Python bilan
4 subscribers
15 photos
3 links
Biz bilgan va bilmagan python
Download Telegram
Nima Uchun Python?

- Python turli platformalarda ishlay oladi (Windows, Mac, Linux, Raspberry Pi va boshqalar).
- Pythonning sintaksisi ingliz tiliga juda o'xshash.
- Pythonda dasturchilar ba'zi boshqa dasturlash tillariga qaraganda kamroq kodlar bilan dastur yoza olish imkoniga ega bo`ladilar.
- Python interpretatsiya tizimida ishlaydi. Bu kod yozilishi bilanoq ishga tushishi mumkinligini anglatadi.
Python sintaksisi

Python Indentation

Ya`ni pythonning kodni tanib olish mexanizmi. Bu mexanizm boshqa dasturlash tillarida turli xil belgilar ( {, }, ; ) ga asoslangan bo`lsa, pythonda bo`sh joy ( ya`ni space ) ga asoslangan.

Bu bo`sh joy boshqa tillarda faqatgina kodning o`qilishini osonlashtirish uchun ishlatilsa, pythonda uning ahamiyati juda katta.

Manba
Python kod blokini ajratish uchun bo`sh joydan foydalanadi.
Agar bo`sh joyni qo`yishni unutsangiz python xatolik xabarini beradi.
Bo`sh joylarning nechta ekanligi sizning qo`lingizda. Ammo ular kamida bitta bo`lishi kerak.
Shuni esdan chiqarmaslik kerakki: bitta kod blokida bir xil miqdordagi bo`sh joydan foydalanish kerak. Aks holda python xatolik xabarini beradi.
Pythonda Commentlar

Commentlar kodni izohlash uchun yoziladigan maxsus matnlardir.
Commentlar kodning o`qiluvchanligini oshiradi.
Commentlar kodni ishga tushishdan saqlash uchun ham ishlatiladi.

Manba
Commentlar # belgisi bilan boshlanadi va Python shu qatorni ishga tushurmasdan tashlab ketadi.
Commentlar qatorning oxirida ham joylashishi mumkin. Bunda python qator oxirini ishga tushurmaydi.
Comment albatta kodni izohlaydigan matn bo`lishi shart emas. U kodni ishga tushib ketmasligini ta`minlash uchun ham ishlatiladi.
Pythonda bir necha qatorli commentlar mavjud emas. Agar shunday commentga ehtiyoj tug`ilsa buni boshqa yo`l bilan qilish mumkin. Masalan: har bir qatorga # belgisini joylashtirib.
Pythonda stirng qiymat, o`zgaruvchiga taqdim etilmasa. U shu qiymatni tashlab ketadi. Bu narsadan ko`p qatorli commentlarni yozishda foydalanish mumkin.
Bu yerda python """ belgilari orasidagi narsalarni o`qiydi. Ammo, qiymat o`zgaruvchiga taqdim etilmagani uchun boshqa hech qanday amal bajarmaydi.
Pythonda o`zgaruvchilar

O`zgaruvchi ma`lumotni saqlash uchun kompyuter xotirasidan ajratilgan joy.

Manba
O`zgaruvchilarni yaratish

Pythonda o`zgaruvchilarni yaratish uchun maxsus buyruq yo`q.

O`zgaruvchi siz unga birinchi qiymatni taqdim etgan vaqtingizdayoq yaratiladi.
Pythonda o`zgaruvchilar uchun uning turini e`lon qilish shart emas. Hatto kod davomida o`zgaruvchi turini o`zgartirish ham mumkin.
O`zgaruvchi turini aytish

Agar o`zgaruvchi turini e`lon qilishni xohlasangiz. U quyidagicha amalga oshiriladi.
O`zgaruvchi turini aniqlash

O`zgaruvchi turini type() funksiyasi orqali aniqlash mumkin.
Bir tirnoq yoki qo`sh tirnoq

string turidagi o`zgaruvchilar bir tirnoq yoki qo`sh tirnoq yordamida e`lon qilinadi:
👍1
Bosh va kichik harflarga sezgirlik

O`zgaruvchi nomlari bosh va kichik harflarga nisbatan sezgir.

Quyidagi ifoda ikki xil o`zgaruvchini yaratadi:
👍4❤1