⚡️ Подслушано в Бухаре | PvBux | Бухара
27.1K subscribers
24.5K photos
7.23K videos
34 files
2.01K links
Вся правда о жизни Бухары.

📨Обратная связь @pvbuxbot
📈Реклама @pvbpricebot

Администрация: @pvbadm
Download Telegram
⚽️ В столице прошла жеребьёвка республиканского этапа Кубка СГБ

В шестой раз по всем регионам Узбекистана среди юношей и девушек проходит турнир по футболу и мини-футболу на Кубок СГБ. Сегодня в столице представители команд, организаторы и футбольные чиновники определили пары республиканского этапа. Матчи пройдут 17–22 августа на полях академии «Бунёдкор», финал — 22 августа на стадионе «ЖАР».

⚽️ DXX kubogining Respublika bosqichiga qur'a tashlandi

Bugun poytaxtda ishtirokchi jamoalar vakillari, tashkilotchilar hamda futbol mutasaddilari ishtirokida DXX kubogining Respublika bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Jamoalar 17–22-avgust kunlari «Bunyodkor» akademiyasi maydonlarida o'zaro bahs olib borishadi, final uchrashuvi esa 22-avgust kuni «JAR» stadionida o'tkaziladi.

@PvBux
12🔥1
Погода дня ⛅️

Bugungi ob-havo ⛅️

@PvBux
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥132👍2
🔧 18 августа в части Бухары и района отключат газ на время ремонта

С 9:00 до 18:00 без газа останутся махалли Джобор, Шарк Юлдузи, Хавзи Нав, Лоша и Дилобод-Зафаробод — это 870 домохозяйств. С 8:00 до 17:00 отключение затронет махалли Саховат, Зарманок и Гала Осиё, где 521 домохозяйство. Причина — ремонт газопровода, сообщает пресс-служба «Худудгаз Бухара».

🔧 18-avgust kuni Buxoroning ayrim hududlarida gaz vaqtincha o'chiriladi

Buxoro shahrining Jo'bor, Sharq Yulduzi, Havzi nav, Losha mahallalari hamda Buxoro tumanining Dilobod-Zafarobod mahallalarida soat 9:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz ta'minoti to'xtatiladi — bu hududlarda 870 ta xonadon mavjud. Buxoro tumanining Saxovat, Zarmanoq va Gala Osiyo mahallalarida esa soat 8:00 dan 17:00 gacha gaz berilmaydi, bu yerda 521 ta xonadon bor. Bunga gaz quvurlarini ta'mirlash ishlari sabab bo'lmoqda, deb xabar qildi «Hududgaz Buxoro» GTF matbuot xizmati.

@PvBux
👎1110😭2🔥11
⚡️ 🔵“Buxoro” bugun o’z uyida turnir peshqadami “Neftchi” klubiga qarshi bahs olib boradi.

Superliga-2026
🏁 18-TUR
📆 18.08.26 ⏱️20:00

”Buxoro” - “Neftchi”
🏟 Buxoro FA stadioni

⚡️ 🔵 «Бухара» сегодня на своем поле сыграет против лидера турнира — клуба «Нефтчи».

Суперлига-2026
🏁 18-й тур
📆 18.08.2026 ⏱️ 20:00

«Бухара» — «Нефтчи»
🏟 Стадион Buxoro FA

@PvBux
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1512👏2👍1
⚡️ Подслушано в Бухаре | PvBux | Бухара
🔎 В Кагане ищут 22-летнюю Дилору Гуломову Девушка 10 августа около 00:10 вышла из ресторана «Zolotaya Buxara» и пропала. Домой она так и не вернулась. Дилора родилась 30 октября 2004 года, жила в махалле «Ziyokor» на улице Бухара шох, 47/2. Если вы её видели…
🔍 Пропавшая девушка найдена в Бухаре

Жительница Кагана, 2004 года рождения, пропавшая 10 августа, найдена живой и невредимой 15 августа. Сотрудники Каганского городского УВД обнаружили девушку в махалле «Турди Фарогий» в Бухаре, у многоэтажных домов. Сейчас её передали в Каганскую городскую прокуратуру для проведения дознания и оформления документов.

