Programming ∀
1.17K subscribers
2 photos
11 links
Ushbu kanalda IT va Dasturlashga aloqador mavzularda subyektiv fikrlarimni bayon qilaman.
Download Telegram
Forwarded from bahrom04
Startup loyihasida ishlayotganda qilayotgan ishimiz ochiqlanmaydi. Katta kompaniyalar bilan raqobatlashish uchun ular qilmagan yangiliklarni startaplar ommaga mahsulot tayyor boʻlgandan soʻng oshkor qiladilar.

Hozirgi ish joyimda qilayotgan ishim buning aksidir. Uzinfocom OSS (@uzinfocom_oss) boʻlimi — kodlari ochiq manbali dastur ishlab chiqarish boʻlimi hisoblanib, barcha ish jarayonlari GitHub’da ochiq turadi. Ishchilar oʻzaro Matrix’da yozishadi, lekin ishning koʻp qismini hamjamiyatlar bilan Telegram’da muloqot qilaman.

Shu guruhlardan bir nechtasini aytib oʻtay.

1. @uzbekl10n - Oʻzbek Mahalloylashtirish guruhi oʻzbek tilini AT (AyTi) sohasida rivojlanishiga hissa qoʻshuvchi texnik tarjimonlar yigʻilgan guruh boʻlib, barchani qiziquvchilarni shu guruhga taklif qilaman.

2. @xinux - Oʻzbekcha Linux distributivi. Uzinfocom OSS jamoasi bilan jadal tarzda rivojlantirilyapti. Yaqin oylarda 25.11 versiyasini nashr qilish payidamiz. Barchaga foydasi tegadigan qulay oʻzbekcha interfeys, imlo toʻgʻirlagich, oʻzbekcha lotin klaviaturasi va E-IMZO Manager dasturi bilan keladi. Ishlab chiqarish jarayoni qiziq boʻlsa, shu guruhga qoʻshilishni maslahat beraman.
🔥3👌1