Потребитель Бухара🇺🇿
47.6K subscribers
71.7K photos
13.8K videos
156 files
15.4K links
Рекламы и обращения
@Uzpotrebiteladmin
@tahririyati
@Bukharapotrebadmin
☝️ Единственное Сообщество Потребителей в Бухаре. Для грамотных потребителей, будь в курсе новостей и событий. Первый народный !
Группа @potrebitelbukhara_official
Download Telegram
#JARAYON

Romitan tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan "Aslon Islom qurilish" boshqaruv kompaniyasi xodimlari ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi aholining talab va takliflarini inobatga olib, yoz oylarida turli yuqumli kasalliklarning oldini olish va hasharotlarga qarshi kurashish maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Romitan tuman bo‘limi hamkorligida ko‘p kvartirali uylarning yerto‘lalari, kirish yo‘laklari va bolalar maydonchalarida dezinfeksiya ishlarini amalga oshirmoqdalar.

@potrebitel_bukhara
#JARAYON

Buxoro shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan "Uy-joy qurilish" Xususiy Uy-joy mulkdorlari shirkati ishchi-xodimlari tomonidan 2024/2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayorgarlik ko‘rish jarayonida ko‘p kvartirali uylarning yerto‘la qismidagi issiqlik quvurlari va xonadonlardagi isitish batareyalarini yuqori suv-havo bosimi ostida yuvish barobarida tik va yotiq quvurlar, elevator uskunalarini nazoratdan o‘tkazish va ta’mirlash, shuningdek bir quvurli isitish batareyalarini ikki quvurlikka aylantirish ishlarini ham amalga oshirmoqdalar.

https://t.me/buxorovilujkxkb
#JARAYON

Ko‘p kvartirali uylarni 2024-2025 yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash borasida viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi tarkibidagi barcha Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘p kvartirali uylarning kirish yo‘laklaridagi elektr taqsimlash qutti ( elektroshit) lari birma-bir xatlov va nazoratdan o‘tkazilib, aniqlangan kamchilik va nuqsonlar Hududiy Elektr Tarmoqlari Korxonasi mutaxassislari hamkorligida joyida bartaraf etilmoqda.
Jumladan, "Muhammadjon Nozima ta’mir qurilish" boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan ko‘p kvartirali uylarning kirish yo‘laklarida o‘rnatilgan elektroshitlarni ta’mirlash bilan bir qatorda yog‘ingarchiliklar mavsumida tom qismidan chakki o‘tishi mumkin bo‘lgan uylarning tomlarini joriy ta’mirlash ishlari ham amalga oshirilmoqda.
#JARAYON
Boshqaruv servis kompaniyalari o‘zlariga biriktirilgan ma’lum hududlarning obodonligiyu saranjom sarishtaligi, ko‘p kvartirali uylarning fasadi, tom qismi, yerto‘lasi va albatta kirish yo‘laklariga mulkdorlarning majburiy to‘lovlaridan shakllangan mablag‘lari evaziga xizmatlar ko‘rsatishga mas’ul hisoblanadilar.
Jumladan Buxoro shahrida faoliyat yuritayotgan "Buxoro Polizol" BSK xodimlari tomonidan "Ko‘ksaroy" ko‘chasidagi 21, 21/1, 21/2- ko‘p kvartirali uylar atrofida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, kirish yo‘laklari va poydevor qismi ta’mirlanayotganligi hudud aholisini mamnun etmoqda.
#JARAYON
Ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi aholiga sifatli kommunal xizmatlar majmuasini taqdim etish majburiyatini o‘z zimmalariga olgan Boshqaruv servis kompaniyalari mehnat jamoalari 2024/2025-yillar kuz-qish mavsumiga jiddiy hozirlik ko‘rmoqdalar.
Jumladan "Muhammadjon Nozima ta’mir qurilish" boshqaruv kompaniyasi ishchilari tomonidan "A.Somiy" ko‘chasidagi ko‘p kvartirali uylarning kirish yo‘laklaridagi deraza romlari yangisiga almashtirilib, "Mustaqillik" ko‘chasidagi 74/4 uyning bosh elektroshiti ta’mirdan chiqarildi.
- Shu o‘rinda ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi aholiga murojaatimiz;
- Hududingizdagi Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyatidan xabardormisiz?
-Xonadoningiz isitish mavsumiga tayyormi?
-Isitish batareyalaringizni yuqori suv-havo bosimi ostida yuvdirdingizmi? (bu bevosita sizning vazifangiz).
Muammo va kamchiliklar borasida hududingizdagi BSK xodimlariga murojaat qiling! Majburiy badal va kommunal xizmatlar haqqini o‘z vaqtida to‘lashni unutmang!
#JARAYON

