AMD|Uz
198 subscribers
31 photos
5 videos
2 files
51 links
Assalom aleykum, ushbu kanal yurtdoshlarimiz uchun Artificial Intelligence sohasida bilim olishlari va uni amaliyotda qo'llashlari uchun yaratilindi. Materiallar asosan O'zbek va Ingliz tillarida berib boriladi. Sizga foydamiz tegsa duoda eslab qo'ying.
Download Telegram
Navbatdagi darsimiz ham youtube kanalimizga joylandi. Marhamat
Alhamdullilah. Obunachilarimiz 200 nafarga yetdi. Nisbatan kichik raqam bo'lishi mumkin. Ammo bizga shuncha insonlarning ishonchi va ularni bizga ajratgan vaqti juda ham muhimdir.
Assalom aleykum. 5-darsimiz hozir yuklanish jarayonida. Tez orada tayyor bo'ladi. Olloh xayrli qilsin.
Assalom aleykum barchaga, Machine Learning kurslarini O'zbek tilida o'rgatib kelayotgan yurtdoshimiz Sirojiddin Nuriev kanallarini linkini qoldirayapman. https://t.me/neuronsuz
Channel name was changed to «AI_with_Python_UZ(AMD|Uz)»
Assalom aleykum yurtdoshlar. Hozirda, bitirish uchun dissertatsiya yozish bilan bo'lib, darsliklar chiqarishga vaqt topa olmayabmiz. Buning uchun sizlardan uzr so'raymiz. Ammo, shunga qaramasdan foydali linklarni ulashgimiz keldi. MIT dan issiqgina tandirdan chiqgan Deep Learning kurslarini qabul qilib oling.https://youtu.be/5tvmMX8r_OM
Forwarded from PYTHON DASTURLASH TILI
Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” qarori loyihasi e'lon qilindi.

Prezident qaroriga muvofiq, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Intellektual-dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazi negizida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tashkil qilinmoqda hamda uning asosiy vazifalari belgilanmoqda.
Batafsil...
Mana shu jumlani eshitganimda, juda ham ta'sirlangan edim. Sizlarga qanday ta'sir qilganini kommentda qoldirishingiz mumkin.
Ajoyib interactive roadmapga ko'zim tushdi va ushbu roadmap ni sizlarga ham ulashgimiz keldi. https://i.am.ai/roadmap/#note
ML&DL mavzularini PyTorch kutubxonasi yordamida yoritib berayotganimiz haqida xabaringiz bor. Darslarimiz kontentlarini qisqa syllabus ko'rinishida yuklamoqdaman.
Forwarded from PYTHON DASTURLASH TILI
🔥 Sun'iy intellekt sohasi uchun eng yaxshi 5 ta dasturlash tillari


1. Python - soddaligi tufayli sun'iy intellektni rivojlantirish tillari ro'yxatida birinchi o'rinda turadi. Pythonga tegishli sintaksislar juda sodda va AI algoritmlarini unda osonlikcha hal qilish mumkin. Sun'iy intellekt uchun eng qulay tili bu Pythondir

2. R - statistik maqsadlarda ma'lumotlarni tahlil qilish va manipulyatsiya qilish uchun eng samarali til va muhit

3. Lisp - bu eng qadimgi va sun'iy intellektning rivojlanishi uchun eng mos tillardan biri

4. Prolog - tibbiy loyihalar ustida ishlash, shuningdek, sun'iy intellekt tizimlarini loyihalash uchun keng qo'llaniladi


5. Java - Sun'iy intellekt qidirish algoritmlari, sun'iy neyron tarmoqlari va genetik dasturlashda qulay.