🔍 Bedarak yo'qolgan qiz Buxoro shahridan topildi

Kogon shahrida yashovchi, 2004-yilda tug'ilgan G'.D. joriy yilning 10-avgust kuni uyidan chiqib ketib, bedarak yo'qolgan edi. Kogon shahar IIB xodimlari olib borgan qidiruv tadbirlari natijasida qiz 15-avgust kuni Buxoro shahrining «Turdi Farog'iy» MFY hududidagi ko'p qavatli uylar atrofida eson-omon topildi. Hozirda surishtiruv ishlarini olib borish va hujjatlarni rasmiylashtirish uchun fuqaro Kogon shahar prokuraturasiga topshirildi.

@PvBux
🤣2212👍9😭8🤬7🔥2
📈 Экономика Узбекистана выросла на 8,5% за полгода

За прошедшее полугодие экономика Узбекистана выросла на 8,5%. Агентства «Fitch» и «Moody's» улучшили суверенный кредитный рейтинг страны на одну ступень, а в отчете Всемирного банка по инвестиционному климату Узбекистан занял 31-е место. Глава государства отметил, что эти результаты — следствие реформ, проводимых плечом к плечу с предпринимателями. Через программу «Миллий саноат занжири» частные компании получили заказы от крупных госкомпаний на 4 трлн сумов, а стратегические предприятия объявили список из 650 новых товаров для локализации, что открыло для бизнеса рынок на 1 млрд долларов. Порог перехода на НДС повышен с 1 млрд до 5 млрд сумов, кафе и ресторанам вернули 100 млрд сумов в виде «кешбека», а у фермеров благодаря нулевой ставке осталось 400 млрд сумов. Казахстан отменил ограничения на импорт 11 видов стройматериалов, с Туркменистаном введен режим беспошлинной торговли, а с Иорданией, Пакистаном, Ираном и Афганистаном заключены преференциальные торговые соглашения.


📈 O'zbekiston iqtisodiyoti yarim yillikda 8,5 foizga o'sdi

O'tgan yarim yillikda O'zbekiston iqtisodiyoti 8,5 foizga o'sdi. "Fitch" va "Moody's" agentliklari mamlakat suveren kredit reytingini bir pog'ona yaxshiladi, Jahon bankining investitsiya va ishbilarmonlik muhiti bo'yicha hisobotida esa O'zbekiston 31-o'rinni egalladi. Davlat rahbari bu natijalar tadbirkorlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi ekanini ta'kidladi. "Milliy sanoat zanjiri" orqali xususiy korxonalar yirik davlat kompaniyalaridan 4 trillion so'mlik buyurtmalar oldi, strategik korxonalar esa mahalliylashtirish uchun 650 dan ziyod yangi mahsulot ro'yxatini e'lon qilib, tadbirkorlarga 1 milliard dollarlik bozor yaratdi. Qo'shilgan qiymat solig'iga o'tish chegarasi 1 milliard so'mdan 5 milliard so'mga oshirildi, kafe va restoranlarga 100 milliard so'm QQS "keshbek" sifatida qaytarildi, qishloq xo'jaligi mahsulotlariga "nol" stavka joriy qilinishi hisobiga 400 milliard so'm fermerlarda qoldi. Qozog'istonda 11 turdagi qurilish materiallari importiga cheklov bekor qilindi, Turkmaniston bilan o'zaro bojsiz savdo rejimi yo'lga qo'yildi, Iordaniya, Pokiston, Eron va Afg'oniston bilan esa yuzlab mahsulotlar bo'yicha imtiyozli savdo bitimlari tuzildi.


@PvBux
🤣16🔥11👍5
💼 Малому бизнесу упростили доступ к кредитам: государство возьмёт на себя часть залога

В Узбекистане вводится система «контр-кафолат» для кредитования малого бизнеса — она решает главную проблему предпринимателей с гарантийным обеспечением. При кредите до 10 миллиардов сумов государство покроет 30 процентов залога, ещё 30 процентов возьмёт на себя Бизнесни кафолатлаш компанияси, 15 процентов — банки. Предпринимателю достаточно найти оставшиеся 25 процентов. Также заработал портал «виртуальный советник» с искусственным интеллектом, который поможет сократить расходы и ошибки. Для покупателей госактивов аванс снижен с 30 до 15 процентов, при полной оплате за шесть месяцев дадут скидку 25 процентов, а остаток суммы можно выплачивать в рассрочку на 7 лет без процентов. Цену непроданного за три месяца госимущества будут поэтапно снижать вплоть до 10 процентов, а срок аукциона сократят в два раза.

