AMD|Uz
202 subscribers
31 photos
5 videos
2 files
51 links
Assalom aleykum, ushbu kanal yurtdoshlarimiz uchun Artificial Intelligence sohasida bilim olishlari va uni amaliyotda qo'llashlari uchun yaratilindi. Materiallar asosan O'zbek va Ingliz tillarida berib boriladi. Sizga foydamiz tegsa duoda eslab qo'ying.
Download Telegram
Forwarded from Sariq Dev
Bugun, 20:30 da. O'tkazib yubormang.

LINK: https://www.youtube.com/watch?v=Cep2cA-Psyg
Assalom aleykum, barchaga. Kechagi taqdimotda ko'rilgan modelimizni ushbu link orqali tekshirib ko'rishingiz mumkin.

Kamchiliklar va tuzatishlar uchun, @amduzadmin ga murojat qiling.
Forwarded from Sariq Dev
Assalom alaykum hurmatli do'stlar, Data Science va Sun'iy intellekt Praktikum haqida ko'p savollar tushayapti. Quyida ularning ba'zilariga javob beramiz.

0️⃣ Praktikum davomiyligi
Praktikum 30 hafta (7+ oy) va 8 ta kursdan iborat. Birinchi kursimiz Pythonda Dasturlash Asoslari (1 oy) bepul va ochiq bo'lgani uchun, to'lov faqatgina 6 oy uchun olinadi.

1️⃣ Praktikum narxi
Praktikum uchun 1 marta 1.5 million soʻm yoki oyma-oy, 6 oy davomida 300mingdan to'lov qilish mumkin.

2️⃣ Praktikum tarkibidagi kurslar
Python Dasturlash Asoslar (4 hafta)
Data Sciencega kirish va DS metodologiyasi (2 hafta)
Maʻlumotlar tahlili (Data Analysis) (4 hafta)
Maʻlumotlarga ishlov berish (4 hafta)
Vizualizasiya (2 hafta)
Machine Learning (6 hafta)
Deep Learning (4 hafta)
Natural Language Processing (4 hafta)

3️⃣ Darslar formati
Kurslar yozib olingan video darslar va interaktiv daftar (Jupyter notebooks) koʻrinishida boʻladi.

4️⃣ Darslarga yozilish: https://cli.co/praktikum

Boshqa savollarni izohda qoldiring 👇
Har ilm va har fanning mohir ustozlari har shaharda yuzlab, minglab topilishlari mumkin. Ammo ular ichida xalq uchun qayg'urgan oqil va dono odamlar kam topilur. Ilm taraqqiy qilganlikdan, agar ahmoq qo'liga tushar ekan, butun olamni xarob qilgudek eng daxshatli qurollarni shu olimlar o'ylab chiqaradilar. Nodonlar qo'liga qurol olib topshirmoq mast-majnunlar qo'liga o't bermoq kabidur. Bular esa bir kuni butun olamga o't qo'yib yuborishdan ham toymaydilar.

ALIXONTO'RA SOG'UNUY
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalom aleykum. Youtube kanalimizda ko'ruvchilarimiz soni 10k ga yetibdi. Bu esa biz uchun katta ishonch belgisidir. Ilm olish yo'lida birgamiz. In sha Alloh, sizlarga foydali kontentlar yaratishda davom etamiz.
Forwarded from MohirDev.uz
Xabaringiz bor Data Science praktikum kursimizga ro'yxatga olishni boshlagan edik.

Qisqa fursatda praktikum darslarimizga ro'yxatdan o'tganlar soni biz kutgandan a'lo darajada. Qiziquvchilar, o'z karyerasida o'zgarish kiritmoqchi bo'lganlarga, va soha mutaxassislariga juda foydali praktikum bo'ladi degan umiddamiz.

Kursimiz haqida ma'lumotni endi https://postly.app/OQ veb sahifadan olishingiz mumkin.

Kursga ro'yxatdan o'tishni istasangiz, shu https://postly.app/OR link orqali o'ting.

Hafta davomida bir-nechta suhbatlar uyushtirdik.

Jamshid Muslimov bilan suhbatni ko'rish uchun https://postly.app/Eh

Muzaffar Djalolov bilan suhbatni ko'rish uchun https://postly.app/OS

Yangi haftada ko'pgina vebinar, va yangiliklarni sizlar bilan baham ko'ramiz.

Bizni kuzatib boring!

