Programming ∀
1.28K subscribers
115 photos
1 video
1 file
81 links
Ushbu kanalda dasturlashga aloqador turli expriementlarim, g'oyalarim, hulosalarimni ulashaman.
Download Telegram
😁4
Programming ∀
Juda qiziq maqola. O'qishni tavsiya etaman. https://blog.haskell.org/a-couple-million-lines-of-haskell/
Umuman olganda 2-3 soatda kerakli hamma narsani setup qilib appga tegishli ko'p narsalarni tog'irlab oldim.

Bazi narsalarni test qilishga birmuncha ko'p vaqt ketdi nu asosan skill issuelar sabab.

Haskellda network application, backend yozish mavzusiga kelsak ecosystem mazza. Ammo bazi sal ezmaroq joylar bor, monad transformerlarni ko'proq practice qilish kerak. Yoki biror effect systemdan foydalanish kerak.

Infraga kerakli bazi narsalar bo'lmasligi mumkin. Ammo Bu ham unchalik muammo emas chunki unaqa narsalarga contribution qilish ham qiyin emas.

Masalan gpg keylar generatsiyasi uchun kerakli lib FFI ekan. Gpgmeda 2.0.0 versiyadan uje bazi eski apilar chopilgan. Repodan remove qivorilgan shu sababli buni o'zim fix qildim.

Huddi shunday gpg keylarni export qilish uchun libraryda apilar yo'q ekan bularni ham o'zim yozdim.

changes:
https://github.com/rethab/bindings-dsl/compare/master...lambdajon:bindings-dsl:relago

https://github.com/rethab/h-gpgme/compare/master...lambdajon:h-gpgme:relago

Kecha va bugun esa manashu narsalar chiqdi: https://github.com/xinux-org/relago-support/pull/5

Prototip uchun request paytida hamma narsani qivoradigan qildim. Ammo ideya o'xshadi muammosiz ishlayabti hammasi. Endi bazi narsalarni backgrounda process qiladigan qilish kerak. Masalan shu opensearch indexlar saqlashni,

Hademay productionga ham tayyor bo'ladi hamma narsa. Millionlab qator production codega ham ozgina qoldi ))

Hali boshqa qiziq joylari oldinda xozir juda ko'p narsalar ancha minimal holatda qilinyabti sherigim ham tezroq yetishib olishi uchun. Jamoada uje 2ta haskellist bo'lsa uje boost time keladi bizga.
🔥3
Beshqozondan PR keldi.
🤣20
Framework devayslarini prezintatsiyasi bo'lyabti ekan.


Nixoyat macbooklarni musorga o'tishimizga oz qoldi.

https://www.youtube.com/watch?v=uqFDIR00Mwo
Internetni nima qildilar ?
Va nega unday qildilar ?
💯4
Alamimni kimdan olayin ?
😁144
Shunaqa payitda hamma joy jim jid, qo'shnilar ham baqir chaqir qilmaydi.

Alam qiladi bla.

Boya xonamda uchib yurgan pashsha ham yo'q.
😁4
Programming ∀
Alamimni kimdan olayin ?
Error handling qilishda ko'p narsalarni skip qilib tashlaganim uchun endi juda qiziq fuckuplar bo'lyabti.

Masalan choq nimadir neto ketadi shu bilan cooked. Bunga o'xshab aynan compile timeda check bo'lmaydigan joylardan chiqyabti muammo ham ))

Hullas bizga reportlar encrypted keladi uni decrypt qilish uchun alohida gpg keylar bor. Man key generate qilganimda manashu key passphrase parametrni qo'yishda space esdan chiqarganman va secret key empty bo'lib qolgan. Ha xozircha keyni check qiladigan narsalar qilmaganman.

Shu narsani odamga o'xshab tiplarga o'girib qo'yganimda xozir shu muammo bo'lmas edi yani params record qivosam. Yetmaganiga error handling ham qilmaganman deyarli. Eng qizig'i esa man ishlagan keylar bilan ishlaydigan paket gnu gpg dan kelgan errorlarni beradi. Hullas buni fix qilishga uyoqdagi constantlarni haskelldagi tiplarga ham og'irish kerak adashmasam.

