Install program (IT dasturlarπŸ‘¨β€πŸ’»)
1.06K subscribers
252 photos
36 videos
807 files
896 links
Kompyuter va telefonlar uchun bepul dasturlar, ilovalar, umuman olganda IT ga oid yangiliklar shu yerda...
⏰Vaqtingizni behudaga sarflamang.

πŸ“© Murojaat uchun Β» @LazizbekAblazov

βœ… Guruhimiz Β» @dasturlar_it

βœ… Kanalimiz boti Β» @installprogrambot
Download Telegram
#hdd #vs #ssd

HDD va SSD farqlari, afzalliklari va kimga qaysi biri kerak?

Dastlab, qaysi biri qanday tuzilgan va qay tariqa ishlaydi ko'rib chiqamiz:

HDD - ma'lumot saqlashda elektrga bog'liq bo'lmagan qattiq(ТСсткий) disk. U bir necha metal disklardan tashkil topgan va bu metal disklar aylanishi hisobiga diskdan ma'lumotlar o'qiladi.

SSD - ma'lumot saqlashda elektrga bog'liq bo'lmagan qattiq(Ρ‚Π²Π΅Ρ€Π΄ΠΎΡ‚Π΅Π»ΡŒΠ½ΠΎΠ΅ устройство) qurilma yoki disk. U ma'lumotlarni flesh hotiralarda saqlaydi va mikrosxemalardan tashkil topgan. Fleshkaning ishlash prinsipiga o'xshaydi lekin undan tezroq va ishonchliroq.

Endi ularning farqlarini ko'rib chiqamiz:

πŸ“Œ Tezlik. SSD HDD diskka qaraganda tezroq ishlaydi, chunki u yerda mexanik aylanishlar bo'lmaydi hammasi mikrosxemalarda bajariladi.

πŸ“Œ Narx. HDD arzonroq, lekin SSD narxlari ham tushib bormoqda.

πŸ“Œ Ishonchlilik. HDD'larda biror mexanik vaziyat(tushib ketish, biror nimaga urib olish) sodir bo'lsa, ishdan chiqish ehtimoli juda katta(o'zimda ham bo'lgan), SSD disklar ham jaaa buldozer 🚜 emas, ular ham buziladi, lekin biroz ishonchliroq.

πŸ“Œ Shovqin. HDD disklarda metal listlar aylanganligi sababli shovqinli hisoblanadi, yuklama tushganda listlar aylanayotganini eshitishingiz ham mumkin.

πŸ“ŒQuvvat. SSD disklar kam quvvat talab qiladi, HHD disklarda esa metal listlarni katta tezlikda aylantirish uchun yaxshigina quvvat zarur.

πŸ“Œ Hajm. Hajm bo'yicha ikkalasida ham muammo bo'lmasa kerak, har xil variantlari bor, lekin HDD'da variant ko'proq.

πŸ“Œ Form faktor (tashqi ko'rinishi). SSD disklar HDD'ga qaraganda o'lcham jihatidan kichikroq, yengilroq va olib yurish ham qulay.

πŸ“Œ Ishlash davomiyligi. HDD disklar qandaydir mexanik ta'sirlar bo'lmasa anchagacha ishlashi mumkin. SSD disklar ma'lum bir marotabagacha yozish va o'qish chegaralari bor, bu chegaralar uy kompyuteringizdagi SSD disklar uchun unchalik ahamiyatsiz, asosan serverlarda bu chegara muhimroq.

Asosiy farqlari shu, endi kimga qaysi biri kerakligini yozib o'taman:

βœ… Gaymerlar, ma'lumotlar bazasi bilan ishlovchilar, dasturchilar, video va foto montajchilar va albatta kim o'z kompyuterida tez ishlashni hohlasa shular uchun SSD yaxshi variant.

βœ… Katta hajmdagi video, kinolar saqlovchilar, arxiv ma'lumotlar bilan ishlovchilar, videokuzatuv ma'lumotlarini saqlovchilar, asosan offis ishlari bilan shug'ullanuvchlar uchun ma'lumot saqlashda HDD'dan foydalanish mumkin.

