Programmer.uz || Dasturlash haqida
1.75K subscribers
157 photos
140 videos
13 files
263 links
Axborot texnologiyalariga asoslangan har qanday ma'lumotlar.

Programmer UZ loyihasining rasmiy telegram kanali.

Muallif: Bobobek Turdiyev

YouTube: http://bit.ly/pYouTube

Sayt: www.programmer.uz

Aloqa: @programmeruzadmin
Download Telegram
Dasturlashni O'rganish Uchun Asosiy Bosqichlar:

1. Dasturlashni o'rganish uchun asosiy maqsadingizni belgilab oling.

Ya'ni, nega kompyuter dasturlashni o'rganmoqchisiz? Qaysi tizim uchun (Windows, MAC, Linux) dastur yaratmoqchisiz? Buni belgilash muhim. Sababi, siz boshqa dasturlash tilini tanlab, boshqa tizim uchun dastur yozaman desangiz adashasiz. Maqsadni aniq belgilang.

2. Dasturlash tilini tanlang.

Maqsadingizni belgilab olgandan so'ng, biror bir tilni tanlab, o'rganishni boshlang: C++, C#, Java, Python, Ruby...
Umuman olganda, qaysi tilni tanlash o'zingizga bog'liq, birini boshqasidan ustun bilib bo'lmaydi.
Ya'ni, pichoq, qilich, bolta barchasi kesuvchi anjomlar, lekin hammasining o'zining vazifasi bor. Shularni inobatga olib, qayerda ishlamoqchisiz va u yerda qaysi tilni so'rashayotganini izlab ko'rib, tilni tanlab, o'rganishga kirishing.

3. Pul uchun o'rganmang.

Yo'nalishni ko'p pul berishi uchun o'rganayotgan bo'lsangiz, ko'pga bormaysiz. Ochig'i, dasturlash hammaga ham to'g'ri kelmaydi. Bu uzoq vaqt qattiq mehnat talab etadigan soha. Doim o'rganishda bo'lishingizni talab etadigan yo'nalish.

4. Dasturchilar ishlatadigan vositalardan foydalanishni o'rganing.

Github, Medium, StackOverflow kabi loyihalardan dasturchilar keng foydalanishadi va loyihalarini tuzishda yuzaga kelgan muammolarni osonlik bilan bartaraf etishadi. Ularni ishlatishni o'rganing.

5. Boshqa dasturchilar yozgan kodlarni kuzating.

Ishga kirganingizda, siz 0 dan loyiha yozibgina qolmay, boshqalarning kodidagi xatoliklarni bartaraf etishingizga ham to'g'ri keladi. Hamma bir xil ovqatni har xil tayyorlay olgani kabi, kod ham boshqa xil uslubda yozilgan bo'lishi mumkin. Shuni inobatga olgan holda, begona kodlarni ham kuzatib turing.

6. Hamjamiyat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali o'rganayotgan dasturlash tilingizdagi hamjamiyat, guruhlarni izlab toping. U yerda o'rganuvchilar bir-birlariga yordam berishadi. Siz ham boshqalarning muammosiga yechim izlashga harakat qilib ko'ring.

7. Loyiha yaratish

Haqiqiy real loyiha yasashga urinib ko'ring. Loyihangiz minimal muammoga yechim bo'lsin. Qo'shimcha funksionalliklarni keyin qo'shsa bo'laveradi. Telegram ham boshida oddiy chat bo'lgan, bugun esa bir necha o'nlab yordam beradigan imkoniyatlari mavjud.

8. Yuqoridagi bosqichlardan o'tganingizdan keyin, katta dasturchilar bilan aloqani o'rnating.

Ularga yordamchi, shogird bo'lishingiz mumkin. Internship (stajirovka)ga kirib, dastlabki ishingizni boshlashingiz mumkin.

9. Intervyu oldi tayyorgarliklari

Bilimga ega bo'lganingizdan keyin, sizning kommunikatsiyangiz, shaxsiyatingiz, hujjatlar bilan ishlashingiz ishga kirishingizda muhim rol o'ynaydi. Shu tomonlama o'zingizni rivojlantiring - rezyume yasash, to'g'ri email yozishni o'rganing.

10. Ishga topshiring

Ishga kirayotganda siz korxonaga nima bera olishingiz va nega sizni tanlashlari kerakligi so'raladi. Shu asosiy savolga javob tayyorlang. Agar ilgari qayerdadir ishlagan bo'lsangiz, nega u yerdan chiqib, yangi ishga kelganingizni so'rashadi. Bu vaqtda, eski ish joyingiz va kollektivni aslo yomonlay ko'rmang, chunki siz yangi korxonadan ketganingizda, boshqa ish joyida ham ularni yomonlashingiz mumkin degan fikrda, sizni ishga qabul qilishmaydi.
Qabul qilishmasa, ruhiyatni tushirmang va boshqa korxonalarni ko'zdan kechiring.
Bilimingiz yetarli va bera oladigan qadriyatingiz yuqori bo'lsa, sizni albatta ishga olishadi.

@programmer_uz
Har kuni quyidagicha savollar olib turaman:

▪️Dasturlash o'zi nima?

▪️Dasturlashni o'rganmoqchiman, nimadan boshlayin?

▪️Dasturlashni o'rganish ketma-ketligi qanday?

▪️Qaysi yo'nalishni maslahat berasiz?

▪️Dasturlash va 3D max, qaysida ko'p pul topsa bo'ladi?

Haqiqatda ham, IT sohasida yo'nalish tanlashni aniq qilib tushuntirib beradigan manba bo'lmagani uchun ko'pchilik qiynalishadi.

Shu sababli, telegram tarmog'ida @kasbim_bot botini ishga tushurdim. U yerda IT borasida tushunchasi bo'lmagan kishi o'z yo'nalishini aniq qilib belgilab olishi mumkin.