Absolute cinema haqiqiy samuraycha qibtashlaganman hamma joyni keyingi hafta endi shularni otirib tog'irlab chiqish kerak. Programmerga ish topish shart emas o'ziga o'zi topadi ishni deymanku mana misol.
🤣4😭1
Man uchun azob.

commit comment yozish
PR description yozish
Doc yozish

Lekin barbir yozishga majburman manashu narsa doyim kompramisga sabab bo'lgan.

Generatorlarga berish mavzusiga ham skeptikman ishqilib kasbimni yoqimsiz qismi deb qabul qilganman bu mavzularni.
💯2
Benchmarklarga qarab 10x tezroq narsani ishlatasiz ammo biror action 1 daqiqa davom etadi.

Eng tez backend framework ishlatishga xarakat qilasiz ammo productionda shunchaki k8s yoki biror orkestrator bilan cluster qivorasiz.

Garbage collectionsiz til ishlatasiz ammo o'zingizni GCni yasab qo'yasiz.

System design o'rganasiz ammo oddiy control flowni ham zo'rga yozasiz.

Hullas sanasa manashunday contraversal narsalar ko'p. Shu sabab hammasi eng oddiysidan boshlanishi kerak.

Falon narsani hal etdik tamam.

Unda qanday rivojlanamiz ?

Buning javobi ham oddiy. Shunchaki muammoni o'rganish kerak eng birinchi. Masalan bizda qandaydir status mavjud. Statusga birqancha variantlar bor Fail va Done

Okay xozir hayolga kelgani

if status == `Fail`
then act1
else act2


Nu vaqt o'tdi endi bizga 3-variant qo'shildi InProgress ho'sh endichi ?

Biz ishlatadigan tilda qanday fichalar bor aynan shunaqa variantlar bilan ishlashga ?

savol oddiy ammo javob uchun yan detailarga kirish kerak status misolida bizga 2ta narsa muhim. 1 variantlarni elon qilish va ularni handle qilish.

Elon qilishga qandaydir tiplar masalan shu enum A yoki B

Handle qilishga esa manashu status ni handle qiladigan yechimlar: switch, match, case, etc...

data Status = Done | InProgress | Fail

case status of
Done -> act1
InProgress -> act2
Fail -> act3


Endi boshqa holatga duch keldik. Bizda birqancha variantli record yoki structlar mavjud bo'lishi mumkin. Masalan apiResult bizga 2 turdagi qiymat qaytaradi Success { data:: SomethingType va Fail { reason:: String, code:: Int

Ho'sh buni qanday qilamiz ? Ha biz ADT va control flow haqida ko'p gaplashganmiz. Hamma tillarda ham ADT va pattern matching mavjud emas lekin yuqoridagi holatlar har qanday tilda code yozayotganingizda paydo bo'lishi mumkin bu degani shu til imkoniyatidan kelib chiqib qandaydir yechim qilasiz. Agar variantlar juda ham ko'p bo'lsa yana bu caselarni handle qilishga boshqa yechimlar qidirib ko'rasiz.

Tushunganingizdek masala mindsetda. Siz dasturchi bo'lib 10 yil tajriba qilishingiz mumkin. Ammo 10 yildan buyon birxil code yozyotgan bo'lishingiz muhmkin bunday holatda ham muammo emas. Chunki muammoni hal etyabsiz, ha code chiroyli emasdir, qayerdadir panic bo'lib crash bo'lar.

Muhim qismi o'zingizni aldamaslik. Agar sizga nimadir yoqmasa unda yoqadigan holatga keltirishga xarakat qilish kerak buning uchun esa alternativ narsalarni discover qilaverish kerak. Agar tanqid bo'lsa doyim nisbiy bo'ladi masalan sizdagi 10 turdagi variantni handle qiladigan 10ta if o'rniga boshqa yechim qilish mumkin edi. Balki siz ishlatyotgan dasturlash tili o'rniga boshqa til ishlatish mumkin edi. Hullas asosiy masa extiyojda. Hohlamaysizmi ? Okay bu sizni tanlovingiz. Boshqa optionlarni ko'rishni istamaysizmi ? Bu ham sizni tanlov.

10 yildan buyon ishlab kelyotgan narsani birdan rewrite qilish. Yoki shunchaki bor narsani sal boshqacha qilib qayta yozish kabi narsalardan esa umuman mano yo'q. Industryda juda ko'p narsani ko'rsa rewrite bo'lib yotibti ayniqsa rewrite rust kabi fenomenlar yoki qanaqadir yangi http frameworklar. Bunaqa narsalarga vaqt sarflashdan oldin o'ylab ko'ring bu qanchalik arzirli ekanini.
5👏2
Named function parametrs.

