Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
23.9K subscribers
22K photos
6.13K videos
13.9K links
Мурожаатлар учун саҳифа: https://tashkent.uz/uz/virtual
Страница для подачи обращений: https://tashkent.uz/ru/virtual

Web-site: www.tashkent.uz
Facebook: fb.com/toshkenthokimligi
Instagram: instagram.com/toshshaharhokimlik
71-210-03-47
71-210-03-33
Download Telegram
O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligigning 32 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va o`tkazish chora-tadbirlarini amalga oshirish maqsadida, hududlarda bayramga bag’ishlab turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

Toshkent viloyatida xizmat qilayotgan muddatli harbiy xizmatchilarning ota-onalari ishtirokida “Askar onalarini sharaflaymiz” mavzusida ma’nviy-ma’rifiy tadbir onlayn uchrashuv tarzida o'tkazildi. Unda Toshkent shahar hokimining o'rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo'limining boshlig'i Nodira Umarova, tuman hokimliklarining Oila va xotin-qizlar bo'limlarining boshliqlari, tegishli tashkilotlar mutasaddilari ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda so’nggi yillarda Qurolli Kuchlarning harbiy-jangovar qudratini oshirish hamda ma’naviy salohiyatini yuksaltirish borasida keng ko’lamli islohotlar olib borilayotgani, Yangi O'zbekistonni barpo etishda tinchlik va osoyishtalikning ahamiyati aniq misollar orqali aytildi.

Shuningdek bu kabi uchrashuvlar mahallalarda, ta’lim va mehnat jamoalarida Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo’lida fidoyi harbiylarning jonkuyarligi, vatanparvarligini e’tirof etgan holda ma’rifiy uchrshuv hamda davra suhbatlari tarzida o’tkazilmoqda.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ Ma’lumki, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq davlat fuqarolik xizmatchisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish ijtimoiy himoya chorasi sifatida kafolatlangan.
Ushbu choralar doirasida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi hamda hokimliklar bilan hamkorlikda davlat xizmatchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish boshlandi.

Bugun Toshkent shahar hokimligida xodimlarni birlamchi tibbiy tekshiruvdan o'tkazish boshlandi. Ko'rik davomida 200 ga yaqin xodimlar tor mutaxassislar ko‘rigidan o‘tdilar. Shuningdek, laboratoriya tahlillari, rentgenogramma, UTT, otoskopiya va oftalmoskopiya, EKG tekshiruvlaridan o‘tdilar. Har bir xodimning salomatlik holati baholanib, zarur hollarda statsionar hamda klinik davolanishga yo‘llanma berildi.

Xodimlarga qaratilgan bunday e’tibor - ulardagi ba’zi kasalliklarning barvaqt oldi olinishiga, xizmat vazifalarini kelgusida samarali olib borishlariga asos bo'ladi.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥Mirzo Ulug’bek, Chilonzor, Sergeli tumanlarida gaz ta'minoti qisman to‘xtatiladi

Poytaxtimizning Mirzo Ulug’bek, Chilonzor, Sergeli tumanlari gaz ta'minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan ushbu tumanlarning ba’zi mahalla va ko'chalarida 11-yanvar kuni gaz ta'minoti to‘xtatiladi.

➡️Mirzo Ulug'bek tumanida 10:00 dan 18:00 gacha:
— H.Abdullayev MFY;
— Ulgurji iste’molchilar - 6 ta.

➡️Chilonzor tumanida 11:00 dan 15:00 gacha:
— Arnasoy ko'chasida 1ta ko’p qavatli uy;
— Ulgurji iste’molchilar - 3 ta.

➡️Sergeli tumanida 10:00 dan 16:00 gacha:
— So’g’diyona ko'chasida 80 ta yerli xonadon;
— Fayzli ko’chasida 102 ta yerli xonadon;
— Ulgurji iste’molchilar - 4 ta.

“Hududgaz Poytaxt” GTF noqulayliklar uchun uzr so’raydi.

