videos
11 files
56 links
Python dasturlash tilini birga o'rganamizπŸ€“πŸ«‘. Learning python together. Tips and tricks. With real projects.
Contact me: @imsafarov
Download Telegram
πŸ” OOP nima?
OOP – bu Object-Oriented Programming (obyektga yo'naltirilgan dasturlash) degani. Bu uslubda dastur biror narsa yoki hodisani obyekt sifatida yaratadi.

πŸ”₯ Asosiy tushunchalar:
1️⃣ Class – obyektning qolipi. Bu yerda xususiyatlar (properties) va funksiyalar (methods) belgilanadi.
2️⃣ Object – class asosida yaratilgan haqiqiy nusxa.

πŸ’‘ Oddiy misol:

Tasavvur qiling, siz mashinalarni tasvirlayotgan dastur yozyapsiz. Har bir mashina o'z brendi, modeli va harakati bo'lishi kerak.

# Class yaratamiz
class Car:
def __init__(self, brand, model):
self.brand = brand # Xususiyatlar
self.model = model #Xususiyatlar

def drive(self): #obyektni harakatlantirish uchun method
return f"{self.brand} {self.model} harakatda!"

# Objectlar yaratamiz
car1 = Car("Toyota", "Corolla")
car2 = Car("Chevrolet", "Malibu")

# Natijalarni chop qilamiz
print(car1.drive())
print(car2.drive())

Output:
Toyota Corolla harakatda!
Chevrolet Malibu harakatda!

🎯 Xulosa:

Class – bu "Mashina qanday bo'lishi kerak?" degan savolga javob.
Object – bu ushbu class asosida yaratilgan aniq mashina (Toyota yoki Malibu).

@python_core_oop
πŸ”‘ Tavsiya:

Avval class va objectlarni tushuning.
Keyin meros olish va inkapsulyatsiyani o'rganing.
Amaliyot qiling – o'zingizning obyektlaringizni yarating!
πŸ’» OOP – real hayotdagi narsalarni kodda yaratish imkoniyatidir! πŸ‘¨β€πŸ’»βœ¨

@python_core_oop
πŸ›  Asosiy OOP tamoyillari:

Inheritance (Meros olish) – Bir classdan boshqa class xususiyatlarini olish.
Encapsulation (Inkapulyatsiya) – Ma'lumotlarni yashirish va himoya qilish.
Polymorphism (Polimorfizm) – Bir xil nomdagi funksiyalarni turli xilda ishlatish.

Quyida har birini misollar bilan soddaroq tushuntirishga harakat qilaman.⬇️

@python_core_oop
πŸ‘1
1️⃣ Inheritance (Meros olish)
Meros olish degani – bitta class boshqa bir classning xususiyatlari va funksiyalarini "meros qilib oladi." Bu, bir xil kodlarni qayta yozmaslikka yordam beradi.

Oddiy misol:
Tasavvur qiling, bizda hayvonlarni tasvirlovchi dastur bor. Barcha hayvonlarda "ovqat yeyish" funksiyasi bor, lekin har bir hayvonning ovozi har xil.
# Asosiy class (ota class)
class Odam:
def eat(self):
return "Ovqat yeyapti."

# Bola classlar (ota classdan meros olishadi)
class Ota(Odam):
def sound(self):
return "Ha xotin!"

class Ona(Odam):
def sound(self):
return "Qayerda yuribsiz!"

# Objectlar yaratamiz
ota = Ota()
ona = Ona()

print(ota.eat())
print(ota.sound())
print(ona.eat())
print(ona.sound())

Output:
Ovqat yeyapti.
Ha xotin!
Ovqat yeyapti.
Qayerda yuribsiz!


πŸ’‘ Xulosa:
Meros olish orqali barcha odamlarda ovqat yeyish funksiyasini qayta yozmasdan foydalanamiz. Lekin ovoz har biri uchun alohida.

@python_core_oop
πŸ‘2
πŸ›  Inkapulyatsiya (Encapsulation) haqida batafsil tushuntirish
Inkapulyatsiya (Encapsulation) β€” bu OOPning muhim tamoyillaridan biri. U ma'lumotlarni yashirish va faqat zarur joyda ularga kirish imkoniyatini yaratish uchun ishlatiladi. Maqsad – sinf (class) ichidagi ma'lumotlarni (masalan, o'zgaruvchilarni) tashqi dunyodan (ja dunyomasku 😁 lekin boshqa qanday ifodalashni bilmadim) himoya qilish.

Nima uchun inkapsulyatsiya kerak? πŸ€”
Xavfsizlik: Sinf ichidagi ma'lumotlarga to'g'ridan-to'g'ri kirishdan saqlanish, ma'lumotlarni buzilishdan himoya qilish.
Ma'lumotlarni nazorat qilish: Sinfning ichki ishlarini tashqi kodga ta'sir qilmasdan boshqarish.
Kodni soddalashtirish: Sinfning tashqi interfeysi orqali ma'lumotlar bilan ishlashni boshqarish.

