Pro-code.uz
111 subscribers
379 photos
133 videos
17 files
818 links
It Sohasidagi yangiliklar va darsliklar 👨‍💻
🤖 It biznes yangiliklari!
👽 WebDasturlash!
📽 Video darsliklar!

YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCNooSIj6Dyc9KZm3_6Sy8ew

👼Murojat va takliflar uchun : @itPro8
Download Telegram
😎 Hammaga salom do'stlar!

🙄 Ko'pchilik so'raydi qanday kitoblar o'qisak bo'ladi dib! Yani Dasturlash haqida yoki dasturlash tilini haqida kitoblar bormi dib!
Bor lekin hech kim kitob o'qimaydi hozirgi zamonda!
🤔 Nega deysizmi ? Chunki Hozir barcha Dasturlash tillarini o'zini dokumentasiyasi bor yani sayti! Barcha dasturlash tilini o'zini dokumentasiyasidan bemalol qanday funksiyalar bor nimalarga javob beradi o'sha o'zini saytidan ko'rsangiz bo'ladi! Odiy
misol HTML CSS uchun juda zo'r sayt batafsil barcha kodlar haqida malumot bor: webref Faqat russ tilida!

😇 Kitob sevadiganlar hech hafa bo'manglar sizlar uchun esa elektron tarizda kitoblar ham bor ularni internetan topsangiz bo'ladi!

@procodeuz

#html #css #js #php
Hamma tayyormi? Qani boshladik unda: https://youtu.be/ouBcNZuSRH0

@kadirovDev
​​😎 Do'stlar hayrli kech! ) Ertalab qo'ygan elonimizdan keyin juda ko'p odam yozishdi!

😜 Joylarimiz afsuski tugab qoldi! Barchalaringizga raxmat! Hayrli darslar!

💁‍♂️ Bilim olishdan to'xtamanglar! @fructik

@procodeuz

#html #css #js
​​🧞‍♂️ TikTokdagi eng oxirgi trendlarni ko'rdingizmi?

📲 TikTok bu 2016-yil ishga tushirilganidan uch yil o'tgach, 500 million faol foydalanuvchilarga ega bo'lgan dastur. Dunyoning eng yirik shaharlarida ofislari mavjud bo'lib, Xitoyda Douyin nomi bilan tanilgan.

🎶 TikTok qisqa vaqt ichida, juda tez sur'atda ommalashgan, ayni paytda esa, yana ham ko'p obunachilarga ega bo'lib borayotgan mobil ilovadir.

Sizga dasturning shu kungacha erishgan yutuqlarini keltirib o'tamiz:
🔹 150 dan ortiq bozorlarda va 75 tilda mavjud;
🔹 2018-yil oktyabr oyida AQShda eng ko'p yuklab olingan dastur;
🔹 2019-yil fevral oyida dunyo miqyosida bir milliard yuklab olish amalga oshirildi;
🔹 Dunyoda eng ko'p yuklab olingan iOS ilovasi sifatida Facebook , YouTube va Instagramdan o'zib ketdi
.

🌟 TikTok ilovasining imkoniyatlari va afzalliklari:

🔸 Qisqa videolarni yuklash;
🔸 Orqa fonda musiqani aks ettirish;
🔸 Tezlashtirish, sekinlashtirish yoki filtr yordamida tahrirlanish;
🔸 Videolarga bo'lgan reaksiyani ifodalash;
🔸 Sharhlar, xabar

P.S TikTok esaltib o'tamiz karantin voxtida juda ko'p odam o'ziga jalb qildi! Va hozirda ijtimoiy tarmoqlar orasida birinchilardan bo'lmish Facebook dan keyingi o'rinda turadi!

@procodeuz
​​😎 Hammaga hayrli kun do'stlar!

🧞‍♂️ Bugungi qahramonimiz uni barchangiz tanishingiz mumkin! Chunki u siz dasturlashni boshlay olmaysiz! Kutib oling HTML Bu dastur tillariga kirmaydi!

💁‍♂️ Internetning WWW hizmati, asosan, wyeb-sahifalarga bog‘liq ekan, ular qanday yaratiladi? – degan savol tug‘ulishi tabiiy. Wyeb-sahifalar HTML (Hypertext Markup Language – Gipermatnli markerlash tili) tilida yoziladi.