🔥В Мирзо Улугбекском, Чиланзарском и Сергелийском районах будет временно прекращено газоснабжение

В сети газоснабжения вышеназванных районов столицы будут проведены ремонтно-наладочные работы. В связи с этим, в нескольких махаллях и улицах данных районов будет временно отключено газоснабжение 11 января текущего года.

Мирзо-Улугбекский район с 10:00 до 18:00
— частные и оптовые потребители махалли Хабиба Абдуллаева;

Чиланзарский район с 11:00 до 15:00:
— многоэтажный дом по улице Арнасой;
— 3 оптовых потребителя.
— 80 частных домов по улице Сугдиёна

Сергелийский район с 10:00 до 16:00:
на;
— 102 частных дома по улице Файзли;
— 4 оптовых потребителя.

ФГС Hududgaz Poytaxt приносит извинения за неудобства.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳрининг ижтимоий-сиёсий ҳаётида содир бўлаётган воқеа-ҳодисалардан биринчилардан бўлиб хабардор бўлишни истайсизми?

Бу борада сизга маҳаллий давлат ҳокимияти органлари ахборот хизматларининг телеграмдаги расмий каналлари ёрдам беради.

❗️Қуйидаги ҳаволалар орқали Сиз барча ҳудудлардаги сўнгги янгиликлардан хабардор бўлишингиз ва ўзингизга маъқул келган каналга аъзо бўлишингиз мумкин.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Onlayn xaridlar uchun ham chek beriladi

Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart. Bunday cheklar xarid to'lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'i nazar xaridorga beriladi. Bu haqda Soliq qo'mitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xarid cheki — xarid qilingan tovarlar yoki xizmatlar uchun to'lov amalga oshirilganda onlayn-NKM yoki virtual kassada amaldagi qonun xujjatlariga muvofiq shakllantirilgan va elektron shaklda yoki qog‘ozda chop etilgan, hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjat.

Agar xaridor to'lovlarni elektron to'lov tashkilotlari, bank mobil ilovalari yoki elektron tijorat platformalari ("Uzum Market", "Asaxiy" kabi va boshqa marketpleyslar ) orqali amalga oshirsa, unda elektron fiskal chek shakllantiriladi.

Bunday cheklar uchun “Soliq” mobil ilovasida xarid summasining 1 foizi miqdorida keshbek avtomatik tarzda hisoblanadi.

2022-yilning 1-yanvaridan boshlab chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida xaridni amalga oshirib, xarid chekini mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi qaytariladi.

Xaridor unga QR-kodli chek berilmagani haqida soliq organiga xabar berishga haqli ekani aytilgan. Buning uchun xaridor Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali murojaat yo'llaydi. Ilovaning o'zida murojaat holatini kuzatib borish imkoni yaratilgan.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ObodXonadon
#ObodKócha
#ObodMahalla

📍Olmazor tumani "Olimpiya" mahallasi

📍Махалля "Олимпия" Алмазарского района

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бугун Ўзбекистон Республикаси Президенти, Қуролли Кучлар Олий Бош қўмондони Шавкат Мирзиёев раислигида Хавфсизлик кенгашининг кенгайтирилган йиғилиши бўлиб ўтади.

Сегодня под председательством Президента Республики Узбекистан, Верховного Главнокомандующего Вооруженными Силами Шавката Мирзиёева состоится расширенное заседание Совета безопасности.

Facebook|Instagram|Twitter
🚧 Binkat va Rixsiliy ko‘chalari qisman yopildi

Toshkent shahrida yog‘ingarchiliklar oqibatida hududlarda suv to‘planib qolishining oldini olish maqsadida drenaj tizimlarini reja asosida yangilash va ta’mirlash ko‘zda tutilgan.

Shu ishlar doirasida, poytaxtimizning Binkat ko’chasi to’liq, Rixsiliy ko’chasi 2024-yil 12-yanvar soat 10:00 dan 14-yanvar 21:00 gacha qisman yopildi.