💼 Kichik biznesga kredit olish osonlashadi: garovning bir qismini davlat oladi

O'zbekistonda kichik tadbirkorlar uchun garov ta'minoti muammosini hal qiluvchi "kontr-kafolat" tizimi joriy etiladi. Unga ko'ra, 10 milliard so'mgacha kreditda garovning 30 foizini davlat, yana 30 foizini Biznesni kafolatlash kompaniyasi, 15 foizini banklar o'z zimmasiga oladi. Tadbirkorga esa garovning 25 foizini topish kifoya. Shuningdek, "Virtual soliq maslahatchisi" orqali tadbirkorlarga xarajat va xatolarni kamaytirishga yordam beradigan sun'iy intellekt portali ishga tushirildi. Davlat aktivini sotib olishda avans 30 foizdan 15 foizga tushiriladi, olti oyda to'liq to'lov qilganlarga 25 foiz chegirma beriladi. Summaning yarmini to'lagan tadbirkor qolgan qismini 7 yilda foizsiz bo'lib to'lashi mumkin. Uch oyda sotilmagan davlat mulkining boshlang'ich narxi bosqichma-bosqich 10 foizgacha kamaytiriladi, auksion muddati esa ikki barobar qisqartiriladi.

@PvBux
👍125👎4🔥1
⚡️ Аванс за свет и газ для добросовестных предприятий снизят до 15 процентов

Президент объявил о снижении авансового платежа за электроэнергию и газ для предприятий, подключенных к системам ASKUE и ASKUG и не нарушавших платежную дисциплину. Теперь он составит 15 процентов вместо 100 процентов, которые ранее сокращали оборотные средства предпринимателей. Со следующего года в строительной сфере введут новый подход: на каждый человеко-час будет закладываться 5 процентов от минимальной зарплаты, в сметах гособъектов для подрядчиков предусмотрят 7 процентов прибыли, а на проектные работы выделят 4-7 процентов от стоимости объекта. Также поставлена задача создать экосистему «искусственный интеллект – эффективность управления – новые инвестиции».


⚡️ Elektr va gaz uchun avans to'lovi 15 foizga tushiriladi

Prezident ASKUE va ASKUG tizimlariga ulangan, to'lov intizomini buzgan tadbirkorlar uchun elektr energiyasi va gaz avans to'lovi endi 15 foiz bo'lishini ma'lum qildi. Ilgari tadbirkorlar 100 foiz oldindan to'lov qilishi aylanma mablag'ni qisqartirgani aytilgan edi. Kelasi yildan qurilish sohasida har bir ishchi-soat uchun eng kam ish haqining 5 foizi miqdorida mablag' rejalashtiriladi, davlat obyektlari smetasida pudrat korxonalari uchun 7 foiz foyda ko'zda tutiladi, loyihalash ishlariga esa obyekt qiymatining 4-7 foizigacha mablag' ajratiladi. Shuningdek, "sun'iy intellekt – boshqaruv samaradorligi – yangi investitsiyalar" ekotizimini yaratish vazifasi belgilandi.


@PvBux
🤣11👍3🔥21
⚖️ Штрафы для бизнеса сократят в среднем вдвое

Президент Узбекистана поручил снизить размеры всех видов штрафов в среднем в 2 раза. Сейчас право применять финансовые санкции есть у 51 ведомства, при этом критике подверглась практика, когда часть средств от штрафов остаётся у самих инспекторов — это порождает подход «проверит — боится, боится — платит». Подчёркнуто, что штрафы должны служить дисциплине и профилактике, а не сбору денег. Также автоматизируют возврат залоговых платежей предпринимателям за товары, купленные госкомпаниями. Со следующего года вводятся правила «презумпция правоты предпринимателя» и «предупреждение за первую ошибку»: бизнесмена, впервые нарушившего правила и не навредившего жизни, здоровью или имуществу людей, не накажут, а дадут 10 дней на исправление. Кроме того, надзорные органы будут платить госпошлину на каждом этапе суда после первой инстанции, а экспертному совету при Торгово-промышленной палате передадут споры в новых сферах — таможенной, строительной, санитарной, карантинной и ветеринарной.


