Aziz Mirzayev
929 subscribers
736 photos
81 videos
20 files
922 links
Assalomu alaykum.

Men Mirzayev Aziz .Net va AI bo'yicha dasturchiman. Xozirda EPAM korxonasida faoliyat olib boraman.

Bu kanalda hayotimda bo'lib o'tayotgan yangiliklar, fikrlar va hulosalar bn baham ko'raman.

Me --> http://bit.ly/3Ek47E8
Download Telegram
Chiqib keldik. Kechasi soat 11 da moshinaga oʻtirdik. Juda qattiq tayyorgarlik bn chiqish kk ekan. Xozir hammayoq ogʻrib nastroenie 0 boʻvotti
🔥3
Forwarded from Janob Panda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Microsoft Developers Community va Alif Tech hamkorligida DevTalks meetup o’tkazyapmiz.

Barcha backend va AI ga qiziquvchilarni taklif qilaman. Asosan, .NET va Github Copilot bo’yicha yangicha bilimlar haqida gaplashamiz. Boshqa stack da bo’lsangiz, kamida networking bo’ladi :) Spikerlar esa bomba.

Hoziroq ro’yxatdan o’ting:
https://mdcuzbekistan.com/register

Batafsil ma’lumot:
https://t.me/mdcuzbekistan/960

@mukhammadkarim_tukhtaboev
Forwarded from UzGeeks Community
UzGeeksʼda Sunʼiy intellekt kuni

📌 23-avgust, shanba kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida “UzGeeks August2025 AI Day Meetup” boʻlib oʻtadi.

⚜️Meetupʼda quyidagi spikerlar ishtirok etadi:
1️⃣“S.I. va Jamiyat: Qo’rquv va optimistik qarashlar” - Xurshid Maroziqov ("EDU" va "EDU-Sofiya" xususiy maktab va o‘quv markazlari tarmog‘i, "birfoizbilim", "Protocol 57" loyihalari asoschisi);
2️⃣“Zero to Agent” - Yunusjon Yusupov (Software Engineer);
3️⃣“Backpropagation, Gradientlar qanday hisoblanadi?” - Azimjon Mehmonali oʻgʻli (Machine Learning Engineer).


❗️Meetup odatiy ravishda bepul boʻlib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks.uz saytida roʻyxatdan oʻtish kerak.

📍Manzil: Raqamli texnologiyalar vazirligi.

✅️Hamkorlar:
➡️Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi;
➡️Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi;
➡️Thinkland.

Sayt | Guruh | Kanal | Facebook | 💫 Donate
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Axiri oldim. Endi qanaqa ishlatishni oʻrhanish kerak.
Corne red switch
Keychron brown switch
Adashib kettim )))
Shunaqasi ham bo'lib turadi
Forwarded from Programmer Jokes
Forwarded from Dr. Algorithm
Motivatsiya < Intizom
[chaqmoq izidan yurmang]


Shu kunlarda g‘ayratlantirish (motivatsiya) kurslari juda ko‘payib ketdi. Boshida foydali ko‘rindi. Vaqt o‘tib, hammasi yuzaga chiqa boshladi.

Biz bizga buyurilgan intizomni tark etdik. Bu Motivatorlarni ko‘payishiga olib keldi.


Motivatsiya chaqmoqqa o‘xshaydi – u birdaniga paydo bo‘ladi, ko‘p energiya beradi va hamma narsani yoritadi. Lekin u bir zumda o‘tib ketadi va ortidan yana qorong‘ulik qoladi. Intizom esa shamga o‘xshaydi – uning nuri kuchli bo‘lmasligi mumkin, lekin u tinmay yonadi. U sizni uzoq muddatli yo‘lingizda doimiy ravishda olg‘a boshlaydi. Sizga bir lahzalik porlash kerakmi yoki uzoq muddatli yorug‘lik?

“Phoenix project” kitobida yangi CTO xatolarini o‘rganish uchun mutaxassisga boradi. Fikrlar orasida shu fikr ham bor edi:
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdi-ki, kuniga 5 daqiqa shug‘ullanish haftada bir 3 soat shug‘ullanishdan yaxshiroq.


