Publication_uz
15.7K subscribers
1.04K photos
70 videos
101 files
1.09K links
Ilmiy brendingiz uchun plankalarni o‘zingiz qo‘ying!
Download Telegram
❗️Sarobga aylangan "amerika orzusi" va sarobga aylangan "scopus yoki "web of science"!

📣 Sohada bazaviy tushunchalarga ega bo'lmagan sodda va ishonuvchan mualliflarimizni ovlashga qaratilgan keng ko'lamli laxatron sxemalar davom etmoqda!

💵 Eng qiziqi tarafi jurnalda maqola chop qilish narxi 21$ bo'lib, bizning tanti mualliflarimiz vositachilar yordamida bu jurnalda maqolasini 210$ dan chop qilishyapti. Zo'r-aaa!

ISJ Theoretical & Applied Science jurnali 2013 yildan buyon har oyda bir marta chop qilinuvchi jurnal hisoblanadi.

🌐 Jurnalning rasmiy veb-sayti:
T-Science.org

🚫 ISJ Theoretical & Applied Science jurnali Scopus yoki Web of Science ma’lumotlar bazasiga kiritilmagan.

🔍 ISSN portal bergan ma’lumotga ko’ra bu jurnali Qozog'iston davlatida ro’yxatga olingan.

💵 Bitta maqola chop qilish narxi: 21$

❗️ ISJ Theoretical & Applied Science jurnali OAK tomonidan ilmiy "g'irrom" deb e'tirof etilgan jurnallar ro'yxatiga kiritilgan.
Asos:
https://oak.uz/pages/6395

Shuningdek, ISJ Theoretical & Applied Science jurnali soxta nashrlarga va potensial xavfli jurnallarga qarshi kurashuvchi Beall roʼyxatiga ham kiritilgan.
Asos:
https://beallslist.net/standalone-journals

P.s.: Qanaqa dunyoqarashli odamlar bilan yashapmiz? Jurnalning potensial xavfli ekanligi sohadagi vakolatli tashkilotning veb-saytida yozib qo'yilganligini bila turib shu jurnalda maqolalar chop qilyapmiz. "reform"ni o'zingizdan boshlang!

Murojaat:
@publicationu
Telegram:
@publish_uz
"Aziz farzandlarim, Sizlarni O'zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida yuksak qadrlayman" - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

P.s.: Yuksak ishonch uchun tashakkur Sizga janob prezident. Doimo ishonchingizni oqlashga va Sizga yordamchi bo'lishga tayyormiz!

Murojaat:
@publicationu
Telegram:
@publish_uz
"Tuya to'ydi, fil to'ydi, Sen to'ymading odamzod" turkumidan navbatdagi jurnal!

❗️Ming afsuski qurbonlar ko'p. Mashennik "hunter"larimiz tomonidan sohada bazaviy tushunchalarga ega bo'lmagan sodda va ishonuvchan mualliflarimizni ovlash ishlari davom etmoqda.

🔍 Firibgarlar tomonidan klonlashtirilgan Scopus ma'lumotlar bazasidagi navbatdagi jurnal: Studies in Symbolic Interaction

🚫 Jurnalning soxta(klon) veb-sayti:
http://www.studies-in-symbolicinteraction.com/index.html

🌐 Jurnalning original veb-sayti:
https://www.emerald.com/insight/publication/issn/0163-2396

🔝Scopus havola:
https://www.scopus.com/sourceid/18664

P.s: Jurnalning soxta(klon) veb-saytida maqolangiz chop qilingani bilan maqolangiz hech qachon indeksatsiya qilinmaydi. Boshqacha qilib aytganda maqolangiz hech qachon "scopus" yoki "web of science" deb tan olinmaydi.

Murojaat:
@publicationu
Telegram:
@publish_uz
📨 Insayderlarimiz bergan ma'lumotlarga ko'ra tez kunda quyidagi bazalar bilan xayrlashamiz:

1. (2) Journal Impact Factor
2. (5) Global Impact Factor
3. (6) International Impact Factor
Sevices
4. (15) Directory of Research Journals Indexing
5. (17) Open Academic Journals Index
6. (19) Scientific Indexing Services
7. (20) General Impact Factor
8. (21) InfoBase Index
9. (22) International Society for Research Activity
10. (23) Scientific Journal Impact Factor
11. (24) Scientific Research Publishing Inc
12. (26) Academic Journals Database
13. (27) Academic One File
14. (28) Advanced Science Index
15. (39) Impact Factor Search
16. (43.) Universal Impact Factor

P.s: Qaroqchi(хищник) va biznesga ixtisoslashgan jurnallarga qarshi sohadagi biz kutgan "reform"lardan biri.