⚖️ Barcha jarimalar miqdori o'rtacha 2 barobar kamaytiriladi

Prezident barcha turdagi jarimalar miqdorini o'rtacha 2 barobar kamaytirish topshirig'ini berdi. Hozir 51 ta idora moliyaviy jarima qo'llash vakolatiga ega. Ayrim idoralarda jarimadan tushgan mablag'ning bir qismi o'zida qolishi «tekshirsa – qo'rqadi, qo'rqsa – to'laydi» degan noto'g'ri yondashuvni keltirib chiqarayotgani tanqid qilindi. Jarima mablag' yig'ish uchun emas, sohada tartib-intizom va profilaktika uchun xizmat qilishi kerakligi ta'kidlandi. Shuningdek, davlat korxonalari xarid qilgan tovarlar bo'yicha tadbirkorning zakalat pulini qaytarish avtomatlashtiriladi. Kelasi yildan «Tadbirkorning haqlilik prezumpsiyasi» joriy etiladi — tadbirkorning aybi sudda isbotlanmaguncha unga jarima yoki boshqa ta'sir chorasi qo'llanmaydi. «Birinchi xato uchun ogohlantirish» qoidasiga ko'ra, birinchi bor qoida buzgan va odamlar hayoti, sog'lig'i yoki mulkiga zarar yetkazmagan tadbirkorga kamchilikni bartaraf etish uchun 10 kun beriladi. Nazorat organlari birinchi instansiyadan keyingi har bir sud bosqichida davlat bojini to'laydi, Savdo-sanoat palatasi huzuridagi ekspert kengashiga esa bojxona, qurilish, sanitariya, karantin va veterinariya sohalaridagi nizolarni ko'rib chiqish vakolati beriladi.


@PvBux
8🔥3
🍽️ «Бухарские шурданаки» получили статус географического указателя

«Бухарские шурданаки» официально зарегистрированы в государственном реестре в качестве географического указателя. Этот традиционный продукт связан с многовековыми узбекскими национальными традициями кулинарии и земледелия, отличается особым вкусом, качеством и способом приготовления. Культура приготовления шурданака передается в Бухарском оазисе из поколения в поколение и сохранилась до наших дней.

🍽️ «Buxoro sho'rdanaklari» geografik ko'rsatkich sifatida davlat reyestriga kiritildi

«Buxoro sho'rdanaklari» geografik ko'rsatkich sifatida davlat reyestridan rasman o'tkazildi. Bu an'anaviy mahsulot ko'p asrlik o'zbek milliy pazandachilik va dehqonchilik an'analari bilan bog'liq bo'lib, o'ziga xos ta'mi, sifati va tayyorlash usuli bilan ajralib turadi. Sho'rdanak tayyorlash madaniyati Buxoro vohasida avloddan-avlodga o'tib, bugungi kungacha saqlanib kelmoqda.

@PvBux
🔥52👍3611😭22
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🫡Вместе ради безопасного и благоустроенного города

Сотрудники органов внутренних дел помогают жителям, поддерживают порядок и участвуют в благоустройстве города.

🫡 Xalq bilan bir tan-u bir jon

Ichki ishlar xodimlari aholiga yordam berib, tartibni saqlash va shahar obodonchiligiga hissa qo‘shmoqda.

@PvBux
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15👍6🔥4🤣32
Сборная Узбекистана может сыграть с Аргентиной в Китае

Сборная Узбекистана под руководством Фабио Каннаваро может провести товарищеский матч с Аргентиной. По данным Championat.asia, встреча ожидается 30 сентября в Китае. Если игра состоится, узбекистанцы получат возможность проверить себя в матче с чемпионами мира.

O'zbekiston terma jamoasi Argentinaga qarshi o'ynashi mumkin

Fabio Kannavaro boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Argentina bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi mumkin. Championat.asia ma'lumotlariga ko'ra, uchrashuv 30 sentyabr kuni Xitoyda bo'lishi kutilmoqda. Agar o'yin amalga oshsa, O'zbekiston jahon chempioni bilan kuch sinashish imkoniyatiga ega bo'ladi.

@PvBux
🤣20🔥15👍135
⚡️⚡️ «Бухара» разгромила «Нефтчи» в 18-м туре Суперлиги

Матч 18-го тура Суперлиги между командами «Бухара» и «Нефтчи» завершился со счётом 4:1 в пользу хозяев поля.

⚡️⚡️ «Buxoro» «Neftchi»ni 18-turda yirik hisobda mag'lub etdi

Superliga 18-turidan o'rin olgan «Buxoro» – «Neftchi» uchrashuvi mezbonlarning yirik g'alabasi bilan yakunlandi. O'yin 4:1 hisobida «Buxoro» foydasiga hal bo'ldi.

@PvBux
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥162👍51👏1912🤣22