Programmer.uz || Dasturlash haqida
1.75K subscribers
157 photos
140 videos
13 files
263 links
Axborot texnologiyalariga asoslangan har qanday ma'lumotlar.

Programmer UZ loyihasining rasmiy telegram kanali.

Muallif: Bobobek Turdiyev

YouTube: http://bit.ly/pYouTube

Sayt: www.programmer.uz

Aloqa: @programmeruzadmin
Download Telegram
Wordpress bepul, ochiq ma'lumotlarga asoslangan CMS - Content Management System - Kontentlarni boshqaruv tizimi hisoblanadi.

Php va MySQL asosida ishlaydi (MariaDB`ni ham qo'llab quvvatlaydi). Tizim asosida yordamchi qo'shimchalar (pluginlar) mavjud bo'lib, web-saytda ma'lum bir imkoniyatni yaratib beradi.

Bugungi kunda Wordpress dunyo bo'ylab 60% ga yaqin websitelarda mavjud. Uning eng mashhur vositalaridan biri WooCommerce 1 million eng top tijorat saytlarining 22%ini tashkil etadi.

O'zbekistonda mashhur daryo.uz sayti Wordpress asosida ishlaydi.

Ma'lumot o'rnida aytishim mumkinki, shaxsan men ham o'zimning saytimning dastlabki versiyasini WordPressda ishga tushirganman.
(programmer.uz 2017-yil)

@programmer_uz
Telegram bot yasaydiganlar kimlar?

Front-end developer, Back-end developer, Web Developer, Web Designer, Database Developer... kòrinishda dasturchilarni davom ettirsak bòladi. Lekin ulardan aynan kimlar telegram bot yarata oladi.

Keling, òzi bot nimaligiga dasturchi kòzi bilan qaraymiz.

Foydalanuvchi telegramdan foydalanayapti. Telegramni katta supermarket deb olaylik. Bu yerda bir nechta savdo dòkonlari mavjud. Bu dòkonlarni telegramdagi botlar deb qabul qiling. Dòkonda òtirgan sotuvchini dasturchi deb qarang.

Sotuvchi nimani sotayotgan bòlsa, dòkonda mahsulotni qanday joylagan bòlsa, siz undan kelib chiqib, ehtiyojga qarab foydalanasiz.
Mos ravishda daturchi qanday bot yasagan bòlsa, uning buyruqlariga amal qilib undan foydalanasiz.

Eng qiziq joyi shundaki, sotuvchi mahsulotlarini supermarketdan tashqari boshqa yerda sotishi mumkin.
Dasturchi ham botda yasagan imkoniyatlarini boshqa kòrinishda - web-sayt yoki dastur holatida yasashi mumkin.

Davomi pastda👇👇👇

@programmer_uz
Bundan kelib chiqadiki, bot shunchaki bir xona, uni ishlata olish dasturchi va uning logikasiga boģliq. Ya'ni bot bu alohida til, yoki texnologiya emas. Uni sòrovlar orqali shakllantirish mumkin.

Sòrovlarni boshqaruvini Back-End dasturchilar amalga oshirishadi.

Xulosa shundaki, kòpchilik mendan sòraydi: kursingiz orqali obmen bot, yoki yuqori darajadagi bot yasay olamanmi?

Javob bunday: agar siz back-endda bu ishni bajara olsangiz, yarata olasiz.

Back-end dasturlash bu alohida mavzu. Botga tegishli funksiyalardan foydalanish yana bir alohida mavzu.

Telegramda bot yaratish kursida bot funksiyalari bilan ishlash, supermarket misolida olsak, dòkonni yuritish òrgatilgan.

Bot òrtadagi vosita, back-end tomonlama ishlay olsangiz, har qanday turdagi botni yasay olasiz.

Umuman bilmasangiz, shuchaki kursda keltirilgan ma'lumotlarni takrorlash orqali kòp narsa òrganasiz va back-end dasturlashdan ham ma'lum bir ma'noda xabardor bölasiz.

@programmer_uz
Android ilovalarni ishlab chiqish butun dunyo va O'zbekiston miqyosida yuqori daromadli soha hisoblanib, nafaqat kompaniyalarda ishlashingiz, balki mustaqil loyihalaringizni yaratib daromad topishingizga ham imkoniyat beradi.

Programmer UZ loyihasida o'zbek tilidagi Android dasturlashga asoslangan videokursni taqdim etiladi.