Mamlakatimizda shahar va qishloqlarimiz jamolini yangilash, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli va manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ayniqsa Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi shodiyonalari oldidan joylarda amalga oshirilayotgan tozalash va obodonlashtirish tadbirlari viloyatimizning shahar va tumanlarida joylashgan ko‘p kvartirali uylar atrofida ham qizg‘in tus olgan.
Jumladan Buxoro shahridagi ko‘p kvartirali uylarda xizmat ko‘rsatayotgan "Uy-joy qurilish" XUJMSH ishchilari tomonidan Jomiy ko‘chasidagi 5 va 5/1-uylarning yon-atrofini obodonlashtirish ishlari bajarilayotgan bo‘lsa, "Dilshodbek" Boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan B.Naqshband hamda "Fathobod" ko‘chalarida joylashgan ko‘p kvartirali uylarning fasad qismini ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi.
#JARAYON

Boshqaruv servis kompaniyalari o‘zlariga biriktirib berilgan ma’lum hududlarning obodonligiyu saranjom sarishtaligi, ko‘p kvartirali uylarning fasadi, tom qismi, yerto‘lasi va albatta kirish yo‘laklariga mulkdorlarning majburiy to‘lovlaridan shakllangan mablag‘lar evaziga xizmatlar ko‘rsatishga mas’ul hisoblanadilar.
Buxoro shahrida faoliyat yuritayotgan "Uy-joy qurilish" Xususiy Uy-joy mulkdorlari shirkati xodimlari tomonidan ham aholidan majburiy badal to‘lovlarini undirish borasidagi sa’y-harakatlar bilan bir qatorda hududda bayramoldi obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, qariyalar uchun maxsus suhbatgoh qurilib, o‘rindiqlar o‘rnatib berilayotganligi hudud aholisini mamnun etmoqda.

@potrebitel_bukhara
#JARAYON

Mamlakatimizning turli go‘shalarida bo‘lgani kabi viloyatimiz hududlarida ham 2024/2025 yillar kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rish ishlari tobora qizg‘in tus olmoqda.
Jumladan Kogon shahridagi ko‘p kvartirali uylarda faoliyat ko‘rsatayotgan ""Quruvchi SHermuhammadali" boshqaruv servis kompaniyasi ishchi-xodimlari Hududiy Elektr Tarmoqlari Korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda qish faslida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlarning oldini olish maqsadida "Qorovulbozor" shohko‘chasida joylashgan 8-ko‘p kvartirali uyning elektr taqsimlash quttilarini nazoratdan o‘tkazib, joriy ta’mirlash ishlarini yakuniga yetkazdilar.

@potrebitel_bukhara
#JARAYON

Boshqaruv servis kompaniyalari o‘zlariga biriktirib berilgan ma’lum hududlarning obodonligiyu saranjom sarishtaligi, ko‘p kvartirali uylarning fasadi, tom qismi, yerto‘lasi va albatta kirish yo‘laklariga mulkdorlarning majburiy to‘lovlaridan shakllangan mablag‘lar evaziga xizmatlar ko‘rsatishga mas’ul hisoblanadilar.
Buxoro shahrida faoliyat yuritayotgan "Uy-joy qurilish" Xususiy Uy-joy mulkdorlari shirkati xodimlari tomonidan ham aholidan majburiy badal to‘lovlarini undirish borasidagi sa’y-harakatlar bilan bir qatorda hududda bayramoldi obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, qariyalar uchun maxsus suhbatgoh qurilib, o‘rindiqlar o‘rnatib berilayotganligi hudud aholisini mamnun etmoqda.
#JARAYON

Viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi tarkibidagi barcha Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan 2024-2025 yillar kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rish maqsadida barcha hududlardagi ko‘p kvartirali uylarning elektr taqsimlash qutti (elektroshit) lari birma-bir xatlov va nazoratdan o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar Hududiy Elektr Tarmoqlari Korxonasi mutaxassislari hamkorligida joyida bartaraf etilmoqda.
Buxoro shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan "Buxoro kommunal servis" boshkaruv servis kompaniyasi ishchilari tomonidan ham Turdi Farog‘iy ko‘chasi 7, 24, 25, 26, 27, 28, 30, hamda "Alpomish" ko‘chasi 13/2, 17/5-ko‘p kvartirali uylarning gruppa shitlarini ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazildi.