POSTDA|Rasmiy kanal
24.8K subscribers
60.8K photos
3.86K videos
112 files
15.9K links
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Бирлашган таҳририяти хабарлари

🌐 Веб-сайт : www.postda.uz

📨 E:mail: info@postda.uz
Download Telegram
#JUMBOQ

Abu Ali ibn Sinodan nasihat: U bir qasrki kunda dushman hujumiga duch kelgay. Qasrni qo‘riqlovchi navkarlar qancha  harakat qilmasin, yengilishadi. Dushman shunchalar dahshatliki, u qasrni xam, qasrning shoxini ham maxv etadi.

Savol: Ibn Sino tasvirlagan jarayonni emas, jarayonda qatnashgan dushman nomini topib bering.
Ushbu savolga Asqarova Rayhona, Isroil Ergashev, Sultonbek kabi o'quvchilarimiz qisman to‘g‘ri javob yoʻllashdi. Bilimdonlarga keyingi jumboq savollarda omad tilab qolamiz.

Javob: Qasr - inson, navkarlar - tishlar, qasr shoxi- yurak, dushman - yeydigan taomlarimiz.
“Xavfsiz va sog‘lom yurt”

Uchtepa tuman IIO FMB Probatsiya bo‘limi tomonidan nazoratdagi og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslar bilan navbatdagi sayyor uchrashuv tashkil etildi.
"Ko‘hna Cho‘ponota" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘tkazilgan tadbirda tegishli tashkilot va idora vakillari hamda probatsiya nazoratida turgan 50 nafar muqaddam sudlangan shaxs ishtirok etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga qayta jinoyat sodir etishning huquqiy va ijtimoiy oqibatlari batafsil tushuntirildi, profilaktik ogohlantirishlar berildi. Shuningdek, ularning turmush sharoitini yaxshilash, jamiyatga moslashuvini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator ijtimoiy-huquqiy masalalar joyida hal etildi.
@Postdarasmiy
Иккилансанг, қалбингдан сўра

– Бобожон, нималар деб пичирлаяпсиз? – сўради набира ҳайрон бўлиб.
– Кўнглимга савол беряпман, болажоним, – жавоб қилди қария.
– Бу нима дегани? – кўзларини катта-катта очди болакай.
Бобо нима табассум қилиб, шундай деди:
– Масалан, бугун менга панд берган қўшним билан уришиш ниятим йўқ, лекин нима қилишни билмаяпман. Худди шу фикрни қалбимга жойлаб, уйқуга кетаман. Тонг отганида эса кўнглим менга қандай йўл тутишни кўрсатади.
– У буни қаёқдан билади?
– Инсон қалби ҳамма нарсани билади. Мен бир умр ундан нимадир ўрганиб яшадим. Сенга ҳам шуни маслаҳат бераман: қийин саволга жавоб излаганда, бирон масалада иккиланиб турганингда – қалбингдан сўра, у сенга тўғри жавобни айтади. Фақат бунга чин кўнгилдан ишонишинг керак.
Гулчеҳра АЗИМОВА таржимаси.
@Postdarasmiy
Биласизми?

Цитрус меваларининг иси ширинлик ейишдан сақлаб туради. Бундан ташқари, улар одамга куч-қувват беради.

👉 @postdarasmiy
Қўшалоқ байрам шукуҳи

Бош Қомусимиз қабул қилинганининг 33 йиллиги байрами арафасида Қашқадарё вилояти ИИБ раҳбарияти ҳамда туман-шаҳар ИИБ МваФРГ масъул ходимлари бир гуруҳ ёшларга ID карталар топширди.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
SO‘FI OLLOYOR ZIYORATGOHI

Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanidagi Vaxshivor tog‘ tizmalari orasida joylashgan So‘fi Olloyor ziyoratgohi tasavvuf ilmining bilimdoni, mutasavvuf shoir So‘fi Olloyor nomi bilan bog‘liq.
So‘fi Olloyor 1644-yilda Kattaqo‘rg‘onning Minglar qishlog‘ida tug‘ilib, 1724-yilda Oltinsoy tumanidagi Vaxshivor qishlog‘ida vafot etgan. Buxorodagi jo‘ybor shayxlari dargohida ta’lim olgan, arab va fors tillarini o‘rgangan. Buxoro xoni Abdulazizxon tomonidan boj mahkamasiga to‘ra etib tayinlangan.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
ZUKKOLAR BAHSI

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan IIV Namangan akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Mazkur intellektual bellashuvda 11 ta jamoa tarkibida jami 66 nafar o‘quvchi faol ishtirok etdi.
Tadbir avvalida mas’ul rahbarlar ishtirokchilarni o‘yin tartib-qoidalari bilan tanishtirib, ularga omad tilashdi. Intellektual bellashuv ko‘tarinki kayfiyat qizg‘in va murosasiz ruhda bo'lib, har bir jamoa g‘oliblik uchun bor bilim va tajribasini ishga soldi.
Yakuniy natijalarga ko'ra g‘olib bo'lgan jamoa tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyati.
👉@postdarasmiy
Ichki ishlar vazirligi rahbariyati, faxriylar va taʼlim mutaxassislar ishtirokida ichki ishlar organlari xizmatini takomillashtirish, muammolarni tanqidiy muhokama qilish va yosh kadrlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Maslahatlashuv kengashi faoliyati yoʻlga qoʻyildi

▶️ Batafsil
———
Ички ишлар вазирлиги раҳбарияти, фахрийлар ва таълим мутахассислар иштирокида ички ишлар органлари хизматини такомиллаштириш, муаммоларни танқидий муҳокама қилиш ва ёш кадрларни қўллаб-қувватлашга қаратилган Маслаҳатлашув кенгаши фаолияти йўлга қўйилди

▶️ Батафсил
———
Налажена деятельность Консультативного совета с участием руководства Министерства внутренних дел, ветеранов и специалистов в области образования, направленная на совершенствование службы органов внутренних дел, критическое обсуждение проблем и поддержку молодых кадров

▶️ Подробно

Телеграм канал
“Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” doirasida

Toshkent shahrida “Ayollar va qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik!” mavzusida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada mas’ul idoralar rahbarlari va mutaxassislari tomonidan ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasidagi davlat siyosati, zo‘ravonlik xavfi mavjud ayollar bilan ishlashda ichki ishlar organlarining amaldagi tizimi, zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollarning reabilitatsiyasi va ijtimoiy moslashuvi jarayonlari, yoshlar tarbiyasida zo‘ravonlikning oldini olishda ota-onalar mas’uliyati, bo‘lajak ayol diplomatlarni tayyorlashda “Lider qizlar klubi”ning o‘rni quyidagi yo‘nalishlarda ma’ruzalar taqdim etildi.
Konferensiya raqamli zo‘ravonlikning oldini olish, xavfsiz axborot makoni yaratish hamda ayollar va qizlarning huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan muhim muloqot maydoniga aylandi.
@Postdarasmiy