🎞 Darslar soni: 144 ta

Davomiyligi: 52+ soat

Kurs davomida Java, MySQL, Rest API, Android, FireBase texnologiyalarini mustaqil ravishda, 0 dan professional darajagacha o'rganasiz.

📱Aloqa: @BobobekTurdiyev

Batafsil ma'lumot 👉 http://programmer.uz/course/android-dasturlash
@mijoz_fikri kanalida Programmer UZ haqida fikrlar joylanishi boshlandi. U orqali bizning loyihaga ishonch bildirayotganlar va natijalarimizni ko'rishingiz mumkin bo'ladi.

Sizning ham bildirmoqchi fikringiz bo'lsa, @procontactbot ga qoldirishingiz mumkin.
Butun sonlar qiymatini o'zgartirish (masala) :

Tillar: C, C++, C#, Java, JavaScript, Python, Rust, Go, x86 ASM, x86_64 ASM

X va Y qiymatini 3-o'zgaruvchi qabul qilmasdan turib o'zgartiring.

X = 15
Y = -8

Ya'ni, o'zgartirishdan keyin, X ning qiymati -8, Y ning qiymati 15 bo'lib qolsin.

Yuqoridagi tillardan istalgan birida masalani ishlab, kodini izohda qoldiring, boshqalar ham o'rganishsin😉⤵️
Arrayni tartiblash (masala) :

Tillar: C, C++, C#, Java, JavaScript, Python, PHP

[76, -2, 9, 14, -52, 0, 44, 12]

ko'rinishida array(massiv) berilgan. Tanlagan dasturlash tilingizdagi tayyor funksiyalardan foydalanmay turib, arrayni tartiblash algoritmini tuzing.

Yuqoridagi tillardan istalgan birida masalani ishlab, kodini izohda qoldiring, boshqalar ham o'rganishsin😉⤵️
Dasturlashni O'rganish Uchun Asosiy Bosqichlar:

1. Dasturlashni o'rganish uchun asosiy maqsadingizni belgilab oling.

Ya'ni, nega kompyuter dasturlashni o'rganmoqchisiz? Qaysi tizim uchun (Windows, MAC, Linux) dastur yaratmoqchisiz? Buni belgilash muhim. Sababi, siz boshqa dasturlash tilini tanlab, boshqa tizim uchun dastur yozaman desangiz adashasiz. Maqsadni aniq belgilang.

2. Dasturlash tilini tanlang.

Maqsadingizni belgilab olgandan so'ng, biror bir tilni tanlab, o'rganishni boshlang: C++, C#, Java, Python, Ruby...
Umuman olganda, qaysi tilni tanlash o'zingizga bog'liq, birini boshqasidan ustun bilib bo'lmaydi.
Ya'ni, pichoq, qilich, bolta barchasi kesuvchi anjomlar, lekin hammasining o'zining vazifasi bor. Shularni inobatga olib, qayerda ishlamoqchisiz va u yerda qaysi tilni so'rashayotganini izlab ko'rib, tilni tanlab, o'rganishga kirishing.

3. Pul uchun o'rganmang.

Yo'nalishni ko'p pul berishi uchun o'rganayotgan bo'lsangiz, ko'pga bormaysiz. Ochig'i, dasturlash hammaga ham to'g'ri kelmaydi. Bu uzoq vaqt qattiq mehnat talab etadigan soha. Doim o'rganishda bo'lishingizni talab etadigan yo'nalish.

4. Dasturchilar ishlatadigan vositalardan foydalanishni o'rganing.

Github, Medium, StackOverflow kabi loyihalardan dasturchilar keng foydalanishadi va loyihalarini tuzishda yuzaga kelgan muammolarni osonlik bilan bartaraf etishadi. Ularni ishlatishni o'rganing.

5. Boshqa dasturchilar yozgan kodlarni kuzating.

Ishga kirganingizda, siz 0 dan loyiha yozibgina qolmay, boshqalarning kodidagi xatoliklarni bartaraf etishingizga ham to'g'ri keladi. Hamma bir xil ovqatni har xil tayyorlay olgani kabi, kod ham boshqa xil uslubda yozilgan bo'lishi mumkin. Shuni inobatga olgan holda, begona kodlarni ham kuzatib turing.

6. Hamjamiyat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali o'rganayotgan dasturlash tilingizdagi hamjamiyat, guruhlarni izlab toping. U yerda o'rganuvchilar bir-birlariga yordam berishadi. Siz ham boshqalarning muammosiga yechim izlashga harakat qilib ko'ring.

