Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi 26-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi
Mamlakatimiz taraqqiyotining yaqin istiqboldagi strategik yo‘nalishlarini belgilab beruvchi, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi tub islohotlarni yangi bosqichga ko‘taradigan yilning eng muhim siyosiy voqeasini o‘tkazib yubormang!
Davlatimiz rahbarining Murojaatnomasi quyidagi telekanallar orqali jonli efirda namoyish etiladi:
MTRK tizimida: "O‘zbekiston 24", "O‘zbekiston", "Yoshlar", "Mahalla", "Madaniyat va ma’rifat", "Toshkent", "Dunyo bo‘ylab", "O‘zbekiston tarixi" hamda 12 ta hududiy telekanallar.
Nodavlat telekanallarda: "MY5", "Sevimli", "Uzreport TV", "Milliiy TV", "Zoʻr TV".
Shuningdek, onlayn translyatsiyani Prezident matbuot xizmatining rasmiy sahifalarida ham tomosha qilish mumkin:
Veb-sayt: www.president.uz
Facebook: fb.com/Mirziyoyev
Instagram: instagram.com/mirziyoyev_sh
YouTube: youtube.com/PrezidentMatbuotxizmati
@pressuz

👍35❤23🔥22
Yilning eng muhim siyosiy voqeasi — Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi soat 11:00 da boshlanadi!
Davlat rahbarining murojaatnomasi quyidagi telekanallar orqali jonli efirda namoyish etiladi:
"O‘zbekiston 24", "O‘zbekiston" (surdotarjima bilan), "Mahalla", "Madaniyat va ma’rifat", "O‘zbekiston tarixi", "Mening yurtim", "Sevimli", "Milliy", "Zo‘r TV", "Renessans TV";
"Toshkent" va "Dunyo bo‘ylab" (ruscha tarjimasi bilan);
"Yoshlar" va "Uzreport TV" (inglizcha tarjimasi bilan).
Shuningdek, onlayn translyatsiyani Prezident matbuot xizmatining rasmiy sahifalarida ham tomosha qilish mumkin: veb-sayt, Facebook, Instagram, YouTube.

Prezident Shavkat Mirziyoyev:
“Biz to‘qqiz yilda barcha iqtisodiyot tarmoqlariga 130 milliard dollarlik xorijiy investitsiya olib keldik.
Joriy yilning o‘zida chet ellik hamkorlarimiz bilan yana 140 milliard dollarlik yangi investitsiyaviy kelishuvlarga erishdik.
Kelgusi yilda 50 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilamiz”.

Oliygoh bitiruvchilari va ish beruvchilar o‘rtasida ko‘prik bo‘lib xizmat qiladigan raqamli eko-tizim yaratiladi
Mazkur tizimda talabalarning akademik ko‘rsatkichlari va korxonalardagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar onlayn ko‘rinib turadi.
Ushbu eko-tizim bitiruvchi kurs talabalari uchun o‘ziga mos ish topish, korxonalarga esa malakali kadrlarni jalb qilish imkonini beradi.
Shu tariqa, 2026-yildan boshlab O‘zbekistonda inson kapitaliga tayangan, zamonaviy kasb va malakaga asoslangan yangi mehnat bozori arxitekturasi to‘liq shakllantiriladi.

❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Murojaatnomasi: islohotlarning real natijalari, o‘zgarishlarning hayotimizdagi aksi va kelgusi ustuvor vazifalar aniq fakt va raqamlarda
@pressuz
@pressuz
👍16❤10🔥10
Prezidentdan yangi yil sovg‘asi: yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar kelajagiga sarmoya kiritildi
Prezident topshrig’i bilan bu yil o‘tkazilgan “Prezident archasi” doirasida an’anaviy yangi yil sovg‘alariga qo‘shimcha ravishda, bolalar uchun omonat depozit hisob raqamlarini ochish to‘g‘risida qaror qabul qilindi — bu ularning ertangi kuni uchun kichik, ammo muhim qadamdir.
0 dan 17 yoshgacha bo‘lgan 8 ming nafardan ortiq yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun omonat depozit hisob raqamlari ochildi. Har bir bunday hisob raqamiga davlat tomonidan 500 AQSh dollari miqdorida mablag‘ joylashtirildi. Ushbu mablag‘lar yildan-yilga kapitalizatsiya hisobiga jamg‘arilib boradi. Bola 18 yoshga to‘lgach, ushbu mablag‘lardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lib, mustaqil hayotga qadam qo‘yish uchun ilk qarorlarini qabul qilishi mumkin.
9 yoshdan yuqori bo‘lgan bolalar va ularning qonuniy vakillariga ijtimoiy kartalar berildi. Bu qulaylik, xavfsizlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida amalga oshirildi. Ijtimoiy karta bugunoq foydali: u orqali jamoat transportidan imtiyozli sharoitlarda foydalanish, xaridlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish, shaxsni tasdiqlash, shuningdek ijtimoiy yordam va xizmatlarni olish huquqini tasdiqlash mumkin. Barcha operatsiyalarni Baraka mobil ilovasi orqali kuzatish va nazorat qilish mumkin.
Ushbu qo‘llab-quvvatlash davlat g‘amxo‘rligiga alohida muhtoj bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan:
• mahallalarda istiqomat qiluvchi yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar;
• mehribonlik uylari, oilaviy va kichik hajmli bolalar uylari hamda SOS bolalar qishloqlari tarbiyalanuvchilari;
• ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish chog‘ida halok bo‘lgan bolalar;
• “Taskin” bolalar xospisi huzuridagi bolalar onkologiya shifoxonasida davolanayotgan bolalar.
“Taskin” bolalar xospisida davolanayotgan bolalar uchun alohida tartib belgilangan: depozit hisob raqamidagi mablag‘lar zaruratga ko‘ra va qonuniy vakillar murojaati asosida istalgan vaqtda bank kartasiga o‘tkazilishi mumkin.
Bu — har bir bola haqida qayg‘urish, ishonch va kelajakka bo‘lgan ishonch ramzidir.