Murojaat:
@publicationu
Telegram:
@publish_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔍 Siz bilan ham shunday holatlar sodir bo'lganmi?

Ushbu video "PROgress: O'zbekistonda nashr etilayotgan ilmiy maqolalar" loyihasidan olingan.

P.s: Ilmiy dunyoqarashingizni hozirdanoq o'zgarishini xoxlasangiz ko'rsatuvni to'liq holatda albatta ko'ring!

To'liq videoni ko'rish:👇
🌐
https://www.youtube.com/watch?v=rP0uPWQ0LT4

Murojaat:
@publicationu
Telegram:
@publish_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔍 Jurnallar qanday qilib klonlashtiriladi?

Ushbu video "PROgress: O'zbekistonda nashr etilayotgan ilmiy maqolalar" loyihasidan olingan.

P.s: Ilmiy dunyoqarashingizni hozirdanoq o'zgarishini xoxlasangiz ko'rsatuvni to'liq holatda albatta ko'ring!

To'liq videoni ko'rish:👇
🌐
https://www.youtube.com/watch?v=rP0uPWQ0LT4

Murojaat:
@publicationu
Telegram:
@publish_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Qaroqchi(хищник) va biznesga ixtisoslashgan jurnallar haqida ma'lumotlarga egamisiz?

Ushbu video "PROgress: O'zbekistonda nashr etilayotgan ilmiy maqolalar" loyihasidan olingan.

P.s: Ilmiy dunyoqarashingizni hozirdanoq o'zgarishini xoxlasangiz ko'rsatuvni to'liq holatda albatta ko'ring!

To'liq videoni ko'rish:👇
🌐
https://www.youtube.com/watch?v=rP0uPWQ0LT4

Murojaat:
@publicationu
Telegram:
@publish_uz
❗️ Sarobga aylangan indeksatsiya orzusi. Potensial xavfli Web of Science ma'lumotlar bazasidagi jurnallar!

🌐 Bugungi kunda hayotimizni Scopus yoki Web of Science ma'lumotlar bazasidagi jurnallarsiz deyarli tasavvur qila olmay boshladik.

🚫 Talab shu darajaga yetdiki, ayrim mualliflarimiz chop qilmoqchi bo'lgan jurnallarning asosiy parametrlarini tekshirmasdan maqolalarini shunchaki chop qilmoqda.

Mashenniklar tomonidan taklif qilinayotgan potensial xavfli jurnallar ming afsuski mualliflarimiz tomonidan juda katta qiziqish bilan qarshi olinmoqda.

💵 Chunki ushbu jurnallarda maqola chop qilish juda oson(2-3 kunda maqolangiz e'lon qilinadi). Ikkinchidan bu jurnallarda bitta maqola chop qilish narxi juda arzon. Maqolalar taqriz va indeksatsiya qilinmaydi.

1. Journal of Advanced Zoology - o'rtacha maqola chop qilish narxi 250$

2. Bulletin of Environment, Pharmacology and Life Sciences - o'rtacha maqola chop qilish narxi 105$

Barcha universitetlar va institutlar ilmiy bo'limlaridan Scopus yoki Web of Science ma'lumotlar bazalarida chop qilindi deb topshiriladigan har bir maqolaning ko'rsatilgan bazalarga indeksatsiya qilinganligiga jiddiy e'tibor berishlarini so'rab qo'lamiz.

P.s: Qiziq "reform"ni o'zi nimadan boshlash kerak? Sizningcha mashenniklarga qarshi kurashgan maqulmi yoki o'zimizning ilmiy dunyoqarashimizni o'zgartirganmi? Hozirgi kundagi potensial jurnallar qurboni bo'lish anʼanasini avlodlarga meros qilib qoldirmaylik!!!

Murojaat:
@publicationu
Telegram:
@publish_uz
📣 Pulga sotib olingan soxta obro' yohud o'zining keyingi qurbonlarini kutayotgan trenddagi tanlovlar!

Keyingi vaqtlarda temirdan medal yasab, turli xil nomlardagi soxta tanlovlar tashkil qilish holatlari kuchayib bormoqda.