Qanday qilib inkapsulyatsiyani amalga oshiramiz?
Private atributlar (xususiyatlar): Odatda sinfdagi o'zgaruvchilar boshida __ (ikkita pastki chiziq) qo'yilib private (yashirin) deb belgilanishi mumkin.
Getter va Setter metodlari: Bu metodlar orqali private ma'lumotlarga kirish va ularni o'zgartirish mumkin bo'ladi.

class BankAccount:
def __init__(self, balance):
self.__balance = balance # Private ma'lumot (yashirilgan)

def deposit(self, amount): # Hisobga pul qo'shish
self.__balance += amount

def get_balance(self): # Hisob balansini ko'rsatish (getter)
return self.__balance

def set_balance(self, new_balance): # Hisob balansini o'zgartirish (setter)
if new_balance < 0:
print("Balans manfiy bo'lishi mumkin emas!")
else:
self.__balance = new_balance

# Bank hisobini yaratamiz
account = BankAccount(50000)

# To'g'ridan-to'g'ri __balance ga kirish mumkin emas
# print(account.__balance) # Bu xato beradi!

# Yashirilgan balansni olish uchun getter ishlatamiz
print(account.get_balance()) # 50000

# Yashirilgan balansni o'zgartirish uchun setter ishlatamiz
account.set_balance(70000)
print(account.get_balance()) # 70000

# Salbiy balans qo'yishning oldini olamiz
account.set_balance(-1000) # Balans manfiy bo'lishi mumkin emas!
print(account.get_balance()) # 70000

Nima bo'ldi?
__balance - private o'zgaruvchi. Bu o'zgaruvchini to'g'ridan-to'g'ri print qilishga urinsangiz, xato beradi, chunki bu o'zgaruvchi yashirilgan.
get_balance() - bu getter metod. Bu metod orqali balansni xavfsiz ko'rishimiz mumkin.
set_balance() - bu setter metod. Bu metod orqali balansni o'zgartirish mumkin, lekin biz faqat musbat qiymatlarni qabul qilishga ruxsat berdik.

Output:
50000
70000
Balans manfiy bo'lishi mumkin emas!
70000


Xulosa:
Private o'zgaruvchilar sinf ichida yashiriladi. Bunday o'zgaruvchilarga to'g'ridan-to'g'ri kirish mumkin emas.
Getter va setter metodlari orqali private ma'lumotlarga kirish mumkin. Getter yordamida ma'lumotni o'qish, setter yordamida esa o'zgartirish mumkin.
Bu usul inkapsulyatsiyani amalga oshirishga yordam beradi, ya'ni tashqi kod ma'lumotlarga bevosita kirish imkoniyatiga ega bo'lmaydi va ular faqat ma'lum metodlar orqali boshqariladi.
πŸ’‘ Foyda: Inkapsulyatsiya dasturdagi xatoliklarni kamaytiradi va ma'lumotlarni himoya qiladi.

@python_core_oop
πŸ‘1
Hi guys! πŸ– Nima gaplar? πŸ‘€
Obunachilarimizga faqat nazariy ma'lumotlar tushunarli bo'lmayotgan ekan πŸ₯±. Shuning uchun πŸ†˜ bundan buyog'iga ochiq manbalardan olingan video darslar 🎞 va nazariy ma'lumotlar πŸ“ birga berilib ketiladi.
O'rganishdan to'xtamaymiz guys.
Good luck!!! 🫑
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
πŸ“Ή Object Oriented Dasturlash nima? β†’
πŸ‘€ Sariq dev β†’

@python_core_oop
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
πŸ“Ή Python Darslari | Object Oriented Dasturash. Klass va Obyekt β†’
πŸ‘€ Sariq dev β†’

@python_core_oop
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
πŸ“Ή Python Darslari | Object Oriented Dasturash. Obyektlar bilan ishlash β†’
πŸ‘€ Sariq dev β†’

@python_core_oop
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
πŸ“Ή Python Darslari | Object Oriented Dasturash. Vorislik va Polimorfizm β†’
πŸ‘€ Sariq dev β†’

@python_core_oop
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
πŸ“Ή Python Darslari | Object Oriented Dasturash. Inkapsulyatsiya. Klassga xos xususiyat va metodlar. β†’
πŸ‘€ Sariq dev β†’

@python_core_oop
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
πŸ“Ή Python Darslari | Object Oriented Dasturash. Dunder Metodlar. 1-qism β†’
πŸ‘€ Sariq dev β†’

@python_core_oop
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
πŸ“Ή Python Darslari | Object Oriented Dasturash. Dunder Metodlar. 2-qism β†’
πŸ‘€ Sariq dev β†’

@python_core_oop
1