Programming ∀
1.17K subscribers
2 photos
11 links
Ushbu kanalda IT va Dasturlashga aloqador mavzularda subyektiv fikrlarimni bayon qilaman.
Download Telegram
Biz issue va PR templatelar ustida ham ishlayabmiz, bundan asosiy maqsad har bir issue, feauture request, pull requestlarning tartibli va aniqroq ma'lumotga ega bo'lishi. Masalan nimadir kimnidir qurilmasida, muhitida ishlamadi xatolik chiqdi.

Bulardan maqsad shuki, aynan shu xatolikni imkon qadar tushunarli qilib yetkazishi.

Kimdir qandaydir issuega PR yuborsa ham huddi shunday holat, conversationlar kamroq fa maksimal effektiv bo'lishi uchun Pull requestlarda kerak bo'lsa qanday uslubda test qilingani ham yoziladi.

Xozircha birgina bot misolida manashunday holat shakillandi.

Agar fikr va takliflar bo'lsa PR commentlarida yozaveringlar.

https://github.com/floss-uz/regulator/pull/4
🔥2
Biz yaqin kunlarda reja qilgan xujjatlar quyidagilardan iborat.

PR templates
Issue templates
Readme docs guideline
Codeofconduct
Contrabuting guides

Bulardan tashqari endilikda sekin sekin kodga commentlar ham qoldirishni boshlayman.

Eng muhimi imkon qadar informativ va moslashishga oson bo'lishi.
5🥱21🤣1
Tassavur qiling siz qandaydir loyiha qilyabsiz, aytaylik qandaydir muammoni hal etadigan kichik kutbxona.

Readme.md fayl ichiga ushbu kutbxona haqida ma'lumot yozasiz. Agar uncha katta bo'lmasa user documentation ham o'sha yerga qo'shib ketiladi. Tabiyki sizda unchalik ham ko'p faylar bo'lmaydi. Shu sababdan qo'shimcha contextlar kerak bo'lmaydi.

Lekin qancha aniq context berilsa biror narsani hal etish yoki tushunish shuncha oson bo'ladi. Biror ishni o'zingizcha qilib qo'ydingiz bo'ldi emas. Balki shu ishga masuliyat olish va qilingan ishni yetkazib berishgacha bo'lgan jarayonlarda ham qatnashish kerak. Masalan qandaydir PR yubordingiz, siz yozgan kodni review qilganlar feedback berishdi, demak diskussiyani davom ettirib ular bilan kelishib ushbu ishni ohirigacha yetkazish lozim bo'ladi. Bu narsalarni tashkillashtirish va ikki toon amal qilishi uchun esa yuqorida aytilgan xujjatlarga yaxshilab etibor qilish kerak.

Bazilar aytadiki bu narsalar allaqachon bor tayyorini olib qo'ysa bo'ldi, deyishadi ammo masala shundaki siz qilayotgan loyiha, sizning jamoa ishlaydigan muhit va qoidalar hammanikidan birmuncha farqli bo'lishi mumkin shu sababdan githubga kirsangiz turli loyihalarda turlicha workflow organizationi ko'rasizlar. Ha asoslar deyarli birxil ammo detallar ancha farqli bo'ladi va manashu detallar katta axamiyatga ega.
🤝3
Fikrimcha github PRlar va Issuelarda bo'ladigan suxbatlar eng zo'ri.

1. Doyim ancha tor va aniq context bor.
2. Hamma o'z vaqtini o'zi belgilaydi va asinxron komunikatsiya imkoni mavjud. Bu yaxshigina moslashuvchanlik berib qo'yadi.
3. Manashu conversationlar shu joyda mixlanib qoladi, kerak bo'lganida topib reference qilish yoki bo'lmasam biroz muddatdan kegin yana bir o'qib qayta contextga kirib olish mumkin.
4. Masalan bitta issue ketidan boshqa issuelar ochilishi mumkin chunki ancha toza discussionlar sababli bir biriga bog'liq narsalarni kimdir aytib qolishi mumkin.

Bizda ham sekin sekin manashu madaniyat shakillanyabti va albatta bu hursand qiladi !
🔥1
Forwarded from bahrom04
One plus 6T telefon bo’lsa yaxshi narxga sotib olamiz.
Umuman olganda miyyaga kelib qoldi. Bizda agar uzkiy kuruglarda bazi gaplar gapirimasa lekin hech Open source sofware success historylarni O'zbekchada ko'rmagan ekanman. Yoki shunday maqola, video contentlar bormi ? Bilsangiz yuboring. Aynan O'zbeklar qilgani emas umuman masalan eng mashxurlardan Linux hamma biladi lekin umuman tarix qanday bo'lgan edi ?
Nimalar bo'ldi ? bu narsalarni aniq texnik uslubda yortilgan narsalar O'zbekchada yo'q ekan.