💵 Turli xususiy tashkilotlar tomonidan tashkillashtiriladigan va aslida hech qanday potensialga ega bo'lmagan ko'plab tanlovlarning maqsadi yagona bo'lib, asosan biznes qilishga qaratilgan.

Laxatron sxema juda oddiy: temirdan qanaqadir nomdagi medal yasaladi. Keyin soxta tanlov nomi o'ylab topiladi. Yakuniy bosqichda soxta tanlov ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilinib, sodda va ishonuvchan yoshlarimiz ovlanadi. Bir so'z bilan aytganda shunchaki pul bersangiz Sizga medal yasab berishadi.

💵 O'rtacha soxta tanlovlarda beriladigan medallar narxi 600.000 so'm. Shunaqa medallarni sotib oladigan axmoqlar ham bormi deysizmi?

🚫 Ming afsuski bunday soxta tanlovlarda qatnashib, medallar sotib olishingiz kelajakda Sizni real tanlovlarda qatnashish jarayonlarida juda katta minus sifatida qaraladi. Boshqacha qilib aytganda Siz biror grant yoki boshqa tanlovlarga hujjat topshirganingizda bunaqa soxta tanlov g'olibligi Sizga hech qanday foyda keltirmasdan, ayrim holatlarda hujjatlaringizni to'g'ridan-to'g'ri rad qilinishiga olib keladi.

🎯Nega shunaqa ekan: sohada biror ish qilmasdan turib soxta medallarni nima uchun pulga sotib olishmoqda?

❗️Soxta obro' ortidan quvib vaqtingiz va mablag'ingizni yo'qotmang. Mehnat qiling, o'z ustingizda ko'proq ishlang, bilimlaringizni oshiring va eng asosiysi hech qachon o'rganishdan to'xtamang!

Agar Siz o'z sohangiz bo'yicha mehnat qilib real yutuqlarni qo'lga kiritsangiz jamiyatimizning o'zi albatta Sizni o'zingiz kutgandan ham ko'proq taqdirlaydi!

Bu sohadagi jiddiy o'rganish natijalarini tez kunda kanalimiz orqali e'lon qilishni rejalashtiryapmiz.

Murojaat:
@publicationu
Telegram:
@publish_uz‌‌
Tuya to'ydi, fil to'ydi, Sen to'ymading odamzod!

❗️Mashenniklarimiz tomonidan yaratilgan Scopus ma'lumotlar bazasidagi "International Journal of Evaluation and Research in Education" jurnalining klon veb-sayti rasman o'z faoliyatini boshladi! Ogoh bo'ling!

🌐 Jurnalning original veb-sayti:
http://ijere.iaescore.com/index.php/IJERE/index

🚫 Jurnalning klon veb-sayti:
https://ijereiaescore.org/index.html

🔍 Jurnallar veb-sayti domenlarini o'xshash qilib klonlashtirish bugungi kunda eng ko'p uchraydigan holatlardan biridir. E'tibor berib qarasangiz original va klon veb-saytlar bir-biridan faqat "org" va "com" harflariga farq qiladi.

😳 Eng qiziq tarafi jurnalning soxta(klon) veb-sayti 2023-yil 22-sentabrda ro'yxatga olingan.
Asos:
https://www.whois.com/whois/ijereiaescore.org

🚫 Ming afsuski yaratilganiga 1 oy bo'lgan bo'lsa ham bir nechta sodda va ishonuvchan mualliflarimiz allaqachon jurnalning klon veb-sayti qurboniga aylanib bo'lishgan.

❗️Ey baraka topkurlar qanaqadir jurnalda maqola chop qilishdan oldin jurnalning barcha parametrlarini sinchiklab tekshiringlar. Maqolangiz qanaqadir jurnalning veb-saytida e'lon qilingani bilan indeksatsiya qilinmaguncha "scopus" yoki "web of science" maqola deb tan olinmaydi. Ayrim potensial xavfli jurnallarda hatto maqolangiz indekslanib 1-2 oydan keyin bazadan o'chirilib tashlanishi ham mumkin.

Biz hech qachon mualliflarimizni ochiqdan-ochiq aldashlariga yo'l qo'ymaymiz! Ogoh bo'ling odamlar ogoh bo'ling!

Murojaat:
@publicationu
Telegram:
@publish_uz
📣 O'zbek tilidagi kitob va monografiyalarni mutlaqo bepul chop qiladigan Yevropa nashriyotlaridan xabardormisiz?