7. Loyiha yaratish

Haqiqiy real loyiha yasashga urinib ko'ring. Loyihangiz minimal muammoga yechim bo'lsin. Qo'shimcha funksionalliklarni keyin qo'shsa bo'laveradi. Telegram ham boshida oddiy chat bo'lgan, bugun esa bir necha o'nlab yordam beradigan imkoniyatlari mavjud.

8. Yuqoridagi bosqichlardan o'tganingizdan keyin, katta dasturchilar bilan aloqani o'rnating.

Ularga yordamchi, shogird bo'lishingiz mumkin. Internship (stajirovka)ga kirib, dastlabki ishingizni boshlashingiz mumkin.

9. Intervyu oldi tayyorgarliklari

Bilimga ega bo'lganingizdan keyin, sizning kommunikatsiyangiz, shaxsiyatingiz, hujjatlar bilan ishlashingiz ishga kirishingizda muhim rol o'ynaydi. Shu tomonlama o'zingizni rivojlantiring - rezyume yasash, to'g'ri email yozishni o'rganing.

10. Ishga topshiring

Ishga kirayotganda siz korxonaga nima bera olishingiz va nega sizni tanlashlari kerakligi so'raladi. Shu asosiy savolga javob tayyorlang. Agar ilgari qayerdadir ishlagan bo'lsangiz, nega u yerdan chiqib, yangi ishga kelganingizni so'rashadi. Bu vaqtda, eski ish joyingiz va kollektivni aslo yomonlay ko'rmang, chunki siz yangi korxonadan ketganingizda, boshqa ish joyida ham ularni yomonlashingiz mumkin degan fikrda, sizni ishga qabul qilishmaydi.
Qabul qilishmasa, ruhiyatni tushirmang va boshqa korxonalarni ko'zdan kechiring.
Bilimingiz yetarli va bera oladigan qadriyatingiz yuqori bo'lsa, sizni albatta ishga olishadi.

@programmer_uz
Har kuni quyidagicha savollar olib turaman:

▪️Dasturlash o'zi nima?

▪️Dasturlashni o'rganmoqchiman, nimadan boshlayin?

▪️Dasturlashni o'rganish ketma-ketligi qanday?

▪️Qaysi yo'nalishni maslahat berasiz?

▪️Dasturlash va 3D max, qaysida ko'p pul topsa bo'ladi?

Haqiqatda ham, IT sohasida yo'nalish tanlashni aniq qilib tushuntirib beradigan manba bo'lmagani uchun ko'pchilik qiynalishadi.

Shu sababli, telegram tarmog'ida @kasbim_bot botini ishga tushurdim. U yerda IT borasida tushunchasi bo'lmagan kishi o'z yo'nalishini aniq qilib belgilab olishi mumkin.

Ushbu postni IT sohasida yo'nalish tanlashga qiynalayotgan do'stlaringizga yuboring, zero @kasbim_bot barchaga yordam beradi.

@programmer_uz
IT yo'nalishini Programmer UZ kanalida o'rganasiz:

🔗 https://youtube.com/programmeruz

IT dan pul ishlashni Bobobek kanalida o'rganasiz:

🔗 https://youtube.com/bobobek

A'zo bo'lib qo'ying 😊
Laravel ochiq PHP frameworki. U juda mustahkam va tushunishga oson texnologiya. U MVC holatida ishlaydi. Laravel asosida tuzilgan web-saytlar, strukturalangan va qulay loyihalashtirilgan bo'ladi.

Laravel CodeIgniter, Yii va boshqa Ruby on Rails kabi dasturlash tillari kabi PHP ramkalarining asosiy xususiyatlarini o'z ichiga olgan juda ko'p funktsiyalar to'plamini taklif etadi. Laravel veb-rivojlanish tezligini oshiradigan juda boy funktsiyalar to'plamiga ega.

Agar siz PHP asoslari va Yuqori darajadagi PHP bilan tanish bo'lsangiz, Laravel sizning vazifangizni engillashtiradi. Agar veb-saytni noldan ishlab chiqarmoqchi bo'lsangiz, bu ko'p vaqtni tejaydi. Bundan tashqari, Laravelda qurilgan veb-sayt xavfsiz va bir nechta veb-hujumlarning oldini oladi.

@programmer_uz
TikTokda dasturlashdan 1 daqiqalik videolar qilishni boshladim. Qayerda kuzatgan bo'lardingiz?
Anonymous Poll
19%
TikTok manzilini yozing, tiktokda kuzataman
52%
Shu kanalga tashlab turing
14%
YouTubega joylang
16%
1 daqiqalik dars uchun, alohida telegram kanal oching