Nega?
Chunki intizom kichik, doimiy qadamlardan iborat. Aynan shu kichik harakatlar, kichik g‘alabalar bizga maqsadimizga yetishish uchun barqaror zamin yaratadi. G‘arbdagi ko‘plab muvaffaqiyatli insonlar aynan shu tamoyilga amal qilishadi: ular hasharlar uyushtirmaydi, ular har kuni oz-ozdan o‘z vazifalarini bajarib borishadi.

Niyatim kimnidir tanqid qilish emas.

Niyatim - esdan chiqib borayotgan intizomimizni qayta tiklashga chaqirish.


Shunday ekan, o‘zimizga bir savol beraylik: bizga bir lahzalik chaqmoq kerakmi yoki hayotimizni nurga to‘ldiruvchi doimiy sham?

03.09.2025 London
@DrAlgorith
🔥1
Forwarded from Dr. Algorithm
Professional "Yo‘q" deyish

Bilarmidingiz? Rahbaringiz aslida sizdan "Yo‘q" deyishingizni kutadi.

Har bir rahbar o‘z jamoasida "labbaychi", har bir topshiriqqa "xo‘p bo‘ladi" deydigan, savol bermasdan ishga kirishib ketadigan xodimlarni yoqtiradi, - deb o‘ylashadi. Yuzaki qaraganda shunday: kamroq muhokama, tezroq ishga kirishish. Lekin bu muvaffaqiyatsizlikka olib boradi.

Kitobda qiziq gap o‘qib qoldim. Erik ismli qahramon aytgan gapi bor, bu gap har bir rahbar ish stoliga yozib qo‘yishiga arziydi:

"Albatta, siz "Yo‘q" deyishingiz mumkin. Biz sizga fikrlashingiz uchun haq to‘laymiz, shunchaki ishni bajarish uchun emas."


"Of course you can say No. We pay you to think, not to do."


Nima uchun "Ha, xo‘p bo‘ladi"chi xodimlar xavfli?

Tasavvur qiling, men jamoaga yangi bir loyiha ustida ishlashni topshirdim. Dasturchi hech qanday savol bermasdan, darhol kod yozishni boshladi. Ikki haftadan so‘ng u ishni tugatdi. Ammo keyin ma’lum bo‘ladiki:

1. Bu ish boshqa bir modul bilan ziddiyat hosil qilgan.

2. Loyihani yaratishda qo‘llanilgan yondashuv kelajakda katta "texnik qarz" (technical debt) qoldirgan.

3. Aslida, bundan ancha samaraliroq va tezroq yechim mavjud edi, lekin hech kim bu haqda o‘ylab ko‘rmagan.

Natijada nima bo‘ldi?
Vaqt, pul va eng asosiysi - jamoaning ishtiyoqi behuda sarflandi. Agar o‘sha dasturchi yoki jamoa boshida "Yo‘q, bu yondashuv to‘g‘ri emas, chunki..." deb aytganida, biz bu isrofgarchilikning oldini olgan bo‘lardik.



Qanday qilib to‘g‘ri "Yo‘q" deyish mumkin?

"Yo‘q" deyish – bu qo‘pollik yoki bo‘ysunmaslik emas. Bu – professional mas’uliyat. Muhimi, buni to‘g‘ri yetkazib bera olish.

1. "Yo‘q, chunki..." formulasidan foydalaning.
Shunchaki "yo‘q, qilolmayman" demang. Sababini aniq va raqamlarga asoslanib tushuntiring.

Salbiy: "Yo‘q, bu vazifani bugun qila olmayman."

Ijobiy: "Yo‘q, bu vazifani bugun bajara olmayman, chunki hozirda men A loyihasining muhim qismi ustida ishlayapman. Agar chalg‘isam, ertangi reliz kechikishi mumkin. Bu esa korxonamiz uchun X miqdorida zarar keltirishi ehtimoli bor."

2. Muqobil yechim taklif qiling.
Siz muammoning bir qismi emas, yechimning bir qismi ekanligingizni ko‘rsating.

Salbiy: "Bu funksiyani ikki kunda qo‘shib bo‘lmaydi."