🎯 Aslida hammasi Siz o'ylaganingizdan ham oson. Shunchaki ma'lumotlarni to'g'ri kiritsangiz bo'lgani.

💯 Internetda ishlash ko'nikmasiga ega har bir muallif o'z kitobini bemalol o'zbek tilida ham xalqaro nashriyotlarda bepul chop qilishi mumkin.

💪 Har bir chop qilingan kitob uchun maxsus ISBN raqami beriladi.

💵 Eng muhimi chop qilingan materiallar uchun hech qanday to’lov talab qilinmaydi va qaytanga Sizga chop qilingan materiallingizni dunyo bozorida sotilishiga qarab har yili gonorar to’lab boriladi.

Yevropada joylashgan "Globe Edit" va "Just Fiction" nashriyotlari ham o'zbek tilida kitob nashr qiladigan ana shunday nashriyotlardan hisoblanadi.

📚 "Globe Edit" nashriyoting kitob yuklash platformasi:
https://my.globeedit.com/cover_playgrounds/playground
📚"Just Fiction" nashriyoting kitob yuklash platformasi:
https://my.justfiction-edition.com/cover_playgrounds/playground

🔍 Shunchaki online havolaga kiring va kerakli ma'lumotlaringizni joylashtiring.

Kitobingiz 1 oy ichida chop qilinadi va Sizga elektron fayli taqdim etiladi.

Unutmang! Soxta o'rtakashlarning kitob va monografiyangizni faqat biz chop qilib beramiz degan gaplari aslida mutlqo yolg'on bo'lib, har bir muallif bu ishni shaxsan o'zi tekinga qilishi mumkin.

🔝Sifatni qadrlovchilar uchun. Professionallarga ishoning!

Murojaat:
@publicationu
Telegram:
@publish_uz
❗️Soxta(klon) veb-saytlarga ega Scopus ma'lumotlar bazasidagi jurnallardan himoyalanish uchun muhim eslatmalar!

1. Scopus mijozlarni qo’llab-quvvatlash markaziga murojaat qilib jurnalning joriy holati haqida aniq ma’lumot oling. 
📨
scopussupport@elsevier.com

2. Jurnallarning Scopus ma'lumotlar bazasidagi profilidan rasmiy veb-saytiga o’tuvchi maxsus havolaning to'g'ri va aniq ishlashiga e'tibor bering.

3. Jurnalning veb-saytida chop qilingan maqolalar bilan indeksatsiya qilingan maqolalarni solishtiring. Ular aynan jurnal veb-saytidagi bilan bir xil bo'lishi kerak.

4. Agar Sizda Scopus ma'lumotlar bazasidan to'liq foydalanish imkoniyati mavjud bo'lsa jurnaldan indeksatsiya qilingan maqolalar bo'limi orqali jurnalning rasmiy veb-saytiga maxsus havola orqali o'tishingiz mumkin. Bu havola faqat jurnalning rasmiy veb-saytiga o'tish imkoniyatini beradi.

5. Jurnallarni ro'yxatga oluvchi turli veb-saytlarga aslo ishonmang. Firibgarlar ataylab Sizni chalg'itishga harakat qiladi va asosan soxta(klon) veb-sayt ma'lumotlarini joylashtiradi.

6. Jurnalning Scopus profilida uning qaysi nashriyotga tegishli ekanligi qayd qilingan bo'ladi. Nashriyot bilan bog'lanishga harakat qilib jurnal haqida to'liq ma'lumot olishga harakat qiling.

7. Eng asosiysi jurnalning Scopusga qamrab olingan yillariga va jurnalning shu davr mobaynida chop qilgan maqolalarni sinchiklab ko'zdan kechiring. Bir nechta maqolalarni yuklab oling va ularni o'qib ko'ring. Jurnaldagi maqolalarning mualliflari qaysi davlatlarga tegishli ekanligiga alohida e'tibor bering.

8. Sizning maqolangiz jurnal veb-saytlarida e’lon qilinishi hamma vaqt ham uning Scopus ma’lumotlar bazasiga indeksatsiya qilinganini bildirmaydi.

📨 Agar Siz maqolangizni chop qilgan yoki chop qilishni rejalashtiryotgan jurnalning soxta(klon) sayti mavjudligida shubhalansangiz biz bilan bog'laning.

Murojaat:
@publicationu
Telegram:
@publish_uz
Maqola chop qilish mutlaqo bepul bo'lgan ilmiy jurnallar!