Ushbu postni IT sohasida yo'nalish tanlashga qiynalayotgan do'stlaringizga yuboring, zero @kasbim_bot barchaga yordam beradi.

@programmer_uz
IT yo'nalishini Programmer UZ kanalida o'rganasiz:

🔗 https://youtube.com/programmeruz

IT dan pul ishlashni Bobobek kanalida o'rganasiz:

🔗 https://youtube.com/bobobek

A'zo bo'lib qo'ying 😊
Laravel ochiq PHP frameworki. U juda mustahkam va tushunishga oson texnologiya. U MVC holatida ishlaydi. Laravel asosida tuzilgan web-saytlar, strukturalangan va qulay loyihalashtirilgan bo'ladi.

Laravel CodeIgniter, Yii va boshqa Ruby on Rails kabi dasturlash tillari kabi PHP ramkalarining asosiy xususiyatlarini o'z ichiga olgan juda ko'p funktsiyalar to'plamini taklif etadi. Laravel veb-rivojlanish tezligini oshiradigan juda boy funktsiyalar to'plamiga ega.

Agar siz PHP asoslari va Yuqori darajadagi PHP bilan tanish bo'lsangiz, Laravel sizning vazifangizni engillashtiradi. Agar veb-saytni noldan ishlab chiqarmoqchi bo'lsangiz, bu ko'p vaqtni tejaydi. Bundan tashqari, Laravelda qurilgan veb-sayt xavfsiz va bir nechta veb-hujumlarning oldini oladi.

@programmer_uz
TikTokda dasturlashdan 1 daqiqalik videolar qilishni boshladim. Qayerda kuzatgan bo'lardingiz?
Anonymous Poll
19%
TikTok manzilini yozing, tiktokda kuzataman
52%
Shu kanalga tashlab turing
14%
YouTubega joylang
16%
1 daqiqalik dars uchun, alohida telegram kanal oching
Lewis and Loftus - Java Software Solutions (2017).pdf
16.3 MB
#kitob #java

Java Software Solutions (2017)

Mualliflar: John Lewis, William Loftus

@programmer_uz
Joe_Attardi_Modern_CSS_Master_the_Key_Concepts_of_CSS_for_Modern.pdf
9 MB
#kitob #css

Modern CSS: Master the Key Concepts of CSS for Modern Web Development (2020)

Muallif: Joe Attardi

@programmer_uz
Ularga qaysi dasturlash tilini bilishingiz muhim emas, lekin bilishingiz shart bòlgan narsa...

Nega dars chiqmay qoldi? Nega kontent qilmayapsiz?

Bugun daturlash haqida ham emas, ayni vaqtda men bilan bòlayotgan voqealar haqida yozaman.

Men imtihon topshirdim. Bu haqida imtihon javobi chiqsa (yaxshi yoki yomon farqi yòq) gapirib beraman. Lekin u taniqli va gigant mahsulotga ega kompaniyalardan biri😉

Imtihondan kelib chiqib sizga bir maslahat beraman: maqsadingizni aniq qilib belgilang.

1. Tez pul ishlamoqchi bòlsangiz, dasturlashdan boshqa IT yònalishini tanlang: bloggerlik, SMM, dizayn, kopirayting...

2. Òzbekiston dasturlashi bilan cheklanaman desangiz, dasturlashni òrganib internship bilan ishni vaqtliroq boshlang va tezda yòlingizni topib ketasiz.

3. Xalqaro darajaga chiqishni istasangiz, dasturlash tilini bilishingiz yetarli emas. Ma'lumotlar strukturasi, algoritmlar va muammoni optimal hal qilishni bilish ahamiyatli.

Shaxsan menda shunday bòldi, masala berildi va istalgan dasturlash tilingda ishlagin deyildi. Asosiysi berilgan vaqtda uni ishlash, ishlaganda ham optimallashtirib ishlash, tòğri strukturada ishlash, Data structures ga ahamiyat berib ishlash.

Birinchi masalani yuborganimda testdan òtmadi dedi. Sababi sizning dasturingiz muammoni tòğri ishlayapti lekin biroz kòp vaqt sarflayapti, maksimum 4 soniyada hal qiladigan bölish kerak deyildi va men buni tòğirladim. (Aynan shu uchun ham universitet kerak, chunki bu kabi muammolarni yechish hech bir òquv markazda òqitilmaydi, biz esa uni 4 yil òqidik😉)

Birinchi xalqaro imtihon topshirishim edi. Juda kòp narsa òrgandim va shuncha tillarni bilish yetarli emas ekanligini òzimga qayta isbotladim.

Nimaiki bòlsa-da, men harakatdaman va kechagidanda yaxshiroq bòlib borayapman. Shu yergacha òqigan bòlsangiz, yodda tuting: siz òz pozitsiyangizni òzingiz belgilaysiz. Xalqaro maydonga chiqmoqchi bòlsangiz, bir necha tunlarni uyğoq òtkazishga tayyor turing.

Kanalni kuzatishda davom eting, sizlar uchun juda "daxshat" video kontentlar va kurslar tayyorlanmoqda😉

© Bobobek Turdiyev

@programmer_uz
Programmer.uz || Dasturlash haqida pinned «Ularga qaysi dasturlash tilini bilishingiz muhim emas, lekin bilishingiz shart bòlgan narsa... Nega dars chiqmay qoldi? Nega kontent qilmayapsiz? Bugun daturlash haqida ham emas, ayni vaqtda men bilan bòlayotgan voqealar haqida yozaman. Men imtihon topshirdim.…»
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Programmer UZ "Navoiy va yoshlar" mobil ilovalar tanlovida taqdirlandi!

@programmer_uz