Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
564 subscribers
4.02K photos
256 videos
4 files
1.08K links
Maktabimizning tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

🌐 https://instagram.com/PTMA_MTIM
🌐 https://t.me/PTMA_MTIM
🌐 https://www.facebook.com/groups/ptma.muzrabot.im
▶️ https://www.youtube.com/@Muzrabot_tuman_IM

Murojaat uchun: +998(93)5418097
Download Telegram
#Bitiruvchilar_qurultoyi

⚡️ BITIRUVCHILAR QURULTOYI BO'LIB O'TDI

Bugun Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari uchun ilk marotaba “III Renessans bunyodkorlari” shiori ostida Bitiruvchilar qurultoyi bo’lib o’tdi.

📍Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilarini hаr tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ulаr bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, bitiruvchilarning takliflari asosida taʼlim jarayonini takomillashtirish, maktab taʼlimidan keyingi faoliyatidagi tajribalarini oʻquvchilarga yetkazish maqsadida tashkil etilgan ushbu yirik maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda mingdan ziyod bitiruvchi yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kirish so’zi bilan ochib, Davlatimiz rahbari tomonidan barcha jabhalarda bo’lgani kabi ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng islohotlar, qurultoyning ahamiyati haqida to’xtalib, bitiruvchilarga oq yo’l tiladi.

✔️Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda Agentlik tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi hamda 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

📆 Joriy o‘quv yilida Prezident maktablarini 319 nafar, ijod maktablarini 260 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 5 856 nafar o‘quvchi tamomlayotgan boʻlsa, oʻtgan oʻquv yilida Prezident maktablarini 326 nafar, ijod maktablarini 233 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 3 927 nafar o‘quvchi tamomlagan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Qadrli yoshlar, ertamiz egalari!

Barchangizni bugungi katta bayram — “30 iyun — Yoshlar kuni” munosabati bilan samimiy tabriklayman.

Katta faxr va iftixor bilan ta’kidlashim o‘rinliki, so‘nggi yillarda mamlakatimiz yoshlari jonajon O‘zbekistonimiz kelajagini bunyod etishda faol ishtirok etib kelmoqda.

Ayniqsa, maktabgacha va maktab ta’limi sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangi g‘oya va kreativ ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etishda tizimda faoliyat olib borayotgan minglab yosh pedagog va mutaxassislarning o‘rni katta.

Aziz yoshlar!

Bugungi kunda oldimizga qo‘yilgan sohadagi ulkan maqsadlarga erishishda g‘ayrat-shijoatli, intellektual salohiyati yuksak, har qanday vaziyatda ham hech ikkilanmay mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga o‘zida kuch va bilim topa oladigan sizlardek yosh yigit-qizlarga doimo suyanamiz hamda sizlarga to‘la ishonamiz.

Sizlarni yana bir bor bugungi katta shodiyona bilan qutlagan holda, barchangizga ulkan zafarlar, oldingizga qo‘ygan maqsadlarga yetishishingizda omad tilab qolaman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#kitob_chellenj

🔘 "Har 10 kunda bir kitob" chellenjiga start berildi

☑️ Ushbu chellenjda ishtirok etish istagini bildirgan kitobxon o'quvchilarimiz har 10 kunda o‘zlari o‘qigan asarlari bo‘yicha “Men sevgan asar qahramonlari video va rasmlarda” mavzusida ijodiy
ishlarini tayyorlaydi va ➡️ @nuriddin_abduraximov - telegram manziliga taqdim etadi. (o‘quvchi-yoshlar tomonidan o‘zi yoqtirgan kitobdagi qahramonlar obraziga kirgan holda 2-3 daqiqalik videolavha hamda A3 yoki A4 o'lchamli qog'ozda chizilgan rasmlar tayyorlab taqdim etishadi.

🎁 Chellenjimiz g'oliblar  2024-2025-o'quv yilining birinchi kuni, O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yilligi hamda "Bilimlar kuni" bayrami munosabati bilan tashkil etiladigan tantanali tadbirda taqdirlanadi.

🌍 Maktabning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
#imtihon_2024
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

📣📣📣📣📣

🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

❗️Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning 4-, 5-, 6-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi.

Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-10-sinflarga o‘tkaziladi.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumot ko‘rsatilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

📨 Shaxsiy kabinetga ushbu havola orqali kirishingiz mumkin https://ariza.piima.uz/application/cabinet

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_manzillari
#imtihon_2024
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️MUHIM ESLATMA

📆 Ertaga, 4-iyul kunidan Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari boshlanadi!

🌐Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati Agentligimizning rasmiy saytiga joylashtirildi.

📶 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin:

📍MANZILLAR ROʻYXATI

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_manzillari
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari

❗️MUHIM ESLATMA

📆 Ertaga, 7-iyul kunidan Prezident maktablariga kirish imtihonlarinig 1-bosqichi boshlanadi!

🌐Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati Agentligimizning rasmiy saytiga joylashtirildi.

📶 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin:

📍MANZILLAR ROʻYXATI

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal