Programming ∀
1.31K subscribers
142 photos
4 videos
1 file
102 links
Ushbu kanalda dasturlashga aloqador turli expriementlarim, g'oyalarim, hulosalarimni ulashaman.
Download Telegram
NosTalGiya

Nega bunaqa yozganman aytaymi ?

Rustda match if yozishni bilmaganiim uchun.
😁2
java 21+ silani ko'rsataymi ?

sealed interface PortResult permits Ok, Missing, NotNumeric, OutOfRange {}
record Ok(int port) implements PortResult {}
record Missing() implements PortResult {}
record NotNumeric(String str) implements PortResult {}
record OutOfRange(int value) implements PortResult {}

PortResult parsePort(String str) {
if (str.isEmpty()) return new Missing();
int port;
try {
port = Integer.parseInt(str);
} catch (NumberFormatException e) {
return new NotNumeric(str);
}
if (port < 1 || port > 65535) return new OutOfRange(port);
return new Ok(port);
}
👏6😱3
Nima bu karl!

Hide balance qilsam pastda hamma kartamni explicit ko’rsatyabti.

UI/UX gaku gap yo’q. X***a talimda mobile development kursidan berilgan uygavazifaga o’xshaydi.
3🤣3❤‍🔥1
Bizdagi sofware productlar pizdets borku. Bittasi oddiy hide balanceni eplolmagan bo'lsa boshqasiga shunchaki adashib kirib qo'yasangiz sizga call qilishadi. 1Fitni aytyabman.

Hullas odat qilib oldim har kuni kamida 3-4 marotaba 1Fitga kiraman va manga tel qilishadi. Ammo callgaga javob bermayman.

Ko'ramiz qachongacha cho'zilar ekan. Adashmasam uje 1 hafta bo'lyabti.
😁14
Nu classic hamma AIga salkam sig'inyotgan davrda. Bunaqa mantiqsizliklarga o'rganib qolamiz.

Nu sizni datani leak qilishlari yoki qo'rqmasdan sotishlari maylikuya endi o'zingizga kerakli appni ham ishlatolmaysizda chunki qayerdandir spawn bo'lgan qo'ylar tomonidan vapshe mantiqsiz interfeyslar ham qilinadi.

Shu "raqamlashgan" dunyodan vos kechib tog'u toshlarga ketishga yaqin qolyabti shekilli. Manimcha man robotlar inqilobidan oldin survoraman bunaqa mantiqsizliklardan kegin.
😁31
Shu joyda kimdir "rivojlangan texnalogiyalar..." deb qolsa bormi. Fonda esa HTMLdagi qanaqadir markuplar.

Mazzada.

Nu hotya shu ham yoqolib ketti manimcha chunki AI slop. AI musor generate qilishi yetmagandek odamlar musor generatorlar haqida musor generate qilishyabti.

Endi savol AI musor generate qilish bo'yicha odamlarni qachon replace qiladi ?
1
Ffmpeg erkak edi…

Shitposting tugadi.
😐11🕊1
Programming ∀
Gpg key generation api max 7s olyotgan edi. 100msga tushurdim. CVga refactor apis 70x faster perfomance deb yozsamikan ?
Alam qilyotgan joyi o’sha 7s ham man tomonimdan yozilganda.

Xozir CVlar haqida haqiqatni ochib qo’ydim bilmasdan.
😁131
Bu safargi relizda bizni haskell code va errorlarni detect qiladigan app ham chiqadi. Ehhe o’ylagan sayin hursand bo’lyabman.

Yana ozgina qoldi birinchi relizgacha, yana ozgina qorayib ishlasak…
😁3
Kriptografiya haqiqiy job security ekan yaxshilab o’ylab qarasam. Ish topish qiyin topsangiz yoqotmaysiz.
Filesystemlar haqida hech o'ylab ko'rganmisiz masalan fs hierarchy.
/
/root
/home
/home/user

Algorithmchilar biladi bu narsa oddiy tree. Ammo sizga algorithmlar ham yordam berolmaydi bazi caselarda.

Masalan oddiy edge case bor. / ni parenti yo'q.

Ho'sh siz qilyotgan structure, algorithmlar qnachalik tog'ri ekanini qanday tekshirish mumkin ?

Testlar ?
Xop biz qilgan fs treedagi barcha caselarni cover qilib ko'ringchi.

Manda boshqa ideya bor, agar testlarni aqli yetmaydigan bo'lsa demak boshqa narsa qilish mumkin.

Specifications

Hullas ideya bunday biz oldin spesifikatsiya yozamiz. Yani tizimni invariantlari va cheklovlarini tariflaymiz va qandaydir tool yani aynan shu specni check qiladigan tool barcha holatlarni analiz qilib biz qilgan modeldagi muammolarni ko'rsatadi.

Masalan Alloy6

sig Dir extends FSObject {}
sig File extends FSObject {}

abstract sig FSObject {
parent: lone Dir
}

sig Root extends Dir {} {
no parent
}

fact NoCycle {
no d: Dir | d in d.^(~parent)
}


Endi buni tushunishga xarakat qilamiz. Undan oldin keling specni mantiqiy darajada o'ylab olaylik biz oddiy directory uchun model qilamiz.

1. FSObject - Bu file yoki directory bo'lishi mumkin xozir bizni holatda faqat directory. Ammo FS objectda rule bor. Ko'pi bilan bitta parent dir. Mantiqiy jixatdan bitta directoryda 2ta parent bo'lmaydiku ahir ))

2. Root - eng top leveldagi directory / Bu yerda yana rule yani uning parenti yo'q.

Mana bizda qandaydir objectlar va ularga nisbatan mantiqiy qoidalar paydo bo'ldi. Endi yana bir mantiqiy qismi qoldi. Ammo buni biz fakt deymiz. Bu qoida emas yani talab emas bu aniq fakt!

Fakt quyidagicha: Hech bir directory o'zining ajdodi bo'la olmaydi

Etibor qilgan bo'lsangiz biz mantiqga asoslangan spesifikatsiya yozdik. Alloy6 esa manashu specni o'zi tekshiradi va bizni mantiqdagi xatoliklarni ko'rsatishi mumkin.
🔥2
Programming ∀
Filesystemlar haqida hech o'ylab ko'rganmisiz masalan fs hierarchy. / /root /home /home/user Algorithmchilar biladi bu narsa oddiy tree. Ammo sizga algorithmlar ham yordam berolmaydi bazi caselarda. Masalan oddiy edge case bor. / ni parenti yo'q. Ho'sh…
Speclarni kattaroq masshtabda ko’rsatib bersam balki ko’pchilikga tushunarli bo’lar.

Bugun yaxshi ideya berishgan edi. Permission control engine haqida.

Yani kimga qanday permission bor shularni check qiladigan engine. Uyoqga rule yozasiz va rulelar bo’yicha check qilsa bo’ladi kimni nimaga accessi bor. Masalan amazon cedar degan tilni va bunaqa servisni qilgan: https://docs.aws.amazon.com/verifiedpermissions/latest/userguide/what-is-avp.html

Manashuni minimal versiyasini o’ylayabman qandaydir DSL bilan.
🔥1
SQLite tomonidan db aynan qanday componentlardan tashkil topgani va qanday ishlashi haqida qisqacha yozilgan ekan. Kimgadir qiziq bo’lsa o’qishni va chuquroq kiromoqchi bo’lsa db engine bilan yozib ko’rishni tavsiya etaman.

Ancha oldin fs integrated Btree va MergeTree qilib ko’rgan edim. Keginchalik bu narsa juda katta foyda berdi yani systemd journal bilan ishlayotganimda. Ko’pchilik DB ishlatishni biladi ammo juda kam odam DBlar ichkarida qanday ishlashi haqida qiziqgan bo’lsa kerak. Qiziqgan bo’lsa ham shu classic WAL, Vacum yana birbalolar.

Hullas oshxonada pishirib ko’ring qiziqroq bo’ladi hayot.


https://sqlite.org/arch.html
🔥5👌3
Github shunchalik jonimga tegdiki aynan repolarni classify qilib mirror qilishni jiddiy o'ylay boshladim.

Ertalab ishlamagan edi, boshqa narsaga chalg'ib ketdim mayli deb. Xozir kompga o'tirsam yana shu axvol.

Kuniga eng kamida 10-15 requestlarim fail bo'ladi. Pull request emas page load yoki chala yokida osilib qoladi.
hmm, agar bu memory leak bo'lsa eng yaxshi habar
😁7
Bir qiziq steriotip bor.

Toshmat aytadi, X tilni o'rgansamikan qanday tavsiya berasiz ?

Ko'p beriladigan javob: Ko'p sakrama bittasini o'rgan!

Yaqingacha o'zim ham shunday javob berganman. Ammo fikrim o'zgara boshladi.

Masalan siz biror tilda qandaydir projectlar yoza olayabsizmi ? Uje production qilyabsizmi ?

Unda yangi tilni o'rganish makesense. Ammo birnecha nuaslarni hisobga olish kerak.

1. Maqsad. Shunchaki qiziq deyish doyim ham yaxshilikga olib bormaydi, biroz qiynalsangiz tashlab qo'yasiz. O'zimda ham shunday. Shu sababli aniqroq maqsad qo'yish kerak, masalan siz falon tilda aynan nimadir qanaqa qilinishini o'rganmoqchidirsiz. Aytaylik rustda error handling. Yoki boshqa tillarda Error handlingni o'rganyabsiz va rustdan boshladingiz.