@mohirdev
#mohirdev
Elon aka, Tesla bot ni taqdimotini o'tkizmoqda.
Forwarded from Sariq Dev
Assalom alaykum hurmatli do'stlar, bugun bir suhbat qilmaymizmi?

Mavzu: Data Science va Sun'iy Intellekt Praktikum.

Sana: 04/09/2021
Vaqt: 20:00
Manzil: https://t.me/sariqdev?voicechat
Assalom aleykum, aziz yurtdoshlar. Koreyadagi hamyurtlarimiz tarafidan yo'lgan qo'yilgan "Oliy maqsad" loyihasiga taklif qilingan edik va oz bo'lsada o'z bilganlarimizni ulashdik. Suhbat juda ham samimiy o'tdi va bir qancha dolzarb muommolar ko'tarildi.

Sizlarga ham foydali bo'ladi deb o'ylab video bog'lanmasini ilindik:
https://youtu.be/xLR0tjWTIdw
Forwarded from Sariq Dev
Data Science va Sun'iy Intellekt online kursimiz avjida. Maqtanish emas, lekin men qo'rqmasdan "Bunday mukammal va sifatli darslar O'zbek tilida hali yozilmagan" deb ayta olaman.

Videolar, interaktiv amaliyotlar, testlar, onlayn vazifalar, yopiq guruhda muhokamalar va zoom uchrashuvlar, Xudo xohlasa bizni bitiruvchilar O'zbekiston bozoriga kuchli mutaxassisslar bo'lib kirib kelishadi.

Kursga baho berish uchun ai.mohirdev.uz/courses/ds sahifasiga kirib boshlang'ich videolarni ko'rishingiz mumkin.

Kursga yozilish uchun @islomnematt menejerimiz bilan bog'lanasiz.
Forwarded from Sariq Dev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Data Science qayerda ishlatiladi?
Bu soha kimlarga tavsiya qilinadi?
Data Science muhandislariga talab bormi?

Ushbu videoda yuqoridagi savollarga javob olasiz.

Data Science va sunʼiy intellekt praktikum: ai.mohirdev.uz
Forwarded from MohirDev.uz
Data Science va Machine Learning'da yiliga $1,000,000 daromad
Ahmoqona usullardan charchaganlar uchun

Endi men nima deb o'ylayotganingizni bilaman: “Tik, million dollar! Qo'ysangizchi; qani endi, million dollar topish shunday oson bo'lganda!". Meni eshiting, agar siz ushbu qoidalarga to'g'ri rioya qilsangiz, boshqalar kabi sizda ham bunday imkoniyat bo'lishi mumkin.

Ilm olishni boshlang! Data Science va Sun'iy Intellekt muhandisi bo'lishingiz uchun sizga bor yo'gi 1 yil vaqt kerak. Qolgan umringiz rohat va farovonda o'tishi albatta yaxshi mutaxassis bo'lib, kasbiy xotirjamlikga erishganingizdan keyin bo'ladi.

Keling sizga bir yo'l xaritasini taqdim qilayki, siz yaxshi ma'lumotlar muhandisi bo'lishingizda yordam bersin.

Data Science sohasiga qiziqqanlar uchun batafsil yoʻl xaritasini tuzamiz...

👉
https://bit.ly/birmilliondollar

Murojaat uchun:
👨‍💻 @MohirDev_Bot

@MohirDev — onlayn ta'lim platformasi

Web-site | YouTube | Facebook | Instagram
Forwarded from MohirDev.uz
Data science nima?

Data Science oʻz nomi bilan “science” yaʼni ilm-fanning bir yoʻnalishi. Zamonaviy Sunʼiy intellekt asosida ishlaydigan dasturlar ortida gigabayt, balki terabaytlab axborotlarni tahlil qilish, ulardan foydali maʼlumotlarni olish va nihoyat bevosita matematik modellar yaratish turadi.

Umuman olganda, sunʼiy intellekt yaratishning 70–80% vaqti maʼlumotlarni tahlil qilishdan va qolgan 20–30% esa bevosita dasturlashdan iborat. Shuning uchun bu sohaga kirgan insondan matematika, statistika va ehtimollar nazariyasidan minimal bilimlarga ega boʻlish talab qilinadi.

Data Scienceni o'rganishni istovchilarga - https://ai.mohirdev.uz/courses/ds/ tavsiya qilamiz.

