Python bilan
4 subscribers
15 photos
3 links
Biz bilgan va bilmagan python
Download Telegram
Channel created
Assalomu alaykum. Bu kanalda pythonning hamma xususiyatlarini imkon qadar yoritib boramiz.
Python nima?

Python eng mashhur dasturlash tillaridan biri bo`lib, u Guido van Rossum tomonidan 1991 - yilda yaratilgan.

Bu dasturlash tili quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:

- web development (server-side) (ya`ni web dasturlash sohasida),
- software development (ya`ni mobil va kompyuter dasturlari sohasida),
- mathematics (ya`ni matematikada),
- system scripting.
Python nima qila oladi?

- Pythondan web-ilovalarni yaratish uchun serverlarda foydalanish mumkin.
- Python ma`lumotlar ba`zasiga ulana oladi. Bundan tashqari, fayllarni o'qishi va o'zgartirishi ham mumkin.
- Pythondan katta ma'lumotlar ustida murakkab matematika amallarni bajarishda foydalanish mumkin.
- Va yana ko`plab ishlarni bajara oladi.
Nima Uchun Python?

- Python turli platformalarda ishlay oladi (Windows, Mac, Linux, Raspberry Pi va boshqalar).
- Pythonning sintaksisi ingliz tiliga juda o'xshash.
- Pythonda dasturchilar ba'zi boshqa dasturlash tillariga qaraganda kamroq kodlar bilan dastur yoza olish imkoniga ega bo`ladilar.
- Python interpretatsiya tizimida ishlaydi. Bu kod yozilishi bilanoq ishga tushishi mumkinligini anglatadi.
Python sintaksisi

Python Indentation

Ya`ni pythonning kodni tanib olish mexanizmi. Bu mexanizm boshqa dasturlash tillarida turli xil belgilar ( {, }, ; ) ga asoslangan bo`lsa, pythonda bo`sh joy ( ya`ni space ) ga asoslangan.

Bu bo`sh joy boshqa tillarda faqatgina kodning o`qilishini osonlashtirish uchun ishlatilsa, pythonda uning ahamiyati juda katta.

Manba
Python kod blokini ajratish uchun bo`sh joydan foydalanadi.
Agar bo`sh joyni qo`yishni unutsangiz python xatolik xabarini beradi.