❤7👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi yil bayrami arafasida OAV va jurnalistika sohasi faxriylariga ehtirom koʻrsatildi
30-dekabr kuni Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi vakillari o‘zbek jurnalistikasi rivojiga munosib hissa qo‘shgan, sohada uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan faxriylar holidan xabar oldi.

“Ta’kidlash joizki, ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar va soha faxriylari doimo Prezidentimizning e’tiborida. Ularning mehnatini munosib qadrlash, ijtimoiy mavqeini mustahkamlash hamda kasbiy faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Uchrashuvlar davomida faxriylar bilan samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda ularning boy tajribasi, kasbiy faoliyati davomida orttirgan saboqlari va yosh avlod jurnalistlarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘z umrini so‘z va haqiqatga, jamiyat manfaatlariga xizmat qilishga bag‘ishlagan ustoz jurnalistlarni e’zozlash va qo‘llab-quvvatlash bundan buyon ham izchil davom ettiriladi”, deyiladi markaz xabarida.
@pressuz
❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Alter Ego loyihasiga bergan ilk intervyusida talabalar masalasida ham juda muhim masalaga e’tibor qaratibdi. Bizning ta’lim tizimida talabalarni yetakchilik tafakkurisiz va tashabbuskorsiz qilib yetishtirish, ya’ni kattalar nima desa, shuni qilish kerak degan qarashlar mavjudligi tanqidiy ruhda gapirilgan.
Avvalo, Prezident administratsiyasi rahbari darajasidagi yuqori martabali mulozimning ochiq intervyu berishi bir xursand qilsa, bugun talabalar yetakchilik tafakkurisiz tayyorlanishiga e’tibor qaratilishi yana bir karra xursand qildi. Demak, rahbariyat hamma narsadan xabardor. Bu borada ham katta o‘zgarishlar amalga oshirilishini kutsa bo‘ladi.
@pressuz
“Bu sovetcha tizim, yodingizda bo‘lsa shunaqa mafkura bor edi — kollektiv muhim, yetakchilar esa deyarli kerak emasdi. Bu, menimcha, barcha postsovet mamlakatlarining muammosi va fojiasi. Umuman olganda, bugungi kunda ta’limga katta savol bor. Masalan, 20 yoshli o‘g‘lim har kuni dunyoda ta’limni isloh qilish kerakligi, u rivojlanishdan ortda qolayotgani, bugungi talablarga javob bermayotgani haqida kuyunib gapiradi”, - dedi Saida Shavkatovna.
Avvalo, Prezident administratsiyasi rahbari darajasidagi yuqori martabali mulozimning ochiq intervyu berishi bir xursand qilsa, bugun talabalar yetakchilik tafakkurisiz tayyorlanishiga e’tibor qaratilishi yana bir karra xursand qildi. Demak, rahbariyat hamma narsadan xabardor. Bu borada ham katta o‘zgarishlar amalga oshirilishini kutsa bo‘ladi.
@pressuz
👍38❤18🔥18😱3
Bloger Zafarbek Solijonov Saida Mirziyoyeva intervyusidagi til masalasi yuzasidan yaxshi fikrlarni yozibdi. Quyida tahrirsiz keltiriladi:
“Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning intervyuni rus tilida bergani ayrimlar uchun savol tug‘dirishi mumkin. Ammo bu holatni kontekstdan uzib baholash to‘g‘ri emas.
Birinchidan, avvalo, gap qaysi platforma va qaysi auditoriya haqida ketayotganini inobatga olish kerak. Intervyu berilgan Alter Ego loyihasi rus tilidagi, nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqada va xalqaro ekspert muhitida kuzatiladigan media maydonga qaratilgan. Shu ma’noda til tanlovi shaxsiy yoki ramziy emas, balki kommunikasion qaror hisoblanadi.
Ikkinchidan, Markaziy Osiyoda rus tili hali ham xalqaro muloqot, diplomatiya va tahliliy muhitda muhim vosita bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, tashqi kuzatuvchilar, investorlar, xalqaro tashkilotlar va ekspertlarga ham tushunarli bo‘lishi uchun ushbu til orqali gapirgan ma’qul. Saida Mirziyoyeva intervyu davomida xalqaro muloqot va ochiq kommunikatsiyani o‘z faoliyatida ustuvor yo‘nalish sifatida ko‘rsatgani ham shu kontekstga to‘liq mos keladi.
Uchinchidan, intervyu mazmuni til masalasidan ustun. Suhbatda aytilgan g‘oyalar — ochiqlik, islohotlarning inson manfaatiga xizmat qilishi, sud-huquq tizimi, joylardagi real holatni yashirmasdan rahbariyatga yetkazish kabi masalalar milliy kun tartibiga taalluqli va ichki mazmunga ega. Ular qaysi tilda aytilganidan qat’i nazar, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosatning mohiyatini o‘zgartirib yubormaydi.
To‘rtinchidan, zamonaviy davlat boshqaruvida til ko‘pincha vosita emas, maqsad hisoblanadi. Agar maqsad mamlakatdagi o‘zgarishlarni tashqi dunyoga ochiq va tushunarli shaklda taqdim etish bo‘lsa, auditoriya yaxshi qabul qiladigan til tanlanadi. Bu — ramzlar emas, samaradorlikka asoslangan pragmatik yondashuv.
Nihoyat, shuni ham unutmaslik kerakki, intervyuning rus tilida berilishi ichki auditoriyaga bepisandlik belgisi emas. Aksincha, bu O‘zbekistondagi islohotlar yopiq doirada emas, ochiq maydonda muhokama qilinayotganini, davlat rahbariyati o‘z qarashlarini tashqi auditoriya oldida ham ochiq aytishga tayyor ekanini ko‘rsatadi. Bu esa ochiqlik siyosati mantig‘ining uzviy davomidir.
Qisqasi, til masalasi ortida siyosiy mazmun qidirishdan ko‘ra, intervyuni qanday auditoriyaga va qanday maqsadda berilgani nuqtai nazaridan baholash to‘g‘riroq bo‘ladi”.

