Programmer.uz || Dasturlash haqida
1.75K subscribers
157 photos
140 videos
13 files
263 links
Axborot texnologiyalariga asoslangan har qanday ma'lumotlar.

Programmer UZ loyihasining rasmiy telegram kanali.

Muallif: Bobobek Turdiyev

YouTube: http://bit.ly/pYouTube

Sayt: www.programmer.uz

Aloqa: @programmeruzadmin
Download Telegram
⚠️ Android dasturlash kursimizda narxlar qulaylashtirildi.

Kurs tarkibidagi Java dasturlash modulini bepul qilishga qaror qildik. Endilikda bu modul YouTube kanalda berila boshlanadi.

"Qachon chiqadi?" degan savollarga shoshilmang. Kursdagi darslar davomiyligi uzun (aksariyat holda yarim soatdan ko'p) bo'lgani uchun, darslarni qayta yozishga qaror qildik. Shu sababli, darslar chiqishini kutishingiz kerak bo'ladi.

Bu degani, kurs tarkibidan eski Java dasturlash tili olib tashlanadi degani emas, Android kursini olganlar mavjud Java darslarini bemalol ko'raverishadi. Lekin kurs tarkibidagi mavjud Java darslar hech qayerga chiqarilmaydi va tashlab berilmaydi.

Android dasturlash kursini xarid qilish istagidagilar yangi narxlarni quyidagi havolada ko'rishlari mumkin. ⤵️

🔗 http://programmer.uz/course/android-dasturlash
Telegramda bot yaratish kursimiz yangilandi

Kursga yangi "Tarjimon Bot" modulini qo'shdik.

- Yangi modulda tarjimon bot yasash
- Bazaga foydalanuvchilarni yozib olish

kabi imkoniyatlarni yasash o'rgatildi.

Kurs manzili: Bu yerga bosing

⚠️ Kursni ilgari xarid qilganlar yangi moduldan bepul foydalanishadi.
IT faqat dasturlash degani emas. U keng qamrovli soha.
Dastlab sizga yo'nalish tanlashda yordam beramiz. ✔️

🔻 Quyida IT sohasiga oid yo'nalishlar keltirilgan. Ular bilan birma-bir tanishing va o'zingizga yoqqanini qabul qiling.

Quyida sizga qiziq yo'nalishni belgilang ⤵️
Qaysi yo'nalish siz uchun qiziq?
Anonymous Poll
76%
Dasturlash
31%
Dizayn
31%
Video Montaj
25%
Grafika
Dasturlashdan boshqa yo'nalishlar uchun ⤵️

Siz uchun qiziq bo'lgan Online Daromad, Ijtimoiy tarmoqlarda rivojlanish, Video montaj, Dizayn, Shaxsiy brend kabi bir nechta mavzularda darslar va qiziqarli videoroliklarni @bobobekuz kanalida berib boraman.

⚠️ So'rovnomada dasturlashdan boshqa yo'nalishlarni belgilagan 1000 dan ortiq barchani @bobobekuz va YouTube kanalda kutaman.

1000+ bo'lishimiz bilan, video montaj darslari birin-ketin chiqishni boshlaydi.

Ulanamiz 👉🏻 @bobobekuz
Dasturlash bu hayotdagi muammolarni kompyuter orqali hal etishni anglatadi.

Bu hayotiy tushuncha. Agar soha tomonlama gapirsak, dasturlashni biror-bir tizimni avtomatlashtirish yoki muammoga yechim bo'luvchi dasturlar va loyihalarni ishlab chiqish deb tushunish mumkin.

🔸 Umuman olganda, dasturlashning yo'nalishlari turlicha. Bu hayotga qanday vosita orqali yordam bermoqchi ekanligingizdan kelib chiqib, tanlanadi. Masalan, mobil ilova, kompyuter dasturi yoki web-sayt.

Bulardan qaysi biridan foydalanish siz uchun qiziq ko'rinayapti? 🤔
Dasturlashni nafaqaga chiqqaningizda o'rganishni to'xtatasiz...

Mobil ilovalar yaratishda ko'p hollarda Java dasturlash tilidan foydalanar edim. Lekin, oliygohda ayni vaqtda Mobile Programming kursi o'rgatilayotgan bo'lib, beriladigan vazifalar Kotlin dasturlash tilida bajarilishi kerak.

Ish tomonlama loyihalarni yaratishda bevosita Flutter texnologiyasidan foydalanib kelayapman. Ba'zi kunlarda bir kunning o'zida 3 ta texnologiyada ham kod yozishga to'g'ri keladi, lekin natija bitta - barchasi mobil ilova.