Ijobiy: "Bu funksiyani to‘liq hajmda ikki kunda qo‘shishning imkoni yo‘q. Lekin, biz eng muhim qismini (MVP) ertaga tayyor qilib berishimiz mumkin. Yoki, agar bizga to‘rt kun vaqt berilsa, uni barcha testlardan o‘tkazib, barqaror versiyasini taqdim etamiz. Qaysi biri biz uchun hozir muhimroq?"

3. Ustuvorliklarni (prioritetlarni) aniqlashtiring.

Ba’zida rahbariyat (yoki buyurtmachi) barcha vazifalar birdek muhim deb o‘ylaydi. Sizning vazifangiz - ularga haqiqiy vaziyatni ko‘rsatish.

Savol bering: "Tushundim, bu juda muhim. Hozir men ishlayotgan A va B vazifalar bilan solishtirganda, bu yangi topshiriqning ustuvorligi qanday? Agar buni boshlasam, qaysi birini kechiktirsam bo‘ladi?"


Xulosa

Sizning ishingiz – shunchaki kod yozish, dizayn chizish yoki jadval to‘ldirish emas. Sizning ishingiz - korxonaning umumiy maqsadiga erishish uchun o‘z tajribangiz va aqlingizni ishlatishdir.

Buning ichiga xavflarni oldindan ko‘ra bilish, noto‘g‘ri qarorlarni shubha ostiga olish va yaxshiroq yo‘llarni taklif qilish ham kiradi.

Agar sizga biror vazifa berilsa, bir zum to‘xtang. O‘zingizga savol bering:
* Bu vazifaning asl maqsadi nima?
* Nima uchun aynan shu yo‘l tanlandi?
* Bundan yaxshiroq, tezroq yoki arzonroq yechim yo‘qmi?
* Bu ish kelajakda qanday muammolarga olib kelishi mumkin?

Agar javoblaringiz sizni qoniqtirmasa, o‘z fikringizni aytishdan qo‘rqmang. Asosli dalillar bilan aytilgan "Yo‘q" — bu korxonaga qilingan eng katta yaxshilikdir.

Unutmang, siz shunchaki klaviaturani bosishingiz yoki qog‘ozlarni to‘ldirishingiz uchun oylik olmaysiz. Siz tajribangiz, bilimingiz va eng muhimi - fikrlash qobiliyatingiz uchun haq olasiz.

Shunday ekan, keyingi safar topshiriq olganingizda, o‘ylang.
Agar kerak bo‘lsa, o‘z professional lug‘atingizdagi eng qudratli so‘zni ishlating: "Yo‘q, chunki..."


10.09.2025 London
@DrAlgorithm
👍2
Forwarded from Dr. Algorithm
StartUp va yoshlar

O‘zbekistonda StartUp qilayotgan yoshlar ko‘paygan. Bu juda yaxshi holat. O‘zining shaxsiy tijorati (biznesi) bo‘lishi juda zo‘r.

Yoshlarimiz tirishqoq, qiyinchilikdan qo‘rqmaydi, ishini oxiriga yetkazishga harakat qiladi. Bu xislatlar hammada ham bor emas. Bersang yeyman, bermasang o‘laman - kayfiyatidan chiqib olganimiz quvonarli holat.

Ammo bitta "Lekin"imiz bor.


StartUp qilish qoidalari va talablari bor. Buni ko‘pgina markazlar o‘rgatib kelmoqda. Masalan, StartUp Garage. Yangi boshlayotganlarga yo‘l xaritasi (Roadmap) berib, har bir bosqichni tushuntirib kelishmoqda. Bu fundamental bilim va busiz ish yurishi qiyin.

Hatto yaqinda StartUp Garage o‘zining yopiq eco-tizimini hamma uchun ochdi (Founders Community). Endi hamma tekinga a’zo bo‘lishi mumkin. StartUp asoslarini o‘rganishi, tanish-bilish orttirishi mumkin.

Meni o‘ylantirgan narsa esa, yoshlarning ish yuritishi.


O‘zini CEO deb bilgan StartUpchilar, g‘oyadan boshqa ish qilmagan. Menga ham ko‘p yozishadi. 2-3 asoschi bilan suhbat qilib koʻrdim, gaplari qiziq:

- Oka, manga CTO kerak-de.
- Nima uchun?
- Shu man o‘ylagan narsani yasab beradi. Hammasini o‘zi boshqaradi. TZ yozishdan bozorga kirishgacha qilib beradi.