Haskellda named degan lib bilan huddi pythondagi named arguments kabi ishlasa bo'ladi.

Buni mazza tomoni funksiya parametrlari ko'paysa parametrlar uchun alohida record tip yozib o'tirish shart emas. Shunchaki named arguments.

DTOlarsiz hayot mazza ))
bluetooth daemonda memory leak borga o'xshaydi.
Haskell 2077
O’zimizni qora ko’zlar ham bunday mavzularga kirishyotganidan hursandman!

Muvaffaqiyat tilayman!

Muhimi aynab ketib kurs ochvormaselar bo’lgani.
😁41
Forwarded from ibragimov
I have joined CMU’s Computer Architecture and Operating Systems (CAOS) research group to work on developing fault-tolerant OS primitives for machine learning inference. I would love to build my career on operating systems research, and it is a very long road ahead…
🔥81
O'z tajribamdan tushunyabmanki overhyped narsalardan uzoq turish kerak toki hamma narsa filterlanmaguncha.

Masalan 2014-2018 yillarda nodejs rossa hype bo'lgan edi. Shu bahonada o'rgandim ishga kirdim va 5 yil shu ekotizimda ishladim.

5-yilda nimalarni ko'rdim ?

— Albatta juda katta community, ammo haddan tashqari tarqoq.
— Juda katta ekotizim, ammo sifatsiz. Doyim nimadir broken yoki bir narsa boshqasiga yopishmaydi.
— Nodejs browserdan tashqarida js run qilishda katta qadam edi. Ammo atrofidagi ekotizim tarqoqlanganidan yillar o'tar ekan aniq narsalar qolmadi. Masalan qachondir typeorm trend edi xozirchi ?
— JS hamma joyda ishlashni boshlaganidan kegin turli muammolar chiqa boshladi masalan o'sha mashxur module systemlar...
— Qashshoq ideyalar. Juda ko'p narsalar over duplicated masalan bir muammoni hal etish mumkin bo'lgan ko'p lib topasiz ammo hammasi deyarli birxil va yoqimsiz tomoni broken bo'lishi mumkin.

Sanasa ko'p muammolar.

Nega aynan faqat muammolarni keltiryabman ?

Chunki hype davrida tradeoff qilish doyim ham oson emas. Masalan nodejs boshlaganimda bunaqa narsalarni farqlay oladigan skill ham bo'lmagan edi manda. Sizning shaxsiy tanlovingiz bu sizning tanlov boshqalar force qilishga haqqi yo'q, amo tanqid qilishi mumkin lekin shunda ham tanlov sizniki. Ammo etiborli nuqtasi manashu tanlov sizga rostmana foyda olib kelishi potensialini baholay olsangiz bo'lgani. Masalan biror stackni tanlash tog'ridan tog'ri sizni koryerangiz va mindsetga tasir qiladi. Tog'ri ushbu stackda ishlab pul topasiz ham, ammo dunyoqarashingiz shuni atrofiga quriladi.

Hypedagi muammo ham aynan sizni mindsetni marketing asosida qayta yozish deb tushunsangiz bo'ladi. Bu narsa doyim ham siz uchun foydali bo'lmasligi mumkin. Shu sababli tradeoff qilishda biroz fundamental tomonlardan ham qarash kerak. Masalan yaqin kelajakda bo'ladigan millon row uchun Clickhouse tanlayabsiz ammo bilmaysiz Clickhouse ishlatishni va bilmaysiz yaqin kelajak qachon kelishini. Trendagi X ni o'rganyabsiz ammo siz o'rganib rezultat qilgunizcha trend Y ga o'zgarib ketdi. Siz vaybkodingni tanladingiz ammo vaybkoderlarga talab kamayib technical skill baland odamlar kerak bo'lib qoldi. Siz falon narsani rewrite qildingiz ammo tayinli foyda olmadingiz va shunchaki bor narsani X o'rniga Z bilan yozib qo'ydingiz. Dunyodagi eng tez http framework ishlatasiz lekin databasedagi letency 1minutes. Falon million so’m pulni kurslarga sarflab nimadir o'rgandingiz ammo ishsiz yuribsiz. Hullas o'zingni aldama KARL!

Yeg’lama jigarim sen Lox emassan.
💯4🔥21