ProLight
96 subscribers
781 photos
239 videos
281 links
▪️ Barcha tadbirlar uchun LED ekranlar, yoritish jihozlari, multimedia xizmatlari.
▪️ Loyiha vizualizatsiyasi
▪️ Eng yaxshi texnikalar
Yiliga +500 dan ortiq tadbirlar
https://www.instagram.com/prolight_uzb
www.prolight.uz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda hali bunaqasi bo‘lmagan!

⚡️ Konsta O‘zbekiston bo‘ylab naqd bir oylik “Vatan” deb nomlangan konsert turini boshlash arafasida turibdi. Loyiha ijodkorlari tur oldi matbuot anjumanini noodatiy uslubda o‘tkazishdi.

🎤 18-may sanasida Toshkent metrosining yer osti o‘tish yo‘lagida konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada jurnalist, bloger va jamoatchilik vakillari qatnashdi.

🤩 ProLight jamoasi ushbu konferensiyani sifatli ovoz, LED ekran va yoritish uskunalari bilan ta’minladi!

Tez kunda yangiligimiz bor… 🤫

📞 99-817-11-11
🌐 prolight.uz

@prolight_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡1👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirlar — yorqin, kreativ va esda qolarli!

🛠️ ProLight jamoasi mana 10 yildirki O‘zbekistondagi yirik tadbirlar, konsertlar, shoular, musobaqalarni texnik tomondan mukammal o‘tishini ta’minlab kelmoqda. Jamoamiz faqatgina bu bilan cheklanib qolmay, korporativ tadbirlar, seminar va forumlarni ham texnik qo‘llab quvvatlamoqda!

✨ Agar siz ham tadbir o‘tkazishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz bizga murojaat qilishingiz mumkin. Biz tadbirlaringiz uchun boshdan oyoq texnik tayyorgarlikni (sahna konstruksiyasi, LED ekran, yoritish uskunalari, maxsus effektlar, ovoz) o‘z zimmamizga olamiz va sizning tadbiringizni unutilmas qilish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz!

📞 99-817-11-11
🌐 prolight.uz

@prolight_uz
👍3🔥2⚡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shunchaki his qiling! 🤩

💡 Siz ko‘rib turgan ajoyib natijaga erishish uchun yoritish ustasi soatlab vaqtini sarflaydi.

Tasavvur qiling — ish jarayonidasiz, kun davomida yoritish uskunalarining ishlash ketma-ketligini bittalab terib chiqdingiz va natijasiga esa mana bu manzara… 🤤

📞 99-817-11-11
🌐 prolight.uz

@prolight_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2⚡1🔥1
Ferma konstruksiyasi nima?
⠀
⛓️ Odatda yoritish uskunalari, LED ekranlar va lazer nurlari soyasida qolib ketadigan ferma konstruksiyalari, aslida ushbu qurilmalarni tutib turuvchi asosiy tayanch vazifasini o‘taydi va butun sahna yoritish tizimining “suyak tuzilmasi”ni tashkil qiladi!

🔩 Ferma (Truss) — bu alyuminiydan yasalgan yengil, ammo juda mustahkam metall konstruksiya bo‘lib, u yoritish uskunalari, LED ekranlar, ovoz tizimlari, hatto dekorativ elementlarni joylashtirish va tutib turish uchun ishlatiladi.

Nega ferma konstruksiyalari zigzag (uchburchak) shaklda bo‘ladi? 🤔
🔺 1. Mustahkamlik va barqarorlik:
Uchburchak — geometriyada eng barqaror shakl hisoblanadi. Kvadrat yoki to‘rtburchak shakllar bosimda deformatsiyaga uchrashi mumkin bo‘lsa, uchburchakda bu holat bo‘lmaydi.

🏗 2. Yukni teng taqsimlash:
Uchburchak struktura yordamida og‘irlik fermaning barcha nuqtalari bo‘ylab bir tekis taqsimlanadi. Bu esa og‘ir yoritish uskunalarini xavfsiz osib qo‘yish imkonini beradi.

⚙️ 3. Og‘irlik va yengillik o‘rtasidagi muvozanat:
Zigzagli dizayn tufayli kam material bilan ko‘proq mustahkamlikka erishiladi. Bu degani — ferma yengil, ammo juda kuchli bo‘ladi.

🔧 4. Qulay yig‘ilish va modullik:
Zigzagli struktura turli uzunlik va shakllarda oson bog‘lanadi. Ferma qismlarini birlashtirish jarayonida egilish, qiyshayish holatlari kuzatilmaydi.