😍 Mualliflarimiz uchun ajoyib imkoniyat!

1.
International Journal of Scientific Research in Multidisciplinary Studies
2. International Journal of Scientific Research in Biological Sciences
3. International Journal of Scientific Research in Chemical Sciences
4. International Journal of Scientific Research in Physics and Applied Sciences
5. International Journal of Scientific Research in Computer Science and Engineering
6. World Academics Journal of Engineering Sciences
7. International Journal of Medical Science Research and Practice
8. World Academics Journal of Management
9. International Journal of Applied Science Research
10. International Journal of Clinical & Pharmaceutical Research
11. International Journal of Mechanical Engineering Research
12. International Journal of Civil Engineering Research
13. International Journal of Research in Education and Science
14. International Electronic Journal of Mathematics Education      
15.
Pedagogical Research           
16.
Electronic Journal of Medical and Educational Technologies      
17.
Electronic Journal of Medical and Dental Studies      
18.
Agricultural and Environmental Education      
19.
European Journal of Environment and Public Health      
20.
Interdisciplinary Journal of Environmental and Science Education

📨 Ushbu postni o'zingizga tanish guruhlarga va yaqinlaringizga maksimal ulashing!

Murojaat:
@publicationu
Telegram:
@publish_uz
Tuya to'ydi, fil to'ydi, Sen to'ymading odamzod!

❗️Mashenniklarimiz tomonidan yaratilgan Scopus ma'lumotlar bazasidagi "Onomazein" jurnalining klon veb-sayti rasman o'z faoliyatini boshladi! Ogoh bo'ling!

🌐 Jurnalning original veb-sayti:
https://onomazein.letras.uc.cl//index.php/onom

🚫 Jurnalning klon veb-sayti:
https://www.onomazein.com/index.php/onom

😳 Eng qiziq tarafi jurnalning soxta(klon) veb-sayti 2023-yil 21-iyulda ro'yxatga olingan.
Asos:
https://www.whois.com/whois/onomazein.com

🚫 Ming afsuski yaratilganiga 3 oy bo'lgan bo'lsa ham bir nechta sodda va ishonuvchan mualliflarimiz allaqachon jurnalning klon veb-sayti qurboniga aylanish arafasida turibdi ekan.

P.s: O'sha gap: hozirgi kunda vositachilar yordamida Scopus yoki Web of Science ma'lumotlar bazasidagi jurnallarda maqola chop qilish o'zingiz o'tirgan shoxni arralash bilan bir xil.

Biz hech qachon mualliflarimizni ochiqdan-ochiq aldashlariga yo'l qo'ymaymiz! Ogoh bo'ling odamlar ogoh bo'ling!

Murojaat:
@publicationu
Telegram:
@publish_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Scopus: Overview of journal metrics

Murojaat:
@publicationu
Telegram:
@publish_uz
Ortga bir nazar!

💯 Kuch – bilim va tafakkurda!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari tanlovi g‘oliblari!

🎯 Plankalar qanchalik balanddek bo'lib ko'rinmasin, aniq maqsad va doimiy o'z ustingizda ishlash orqali har qanday marralarni zabt etishingiz mumkin ekanligini unutmang. Orzular maqsadlarga, maqsadlar esa albatta reallikka aylanadi!

😊Muvaffaqiyatli va mazmunli hayot kechirish uchun hech qachon o'rganishdan va o'z ustingizda ishlashdan to'xtamang!

P.s: "...hech qanaqa sirli masalliqning o'zi yo'q..."(Kung Fu Panda multfilimidan). Muvaffaqiyat - bu 1% iste'dod, 99% mehnat!


Murojaat: @publicationu
Telegram:
@publish_uz
Scopus(Q2, maqola chop qilish bepul bo'lgan jurnal), yakunga juda oz qoldi!

1.5 yildan ko'proq vaqt ketgan maqolani ko'rib chiqish jarayonlari nihoyat yakunlanish arafasida! Ilmiy faoliyatimdagi eng uzoq davom etgan taqriz jarayoni!

🔍 Scopus ma'lumotlar bazasidagi yuqori kvartilli, maqola chop qilish bepul bo'lgan jurnallarda maqolalar chop qilish Siz o'ylagandek tez va oson amalga oshmaydi. Maqolalarni ko'rib chiqish muddatlari o'rtacha 8-10 oy, ayrim vaqtlarda undan ham uzoq davom etadi.