Agar shunday contentlarni bilsangiz iltimos ulashing !
😨8🔥1👏1🤯1
Masalan ko'pchilik biladi turli loyihalar tarixini biladi, kinolardan ko'rgandir yoki maqola o'qigan yoki biror texnalogiyani qattiq yaxshi ko'rgani uchun kuzatib o'rganib chiqgan chuquroq.

Masalan o'zingiz foydalanadigan dasturlash tili tarixini qanchalik bilasiz ? Avtorlar kimlar, nimalar qilgan vaxakazo.

Bu masaldan maqsad o'zim ham 3-5 loyihalar tarixidan g'ira shira xabardorman. Ammo qiziqib turaman masalan falon narsani nega unday qilishgan, ungacha nima bo'lgan vahakazolar. Ahir qiziqku masalan falon narsa nega unday ? Shu vaziyatni detallar bilan o'rganish va do'stlar davrasida manashu masalada suxbat qilish ajoyib!
Startupchilarni ko'p qismi dasturchilarga taklif beradilar - Part time yoki kelishilgan vaqtga ishlashni va evaziga pul to'lashni. Yoki bo'lmasa foydadan % taklif qiladilar.

Foydaga sherik, aksiya takliflarini doyim rad etganman. Fikrimcha boshqa hamkasblarimning ko'p qismi ham shunday qaror qilishgan. Chunki startuplarning juda ham ko'p qismi foydagacha yetib bormaydi, aksiyalar chiqarish maslasi esa ehhe )).

Lekin startupchilar loyihasining juda ko'p qismlarini OSSga chiqarib ko'ngillilarni yeg'ishlari mumkin. Albatta bularni tashkillashtiradigan yoki tushunadigan odamlar bo'lmasa bunday narsani qilish qiyinroq masala 🤷‍♂️

Lekin bu narsani eplaganingizdan kegin yaxshi contabutorlarga qo'shimcha pul bersangiz bo'ladi. Fikrimcha bizni mahalliy loyihalarning juda katta qismi nimadirning nusxasi, deyarli nusxa va aslini farqi bo'lmasligi ham mumkin.

AI bilan uzoqga borishingizga ishonmayman, vaybkoderlarni ishlatib ham. Shu sababdan loyihaning umumiy qismlarini ochiq kodli qilish eng yaxshi variant deb o'ylayman. Bu orqali qo'shimcha ishchi kuchiga ham ega bo'lasiz va loyihangizga qiziquvchi potensial yangi hodimlarni ham topasiz.

Bilaman ko'pchilik bu narsani tushunmaydi ham, yoki bo'lmasa xavfsizlik va NDA kabi narsalarga tog'ri kelmaydi deb biladi. Lekin siz qilayotgan startupingizdagi code o'zidan anchagina CVE chiqishi mumkinligini o'ylab ham ko'rmaysiz. Yoki bo'lmasa sizni loyiha kodlarining katta qismi aslida oss ekanini ham o'ylab ko'rmagan bo'lsangiz kerak )) Masalan shu ishlatgan frameworklaringiz.

Loyihangizni qanchadir qismini ochiq kodli qilishingiz aynan qandaydir dasturchilarni birnecha soat part time ishlatganingizdan ancha foydaliroq.
🔥8🕊1💯1
Forwarded from bahrom04
Startup loyihasida ishlayotganda qilayotgan ishimiz ochiqlanmaydi. Katta kompaniyalar bilan raqobatlashish uchun ular qilmagan yangiliklarni startaplar ommaga mahsulot tayyor boʻlgandan soʻng oshkor qiladilar.

Hozirgi ish joyimda qilayotgan ishim buning aksidir. Uzinfocom OSS (@uzinfocom_oss) boʻlimi — kodlari ochiq manbali dastur ishlab chiqarish boʻlimi hisoblanib, barcha ish jarayonlari GitHub’da ochiq turadi. Ishchilar oʻzaro Matrix’da yozishadi, lekin ishning koʻp qismini hamjamiyatlar bilan Telegram’da muloqot qilaman.

Shu guruhlardan bir nechtasini aytib oʻtay.

1. @uzbekl10n - Oʻzbek Mahalloylashtirish guruhi oʻzbek tilini AT (AyTi) sohasida rivojlanishiga hissa qoʻshuvchi texnik tarjimonlar yigʻilgan guruh boʻlib, barchani qiziquvchilarni shu guruhga taklif qilaman.

2. @xinux - Oʻzbekcha Linux distributivi. Uzinfocom OSS jamoasi bilan jadal tarzda rivojlantirilyapti. Yaqin oylarda 25.11 versiyasini nashr qilish payidamiz. Barchaga foydasi tegadigan qulay oʻzbekcha interfeys, imlo toʻgʻirlagich, oʻzbekcha lotin klaviaturasi va E-IMZO Manager dasturi bilan keladi. Ishlab chiqarish jarayoni qiziq boʻlsa, shu guruhga qoʻshilishni maslahat beraman.
🔥4👌1