Yoki:
- CTO misiz? Manga CTO kerak. Kompyuterga aloqador loyiha o‘ylaganman. Shuni qilib berish kerak.

G‘oya borligi yaxshi, g‘oya hammada bor.


Shu g‘oyani tushuntirib bera olish, uni amalga oshirish uchun qadamlarni yozib chiqish, shu qadamlarni bajarish uchun harakatni boshlash, har kuni g‘oyani loyihaga aylantirish ustida ishlash hammaning ham qo‘lidan kelmas ekan.

Hurmatli StartUp asoschilari:

- Agar StartUpʼingiz hali g‘oya shaklida bo‘lsa, iltimos, StartUp qurish asoslarini o‘rganing.

- IT mutaxassisi qilib beradi, men shuni ustida biznes qilaman, - degan fikrdan qayting.

- G‘oyamni yasayman, sarmoya (investitsiya) olaman va sotaman, - deb kichik fikrlamang.

G‘oya bormi? BIror muammoni hal qiladimi? Raqobat qila olasizmi? Ko‘lami katta emasmi? Tez bozorga kira olasizmi? O‘zi umuman bozorga kirish imkoni bormi?


kabi savollarga javob topib qo‘ying.

Nazariy asosini bilmasdan ish boshlasangiz 90/10 ning 90 tomonida bo‘lib qolasiz.

StartUp boshlaganingiz zo‘r, to‘xtamang. Parallel nazariy tomonini ham o‘rganing. Biz sizga yordam beramiz. Faqat savollar va taqdimot (pitch)ga yaxshi tayyorlaning. Vaqtni nazorat qiling.

Foydali va asosli StartUpʼlarimiz koʻpayvursin!

15.09.2025 London
@DrAlgorithm
👍1
Assalomu alaykum.
Mazza qilib Shaytanatni Juma kuni tugatdim. Oʻziyam 10 iyuldan beri oʻqibman. Aybga buyurmisizlar. Zoʻr yozilganiga koʻp ishlarim qolib ketdi. Bu kanal ham huvillab qoldi.
Miyya ochilganiga Shanba kuni oʻtirib bir project boshladim. MongoDB + EFCore da. Qiziq boʻlsa githubda boʻlishaman )
👍1
Forwarded from Yandex Uzbekistan
Yandex Cup dasturchilar chempionatiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi — unda istalgan darajadagi dasturchilar qatnashishi mumkin

Chempionat bekend, mobil dasturlash, analitika, mashinaviy o‘qitish, algoritm va frontend yo‘nalishlarida o‘tadi.

Birinchi tur 20-29-oktabr kunlarida bo‘lib o‘tadi: bu sinov turi, unda qatnashchilar chempionat vazifalari va platformasiga ko‘nikib olishadi. Saralash bosqichi esa 2-noyabr kuniga rejalashtirilgan — undan o‘tgan dasturchilar Istanbulga, finalga yo‘l olishadi. Final 5-7-dekabr kunlari o‘tadi.


Chempionat mukofot fondi deyarli 1,8 mlrd so‘m*: kurashishga arziydi! Ro‘yxatdan o‘tish uchun hoziroq
https://yandex.ru/cup saytiga kiring.

*yakuniy summa kursga qarab o‘zgarishi mumkin

➿➿➿➿➿➿➿➿

Началась регистрация на чемпионат программистов Yandex Cup — в нем могут принять участие программисты любого уровня

Чемпионат пройдет по направлениям бэкенд, мобильная разработка, аналитика, машинное обучение, алгоритм и фронтенд.

Первый тур пройдет уже 20-29 октября, он будет пробным: чтобы участники познакомились с типом заданий и привыкли к платформе. 2 ноября пройдет квалификация — по ее итогам 180 лучших участников отправятся на финал, в Стамбул, который пройдет 5-7 декабря.


Призовой фонд чемпионата почти 1,8 млрд сумов*: есть за что побороться! Зарегистрироваться можно прямо сейчас, на сайте:
https://yandex.ru/cup

*итоговая сумма может отличаться в зависимости от курса валюты в день выплаты

подписывайтесь 🌼 obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Programmer Jokes
👍1