2. Code yozish kerak. Hullas 40ta maqola o'qiysizmi video dars, conference ko'rasizmi foydasiz agar code yozmasangiz. Buning sababi siz code yozganda o'zingiz detailed design qilasiz. Shunda siz biror darslikda ko'rmaydigan holatlarga duch kelishingiz mumkin aytaylik Result<Result<T>> boshida match qilib yuraverarsiz, ammo savol paydo bo'lishi mumkin balki eng boshidan bunaqa narsaga olib kelmasmiz ? Hullas code yozish oqibatida tajriba ham olasiz va eng muhim qismi shu.

Kuzatuvchilar orasida qancha odam javada yozadi bilmayman. Ammo hamma ham manabu narsani bilmasligi aniq: https://t.me/programming_everyone/4186

Buning sababi esa comfort zone xisoblanadi. Siz falon tilda nima qanday qilinishini bilib olgansiz va siz uchun ananaviy uslubga aylanib qolgan. Endi bu uslubni o'zgartirishni istamaysiz.

3. Demak agar siz yangi til o'rganishni istasangiz eng muhim narsalardan biri bu sizni comfort zonedan tashqariga olib chiqish. Agar siz hamma joyda panic, va throw qilib tashlayotgan bo'lsangiz yangi til esa bunday qilishga bermasa siz xatoliklar bilan ishlashda yangicha qarashlarga ega bo'lasiz.

Yangi til o'rganib eski ish qilish - Masalan siz Javada backend yozasiz va Haskell o'rganyabsiz. Agar haskellda ham backend, crud yozaman desangiz unda biroz zerkib qolishingiz mumkin. Shu sababli boshqa muammoni hal etishga xarakat qilib ko'rish kerak. Masalan Haskellda sodda interpreter yozib ko'rarsiz.

Yangi til, yangi domain sizdagi dunyoqarashni va tajribani yanada oshiradi. Bu ham yana boshqa prismdan ko'rish imkonini beradi.

Hulosa: Hohish, motivation bo'lsa maqsadli xarakat yaxshi. Ammo bu narsaga hamma narsa kerak degan perespektivadan qarash kerak emas. Shunchaki qotib qolmaslik uchun harakat qilish ham yetarli bazida. Shunchaki etibor qilish kerak nimadir processdan qanday natija bo'lishiga. Agar maqsad process bo'lsa unda natija bo'lmaydi. Agar sizda natija yangi dasturlash tilini o'rganish bo'lsa bunga erishishingiz imkoni past deb o'ylayman. Agar sizda natija siz uchun yangi dasturlash tilida qandaydir dastur qurish bo'lsa unda buning foydasi bo'lishi mumkin.
🔥6
Misol uchun xozir Flix tilini o'rganyabman.

Maqsad nima ?

Maqsadim bu tilda production qilish emas. Asosiy sabab bu effect systemlar haqida o'rganish. Flix effect sistemalar tadbiq qilingan juda yaxshi tillardan biri xisoblanadi. Juda ko'p joyda effectlar bor lib ko'rinishida yoki til ichiga qo'shvorilgan. Flix misolida esa bu narsalar ancha osonlashtirilgan userga. Masalan effect capabilites bor bu narsa turli joylarda cheklovlar qilishga juda ham foydali. Undan tashqari monadlarni juda ham chiroyli moslashtriilgan Scala + Haskell bo'lib ko'rinadi ko'zimga. Yani scaladagi for comperhensions + haskells do notation. Bu narsa juda intuitiv syntaxga sabab.

Sodda aytganda effect sistemalarni sinab ko'rish, tushunish uchun yaxshi start point sifatida filix boshladim. Xozircha bazi oddiy primitiv samplelar yozdim endi sodda log rotation daemon qilyabman. Yani timestamp bo'yicha loglarni qarab chiqadi va eskilarini truncate qiladi.

Hullas maqsad effect sistemalar bilan yaqindan tanishuv, natija flixda log rotator. Bu narsa gitga chiqishiyam shartmas, bu narsaga notes ham kerakmas. Bu narsani aynan bugun yakunlashim ham shart emas. Shunchaki hammasi step by step ketaveradi. Manga Flix da fluend bo'lish ham qiziq emas.
Eng qiziq joyini aytaymi ?

Agar qachondir o'zim biror dasturlash tilini ishlab chiqsam va unga effect sistema qo'shishni istasam albatta flixdan biror g'oyani olaman.

Agar biror projectimda effect sistemalarga aloqador bazi muammolarga duch kelsam o'sha projectda ishlatgan ekotizimimga flixdagi g'oyani port qilishga xarakat qilib ko'raman.

Yani bunday researchlar manga long termda ham foyda beradi. Bazida biror dasturlash tilini o'rganishdan maqsad production qilish bo'lmasligi ham mumkin. Yani hamma narsa faqat production uchun, biznes uchun bo'lishi shart emas. Manashunday expirementlar sizni formada ushlab turadi, rivojlanishga yo'l ochadi. Muhimi shu maqsadingiz qandaydir output bo'lishi.
🔥5
Absulute kitob.
🤔9👌1