💁‍♂️ HTML – dasturlash tili hisoblanmaydi. Bu tilda hujjat (wyeb-sahifa) tayyorlash uchun Windows’ning Bloknot kabi oddiy matn muharriri yetarli. HTML tilining buyruqlari “<” ва “>” belgilari orasiga yoziladi va deskriptor yoki teg (inglizcha tag – yorliq, belgi, alomat) deb ataladi.

💁‍♂️ Masalan, yozuvi HTML tilidagi hujjatning boshlanishini anglatadi. Teglarni yuqori yoki quyi registrdagi lotin alifbosi harflari yordamida yozish mumkin, ya’ni va bir xil tegdir. Umuman, teglar ikki turga bo‘linadi:
Juft teglar yoki konteyner-teglar: ko‘rinishdagi teg uchun tegi mavjud bo‘lib, birinchisi biror amal boshlanishini bildirsa, ikkinchisi shu amal yakunlanganini bildiradi.

💁‍♂️
Juftmas teglar: ko‘rinishdagi teg ochiladi, yopilishi shart emas, masalan, o‘zidan keyingi matnni yangi satrga o‘tkazuvchi

💁‍♂️
HTML-hujjat – “html” yoki “htm” kengaytmali matnli fayl bo‘lib, u oddiy matn muharririda teglar qo‘llab yozilgan matn. HTML-hujjat va teglari orasida yozilgan bo‘ladi. HTML-hujjat hotiraga yuklansa, u ekranda web-brauzer yordamida wyeb-sahifa ko‘rinishida aks etadi.
tegi kabi.


‼️ Yanada batafsil 🤖 HTML haqida bilmoqchi bo'lsangi marhamat!


@procodeuz

#html #css #js #php
😅 Birgalikda CSS o'rganamiz!

@procodeuz

#html #css
😅😂😂 Ha bunaqa vakansiyalar ham bor!

@procodeuz
#html #css
​​😎 Hammaga hayrli kun do'stlar!

🤩 Bugungi qahramonimiz dastrulash tizimimiz CSS!

🤗 Ko'pchilik bilsa kerak CSS bu saytni chiroyli qilib beradigan tizim dib lekin aslida:

💁‍♂️ CSS
(inglizcha: Cascading Style Sheets) — belgilash tillari formal tili.

💁‍♂️ CSS ning toʻliq shakli 1997 yil tashkil topgan boʻlib, „WWW Consorcium“ ida qoʻllab quvvatlangan va foydalanishga taqdim etilgan. Dastlab, CSS kodlarini Netscape Navigator 4.0 va Internet Explorer 4.0 brouzerlari tushuna olgan, hozirgi kunda CSS kodlarni istalgan brauzerlar qoʻllab quvvatlay oladi.

💁‍♂️ CSS elementlarni ekranda, qogʻozda va yoki boshqa medialarda koʻrinishini tasvirlaydi. CSS veb sahifalarga har xil stillar berish uchun ishlatiladi. Hamda bir vaqtning oʻzida bir nechta veb sahifalarni dizaynini oʻzgartirish mumkin.

💁‍♂️ Biror bir veb sahifani turli xil qurilmalarda turli xil koʻrinishini ham taʼminlaydi. CSS file .css formati orqali tashqi xotira saqlab qoʻyishingiz va kezi kelganda veb sahifaning HTML kodini oʻzgartirmasdan, faqat CSS faylni oʻzgartirish orqali veb sahifaga yangidan koʻrinish berishimiz mumkin.

💁‍♂️ Qisqacha qilib aytadigan boʻlsak, HTML faqat veb sahifani kodlarini yozish uchun ishlatiladi, HTML da ham veb sahifaga dizayn bersa boʻladi, lekin bu juda uzoq jarayon talab qilgani bois, CSS bu vazifani oʻz boʻyniga olgan.

💁‍♂️ CSS ning boshqa tillardan bitta ustun tarafi shundan iboratki, CSS kodlarini kompilatsiya qilish uchun, hech qanday kompillyatorlar, redaktorlar yoki biror bir dasturlar shart emas. Bizga oddiygina Internet Explorer va shu kabi brauzerlar kifoya. Brauzerlar orqali biz CSS kodlarini bemalol tahlil qilishimiz, natijamizni toʻgʻridan toʻgʻri koʻrishimiz mumkin.

@procodeuz
#css #html #js
​​😎 Hammaga hayrli kun do'stlar!

🧞‍♂️ Bugun o'zgacha kun! Chunki bugun dasturlash tillari emas balkim mashhur bazalar haqida gaplashib o'tamiz! Tanishing MYSQL ma'lumotlar bazasi!

💁‍♂️ MySQL — bu eng mashhur va juda ko'p foydalaniladigan ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi(MBBT) hisoblanadi.

💁‍♂️ Bu tizim juda katta ma'lumotlar bilan ishlash uchun yaratilmagan, aksincha biroz kichik hajmdagi bazalar bilan katta tezlikda ishlash uchun yaratilgan.

💁‍♂️ Uning asosiy ishlash doirasi, saytlar hisoblanadi. Hozirgi kunda juda ko'p sayt va bloklarning ma'lumotlari aynan shu MBBT saqlanadi.

💁‍♂️ MySQL — juda katta tezlikda ishlovchi va qulay hisoblanadi. Bu tizimda ishlash juda sodda va uni o'rganish qiyinchilik tug'dirmaydi.

💁‍♂️ MySQL tizimi tcx kompaniyasi tomonidan, ma'lumotlarni tez qayta ishlash uchun korxona miqyosida ishlatishga yaratilgan. Keyinchalik ommalashib, saytlarning asosiy bazasi sifatida yoyildi.

💁‍♂️ So'rovlar SQL tili orqali amalga oshiriladi. Bu MBBT relyatsion ma'lumotlar baza hisoblanadi. Bu degani baza jadvallar, jadvallar esa ustunlardan tashkil topgandir.

‼️ Yanada batafsil 🤖 MySQL haqida bilmoqchi bo'lsangi marhamat!

👉 @procodeuz

#html #css #php
​​👾 Hammaga hayrli kun!

😅 Kim bilardi deysiz bugun dasturchilar kuni ekan!

🧑‍💻 Tabriklaymiz! Bulajak va hozirgi dasturchilarimizni!
​​😊 Hammaga salom do'stlar!

😳 Do'stlar bugungi mavzuimiz juda qiziq bo'ladi! Web Sohasidan chiqib Android Sohasiga qo'l uramiz! Kimlardir eshitgandir kimlardir eshitmagandir Tanishinglar React Native!

💁‍♂️ React Native - bu Facebook tomonidan 2015-yil ishlab chiqilgan.U yordamida Android va IOS platformasiga dastur yozish mumkin.

💁‍♂️ Hozirda React Native tomonidan Instagram , Facebook va boshqa mobile dasturlar ishlab chiqilgan.

💁‍♂️ React native ostida ReactJS-ni amalga oshiradi. mobil ilovalar uchun komponentlarni yaratish uchun React platformasidan foydalanadi. React native ham iOS, ham Android platformalari uchun asosiy komponentlarni taqdim etadi.

💁‍♂️ React Native tarkibiy qismlaridan ba'zilari Navigator, TabBar, Text, TextInput, View, ScrollView. Ushbu tarkibiy qismlarda ichki iOS UIKit va Android UI qismlaridan foydalaniladi.

💁‍♂️ React native shuningdek NativeModules-ga imkon beradi, bu erda ObjectiveC-da iOS va Android uchun Java-da yozilgan kod JavaScript-da ishlatilishi mumkin.


P.S Barchasi JavaScriptga olib boradi! O'sha uchun do'stlar JavaScripti zo'r o'rgansak qolgani muomo emas! 😁👍

@procodeuz

#reactjs #js #css
​​😎 Hammaga salom do'stlar!

🧞‍♂️ Ko'pchilik biladi har dastur tilni o'zini kutubxonalari bor! O'zi aslida kutubhonalarni vazifasi bizning yozgan kodlarimizni ixchamlashtirib berishga javob beradi!

🤖 Bugungi mavzu JavaScriptni kutubhonalaridan biri React Js!

💁‍♂️ Reakt interfaol foydalanuvchi interfeyslar(UI)ni qiyinchiliksiz yaratish imkoni beradi. Ilovangizdagi har bir holat uchun oddiy ko’rinishni loyihalashtiring va React sizning ma’lumotlaringizni faqat o’zgartirgan tarkibiy qismlarni belgilab ularni samarali ravishda yangilaydi.

💁‍♂️ Deklarativ ko’rinishlar sizning kodingizni oldindan bashorat qilish va xatoliklarni onsonroq aniqlashga yordam beradi.

💁‍♂️ Komponentga-Asoslangan O’zining holatini boshqaradigan, keyin ularni murakkab UI ni yaratishda ishlatadigan enkapsulyatsiya qilingan komponentlar quring.