😢22👍11❤10🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Havo sifatining pasayishi yuzasidan Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining rasmiy bayonot berdi
So‘nggi kunlarda mamlakatimizda harorat inversiyasi bilan bog‘liq noqulay meteorologik sharoitlar oqibatida havo sifatining pasayishi kuzatilmoqda. Holat yuzasida Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Iskandar Qutbiddinov ma’lumot berdi.
Ushbu hodisa kunduzgi va kechki havo haroratining ayrim hollarda 14 gradusgacha keskin farq qilishi, tuman tushishi, shamol tezligini pasayishi natijasida ifloslantiruvchi moddalarning atmosfera havosida tarqalishini qiyinlashtirmoqda.
Ta’kidlanishicha, Maxsus komissiya o‘z faoliyatini to‘xtatgani yo‘q. Ekologik holat yuzasidan aholiga muntazam axborot berish bilan birga tegishli tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirmoqda.
Bugungi kunda Maxsus komissiyasining e’tibori sanoat va xo‘jalik obyektlarida ekologik reydlar va nazorat tadbirlariga qaratilgan.
Noqulay ob-havo sharoitida atmosfera havosiga antropogen (ya’ni, insoniy faoliyat)ning yuklamasini kamaytirish uchun korxonalarning quvvatlari cheklanmoqda va ayrimlarining faoliyati to‘xtatilmoqda.
1-7 yanvar kunlari Toshkent shahridagi 12 ta va Toshkent viloyatidagi 22 ta ishlab chiqarish korxonasida tekshiruvlar o‘tkazildi hamda ta’sirchan choralar ko‘rildi. Atmosfera havosini ifloslantirgan o‘nlab avtotransport vositalariga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llanildi.
Shu bilan birga, profilaktik choralar ham amalga oshirilmoqda: tashlama manbalari ustidan monitoring kuchaytirildi, atmosfera havosi sifati tezkor baholab borilmoqda.
Mutaxassislarning tahlillariga ko‘ra, noqulay meteorologik sharoitlar 16-17-yanvar sanasiga qadar saqlanishi kutilmoqda. Antisiklonlar kelishi natijasida yog‘ingarchilik yog‘ishi va shamol tezligi oshishi bilan atmosfera havosi sifati normallashuvi kutilmoqda.
Harorat inversiyasi qisqa muddatli va oldindan prognoz qilinadigan meteorologik hodisa bo‘lib, bu davrda davlat tashkilotlari kuchaytirilgan rejimda ish olib boradi va ifloslanishni yumshatish uchun sinovdan o‘tgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Maxsus komissiya tomonidan ekologik reydlar va monitoring tadbirlari inversiya yakunlangach ham davom ettiriladi. Ko‘rilayotgan barcha choralar yuzaga kelgan xavflarni minimallashtirish hamda aholining ekologik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.
Barcha chora-tadbirlar ilmiy asoslangan tavsiyalarga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirib kelinmoqda.