💯 Iloji boricha maqola chop qilish bepul bo'lgan Scopus yoki Web of Science ma'lumotlar bazasidagi jurnallarda maqolalar chop qiling. To'g'ri Siz vaqt jihatdan yutqazishingiz mumkindir, lekin Siz ham iqtisodiy, ham ilmiy jihatdan kafolatli natijaga erishasiz.

🚫 Maqolangizni qandaydir vositachilar orqali hech qachon Scopus yoki Web of Science ma'lumotlar bazasidagi jurnallarda chop qilishga harakat qilmang. 99% holatlarda aldanib qolib, mashenniklar qurboniga aylanasiz. Chunki ular taklif qilgan jurnallar aktivligini yo'qotgan yoki soxta(klon) veb-saytlarga ega jurnallar bo'lib chiqadi.

❗️Unutmang! Har bir chop qilgan maqolangiz Sizning bir umrlik ilmiy indikatoringizdir!


🔝Sifatni qadrlovchilar uchun. Professionallarga ishoning!

Murojaat:
@publicationu
Telegram:
@publish_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Elsevier nashriyotining jurnallarida maqolalar qanday tartibda ko'rib chiqiladi?

🌐 Scopus ma'lumotlar bazasi haqidagi ko'proq video materiallar "Instagram"dagi sahifamga joylab borilmoqda!

🎯 Shaxsiy sahifamga obuna bo'lish:
https://instagram.com/abdikarimovfakhriddin?utm_source=qr&igshid=MzNlNGNkZWQ4Mg==

🔝Sifatni qadrlovchilar uchun. Professionallarga ishoning!

Murojaat:
@publicationu
Telegram:
@publish_uz‌‌
Scopus(2023) uchun rejalashtirilgan so'nggi maqola!

🔍 Navbatdagi ilmiy maqolamizning hisob-kitob ishlari yakunlanib, Scopus ma'lumotlar bazasidagi navbatdagi ilmiy jurnalga yuborish uchun tayyor holga keltirildi.

🎯Umid qilamizki navbatdagi ilmiy maqolamiz ham jurnalning taqriz jarayonlaridan muaffaqiyatli o'tadi.

🌐 Rejalashtirayotgan jurnalimiz Scopus ma'lumotlar bazasidagi Q1 kvartilli ilmiy jurnal hisoblanib, amaliy matematika sohasidagi eng muhim ilmiy yangiliklarni chop qilib kelmoqda.

🔍 Hozirgi kunda Scopus va "Web of Science ma'lumotlar bazasidagi ko'plab jurnallar maqolalarni aynan
*.tex formatida qabul qiladi.

Tex Studio dasturi - Scopus va Web of Science ma'lumotlar bazasidagi jurnallarga yuboriladigan maqolalar matnini tayyorlaydigan maxsus dasturdir.
🌐
https://miktex.org/howto/download-miktex
🌐
https://www.texstudio.org

🔝Sifatni qadrlovchilar uchun. Professionallarga ishoning!

Murojaat:
@publicationu
Telegram:
@publish_uz
🌐 Yillar kesimida Scopus ma'lumotlar bazasiga hujjatlarni qayd qilinish tendensiyasi(O'zbekiston)!

2023 yilning shu vaqtiga qadar mamlakatimiz mualliflarining 4927 ta hujjatlari Scopus ma'lumotlar bazasida qayd qilingan.

🎯 Yillar kesimidagi statistikadan ko'rinadiki Scopus ma'lumotlar bazasiga hujjatlar indekslash rekordimiz joriy yilda yangilandi.

🔝Sifatni qadrlovchilar uchun. Professionallarga ishoning!

Murojaat:
@publicationu
Telegram:
@publish_uz
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Bulletenining 2023-yil 3-soni e'lon qilindi!

🌐 Online ko'rish uchun havola:
https://oak.uz/pages/28

🎯 "OAK Byulleteni" jurnalida izlanuvchilarning dissertatsiya tadqiqotlari mavzulari, dissertatsiya annotatsiyasi bilan birgalikda doktorlik dissertatsiyalari himoya qilinishi, talabgorlarga ilmiy darajalar berilishi hamda ilmiy unvonlar berilishi to‘g‘risidagi axborot va boshqa ma’lumotlar berib boriladi.

🔝Sifatni qadrlovchilar uchun. Professionallarga ishoning!

Murojaat:
@publicationu
Telegram:
@publish_uz