💁‍♂️ Bir marta o'rganib, har yerda yozavering: Biz sizning boshqa texnologiya to’plamingiz haqida har xil taxminlar qilmaymiz, shuning uchun mavjud kodni qayta yozmasdan React da yangi imkoniy(xususiyat)lar yartishishga imkon beradi.

📌 Yanda React haqida batafsil malumot olishingiz uchun marhamat!

@procodeuz

#html #css #js #react
😅 Faqat Frontent qismini qilinganda!

@procodeuz

#html #css
​​🎮 CSSni o'yin o'ynab o'rganing

Qiziqarli o'yin bilan bilimlar oson o'zlashtiriladi! Tasavur qiling miriqib o'yin o'ynaysiz va CSSni o'rganib olasiz. Internetda bu masalada sizga yordam beruvchi ba'zi saytlar mavjud.

- Grid Garden
CSS Grid'ni o'rganishga ko'maklashadi. Bog'ni tartibga soling va o'yinda g'olib bo'ling. Shu bilan birga CSS Grid bo'yicha bilimlaringizni mustahkamlab olasiz.

- Grid Critters
O’yin sizga CSS Grid'ni o’zlashtirishga ko’maklashadi. Siz kosmik kemani boshqarasiz va Grideros sayyorasi aholisini Grid yordamida himoya qilasiz.

- Flexbox froggy
CSS Flexbox'dan foydalanib qurbaqalarni o'z o'rniga qaytarishga yordam bering. O'yin 24 ta bosqichdan iborat bo'lib barchasi juda qiziqarli. Oxirgi bosqichdan siz ham o'ta olasizmi buni hoziroq tekshiring

- Flexbox Zombie
CSS Flexbox'ni epchillik bilan o'rganing. Buni zombilarga qarshi ishlating. O'yin 12 bosqichdan iborat. Buning uchun saytda ro’yxatdan o’tish kerak bo’ladi.

- CSS Diner
CSS ni ham o’zlashtirishga, ham sahifalashning tayanch qoidalarni eslashga yordam beradi. Mahsulotlarni joylashtiring va dasturxonni to’g’ri buyruqlar orqali bezating, o'yin esa ko’rsatmalar bilan yordam beradi. Oson tuyulishi mumkin, ammo bo’shashmang – bu yerda 32 ta bosqich, har biridan so’ng vazifalar murakkablashib boradi.

@procodeuz

#css #html
​​😎 Hammaga hayrli kun Do'stlar!

🧞‍♂️ SMM sohasiga qiziqadiganlar uchun post!

💁‍♂️ SMM(Social Media Marketing) - ijtimoiy tarmoqlarda marketing - bu mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarni ijtimoiy tarmoqlarda tanitish, uni yurgizish.

💁‍♂️ Mutaxassislar bergan ma'lumotlarga ko'ra, mijozlar biron tovarni sotib olishdan yoki xizmatdan foydalanishdan avval o'rtacha 10.4 ta maqolani o'rganib chiqishar ekan. Oddiy foydalanuvchi o'rtacha 5.8 ta akkauntga ega bo'lib, ularni 2.8 tasidan faol ravishda foydalanar ekan. Bu esa mahsulot yoki xizmat egalarida aynan shu muhitlarda foydalanuvchilar bilan aloqani yo'lgda qo'yish, o'z mahsulot yoki xizmarlarini aynan shu muhitlarda reklama qilish, uni qo'llab-quvvatlash zaruratini tug'diradi.

💁‍♂️ SMM yordami bilan hal qilish mumkin bo'lgan vazifalar:
👾 brend yaratish va uni yurgizish/tanitish;
👾 brendni mashhur qilish, unga bo'lgan qiziqishni oshirish;
👾 kompaniya saytiga tashrif buyuruvchilar sonini oshirish;
👾 mijozlar, foydalanuvchilarda xizmat, tovar va mahsulot yuzasidan paydo bo'lgan savollar tezkor javob berish, xizmat ko'rsatish.

💁‍♂️SMM hozirda bajaradigan vazifasiga ko'ra noananaviy qurollardan biri hisoblandi. Shunga qaramay, hozirda ko'pchilik mutaxassislar juda katta qiziqish va uning kelajagiga katta ishonch bilan qarashayotgan vosita hisoblanadi.

🧑‍💻 P
.S shunday ekan SMM sohasi hozirda zamonaviy kasblardan biri hisoblanadi! Dasturchilar uchun SMM nima ahamiyati bor dib o'ylaysiz? Izoh qoldiramiz!

@procodeuz

#smm #hmtl #css