O'zim haqimda shu yerda yakun yasayman va sizga bir fikr beraman. IT kun kelib yo'nalishingizni o'zgartirishini talab qilishi shubhasiz. Yangilanishda bo'lishingiz, doimo o'qib izlanishda bo'lishingiz shart. Aks holda, qolib ketasiz.

@programmer_uz
Oddiy misol, bir necha yil oldin, javascriptni bilish yetarli bo'lgan bo'lsa, hozirda uning asosida qurilgan React, Angular, Vue kabi texnologiyalarni bilmasangiz sizni keragingiz bo'lmay qoladi. Qachondir php bilan yurgan bo'lsangiz, hozirda Laravel, Yii kabi frameworklarni, python bilan yurgan bo'lsangiz, Django, Flask kabilarni bilishingiz talab etilayapti.

Shunday ekan, nimani tanlay degan tushunchani kamaytiring. Keng fikrlang va kuningizning asosiy qismini o'rganishga sarflang. O'rganib bo'lib, ishga kirish degan tushuncha mavjud emas. Ishga kirib ham o'rganishda davom etasiz, har kuni yo'nalishingizda yuzlab yangiliklar sodir etiladi.

Dasturlashni faqat nafaqaga chiqqaningizdagina o'rganishni to'xtatasiz. Mabodo, o'shanda ham ishlamoqchi bo'lsangiz, yana o'rganishingiz kerak degani.

@programmer_uz
Kompyuter dasturlash orqali siz nimalar qila olasiz? 🧐

▪️Supermarketlarni kuzatgandirsiz? U yerda xaridlar kompyuter monitorida nazorat qilib borilayapti.

▪️Yoki, Paynet orqali to'lov qilganingizda raqamingizni tekshirish uchun monitorga qaratishadi, u yerda ham kompyuter dasturidan foydalanishayapti.

▪️Har xil korxonalar faoliyati, ishchilarning nazorat qilish dasturlari - kompyuterda ishlatiladi.

▪️Bulardan ham tashqari, o'zingiz kompyuterdan foydalanganda doim qaysidir dasturga murojaat qilasiz.

Qisqasi, hayotdagi muammolarni yechimi sifatida kompyuter dasturidan foydalanilmoqda. Agar sizning mahsulotlaringizdan (dasturlaringizdan) kompyuterda foydalanishlarini istasangiz, demak, bu yo'nalish aynan siz uchun.

@programmer_uz
Mobil (telefon) dasturlash orqali siz nimalar qila olasiz? 🧐

▪️Birinchi navbatda, telefoningizni kuzating, qanday dasturlardan foydalanayapsiz?

▪️Endi o'ylab ko'ring, siz ishlatayotgan dasturlar ishlab chiqqan dasturchilarga nima tomonlama foyda keltirayapti? (reklama, xizmat sotish va hokazo)

▪️Ishlatayotgan dasturingiz foydalanuvchilari qancha bo'lishi mumkin. (Buni Google Play yoki App Storeda ko'rish mumkin)

▪️Yig'ilgan ma'lumotlar orqali bitta dastur qancha foyda olib kelayotganligini taxmin qilish qiyin emas.

Mobil dasturchilarning dunyo bo'yicha o'rtacha maoshi yiliga $107 000+ ni tashkil etadi. O'zbekiston hududida esa, tajriba va bilimga qarab bir oy uchun $1000+ atrofida daromad ko'rishlari mumkin.

@programmer_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dasturlashdan biroz dam olib, "Kichkina xo'jayin" filmida Alisher Uzoqov òrniga rol òynaymiz.

Quyidagi montaj sizga yoqdimi?

Bu tayyor dasturda yuzni almashtirish emas, to'liq montajda tayyorlangan kichik lavha.

Montaj darslari mutlaqo 0 dan @bobobekuz kanalida berib borilmoqda.

👉 @bobobekuz
Java dasturlash tiliga kirish

Video davomida:
- JDKni o'rnatish
- IDE haqida
- Birinchi kodni yozish ko'rib chiqiladi.

Dars 👉🏻 https://youtu.be/GRb9knDmzmU

@programmer_uz
Java dasturlash tilida o'zgaruvchilar

Video davomida:
- Izohlar
- Data type
- O'zgaruvchilar
- Kiritish chiqarish kabilar ko'rib chiqiladi

Dars 👉🏻 https://youtu.be/gDtCkFQCLMg

@programmer_uz