AMD|Uz
202 subscribers
31 photos
5 videos
2 files
51 links
Assalom aleykum, ushbu kanal yurtdoshlarimiz uchun Artificial Intelligence sohasida bilim olishlari va uni amaliyotda qo'llashlari uchun yaratilindi. Materiallar asosan O'zbek va Ingliz tillarida berib boriladi. Sizga foydamiz tegsa duoda eslab qo'ying.
Download Telegram
AMD|Uz pinned «Avvalambor assalomu aleykum guruh a'zolari. Sun'iy intellekt sohasidagi mutaxassis, yurtdoshimiz A'zamjon aka Nemadaliyevdan ajoyib interview. Interview davomida A'zomjon aka shaxsiy tajribalari, bir qancha proyektlari haqida gapirib o'tganlar. https://yo…»
Alhamdullilah, "500" davonidan ham o'tib oldik. Bildirilgan ishonch uchun tashakkur aytamiz barchaga. Tez kunlarda (juda oz fursatda) darslar chiqarishni o'z yo'liga tushuramiz va bu sizlarga foydali bo'ladi deb o'ylaymiz, In sha Alloh. Biroz kechikishlar uchun uzr so'raymiz.
AMD|Uz pinned «Data Science va AI (Sun'iy intellekt) yo'nalishiga kiraman deganlar uchun batafsil yo'l xaritasi. LINK: https://link.medium.com/P6hHrUMqzgb»
Forwarded from TTS Uzbekistan | TTS.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sun'iy intellekt yo'nalishida stajirovka uchun chet-elga borish shart emas!

AICOM - Sun'iy intellekt hamjamiyati 20ta dasturlash ko'nikmalariga ega yoshlar uchun stajirovka dasturini e'lon qiladi.

Ketma-ketlik bilan tanishing:
1) aicom.uz saytiga kirib amaliyotchilar uchun degan joydan ro'yxatdan o'tasiz
2) 11-Iyundan boshlab sizga aloqaga chiqishlarini kutasiz

Robotics Lab, TISS va TTS Uzbekistan kompaniyalari o'z yo'nalishlari bo'yicha tanlab bo'lganlaridan keyin javoblar e'lon qilinadi.

AICOM barchaga omad tilab qoladi👋

Sun'iy intellekt hamjamiyatiga qo'shilish: @aicomuz
Assalom aleykum azizlar!
Bugungi kuningizni soha mutaxassislarini suhbatidan boshlashga nima deysiz? Qiziq, machine learning (ML) modellarini qurdik, lekin bu modellarni real hayotda qanday ishlatamiz? Qanday qilib bu modellarni real hayotga tatbiq qilamiz? Aynan shu savolaringizga MLOps haqidagi suhbatdan javob topasiz. AI sohasidagi eng mashhur (big guy) insonlardan ajoyib suhbat.
https://youtu.be/Ta14KpeZJok
Forwarded from Gʻurbatda Gʻarib
Атрофимизни қумдан қурилган саройлар ўраб олаётгандек туюляптими сизга ҳам?

Ҳамма нарса турфа хил иллюзияларга боғланиб бизга тақдим этиляпти.

Ҳатто ривожланиш ва муваффақият сўзларини эшитган ёшлар тасаввурида пули ҳаддан зиёд кўп, мансабдор, амалдор ёки ҳамманинг кўнгил торларини чертувчи сўзларни топиб гапира оладиган сўзамоллар гавдаланадиган бўлиб қолди.

Бир ойлик даромадингизни 1000 долларга етказинг, сизга лидерликни ўргатамиз, деган баландпарвоз гаплар камдек, энди мансаб эгалари китоблар битиб, Гарвардда бошқалар меҳнати эвазига ўқиганларини муваффақият, деб кўрсата бошлашяпти.

Қачон ёшларга Стив Жобсни мақтаётганимизда, унинг пулига эмас, ишга нисбатан масъулияти ва талабчанлигига урғу бера бошлаймиз?

Қачон Билл Гейтс ҳақида гапираётганимизда унинг бойлиги ёки қайсидир ўқишни ташлаб кетганига эмас, изланувчанлигига кўпроқ эътибор қаратамиз?

Қачон Илон Маск ҳақида тўлқинланиб гапираётган чоғимиз, унинг ҳозирги бойлиги қанчалигига эмас, ихтироларига, кашфиётларига диққат қиламиз?

Қачон?

Қачон ютуб каналларимизда олди-қочди гаплар эмас, ихтирочилик қобилиятини шакллантиришга қаратилган видеолар пайдо бўлади?

Қачон биз чинакам интилувчан, техник ва технологик кашфиётларга қизиқувчи, таҳлилий, танқидий фикрлай оладиган ёшларни ривожлантиришни бошлаймиз?

Қачон ёшларимизга муваффақият пулдор, мансабдор ё амалдор бўлишда эмас, ҳеч бўлмаганда биргина одамни оғирини енгил қила олишда эканлигини ўргата бошлаймиз.

Кузатиб кўрсангиз баландпарвоз гаплар билан сизга бизнес юритишни ўргатаман, маркетингдан сабоқ бераман деяётган кўплаб спикерлар ўзлари негативлар билан ишлай олишмаётганини сезасиз.

Ахир маркетинг ва реклама билан шуғулланар экансиз, сизга нисбатан негативлар бўлиши мумкинлиги аввалдан ҳисобга олинади. Ҳатто маркетингни ўрганаётган ҳар бир бўлажак маркетологларга "негативлар билан ишлаш", деган алоҳида дарслар ўтилади.

Бироқ биздаги "муваффақият эгалари" ўзлари ҳам айнан мана шу услубни билмасликларининг ўзиёқ, уларнинг муваффақиятлари иллюзиядан бошқа нарса эмаслигини исботлаётгандек гўё.

Шу ўринда ҳамиша ўзимга, яқинларим ва фарзандларимга такрорлаб юрадиган сўзларим:

Чинакам муваффақият — бир бурда нон есанг ҳам, уни ҳалол пулга сотиб олаётганингдир. Чинакам муваффақият — аввал ўзинг илм ўрганишинг, сўнг уни бошқаларга ўргатишинг. Чинакам муваффақият — кўнгил хотиржамлиги, севимли ишингни қила олишинг, борингга қаноат, неъматларга шукр қила олишдир!

Пул, машҳурлик, обрў-эътибор — булар ҳаммаси биз инсоният учун қила олишимиз мумкин бўлган холис ишларимиздаги бир ёрдамчи воситалар, холос.

Йўлак охирига етганингда, суратдаги шардек катталашиб кетасан, деб уқтиришади. Бироқ қанча югар-югур, харажату ҳаракатлар билан охирига етиб бориб қарасанг, ҳали ҳам ўша-ўша турган бўласан.

✍️ Gavhar Nasrulloh
Assalom aleykum. Qurbon hayiti muborak bo'lsin.

Qilingan qurbonliklar Alloh dargohida qabul bo'lsin. Oilangizga doim baraka nurlari tushib tursin.
Xurmat bilan, AMD|Uz jamoasi
Channel photo updated
AMD|Uz
Assalom aleykum barchaga. Sizlarga kichik bo'lsada bir loyihamizni tanishtirmoqchi edik. Ushbu loyihamiz ko'krak qafasidagi COVID-19 infeksiyasi va boshqa pnevmaniya kasallikarini suni'y intellekt (AI) texnologiyasiga tayangan holatda aniqlab beruvchi botdir.…
Assalom aleykum. Ushbu botimizda, boshqacha rasmlarni yuborish orqali har xil test qilguvchilar topilgan edi. Ana endilikda ushbu botimiz, faqat X-ray rasmini tanib, unga tashxis qo'yadi.
@chest_x_ray_detector_bot
Forwarded from MohirDev.uz
Mohirlar Data Science va Sun'iy Intellekt praktikum darslarimiz taqdimoti kuni aniq bo'ldi!


Shanba kuni, 7 - avgust soat 20.30da Ustozlarimiz Anvar Narzullaev va Mansurbek Abdullaevlar bilan Mohirdev Praktikum taqdimoti bo'lib o'tadi.

Suhbat davomida, praktikum kurslar qanday tashkillashtirilayotgani, nimalar o'rgatilishi va qancha vaqt davom etishi haqida to'liq ma'lumot beriladi.

Ma'lumot o'rnida, Data Science va Sun'iy Intellekt praktikum kursimizda Numpy, Pandas, Matplotlib & Seaborn, Machine Learning, Supervised learning, Unsupervised learning, Deep learning va boshqa ko'pgina texnalogiyalarni qamrab olishi kutilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Mohirdev.uz - ko'plab insonlarning texnologiyaga bo'lgan munosabati va qarashini o'zgartirishiga ishonch bildirilayotgan onlayn ta'lim platformasi.


@mohirdev
#mohirdev
Forwarded from Sariq Dev
Bugun, 20:30 da. O'tkazib yubormang.

LINK: https://www.youtube.com/watch?v=Cep2cA-Psyg
Assalom aleykum, barchaga. Kechagi taqdimotda ko'rilgan modelimizni ushbu link orqali tekshirib ko'rishingiz mumkin.

Kamchiliklar va tuzatishlar uchun, @amduzadmin ga murojat qiling.
Forwarded from Sariq Dev
Assalom alaykum hurmatli do'stlar, Data Science va Sun'iy intellekt Praktikum haqida ko'p savollar tushayapti. Quyida ularning ba'zilariga javob beramiz.

0️⃣ Praktikum davomiyligi
Praktikum 30 hafta (7+ oy) va 8 ta kursdan iborat. Birinchi kursimiz Pythonda Dasturlash Asoslari (1 oy) bepul va ochiq bo'lgani uchun, to'lov faqatgina 6 oy uchun olinadi.

1️⃣ Praktikum narxi
Praktikum uchun 1 marta 1.5 million soʻm yoki oyma-oy, 6 oy davomida 300mingdan to'lov qilish mumkin.

2️⃣ Praktikum tarkibidagi kurslar
Python Dasturlash Asoslar (4 hafta)
Data Sciencega kirish va DS metodologiyasi (2 hafta)
Maʻlumotlar tahlili (Data Analysis) (4 hafta)
Maʻlumotlarga ishlov berish (4 hafta)
Vizualizasiya (2 hafta)
Machine Learning (6 hafta)
Deep Learning (4 hafta)
Natural Language Processing (4 hafta)

3️⃣ Darslar formati
Kurslar yozib olingan video darslar va interaktiv daftar (Jupyter notebooks) koʻrinishida boʻladi.

4️⃣ Darslarga yozilish: https://cli.co/praktikum

Boshqa savollarni izohda qoldiring 👇
Har ilm va har fanning mohir ustozlari har shaharda yuzlab, minglab topilishlari mumkin. Ammo ular ichida xalq uchun qayg'urgan oqil va dono odamlar kam topilur. Ilm taraqqiy qilganlikdan, agar ahmoq qo'liga tushar ekan, butun olamni xarob qilgudek eng daxshatli qurollarni shu olimlar o'ylab chiqaradilar. Nodonlar qo'liga qurol olib topshirmoq mast-majnunlar qo'liga o't bermoq kabidur. Bular esa bir kuni butun olamga o't qo'yib yuborishdan ham toymaydilar.

ALIXONTO'RA SOG'UNUY
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalom aleykum. Youtube kanalimizda ko'ruvchilarimiz soni 10k ga yetibdi. Bu esa biz uchun katta ishonch belgisidir. Ilm olish yo'lida birgamiz. In sha Alloh, sizlarga foydali kontentlar yaratishda davom etamiz.
Forwarded from MohirDev.uz
Xabaringiz bor Data Science praktikum kursimizga ro'yxatga olishni boshlagan edik.

Qisqa fursatda praktikum darslarimizga ro'yxatdan o'tganlar soni biz kutgandan a'lo darajada. Qiziquvchilar, o'z karyerasida o'zgarish kiritmoqchi bo'lganlarga, va soha mutaxassislariga juda foydali praktikum bo'ladi degan umiddamiz.

Kursimiz haqida ma'lumotni endi https://postly.app/OQ veb sahifadan olishingiz mumkin.

Kursga ro'yxatdan o'tishni istasangiz, shu https://postly.app/OR link orqali o'ting.

Hafta davomida bir-nechta suhbatlar uyushtirdik.

Jamshid Muslimov bilan suhbatni ko'rish uchun https://postly.app/Eh

Muzaffar Djalolov bilan suhbatni ko'rish uchun https://postly.app/OS

Yangi haftada ko'pgina vebinar, va yangiliklarni sizlar bilan baham ko'ramiz.

Bizni kuzatib boring!

@mohirdev
#mohirdev