❤3
AQShlik mashhur investor Amerika va Rossiyadagi aktivlarini sotib, Oʻzbekistonga sarmoya kiritdi
Pinkod’ning xabar berishicha, mashhur amerikalik investor, Rogers Holdings egasi Jim Rogers 2025-yil oxiriga kelib AQSh va Rossiyadagi barcha aksiyalarini sotgan va oʻz portfeliga Oʻzbekiston fond bozorida savdo qilayotgan kompaniyalar aksiyalarini qoʻshgan.
83 yoshli investor Rossiya bozoriga 2010-yillarda kirgan boʻlib, “AFK Sistema”, “Aeroflot”, Moskva birjasi, “FosAgro” aksiyalari hamda federal qarz obligatsiyalariga egalik qilgan. Biroq 2025-yilning oktabr–noyabr oylarida u Rossiyadagi barcha aktivlarini sotganini tasdiqladi. Shu bilan birga, Rogers Rossiya bozoriga boʻlgan ishonchini yoʻqotmaganini, kelajakda yana qaytib investitsiya kiritishi mumkinligini taʼkidlagan. Hozirda uning rubldagi mablagʻlari Moskva birjasida saqlanmoqda.
AQSh bozoriga keladigan boʻlsak, Rogers u yerdagi aksiyalarni sotishiga asosiy sabab sifatida uzoq davom etgan oʻsish siklining yakunlanishiga yaqinlashayotganini koʻrsatdi. Uning fikricha, sunʼiy intellekt atrofidagi shov-shuv fonida bozorda pufak shakllanishi ehtimoli kuchaygan. Jim Rogers hozircha AQSh bozorida narxlar tushishiga pul tikmayapti, yaʼni aksiyalarni shortlamayapti. Investor shunchaki Amerika aksiyalarini sotib, bozorga qaytish uchun qulayroq vaqtni kutish maqsadida mablagʻlarini asosan naqd dollarda saqlamoqda.
Oʻzbekiston bozoriga kirish
Eng eʼtiborli jihatlardan biri Rogersning Oʻzbekiston fond bozoriga kirishi boʻldi. Uning soʻzlariga koʻra, u Toshkent fond birjasida savdo qilinadigan aksiyalarning aksariyatini sotib olgan. Investor portfelida faqat oʻzbek kompaniyalari aksiyalari mavjud boʻlib, mamlakatning suveren obligatsiyalarini sotib olmagan.
Shuningdek, u oʻzbek soʻmiga ishonishini va valyuta riskini xedjlamaganini (sugʻurta) ham alohida taʼkidladi.
Maʼlumot uchun, 2025-yilda oʻzbek soʻmi AQSh dollariga nisbatan 6,8 foizga mustahkamlandi.
Jim Rogers uzoq yillardan buyon Osiyo bozorlarini istiqbolli deb hisoblab keladi. U 2007-yilda oilasi bilan Singapurga koʻchib oʻtgan va kelajak iqtisodiy oʻsish markazi Osiyo boʻlishini bir necha bor taʼkidlagan.
Oʻzbekiston fond bozoriga kiritilgan investitsiya ham ushbu qarashlarning mantiqiy davomi sifatida baholanmoqda.

❤5👍4
Paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v)ni haqorat qilgan shaxs 12 sutkaga qamaldi
2025-yil 30-dekabr kuni 2004-yilda tugʻilgan shaxs Telegram messenjeridagi oʻziga tegishli profil orqali kanallardan birining izoh qismida diniy adovatni targʻib qiluvchi maʼlumotni tarqatganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruvlar davomida shaxsning harakatlariga qonuniy baho berilib, unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 184³-moddasi asosida maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun sud organlariga yuborilgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Paxtachi tumani sudining 2026-yil 9-yanvar kunidagi qaroriga koʻra, mazkur shaxsning qilmishida Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 184³-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud deb topilib, unga nisbatan 12 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

👍7