Data Science mutaxassisi qancha oylik olishi qiziq bo'lsa,
ushu vakansiya bilan tanishing - https://tashkent.gorodrabot.uz/data_scientist
Assalom aleykum, azizlar. Barchamizga ramazon oyi muborak bo'lsin.
Assalomu aleykum va rahmatullohi va barakatuh, aziz dindoshim. Sizlarni Ramazon hayiti iydul fitr bilan muborakbod etamiz. Alloh taolo ibodatlaringizni dargohida qabul qilsin.
Stanford talabalari ML bo'yicha qilgan loyihalarini taqdimotini havoladan o'tib ko'rishingiz mumkin.
Shu sohadagi o'rganuvchilar aksariyat hollarda qanday turdagi loyihaga qo'l urishga ikkilanishadi. Mana shu videodan ham bir qancha g'oyolar olsa bo'lar ekan.

Videoga havola: https://www.youtube.com/watch?v=AZNTqytOhXk&t=12771s

P.S.: Biz ham ai.mohirdev.uz dagi kurslarimizda loyihalar qilish va ularni mahsulotga ayalantirish kabi darslarni ham qamrab olganmiz.
# meme of the say
# Machine Learning with Python😁
#IlmXorBo'lmas

Yaqinda facebookda kechgan qisqartirishlar sababli ko'plab iqtidorli insonlar ishsiz qolayotganiga ko'zingiz tushayotgandir. Rasmda keltirilgan inson ham aynan shu qisqartirilish sababli ishsiz qolganini linkedinda post qilib qoldiribdi. Bu 4200 ga yaqin insonni qiziqishiga sabab bo'libdi va izohlar qismida bir nechta recruiterlar yaxshigina korxonalarga ishga taklif qilishibdi. Bunga asosiy sabab, akadagi nufuzli universitetlardan olgan ilmi va tajribasi deb o'yladim.

#Xulosa: Ilmli inson xor bo'lmas. Yaxshi kadrlar doimo talash bo'ladi.
#Ogohlik

Bu post siz sevgan TikTok haqida.
Hozirgi kunda yurtimizda TikTokga qattiq bog'lanib qolganlar soni judayam ko'p, ayniqsa bu raqam z-avlod vakillari orasida juda ham katta.
Keling sizlarga TikTok haqidagi bir qancha faktlarni keltiraman zero TikTokdan foydalanishdan oldin fikr yurutsangiz.
TikTokni vatani Xitoy hisoblanadi. Lekin xitoyliklar TikTokdan foydalanmaydilar, ammo TikTokning xitoycha versiyasi Douyin platformasini ishlatishadi. Ya'ni Xitoy xududidagi kishilar faqatgina Douyin ishlata olishadi, TikTokni emas. TikTok esa butun dunyo ko'llamida qo'llaniladi. Xo'sh nima qilibdi deyishingiz mumkin?! Aslida muommo ham shunda. Bu ikkala versiya algoritmlari o'rtasida katta farq mavjud. Algoritm deganda siz ko'rgan kontentga qarab sizga yoqish ehtimolligi yuqori bo'lgan kontentlarni tavsiya qilishni nazarda tutayapman. Douyin platformasidagi algoritmda asosan ilmiy kontentlar (uyda bajarsa bo'ladigan tajribalar, akademik yutuqlar va h.k.lar) foydalanuvchiga tavsiya qilinsa, TikTokda esa butunlay teskarisi ya'ni odamni manqurt qiluvchi kontentlar (pranklar, faxsh, raqs va h.k.lar) tavsiya qilinadi. Bu faktni Amerikadagi mutaxassislar ham ta'kidlashmoqda va yanada chuqurroq o'rganishmoqda. Bundan ko'zlangan maqsad nima deb o'ylaysiz ? Odamlarni saviyasini tushurishdan nima naf ?
Javobi oddiy, aholisining saviyasi past bo'lgan davlatga ta'sir o'tkazish uni kerak bo'lsa bo'ysundirib olish oson bo'ladi.

Haliyam ishongingiz kelmayabdimi ? Unda yana bir fakt, Douyindan foydalanishda 14 yoshdan kichiklar uchun 40 minutlik kunlik cheklov bor. Demak bu platforma yaratuvchilari, kontenlarning yoshlar ongiga yaxshigina ta'siri borligini bilishadi.

Xulosa o'zingizdan.

P.S. : Post izlanishlar va shaxsiy fikrlarim asosida yozildi.
© Mansurbek Abdullaev
Vo ajabo, bu ketishdan boyib ketaman shekilli...