Harakat Rixsiliy ko’chasida yo‘lning bir tomonidan har ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan holda, haydovchilarga shu vaqt oralig‘ida aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz.



Временно частично перекрыты улицы Бинкат и Рихсилий

🚧 В целях предотвращения скопления воды в результате осадков в Ташкенте проводится ремонт и обновление систем дренажа и водоотведения.

В рамках работ, улица Бинкат перекрыта полностью, а улица Рихсилий частично с 10:00 часов 12 января до 21:00 часов 14 января 2024 года.

Движение будет осуществляться по одной стороне улицы Рихсилий по обоим направлениям.

Приносим извинения за неудобства и просим водителей в этот период пользоваться объездными дорогами.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahar, Mirzo Ulug’bek tuman MMTB tasarrufidagi 274-sonli DMTT da 14-Yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilgan "Vatan himoyachilari biz bilan birga" mavzusida o’tkazilgan “G’alaba bog’i”ga uyushtirilgan sayyohatdan videolavha.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram / YouTube
Mana bir necha yildirki, Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan tashkil etilgan Xalq Nazorati portali shahrimiz aholisining murojaatlariga tezkor va samarali yechim topishda ayrilmas yordamchi bo’lib kelmoqda.

Joriy yil ham murojaatlar va yechimlarga boy bo’ldi. Bunda 35-44 yoshlik aholi eng faol bo‘lib, umumiy murojaatchilarning 45,8% ini tashkil qildi.

Murojaatlarning 66,5% mobil ilova orqali, 13,1% shaxsiy kompyuter orqali, aloqa markazi orqali esa 20,4% yuborilgan.

Murojaatlarning asosiy mavzulari 40,3% — uy-joy kommunal xo‘jaligi muammolari, ya’ni uy-joy fondining holati, liftlarning ishlashi, isitish, issiq va sovuq suv ta’minoti, elektr va gaz ta’minotiga tegishlidir. 11,9% — avtomobil yo‘llari va piyodalar yo‘laklarining asfalt qoplamasi holati bilan bog‘liq masalalar hamda 9,2% — yo‘l harakatlarini boshqarish, svetoforlarning ishlashi, piyodalar o‘tish joylari mavjudligi, yo‘l belgilarining o‘chib ketishi masalalariga tegishli bo‘ldi.

Qo‘shimcha ma’lumot — infografikamizda.
Портал Xalq nazorati, созданный Департаментом цифрового развития при хокимияте города Ташкента, уже несколько лет является незаменимым помощником в поиске быстрых и эффективных решений для обращений жителей нашего города.

Этот год был также богат на обращения и решения. Население в возрасте 35-44 лет проявило наибольшую активность и направило 45,8% от всех заявок..

66,5% заявок было отправлено через мобильное приложение, 13,1% — через персональный компьютер, 20,4% — через контакт-центр.

40,3% основных тем обращений связаны с проблемами жилищно-коммунального хозяйства, то есть состоянием жилищного фонда, работой лифтов, отопления, горячего и холодного водоснабжения, электро- и газоснабжения. 11,9% - вопросы, связанные с состоянием асфальтового покрытия дорог и тротуаров, а 9,2% - с организацией дорожного движения, работой светофоров, наличием пешеходных переходов, дорожных знаков.

Дополнительная информация — в нашей инфографике.
Hurmatli poytaxt aholisi va mehmonlari!

“Humo Arena” muz saroyi va unga tutash hududda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Men g‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan quyidagi ko‘chalarda avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi:

2024-yil 13-yanvar kuni soat 13:00 dan 14-yanvar kuni soat 11:00 gacha:

• Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishmasidan Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismi;

2024 yil 14-yanvar kuni soat 06:30 dan 11:00 gacha:

• Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishmasidan boshlab Oybek, Nukus va Abdulla Qodiriy ko‘chalari.