βœ… Optimal variant, aralash qilib ishlatish. Tizim tezroq yonishi uchun SSD qo'yib, qolganiga HDD qo'ysa bo'ladi yoki montaj ishlari uchun SSD qo'yib, qolgan dasturlarni HDD'ga yozish  mumkin, bular endi ozingizning fantaziyangizga bog'liq.

✈️ SSD tezligini tasavvur qilishingiz uchun misol: SSD disk orqali Windows'ni yuklasangiz HDD'da yuklanadigandan 5, 6 marotaba tezroq yuklanadi.

❇️ Install program
πŸ‘6❀1πŸ”₯1πŸ‘1
#IT_news_football

Sun'iy intellekt top futbolchilarning qariganda qanday ko'rinishda bo'lishini tasvirlab berdi.

❇️ Install program
πŸ‘5😱3😁2πŸ€”2
#template_ppt

Endi Power Pointda yaratilgan taqdimot bilan o'zgalarni jalb qilish qiyin

IT va ta'limga aloqador bo'lgan, o'zida turli ranglar, dizayn, infografika va ikonkalarni jamlagan taqdimot uchun namunalarni e'tiboringizga havola etamiz. Ushbu shablonlar orqali taqdimotingizni ko'rkam va jozibador shaklga keltiring.

πŸ“₯Yuklab olish

P/s: Tekinligini aytish esdan chiqibdiπŸ˜‰

Boshqa dasturlar‡️
⏩ Install program
😁2⚑1πŸ‘1πŸ₯°1
LazyMediaDeluxe-3.208.apk
6.6 MB
#tv_android

LazyMedia Deluxe - mana sizga televizorni zo'ri , Android TV yoki planshetlar, telefonlar uchun kinoteatrlar to'plami. Butun dunyo bo'ylab kanallarni ko'rishingiz mumkin.

Foydali dasturlarni doΚ»stlaringizga ham ulashingπŸ‘‡

❇️ Install program
πŸ‘3πŸ‘Ž1🀩1πŸ’―1πŸ‘»1
πŸ“Œ Kanalimizda joylab borilgan pdf fayllar bilan ishlashda sizga yordam beradigan dasturlarni yana bir bor havola etamiz:

βœ… ABBYY FineReader

βœ… Foxit PDF Reader

βœ… Wondershare pdf Editor

βœ… Pdf online tahrirlash

βœ… Pdf_24 creator

πŸ‘†Dastur ustiga bosing, yuklab oling va o'rnatib tekinga ishlatavering

❇️ Install program
❀2πŸ‘2πŸ”₯1🀝1
ShareX-13.5.0-setup.exe
7.8 MB
#windows_program

ShareX β€” Kompyuter ekranini skrinshot, skrinvideo qilishda hatto YouTuber'lar ham ham foydalaniladigan dastur.

Asosiysi bepul, limitlarsiz va ochiq kodli.

Foydali dasturlarni doΚ»stlaringizga ham ulashingπŸ‘‡

❇️ Install program
πŸ‘4πŸ”₯1πŸ‘Œ1πŸ’―1
#windows_program

Dia - Ko'p qirrali diagrammalar yaratish vositasi.

Ushbu dastur orqali turli xil diagrammalarni chizishda foydalanishingiz mumkin. Unda ob'ektlar diagrammalarini, UML diagrammalarini, oqim diagrammalarini, tarmoq diagrammalarini va boshqa ko'plab diagrammalarni chizishga yordam beradigan maxsus ob'ektlarga ega.

Yaratilgan diagrammalarni EPS, SVG, XFIG, WMF va PNG kabi bir qator formatlarga eksport qilish imkonini beradi.

πŸ“₯ Yuklab olish

🎞 Videoqo'llanma (ingliz tilida)

Boshqa dasturlar‡️
⏩ Install program
πŸ‘1πŸ‘1🀩1