🏟️ Ferma konstruksiyasidan katta-yu kichik tadbirlarda, xususan, konsert, shou, televideniya, kinostudiya, ko‘rgazma, hatto stadion va arenalarda ham faol foydalaniladi!

🛠️ ProLight jamoasi ferma konstruksiyalaridan deyarli hamma loyihalarida foydalanib keladi. Yuqoridagi videolar orqali ushbu qurilmaning ishlatilish o‘rinlarini yanada yaxshiroq tasavvur qilishingiz mumkin.

📞 99-817-11-11
🌐 prolight.uz

@prolight_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2⚡1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Filarmoniya shou. Bitiruvchi 2025”

🎉 22-may kuni Humo Arenada bu yilgi bitiruvchi yoshlarga bag‘ishlangan, estradamizning mashhur vakillari chiqishlarini o‘z ichiga olgan “Filarmoniya shou” bo‘lib o‘tdi.

🤩 Konsert davomida yoshlar, Shohrux, Shahlo Ahmedova, Rayhon, DJ King Macarella, “Benom” guruhi, Xamdam Sobirov, G‘aybulla Tursunov, Shahriyor va Konsta kabi ijodkorlarning chiqishlaridan bahramand bo‘lishdi!

⚡️ Ushbu konsertni yorqin va esda qolarli bo‘lishini ta’minlash uchun, “ProLight” jamoasi zalning barcha nuqtalaridan ko‘rinuvchi diametri 12 metr bo‘lgan sahna yasadi, 230 metrlik ferma o‘rnatdi va unda 260 dan ortiq yoritish uskunalarining yorqin kompozitsiya shaklidagi harakatini ta’minladi!

📞 99-817-11-11
🌐 prolight.uz

@prolight_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2⚡1🔥1
Lady Gaga’ning Riodagi rekordi!

🇧🇷 2025-yilning 3-may sanasida Rio-de-Janeyro shtatining “Copacabana” plyajida Gaga o‘zining “Mayhem on the Beach” megakonserti bilan taxminan 2.5 million tomoshabin yig‘ib, “eng ko‘p tomoshabin to‘plagan ayol san’atkor” sifatida tarixga kirdi!

Sahna va texnologiyalar:
🔩 1 260 m² sahna + 60 metrlik LED ekran
🎵 Plyaj bo‘ylab 10 ta qo‘shimcha ekran
🔈 16 ta ovoz minorasi bilan to‘liq qamrov
🎭 Teatr uslubidagi sahna konsepti, aktyorlik, lazer va pirotexnika shoulari


🛠️ Sahna konstruksiyasi, ovoz minoralari va LED ekranlarning barchasi “Bonus Track” kompaniyasi ko‘magida tayyorlandi va boshqarildi!

👮‍♀️
Xavfsizlik:
5 000 dan ortiq
xodimlar jamoasi xavfsizlikni ta’minlashdi.
💰
Rio iqtisodiga ta’siri: taxminan 600 million real (≈ \
$106–109 million
)


✨ Konsert boshida Lady Gaga muxlislarga qarata: “Tonight, we’re making history” ya’ni “Bu kecha, biz birgalikda tarix yozamiz” dedi va so‘zini ustidan chiqdi!

Tarix bir kishi tomonidan yozilmaydi, tarix kuchli jamoa bilan birgalikda yoziladi. Tarixiy natijalarga erishish uchun haqiqiy professionallar jamoasini tanlash kerak! 😉

📞 99-817-11-11
🌐 prolight.uz

@prolight_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2⚡1
Tohir Sodiqov konsertidan fotohisobot!

⭐️ 1-iyun kuni Tohir Sodiqov (“Bolalar”) Humo Arenada o‘zining 35 yillik yubiley konsertini berdi. Tohir Sodiqov o‘zining ajoyib vokal mahorati va mana necha yillardirki tomoshabinlar tilidan tushmay kelayotgan yorqin xitlari bilan muxlislar yuragidan joy egallagan!

🤩 Rasmlar orqali konsertning yorqin va hissiyotlarga boy atmosferasini his qilishingiz mumkin. ProLight jamosi ushbu konsert uchun sahna yasadi, yoritish uskunalari o‘rnatdi, kinetik shar va lazer yordamida ko‘zni quvontiradigan manzarani hosil qildi!

Yaqin fursatlarda tadbirning eng qaynoq nuqtalaridan videolavhalarni ham qo‘yamiz… 🤗

📞 99-817-11-11
🌐 prolight.uz

@prolight_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩3⚡2👍1🔥1